Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti dariy-ingliz guruhi talabasi imomov abduaziz


Xulosa 65 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 306,5 Kb.
bet3/15
Sana20.07.2022
Hajmi306,5 Kb.
#831204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Imomov Abduaziz

Xulosa

65

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

69

KIRISH
Mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin, O‘zbekiston jahonga yuz tutib, tobora yuksalish, yangilanish jarayoniga kirib kelganligi, fan va madaniyatning millat manfaati uchun xizmat qilmaydigan mafkura iskanjasidan qutilganligi olimlarimiz oldiga g‘oyat muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Istiqlol tufayli nafaqat ajdodlarimiz merosiga, balki qardosh xalqlar merosiga, fanning zamonaviy muhim muammolariga dadilroq yondashish, zamondoshlarimiz ijodi bilan bir qatorda turli xalqlarning ilm-fan va madaniyati yutuqlarini teranroq tadqiq etishga va hayotimizga tatbiq etishga, jamiyatimizning barcha jabhalarini yanada rivojlantirishga imkoniyatlar kengaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining quyidagi fikrlarini eslatish joiz: “Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda, men jahon tajribasi va hayotida o‘zini ko‘p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz”1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalariga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan2.
Chuqur ildizlarga ega bo‘lgan tilshunoslik fani yurtimizda yuzaga kelgan yangi tarixiy voqe’lik munosabati bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni faqatgina ozod xalq manfaati, milliy istiqlol g‘oyasi talablari darajasida tahlil va tadqiq etishga mas’uldir. Bu esa tadqiqotchidan tanlangan muammolarning muhimligi, dolzarbligi hamda tadqiq etish usullarining yangiligiga ko‘ra jahon andozalari bilan mos kelishi va ayni chog‘da milliy o‘zligiga xosligini to‘la namoyon eta olishini talab etadi.
Mamlakatimizda chet tillarni o‘rganish so‘nggi yillarda ulkan ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o‘z ma’ruzalarida chet tillarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarni o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatida yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizimi yaratilgani qayd etiladi3.
Ma’lumki, fors-tojik adabiyoti tili (X-XV asrlar)ning vorislari − hozirgi zamon fors, dariy va tojik tillari hind-yevropa tillari oilasining janubi-g‘arbiy gruppa eroniy tillariga kiradi. Mazkur tillarning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyotining muhim bosqichlari bir-birlariga batamom mos keladi, ularning eng asosiy yozma manbalari esa umumiydir.
Bu tillar tarixida islom dunyosi fathi (VII-VIII asrlar)dan so‘ng boshlangan yangi bosqich arab yozuviga asoslangan (unga qadar o‘rta fors tili - pahlaviy va moniy yozuvida ish yuritilgan). Tarixdan ma’lumki, butun Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo bo‘ylab ikki yuz yil davomida arab tili asosiy yozma adabiy til sifatida adabiyotda va ilm-fanda hukmronlik qildi. Biroq IX-X asrlarda arab xalifaligining tanazzulga yuz tutishi va markazlashgan Somoniylar davlatining barpo etilishi til vaziyatiga o‘z ta'sirini o‘tkazdi: pārsi, pārsi-ye dari yoki dari (arab tilida ‘p’ tovushining yo‘qligi sababli arabcha fārsi, fārsi-ye dari shaklida) nomi bilan atalgan mahalliy til Somoniylarning davlat va adabiy tili deb e’lon qilindi. Bu til Siston, Xuroson, Movaraunnahr va qisman Buxoro aholisining tojikzabon qismi lahjalariga asoslangan. Fārsi-ye dari qadimgi va o‘rta fors tilining tarixiy taraqqiyoti davomi sifatida shakllandi va arab so‘zlari hisobiga o‘z leksik tarkibini boyitdi. Shunday qilib, IX asrdan boshlab fors tili tarixida III davr − yangi fors tili davri boshlandi. Fārsi-ye dari tez sur’at bilan taraqqiy etdi va ko‘p sohalardan arab tilini siqib chiqarib, fan va adabiyot uchun asosiy til bo‘lib qoldi. XII asrga kelib bu til hozirgi Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo xalqlarining umumadabiy tiliga aylandi. Hatto Ozarbayjon va Shimoliy Hindistonda ham badiiy va ilmiy asarlar yozishda fārsi-ye daridan foydalanilardi.
XVI asr boshlarida Eronda Safaviylar davlati vujudga kelgan bir paytda O‘rta Osiyoda Shayboniylar va Shimoliy Hindistonda Temuriylar hokimiyati ostida mustaqil davlatlar tashkil topa boshladi. Buning natijasida ilm-fan va adabiyot markazi navbatma-navbat goh u, goh bu geografik mintaqalarga ko‘chirilardi, shu sababli adabiyot mahalliy madaniy va til xususiyatlarini aks ettirgan holda rivojlandi. Yozma yodgorliklarda mahalliy til variantlarining taraqqiyoti o‘z aksini topgan. Bu esa hozirgi zamon fors, dariy va tojik tillarining vujudga kelishiga omil bo‘lib xizmat qildi. Afg‘oniston Konstitutsiyasi e’lon qilingunga qadar dariy tili fors tilining bir lahjasi sifatida o‘rganilgan. Mashhur rus dariyshunos olimasi L.N. Kiselevaning “Язык дари Афганистана” kitobi4 o‘tgan asrning ikkinchi yarmida dariy tili mustaqil til sifatida rivoj topganini ko‘rsatib berdi.
1965- yilda Afg‘oniston Konstitutsiyasining 16- moddasida Afg‘onistonning rasmiy tillari pashtu va dariy tillari etib belgilandi. Bu esa dariy tiliga har tomonlama tadqiqot olib borish mumkin bo‘lgan til sifatida to‘liq mustaqillik berdi.
Til tadqiqida uning grammatikasini o‘rganish muhim. Til grammatikasining shakllanishi uzoq davrni talab qiladi. Dariy tilining shakllanishidagi grammatik jarayonlarni tadqiq va tahlil qilish, yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqish tadqiqotning asosiy jihati hisoblanadi. Afg‘onistonda yaratilgan tilshunoslikka oid asarlar soni kam. Genetik jihatdan qarindosh bo‘lgan fors tili grammatikasiga oid asarlar (tarixiy grammatikalar) dariy tili grammatikasining shakllanishini aks ettirish uchun manba ekanligini hisobga olgan holda, hozirgi yozma materiallarda dariy tilining adabiy-so‘zlashuv shakli me’yoriga aylangan kobuliy lahjasiga xos hodisalar kam uchraydi. Shuningdek, badiiy adabiyotda anomaliyalar kuzatiladi. Bu esa hozirgi adabiy dariy tilining asosi uning yozma shakli emas, balki Kobul aholisining ziyoli qatlami so‘zlashadigan til bo‘lishi kerakligini shart qilib qo‘yadi. Zero, aynan shu so‘zlashuv tili shevalarga xos unsurlarni o‘zida singdirgan va yozma an’analar ta’sirida bo‘lgan barqaror me’yorga ega. Bu til hozirgi dariy tili taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini aniq aks ettiradi va uning grammatik xususiyatlarini tadqiq etishda ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi5.
Ana shu ishlarni umumlashtirgan holda mustaqil til sifatida dariy tili grammatikasinning shakllanishini yagona tizimga solish bugungi kunda tilshunoslik sohasida muhim ahamiyatga ega.

Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish