Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistratura bo‘limi


Sarvepalli Radhakrishnan ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarining jamiyat



Download 127,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana01.06.2023
Hajmi127,49 Kb.
#947294
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MD Avtoreferat Abdullaziz

Sarvepalli Radhakrishnan ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarining jamiyat 
hayotida tutgan o‘rni” 
deb nomlangan ikkinchi bobida Sarvepalli Radhakrishnan falsafasida 
antropologik va axloqiy qarashlar, Sarvepalli Radhakrishnanning falsafiy ta’limoti va ilohiyotga 
oid qarashlari tadqiq etilgan. 
7
Литман A.Д. СарвапалиРадхакришнан. – М.: Наука, 1983. – C. 5. 
8
Там же. - C. 10. 


Radhakrishnan inson tabiati ko‘p qirrali ekanligini ta’kidlab, bularni: biologik odam, 
ijtimoiy odam, siyosiy odam va individual odamlar, deb ajratadi. Biroq faylasuf o‘z ta’limotida 
insonni yuqori darajadagi biologik mavjudot sifatida ko‘radi. Idealist sifatida Radhakrishnan 
albatta inson tushunchasi va ishlab chiqarish tushunchalarini anglamas edi. U insonni boshqa tirik 
mavjudotlardan farq qiluvchi bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidlar, lekin bu 
xususiyatlarni insonning tana, aql va ruh birligida, deb bilar edi. Ayniqsa, aql va ruh insonni 
tabiatning boshqa mavjudotlaridan ajratib turadi. Insonning fizik sifatidan ham muhimroq jihati 
mavjud. Uning tabiatida shunchaki obektiv bo‘lmagan element mavjud. Bu jihat insonga tabiatda 
o‘ziga xos o‘rin egallashiga sabab bo‘ladi. 
Inson nafaqat intuitsiyaga ega bo‘lgan mavjudot, balki u aql jamlanmasi hamdir. Uning 
mohiyati fiziologiya, psixologiya yoki sotsiologiyaning obyektiga aylanishi bilan o‘zgarib 
qolmaydi. Radhakrishnan fikricha, insonni fikrlovchi hayvon yoki aql mashinasi sifatida ko‘rish, 
bu bir tomonlama qarashdir va uni bunday talqini uning aslida tub mohiyatini e’tibordan chetda 
qoldiradi
9
. Shu bois faylasuf ilm-fan va texnika zararlarini ko‘rib xayratlangan holda, inson 
haqida sof mexanik-material mavjudot, avtomatik reflekslardan tarkib topgan qurilma sifatini 
berib, uning jismoniy qobiliyatlariga yuqori e’tibor berib, aslida uning yuksak ruhiy, axloqiy 
qobiliyatlarini, ulug‘ ilohiyligini anglayotgan bizning davrimiz yetakchilarining nuqtai nazarini 
inkor etar edi. 
Insonning ilohiy xususiyatlarini ko‘rib chiqar ekan, Radhakrishnan buning birligi, 
mohiyatini ruhiy, ma’naviy boshqarish, deb belgilaydi. Inson o‘ziga xos ilohiy mavjudot bo‘lib, 
makon va zamon dunyosiga bog‘liq emas, deydi Radhakrishnan. Bunday inson mohiyatining 
diniy-idealistik izohi “abadiy din“ tizimida asosiy o‘rini egallovchi ozodlik muammosi yechimini 
belgilab beradi. Faylasufning „abadiy din“ ta’limotida axloqqa juda katta e’tibor qaratilgan. Uning 
ta’imotidagi axloqiy jihatlar avvalombor „E’tiqod va inson xulqi doimo yonma-yon yuradi“, degan 
shiorga amal qilar edi. Bu “universal din„ va “universal axloq„ ta’limotlariga mos kelmog‘i lozim. 
“Universal axloq„ning shakllanishi jamiyatning turliligiga, milliy va diniy tabaqalanish kabi 
to‘siqlar yo‘l bermaydi. Shu bois hayotda haqiqiy sof axloqni tadbiq etish Radhakrishnanga juda 
mushkul tuyiladi. „Universal axloq“ uzoq kelajakning muammosidir. Markazda, ya’ni hozirgi 
vaqtda esa, vaqtinchalik axloq asosiy o‘rin egallaydi. Radhakrishnan nafaqat kapitalizmning 
odamlar ma’naviy hayotiga salbiy ta’sirini anglardi, balki uning hayot tarzini tubdan o‘zgartirish 
lozim, deb bilardi. 
Radhakrishnan ta’kidlardiki, e’tiqodni anglashga har qanday falsafa ham yordam bera 
olmaydi. Shunday falsafa bo‘lishi kerakki, bizga dunyo va hayotda har tomonlama va chuqur 
tushuncha berishi lozim. Radhakrishnan fikricha, „Biz yashayotgan dunyo haqidagi yakuniy 
bilimlarni tushunish uchun, bizga konstruktiv falsafa kerak. Bunga faqatgina chuqur falsafiy 
fikrlash natijasida erishish mumkin. E’tiqod esa, maqsadga muvofiq bo‘lishi zarur“. 
Radhakrishnanning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalarning dastlabki realligi va 
yakuniy asosini “Mutlaq ruh”, ya’ni Xudo tashkil etadi. Moddiy dunyoning mavjudligi ilohiyotga 
bog‘liq, undan hamma narsa yuzaga keladi. Tabiat o‘z-o‘zining sababchisi emas. Uning biron-bir 
qismi o‘zining mavjudligini tushuntirib bera olmaydi. Moddiyunchilikni u faqat mexanistik tarzda 
tushungan. Mutloq ruh o‘zidan behisob dunyolarni yaratadi va yana o‘ziga qaytarib olishga qodir. U 
zamon va makondan tashqarida mavjuddir. 
9
Radhakrishnan S. The Indian approach to the religious problem. The Indian mind. Essentials of Indian philosophy 
and culture. – D.: India, 1992. – P. 243. 


Dissertatsiyaning 

Download 127,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish