Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti dariy-ingliz guruhi talabasi imomov abduaziz



Download 306,5 Kb.
bet14/15
Sana20.07.2022
Hajmi306,5 Kb.
#831204
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Imomov Abduaziz

III bob bo‘yicha xulosalar

  1. 1965- yilda Afg‘oniston Konstitutsiyasida pashtu tili bilan bir qatorda dariy tili rasmiy til deb e’lon qilinsa-da, bugungi Afg‘oniston sharoitida asosiy e’tibor pashtu tiliga qaratilayotgani e’tirof etiladi. Afg‘onistonda dariy tiliga fors tilining lahjasi sifatida qarash, yozma nutqda klassik matn yoki hozirgi fors tiliga adabiy me’yor sifatida yondashish kuzatiladi.

  2. Afg‘onistonda 2000- yildan buyon yaratilgan 3 ta yangi grammatik asar o‘rganildi. Muhammad Nasim Neghat Saidiyning 1969- yil nashr qilingan “دستور معاصر زبان دری” Dastur-e mo’âsser-e zabân-e dari (“Hozirgi dariy tili grammatikasi”) kitobi 2013- yil Afg‘onistonda qayta nashr qilindi. Bu esa mazkur asarning hanuz dariy tili grammatikasiga oid muhim nazariy manba ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Kitobda dariy tili grammatikasining fonetika, morfologiya, sintaksis va semantika bo‘limlari batafsil yoritilgan.

  3. Rossiyalik olim B.Ya. Ostrovskiyning “Вопросы грамматической семантики глагола языка дари” (M., 2004) va “Модальные глаголы в языке дари” (M., 2008) nomli monografiyalari dariy tilidagi fe’llarga bag‘ishlangan eng mukammal ishlar hisoblanadi. Eronshunoslikda “Вопросы грамматической семантики глагола языка дари” monografiyasi hozirgi dariy tilida fe’llarning grammatik-semantik sistemasi tadqiqiga bag‘ishlangan yagona asar sifatida baholanadi.

XULOSA

  1. Forsi-ye dariy grammatikasiga oid qarashlarning shakllanishi forsi-ye dariy lug‘atchiligi (farhangnewisi-ye fârsi) bilan bog‘liq. Chunki izohli lug‘atlarda ayrim grammatik qaydlar, xususan, fonetika, semantika va morfologiyaga taalluqli qaydlar keltirilgan. Bu lug‘atchilik tarixi uch davrga ajratiladi:

Birinchi davr (XI-XIV asrlar) lug‘atchilikning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda yaratilgan, o‘zida grammatik qaydlarni aks ettirgan 5 ta lug‘at (“فرهنگ ابو حفص سغدی” Farhang-e Abu Hafsi Soğdi, “سوراخ” Surâx, “محزیب الاسماء” Mohzib al-asma, “السیرح من الصیحح” As-sirax min as-sihah, “قنز اللغت” Qanz al-loğat) haqidagi ma’lumotlar o‘rganildi. Mazkur lug‘atlardan Abu Hafs So‘g‘diyning “فرهنگ ابو حفص سغدی” Farhang-e Abu Hafs-e Soğdi (“Abu Hafs So‘g‘diyning lug‘ati”) lug‘atida asosan, so‘zlarning to‘g‘ri o‘qilishi haqida, ya’ni fonetika sohasi haqida, “محزیب الاسماء” Mohzib al-asma (“Benuqson otlar”) kitobida otlar va yuklamalar haqida ma’lumot berilgan.
Ikkinchi davr (XIV-XIX asrlar)da yaratilgan, o‘zida grammatik qaydlarni aks ettirgan 4 ta lug‘at (“فرهنگ جهانگیری” Farhang-e Jahāngiri, برهان قاطع” Burhān-e qāte’, “فرهنگ سوروری” Farhang-e Sururi, “فرهنگ رشیدی” Farhang-e Rašidi) aniqlandi. Ushbu davr lug‘atlarida xususan, Husayn Injuning “فرهنگ جهانگیری” Farhang-e Jahāngiri (“Jahongir lug‘ati”), Muhammad Husayn ibn Xalaf Tadriziyning “برهان قاطع” Burhān-e qāte’ (“Qat’iy dalil”) lug‘atlarida forsi-ye dariy tili fonetikasi, grammatikasi, leksikasi, so‘zlar etimologiyasi va so‘z yasalishi haqidagi ma’lumotlarni jamlagan va nisbatan batafsil ma’lumot berilgan.
Uchinchi davr (XIX asrdan keyingi davr)da yaratilgan, o‘zida grammatik qaydlarni aks ettirgan 4 ta lug‘at (“فرهنگ نفیسی” Farhang-e Nafisi, “لغتنامه دهخدا” Loğatnāme-ye Dehxodā, “صحاح الفرس” Sahāh ul-furs, “فرهنگ فارسی” Farhang-e fārsi) aniqlandi. Bu davrda yaratilgan lug‘atlarda xususan, Muhammad ibn Hindushoh Naxchivoniyning “صحاح الفرس” (“Fors tilining to‘g‘riligi”), Muhammad Muinning olti jilddan iborat “فرهنگ فارسی” Farhang-e fārsi (“Forscha lug‘at”) lug‘atlarida grammatik ishoralar, ya’ni so‘z turkumlari, fe’lning zamon shakllari va mayllari, ot va fe’l frazeologizmlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

  1. XVII – XIX asrlarda yaratilgan lug‘atlarning tarkibini “فرهنگ رشیدی” (“Rashidiy lug‘ati”) lug‘ati tahlili orqali o‘rganish lug‘at maqolalarida bosh so‘z, so‘zni to‘g‘ri o‘qish uchun fonetik qaydlar, grammatik qaydlar, etimologik ma’lumot, so‘zning ma’nolari, iqtiboslar haqida berilgan ma’lumotlar chuqur asosga ega ekanligini ko‘rsatdi.

  2. I bob mavzusi doirasida 15 ta lug‘at qayd qilindi. Bulardan “فرهنگ جهانگیریFarhang-e Jahāngiri (“Jahongir lug‘ati”) lug‘ati forsi-ye dariy tili fonetikasi, grammatikasi, so‘zlar etimologiyasi, orfoepiya va orfografiya haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan ilk lug‘at hisoblanadi va uning muallifi Husayn Inju forsi-ye dariy tili normativ grammatikasining asoschisi hisoblanadi.

  3. Grammatik asarlarning vujudga kelishiga izohli lug‘atlarda keltirilgan grammatik qaydlarni tizimga solish va til egasi bo‘lmagan xalqlarga tilni o‘rgatishga bo‘lgan ehtiyoj sabab qilib belgilandi. Ilk grammatik asarlar Hindistonda yaratilgani ma’lum bo‘ldi.

  4. Fors va dariy tillarida morfologiya va sintaksis qat’iy chegaraga ega emas. Shu sababli so‘z turkumlari tasnifida qiyinchiliklar va chalkashliklar yuzaga keladi. Tilshunoslarning so‘zlarni turkumlarga ajratish me’zonlarining turlicha ekanligi muammoli masalalarni keltirib chiqaradi. Xususan, ot va sifat, sifat va ravish, ot va ravish so‘z turkumlariga kiruvchi so‘zlarni aniq bir turkumga kiritish masalasi o‘z yechimini topmagan.

  5. Fors tilshunosligi tadqiqiga oid Rossiyada yaratilgan 4 ta asar, Eronda yaratilgan 9 ta grammatik asar o‘rganildi. V.S. Rastorguyeva atash xususiyatiga ko‘ra, I.K. Ovchinnikova semantika jihatidan, Yu. Rubinchik leksik-grammatik jihatidan, L.S. Peysikov so‘zlarning distributiv holatidan so‘z turkumlarini ajratganlar. A. Xayyompur, A. Humoyun Farrux, Javod Mashkur, Parviz Notel Xonlariy va A. Mavlaviy o‘z tasniflariga faqat sintaktik mezonni asos qilib olganlar. Hasan Anzo‘liy, Mehdi Mu’aniyyan, Ahmad Giviy va Hasan Anvariy, Habibulloh Omuzgor va Mas’ud Zafepanjiy esa g‘arb tillari, xususan fransuz tilida mavjud tasnifga asoslanganlar.

  6. Dariy tilshunosligiga oid jahonda yaratilgan 6 ta, Afg‘onistonda yaratilgan 5 ta grammatik asar tahlil qilindi. Jahonda yaratilgan grammatik asarlar mualliflari g‘arb tillariga taqlidan, afg‘on olimlari dariy tilining o‘ziga xosliklaridan kelib chiqib so‘z turkumlarini tasniflaganlar.

  7. Grammatik asarlardagi umumiylik va farqlar quyidagilarda kuzatildi:

8.1. Eron va afg‘on tilshunoslarining asarlarida ot, fe’l, ravish mustaqil so‘z turkumi sifatida aniq ajratilgan.
8.2. Grammatik asarlarda morfologiya va sintaksis o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q: ot bilan ega, ravish bilan hol birga yoritiladi.
8.3. Eron tilshunoslarining asarlarida so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘zlarga ajratilmaydi. Afg‘on tilshunoslarining asarlarida esa mustaqil va yordamchi so‘zlarga ajratilgan.
8.4. Afg‘on tilshunoslari asarlarida sifat, olmosh, sonni ot tarkibida o‘rganiladi. Chunki bular ismiy so‘z turkumlari deb hisoblanadi;
8.5. Afg‘on tilshunoslari ravishni holning gapdagi vazifasidan kelib chiqqan holda payt, zamon va boshqa hol turlari kabi bir necha turlarga bo‘lib tahlil qiladilar.
9. 1965- yilda Afg‘oniston Konstitutsiyasida pashtu tili bilan bir qatorda dariy tili rasmiy til deb e’lon qilinsa-da, bugungi Afg‘oniston sharoitida asosiy e’tibor pashtu tiliga qaratilayotgani e’tirof etiladi. Afg‘onistonda dariy tiliga fors tilining lahjasi sifatida qarash, yozma nutqda klassik matn yoki hozirgi fors tiliga adabiy me’yor sifatida yondashish kuzatiladi.
10. Afg‘onistonda 2000- yildan buyon yaratilgan 3 ta yangi grammatik asar o‘rganildi. Muhammad Nasim Neghat Saidiyning 1969- yil nashr qilingan “دستور معاصر زبان دری” Dastur-e mo’âsser-e zabân-e dari (“Hozirgi dariy tili grammatikasi”) kitobi 2013- yil Afg‘onistonda qayta nashr qilindi. Bu esa mazkur asarning hanuz dariy tili grammatikasiga oid muhim nazariy manba ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Kitobda dariy tili grammatikasining fonetika, morfologiya, sintaksis va semantika bo‘limlari batafsil yoritilgan.
11. Rossiyalik olim B.Ya. Ostrovskiyning “Вопросы грамматической семантики глагола языка дари” (M., 2004) va “Модальные глаголы в языке дари” (M., 2008) nomli monografiyalari dariy tilidagi fe’llarga bag‘ishlangan eng mukammal ishlar hisoblanadi. Eronshunoslikda “Вопросы грамматической семантики глагола языка дари” monografiyasi hozirgi dariy tilida fe’llarning grammatik-semantik sistemasi tadqiqiga bag‘ishlangan yagona asar sifatida baholanadi.
12. XXI asrda Afg‘onistonda yaratilgan grammatik asarlar ichida eng mukammali Muhammad Nasim Neghat Saidiyning “دستور معاصر زبان دری” Dastur-e mo’âsser-e zabân-e dari (“Hozirgi dariy tili grammatikasi”)( kitobi. Garchi asar o‘tgan asrda yaratilgan bo‘lsa-da, hanuzga ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagani uchun qayta nashr etildi. Grammatik asarlar ichida ushbu kitobda dariy tili grammatikasining fonetika, morfologiya, sintaksis va semantika bo‘limlari batafsil yoritilgan.
13. Hozirgi vaqtda dariy tili grammatikasi tarkibiga fonetika, morfologiya, sintaksis va semantika bo‘limlari kiradi. Fonetika bo‘limi dariy tilidagi tovushlar tizimini, morfologiya so‘z va qo‘shimchalarni, sintaksis gap va gap bo‘laklarini, semantika so‘zning ma’no qirralarini o‘rganadi.



Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish