“Sarvepalli Radhakrishnan “Hindiston falsafasi tarixi” asaridagi
falsafiy g‘oyalari”
deb nomlangan uchinchi bobida Sarvepalli Radhakrishnan Hindiston falsafasi
tarixining asoschisi sifatida, ilk buddaviylikdagi diniy-falsafiy g‘oyalar va ularning hind falsafiy
tafakkuridagi o‘rni tahlil etilgan.
Sarvapalli Radhakrishnan zamonaviy Hindistonning burjua falsafasining yirik
namoyondasi hisoblanadi. Zamonaviy Hindistonning burjua mafkurasi, uning falsafiy va ijtimoiy
ta’limi murakkab, ko‘p rejali va anchayin xilma-xildir. G‘arbning yangi turdagi falsafiy maktablari
– neogegelchilik, ekzistensializm, mantiqiy pozitivizm, sotsiometriya va boshqalar qadimgi va
o‘rta asr Hindistonning an’anviy va falsafiy tizimlari bilam yonma-yon. Hind burjua falsafasi
keng miqyosdagi muammolarni ko‘rib chiqadi. Diniy poklanish masalasining sxolostik
savollaridan tortib, tabiiy bilimlarning yangi ma’lumotlarini o‘rganishgacha; Hindistonning ko‘p
asrlik madaniyatining ma’naviy va falsafiy merosini o‘rganish, unda sotsializm tabiatining
zamonaviy rivojlanishi muammolarini muhokama qilish bilan chigallashib ketadi. Biroq bu
muammolarning, burjua mafkurasi maktabi va oqimlarining hamda Hindiston falsafasining xilma-
xilligida bir qancha umumiy jihatlar borki, dissertatsiyaning quyida ba’zilari ko‘rib chiqilgan.
Hindiston mafkurasida, boshqa rivojlangan mamlakatlar mafkurasi singari, qadimdan ikki
asosiy yo‘nalishlar shakllangan: ratsionalistik, ateistik va materialistik bir tomondan, hamda
diniy-idealistik va mistik ikkinchi tomondan. Bu ikki yo‘nalish Hindistonning ma’naviy
madaniyatining rivojlanishining barcha jarayonlaridan o‘tmoqda. Ular orasidagi doimiy kurash
esa Hindiston qiyofasini belgilab beradi. Biroq bir qator vazifalarga ko‘ra Hindistonda milliy
ozodlik harakati vujudga kelgan davrda tasnifiga ko‘ra, burjua-demokratik bo‘lgan ilk yo‘nalish
bu yerda Yavropadagi burjua revolyutsiyasi davridagi kabi shov-shuvli bo‘lmadi. Hindistonda
ikkinchi yo‘nalish ortida yakka hukmronlik saqlanib qolgan bo‘lib, bu milliy meros an’analarini
idrok etishda, hamda mamlakatning zamonaviy mafkuraviy hayotiga ta’sir etmay qolmasdi.
O‘tmishning ko‘plab diniy-idealistik tizimlari orasida Hindistonning zamonaviy falsafiy va
ijtimoiy-siyosiy fikrlari Upanishadlar va Bhagavadgita kabi ma’naviy-madaniy yodgorliklarda
ifodalangan diniy-idealistik ta’limot va nazariyalardan foydalaniladi
10
.
Sarvepalli Radhakrishnanning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari hinduizm dini bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Uning qarashlarida o‘z davrida mavjud bo‘lgan din, uning oqimlari,
ta’limotlari jamuljam bo‘lgan edi. U o‘z falsafiy qarashlarida hind falsafasi va diniy fikrlari xaqidagi
qadimiy ma’naviy merosning saqlanib qolinishiga va uning hozirgi zamon falsafasiga tatbiq etishga
da’vat etdi. U Vedanta falsafasidagi ratsionalistik va realistik yo‘nalishni rivojlantirib bordi.
Radhakrishnan izohlarida nisbiy tenglashtirilgan ta’lim, fan va madaniyat muammolariga
ko‘ra, iqtisod va ijtimoiy o‘sish muammolari ko‘proq kundalik hayot haqiqatlaridan ko‘ra,
mavhumligi bilan ajralib turadi. Biroq bugun mamlakat taqdiri uchun ma’suliyatni his etuvchi
siyosatchi sifatida iqtisodiy muammolarga ham ahamiyat berardi. Uning chiqishlari ilmiylikdan
yiroq bo‘lsa ham, bu mavzularni falsafaga aloqasi bo‘lmasada, u keskin fikrlar bildirar edi. “Inson
och va yupin bo‘lsa, o‘zgalar uning ustidan hukmronlik qilsa, kasallik, ifloslik “botqog‘ida” bo‘lsa,
oddiy hayotiy sharoitga ega bo‘lmasa, bu dunyoda hech qachon baxtli bo‘la olmaydi”.
11
Ilk buddizmning falsafiy tizimi, shubhasiz, falsafa tarixidagi eng yorqin tizimlardan biridir.
Bu tizim oʻzining asosiy gʻoyalari va ruhi jihatidan XIX asr ilgʻor ilmiy tafakkuriga juda yaqin.
Germaniyaning zamonaviy pessimistik falsafasi, Shopengauer va Xartman falsafasi qadimgi
buddizmning tuzatilgan variantidir. Ba’zan bu haqda “buddizmdan biroz ko‘proq
10
Радхакришнан С. Индийская философия. – М.: Наука, 1957. – C. 245.
11
Литман A.Д. Сарвапали Радхакришнан. – М.: Наука, 1983. – C. 100-101.
vulgarlashtirilgan narsa” deyishadi. Voqelikning dinamik konseptsiyasi nuqtai nazaridan buddizm
Bergson ijodiy evolyutsionizmining yorqin peshqadamidir. Ilk buddizm bugungi kunning amaliy
ehtiyojlariga moslashtirilgan va e’tiqod va bilim o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishga yordam
beradigan falsafa turidir. Agar biz e’tiborimizni ilk buddizmning yetakchi tamoyillariga qaratsak,
uning o‘sishining turli bosqichlari va asl ta’limot va uning asoschisi Buddaning o‘zi atrofida
kristallangan afsonaviy afsonalar haqida gapirishimiz mumkun.
Hindistonning o‘zida buddist tafakkuri ming yildan ortiq vaqtdan beri o‘zgarib bormoqda.
Ris Devids ta’kidlaydi: “Buddizm deyarli har bir kitobda asrlar davomida asta-sekin o‘zgarib
turadi”. Budda vafotidan keyingi ikkinchi asrda buddaviylik ta’limotining kamida o‘n sakkiz turini
topish mumkin
12
. G‘oyalar sohasida hayot o‘zgarish demakdir. Biroq, barcha rivojlanish ushbu
davr doirasida mavjud deb taxmin qilish mumkin emas. Agar ilk buddizm o‘zining Hinayana va
Mahayana shakllari bilan unga tegishli bo‘lsa, buddist tafakkurining to‘rtta maktabi keyingi davrga
tegishli.
Ilk buddizmning ekspozitsiyasi pitaka yoki qonun savatiga asoslangan bo‘lishi kerak. Agar
biz ularda Buddaning o‘zi tomonidan ta’riflangan ta’limotlarni topmasak, ular bizga eng yaqin
bo‘lgan narsadir. Pitakalar Buddaning so‘zlari va ishlarining ekspozitsiyasi bo‘lib, ular dastlabki
hind buddistlariga taqdim etilgan. Bizda ularda pitakalar yaratilgan va yozib olingan davrda Budda
va uning ta’limoti haqidagi qanday g‘oyalar ustunlik qilgani haqida hikoya bor. (Ular, ehtimol,
eramizdan avvalgi 241-yilgacha, Uchinchi Kengash o‘tkazilgandan oldin tuzilgan va
yakunlangan.) Pitakalar, shubhasiz, Budda ta’limotining eng qadimgi va eng nufuzli
ekspozitsiyasidir.
XULOSA
1. Bilamizki, Hindiston qadimdan falsafaga yo‘g‘rilgan mamlakat. Hozirda hind
falsafasi hind hayotining barcha jabhalarida o‘z hukmini o‘tkazmoqda. Sarvepalli
Radhakrishnan hayoti, amalga oshirgan ilmiy ishlari, bizni nafaqat hozirgi zamon hind
falsafasi, balki qadim-qadimdan shakllanib, rivojlanib kelayotgan ko‘hna g‘oyalar haqidagi
bilimlar bilan ham tanishtiradi. Chunki Radhakrishnan Hindistonda qadimdan mavjud bo‘lgan
falsafiy maktablar haqida asarlar yozgan. Mazkur asarlarda dinlar, diniy kitoblar va diniy
oqimlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Har bir din alohida bo‘limlar orqali axloqiy, falsafiy,
ma’naviy jihatdan ta’riflangan. Hind xalqining buyuk davlat arbobi, Radhakrishnan
Hindistonning rang-barang madaniyati, xilma-xil dinlari, jamiyat hayoti, unda yuz berayotgan
voqea va hodisalar haqida ko‘plab asarlar yozgan.
2. Bundan tashqari, bu asarlarda falsafiy, umumbashariy, milliy muammolar ham
ko‘tarilgan. Bularning barchasi jamiyat hayotini yaxshilashga xizmat qiladi. Uning falsafiy,
diniy, ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida hind xalqining boy madaniyat va an’analari talqin etilgan.
Umumiy xulosalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, avvalambor Sarvepalli Radhakrishnanning falsafiy
qarashlari, uning bosib o‘tgan hayot va ijod yo‘li har bir odamning e’tiborini tortadi. Uning
tug‘ma, iste’dodli faylasuf va siyosatchi, olim ekanligiga hech kim shubha qilmaydi. Sarvepalli
Radhakrishnan o‘zining Yoga haqidagi talimotida har doim Gitaga asoslanadi, o‘z falsafasini
tushuntirishda ham unga murojat qiladi. Uning fikricha Gitaning ontologik (borliqqa oid)
qarashlarini, to‘g‘ri mohiyatini uning ikki Prakriti (7-bob) va uch Purush (15-bob) haqida
talimotidan izlash kerak. Bu talimotga ko‘ra, oliy haqiqat bu qarama-qarshi ibtidolarning
(ya’ni: shaxsiy va g‘ayri shaxsiy, o‘zgarmas (Akshari) va o‘zgaruvchan (Kshari), moddiy
12
Rhys Davids J.R. The Sects of the Buddhists. – D.: India, 1931. – P. 126.
(Prakriti) va ma’naviy (Braxman) birligini ifoda etuvchi Purushottamadir. Moddiy tabiat
(Prakriti va undan kelib chiquvchilar) Shaktining (ma’naviy quvvat) muvaqqat borlig‘ini
vaqtsizlikdagi impuls (Visarga) yordamida tug‘diradigan va unga ichki mavjudlik qonunini
(Svabxava) beradigan cheksiz ijodiy imkoniyatlarining nomukammal tadbiqi sifatida chiqadi
(7 bob). Shunday qilib, Radhakrishnan Gitada o‘z ontologik qarashlarida bir qator
o‘xshashliklar nuqtasini topadi, xususan borliq ikki sohasi va dunyo involyutsiyasi.
Radhakrishnan o‘zining talimotini Advayta Vedantaninga sosiy monistik g‘oyasini davomiy
va mantiqiy rivoji deb hisoblaydi, bunda uning Maya interpretatsiyasi bu g‘oyaning ifodasiga
mos keladi.
3. Bundan tashqari uning talimotida asosiy Vedanta maktablarining: Advayta, Vishishta
dvayta, Dvayta Vedanta ratsional jihatlari jipslashib ketadi. Bir tomondan u bu ta’limotlarni
Yoga tajribasining turli xil jihatlarini umumlashishi ko‘rinishida tasavvur etadi, boshqa
tomondan esa ularni supramental ongning uch tamodifikatsiyasi bilan bog‘laydi. Ayniqsa
uning inson oliy mezon ekanligi haqidagi fikrlari tahsinga sazovordir. Jumladan u shunday
fikrni aytadi: “Inson bu hayotning oliy ko‘rinishi. Unda evolyutsiya birinchilardan bo‘lib
ongli va boshqaruvli bo‘lgan. Umuman har bir niyat, har bir iroda, ilohiy kuchlardan tashqari -
yovuzlik: barcha turdagi niyatlar yaxshi deyilishidami, yomon deyilishidami amalga oshish
kerak, o‘shandagina odob o‘zining sirli ma’nosiga ega bo‘ladi, chunki inson axloqli
hisoblanadi va faqatgina osmonlarda taqdirlanish uchun emas, balki “shunday bo‘lishi kerak”ligi
uchun insonlarga yaxshilik keltiradi. Shuning uchun yaxshilik nafas olish va yurak urushi kabi
tabiiydir”. U yana jamiyatda inson uchun hamma shart-sharoitlar yaratilishi, inson baxtli
yashashi uchun bilimli, ongli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida o‘zining ta’sirli g‘oyalarini ilgari
suradi. Sarvepalli Radhakrishnanning falsafiy qarashlari shuhrat qozongan va bu butun
insoniyat uchun xizmat qilgan. Dayyananda ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni egallagan,
shu bois ham uning diniy mazmundagi fikrlari hind xalqiga ko‘proq ta’sir qilgan. U o‘z-
o‘zini namoyon etish, o‘zini-o‘zi cheklash, o‘zini-o‘zi yo‘q qilish qobiliyatiga ega bo‘lib,
Braxman ilohiy ongdan pastga tushib, dunyoni, ongni va dunyodan begona bo‘lishning eng
yuqori darajasi kabi materiyaga nisbatan hayotni paydo qiladi. Mutafakkirning boshqa bir
muhim aspekti (jihati) inson – bu hayotning ko‘rinishi degan g‘oyasidir. Bu g‘oya shunisi bilan
muhimki, unda evolyutsiya ilk bora ongli, boshqariladigan bo‘ladi va shuning uchun ham moral
baholashadigan bo‘ladi. Shunday ekan inson xulqi umumqutulish sari dunyo-yu borliqni
harakatlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi va bu yerda o‘sha xulqi faqatgina xudbinlikni
yo‘q qilishga asoslanadi. Uning falsafiy fikrlari hozirgi zamon hind faylasuflarining diqqat
markazidan o‘rin olgan. Mustaqil Hindistonning bugungi kundagi falsafiy ijtimoiy va siyosiy
ravnaqi Radhakrishnan ilgari surgan ta’limot asosida bormoqda.
4. Radhakrishnan ta’kidlardiki, e’tiqodni anglashga har qanday falsafa ham yordam bera
olmaydi. Shunday falsafa bo‘lishi kerakki, bizga dunyo va hayotda har tomonlama va chuqur
tushuncha berishi lozim. Radhakrishnan fikricha, “Biz yashayotgan dunyo haqidagi yakuniy
bilimlarni tushunish uchun, bizga konstruktiv falsafa kerak. Bunga faqatgina chuqur falsafiy
fikrlash natijasida erishish mumkin. E’tiqod esa, maqsadga muvofiq bo‘lishi zarur“.
5. 1920 – yil Radhakrishnan xalqining madaniy merosini anglagach va G‘arb falsafasining
tanqidiy tahlilidan so‘ng, o‘z falsafasini ishlab chiqdi. Hayoti davomida intilgan ideal falsafa
modeli paydo bo‘ldi. Bu ta’limotning o‘ziga xos jihatini faylasuf hayot bilan bog‘liqlik, deb bildi.
Shuning uchun o‘z mehnatida hayot bilan falsafaning aloqasini birdek o‘rinda olib borishga
harakat qildi. Falsafiy izlanishlar samarasiz bo‘lmaydi, deb hisoblab, inson hayoti va harakati
falsafa bilan chambarchas bog‘liq, deb ta’kidlaydi. Chunki, falsafa inson hayotini belgilab beradi
va boshqaradi. Hind falsafasi Radhakrishnan fikricha, spirtualistik ko‘rinishga ega. “U inson
hayoti bilan qiziqadi, hayotdan tashqaridagi sfera bilan emas. U o‘z boshlanishini hayotdan olib,
falsafiy maktablardan o‘tib, yana hayotga qaytadi“, deydi. Falsafiy tizim asoschilari xalqning
ijtimoiy-ma’naviy ongini kuchaytirishni taklif etadilar. Shundagina maqsad qilib qo‘yilgan
yutuqlarga erishish mumkin.
6. Shunday qilib, Radhakrishnan Hindistonga yangi falsafiy tizim kerak, deb hisoblaydi. U
yangi falsafiy tizimning zamonaviy bosqichini tarixda qolishi uchun xizmat qilishi lozim, deb
biladi. U bunday falsafiy tizimni qanday tasavvur qiladi. Birinchi o‘rinda u zamon bilan hamnafas
bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon falsafasi bugungi kun bilan mos bo‘ladi, o‘tmish bilan emas.
Shuning uchun u hech bir falsafiy tizimga o‘xshash bo‘lmaydi. Kelajak hayot bilan bog‘liq, u
harakat sababchisidir. U o‘ziga xos bo‘lishi zarur va o‘zi tasvirlovchi hayotni shaklan va tarkiban
rivojiga asosiy turtki bo‘lishi kerak. Radhakrishnan bunday holat mohiyatda tabiatshunoslik bilan
bog‘liq, deb biladi. U falsafa texnik rivojlanish yutuqlarini hisobga olmasligi mumkin emasligini
yaxshi anglagan va ko‘p ta’kidlar edi. Falsafiy rivojlanish jarayonida uning rivoji nazardan chetda
qolishi mumkin emas edi. Falsafaning kelajakda rivojlanishi tabiatshunoslik va psixologiya
yutuqlarini ham ko‘zda tutishi zarurligi muhim omil ekanligini ta’kidlar edi. Radhakrishnanning
kelajak haqidagi fikrlari uning umumiy xulosalaridan kelib chiqdi. Yangi davr falsafasining
boshqalardan ajralib turish jihatlari, haqli va nihoyat tabiatshunoslik bilan aloqadorlilik tomonlari
yaxshilab tahlil qilindi. Bu tizimning yana bir jihati shunda ediki, dinni ma’rifiy ilm bilan bir
qatorga qo‘yish edi. Din bo‘lajak dinning mustahkamlovchi yadrosi bo‘ladi, deb aytadi
Radhakrishnan.
7. Uning falsafiy, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida hind xalqining boy madaniyat va
an’analari talqin etilgan. Milliy ozodlik harakati yo‘lboshchisi, davlat rahbari, millat rahnamosi
sifatida ham Radhakrishnan oddiy xalqning farovon hayoti uchun bir qancha islohotlarni amalga
oshirdi.
8. Uning “abadiy din”, “universal din”, “universal falsafa” kabi falsafiy ta’limotlari falsafa
rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan va hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Chunki, bu
ta’limotlar qaysidir millat, yoki qaysidir davrni ta’riflash bilan cheklanib qolmaydi.
9. Radhakrishnanning fikricha, “universal din” “universal falsafa” bilan uyg‘unlashib
ketadi. “Mening umumiy pozitsiyam dunyoni keng izohlashga yordam beradi. Bu fikr davom
ettirilishini va lozim faktlar, hamda hayotiy ruhning qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Falsafa
muqaddas bitiklar his-tuyg‘u va aqldan yuqori baholansa aqidaparastlikka aylanadi”.
Radhakrishnan fikricha, bunday yondashuv, uni sxolostika mavqeiga tushurib qo‘yadi.
10. So‘ngi yillarda barcha sohalar kabi ta’lim sohasiga ham e’tibor alohida qaratilmoqda.
Yosh tadqiqotchilarga yangi ilmlarni tadqiq qilishda bir qancha sharoitlar yaratib berilmoqda. O‘zida
ko‘p sonli milliy va jahon ilmlari haqidagi kitoblarni mujassam etgan kutubxonalar va ilmiy
manbalar saqlanadigan ilmiy tadqiqot markazlari tashkil etilishi bunga misol bo‘la oladi.
11. Falsafani o‘rganish, uni tadqiq etish farovon va rivojlangan jamiyatni qurishda asosiy
vazifani bajaradi. Tarixda yuz bergan hodisalardan saboq chiqarib, kelajakni barpo etish
rivojlanish sari olib boradi. Sarvepalli Radhakrishnan asarlari boy mazmunga ega bo‘lib,
Hindiston tarixi va qadimiy madaniyati bilan tanishishning asosiy manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
NASHRLAR
1.
Абдувахидов А.А. Проблема “восток-запад” в социально-философских взглядах
С.Радхакришнана. – М.: Наука и образование сегодня, 2022.
2.
Абдувахидов А.А. XIX аср охири XX аср бошларида Ҳиндистондаги ижтимоий-
сиёсий жараёнлар. – Кемерово: Образование и наука в XXI веке, 2022
3.
Abduvaxidov A.A. Sarvepalli Radhakrishnanning falsafiy ta’limoti va ilohiyotga oid
qarashlari. – F.: Journal of new century innovations, 2023.
Do'stlaringiz bilan baham: |