Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistratura bo‘limi



Download 127,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana01.06.2023
Hajmi127,49 Kb.
#947294
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MD Avtoreferat Abdullaziz

Ish tuzilmasining tavsifi.
Mazkur dissertatsiya
 
kirish, uch bob, olti band, xulosa va 
takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 95 betni 
tashkil qiladi. 
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
Kirish qismida magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, 
tadqiqot obyekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, tadqiqotning 
asosiy masalalari va farazlari, tatqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili), tadqiqotda 
qo‘llanilgan metodikaning tavsifi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati, 
dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. 
Dissertatsiyaning 
“Sarvepalli Radhakrishnan falsafiy qarashlari mavzusining nazariy 
metodologik asoslari” 
deb nomlangan birinchi bobida XIX asr oxiri XX asr boshlarida 
Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar, Hindistondagi ma’naviy-
axloqiy hayot tarzi va bundan tashqari Sarvepalli Radhakrishnan hayoti va ilmiy faoliyati, falsafiy 
ta’limoti atroflicha o‘rganilib, falsafiy tahlil etilgan. 
Hindiston ko‘p asrlik tarixga ega buyuk davlatlardan biridir. Lekin XX asr bu davlat 
tarixida juda katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tgan davr hisoblanadi. Aynan shu vaqt Hindiston o‘z 
mustaqilligini qo‘lga kiritgan muvafaqqiyatli davr deb bilsak, shu bilan bir vaqtda hukumatda katta 
yo‘qotishlar asri deb ham aytishimiz mumkin. Sababi, Pokiston va Bangladesh davlatlari ham 
aynan shu davrda Hindistondan ajralib alohida davlat sifatida dunyo xaritasidan joy olgan davrdir. 
Hindiston bu vaqtda dunyoning qoloq davlatlaridan biri edi. “Bu davrgacha davlatni ijtimoy
siyosiy va iqtisodiy muammolar qiynab keldi: aholining qashshoqlishib borishi, turli xil 
epidemiyalarning tarqalishi shundoq ham qiyin bo‘lgan xalqni battar qiyinchilik girdobiga kirgizib 
aholining katta qismining o‘limiga sabab bo‘ldi. O‘rtacha umr yoshi pasayib ketib yigirma uch 
yoshni tashkil etdi, Bu ishlarning asosiy sababi davlatning mustamlakaligi edi”
6
. Hindistonga 
G‘arb ta’limini olib kirish, g‘arbcha g‘oyalarning keng tarqalishiga ham sabab bo‘ldi. Jumladan 
hind madaniyatiga xristian missionerlarining faoliyati bilan hinduizmning yangicha ko‘rinishi 
6
Бурмистров С.Л. Очерки индийской философии XIX – XX веков. – М.: Прогресс, 1993. – C. 156. 


shakllana boshladi. Hinduizmning yangicha ko‘rinishdagi shakllanish hindlarga vatanparvarlik va 
ingliz hukumatiga qarshi kurashning kuchayishiga sabab bo‘ldi. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida ingliz mustamlakachiligi sharoitida Hindistonda 
sarmoyadorlikka asoslangan mahalliy ishlab chiqarish tizimi yuzaga kela boshladi. Yirik sanoat 
korxonalari qurishga kirishildi. Angliya Hindistonda sanoatni o‘ziga qulay qilib joylashtirishga 
harakat qildi. Asosiy sanoat korxonalari dengizbo‘yi port shaharlari yaqinida edi. Bundan 
Hindiston boyliklarini arzon va oson olib chiqib ketish maqsadi ko‘zlandi. Hindiston ingliz 
burjuaziyasining kapital kiritish zonasiga aylanib qoldi. Zamindorlar, bank egalari, sudxo‘rlar 
dehqonlarni qarzga botirib, ularni ayanchli ahvolga solib qo‘ydilar. 
Yangi davr hind falsafasining ko‘zga tashlanuvchi hodisasi bu milliy ozodlik harakatidir. 
Hind milliy ozodlik harakati jarayonida diniy-falsafiy ta’limotlarni dolzarb siyosiy muammolarga 
moslashtirish 
maqsadida 
ularni 
zamonaviylashtirish 
va 
ushbu 
harakat 
talablariga 
muvofiqlashtirish, ayniqsa, o‘ta dolzarb vazifa bo‘lib yuzaga kelgan edi. Jumladan, an’anaviy 
diniy-mistik g‘oyalar, ularning mavhum shakllarini vatanparvarlik va xatto mustamlakachilikka 
qarshi ruhda sug‘orishga qaratilgan faoliyatlar xususan faollashadi. 
Sarvepalli Radhakrishnanning hayoti, ilmiy faoliyati, falsafiy izlanishlari haqida bir qator 
olimlar o‘z asarlarida ma’lumot keltirib o‘tgan. Shulardan A.D.Litman Sarvepalli 
Radhakrishnanning umumiy faoliyatiga doir “Sarvepalli Radhakrishnan” nomli asar muallifidir. 
“Avvalambor, olimning ilmiy yo‘nalishini tadqiq etishning o‘zi ham ilm hisoblanadi. Olimning
qiziqishlarini aniqlamasdan, uning “aql laboratoriyasini” ochib berish mumkin emas”,
7
- deydi 
Litman. 
Radhakrishnan haqida uning vatandoshlari hamda chet el tadqiqotchilari ham ko‘p asar va 
maqolalar yozgan. Ular asosan ulug‘lash, yuksak baholash xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 
Tanqidiy notalar faqatgina yevropasentrizmni ustun qo‘yuvchi opponentlar tahlilida jaranglaydi. 
1888-yilning 5-sentyabri, Madrasning Tirutani qishlog‘ining boy brahmanlar honadonida, 
Radhakrishnan oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Unga Sarvepalli ismini berishdi
8
. Barcha 
braxman oilalari kabi uning oilasida ham, diniy muhit hukm surar edi. Radhakrishnan oilasi diniy 
marosimlarni o‘z vaqtida o‘tkazar va muqaddas joylarga ziyorat uchun tez-tez borib turar edi. 
Qachonki, bola yura boshlaganida oila a’zolari uni o‘zlari bilan ziyorat qilgani olib borishar edi. 
Janubiy Hindistonning xashamatli ibodatxonalari, xudoga sirli ibodat, turli-tuman e’tiqod va 
insonlarning baland ovozda yangragan iltijolari Radhakrishnan tasavvurini uyg‘otdi. Bola 
tasavvurida g‘ayrioddiy tasvirlar shakllandi va u boshqa dunyoni tasavvur qila boshladi. O‘sha 
davrda Radhakrishnanning ongida umr yo‘lini aniqlab bergan abstrakt tafakkur paydo bo‘lgan 
edi. 
Shuni aytish mumkunki, Hindiston davlati qadim tarixga ega bo‘lib, boy madaniyati va 
ko‘pgina diniy ta’limotlariga ma’naviyat o‘chog‘i hamdir. Agar biz uning yaqin tarixiga qarasak 
fors shohlari va turkiy shoxlar tomonidan bosib olingan mustamlaka davlat hisoblanadi. Eng qiziq 
tomoni XX asrga kelib butun millat shunday qahramonlik ko‘rsatishi odamni lol qoldiradi albatta. 
Dissertatsiyaning “

Download 127,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish