Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Sarvepalli Radhakrishnan ijtimoiy-falsafiy
qarashlari mavzusini o‘rganish magistirlik dissertatsiyasiga qo‘yilgan asosiy masaladir.
Tadqiqotdagi asosiy masala va farazi “Hindiston falsafasi tarixi” asarini tahlil qilish diniy-falsafiy
qarashlarni o‘rganish va tahlil qilish.
Tatqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Tatqiqot mavzusi boʻyicha asosiy
ilmiy izlanishlar hind va rus tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan. Sarvepalli
Radhakrishnanning 2 tomdan iborat “Индийская философия”
3
nomli asari 1956-1957 yillarda
Moskvada chop etilgan. Unda faylasuf Hindiston haqida batafsil maʻlumotlar keltirib oʻtgan.
Bundan tashqari rus olimlaridan A.D.Litman
4
oʻzining bir qator asarlarida hind falsafasi haqida,
Yevropa va Hindistonda mavjud falsafiy oqimlarning bir-biriga oʻxshash va farqli jihatlarini,
Yevropa madaniyatini hind zaminiga kirib kelishi aks etgan bir muncha asarlar muallifidir.
Bularga 1983-yili Moskvada chop etilgan “Сарвeпали Радхакришнан” asarini misol qilib olsak
boʻladi. Bu asarda muallif faylasuf va siyosatchi Radhakrishnanning hayoti, faoliyati, ijodiy
mehnatlari haqida maʻlumot berib oʻtgan. Bundan tashqari Litmanning 1985-yilda Moskvada chop
etilgan “Zamonaviy hind falsafasi” asaridan ham tadqiqot davomida foydalanildi. Rossiya fanlar
akademiyasining falsafa instituti tomonidan hind falsafasining 75 yilligiga bagʻishlanib 2000-yilda
chop etilgan maqolalar toʻplamidan ham foydalanildi.
Hindistonning davlat arbobi va faylasufi Sarvepalli Radhakrishnan va uning asarlari
koʻpgina olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Uning koʻpqirrali ijodi bilan bir qancha olimlar
qiziqgan. Xorijiy mamlakat olimlaridan S.L.Burmistrov oʻzining “Очерки индийской
философии XIX – XX веков” asarida Hindistonning boy falsafiy taʻlimotlarini bayon qilish bilan
bir qatorda, Radhakrishnanning hayoti va falsafiy yoʻnalishi haqida maʻlumotlar keltirib oʻtgan.
Bundan tashqari Rossiyasda N.P. Anikeev, A.Tkachev kabilar va ayniqsa A.D.Litman oʻzining
“Сарвeпали Радхакришнан” hamda “Современная Индийская философия” nomli asarlarida
faylasufning butun umri davomida olib borgan tadqiqotlari, ta’limotlari, falsafiy qarashlari haqida
batafsil soʻz yuritgan. Radhakrishnanning faoliyatiga bagʻishlanib, chop etilgan ilk asarlardan biri
bu N.P.Anikeevning “Философскиe и социальные взгляды Сарвeпали Радхакришнана” nomli
asaridir.
Oʻzbek olimlaridan Sarvepalli Radhakrishnan ijodi va faoliyati borasida S.Yoʻldoshev,
O.Shomatov va M.Ahmedovalar oʻz monografiyalarida eslatib oʻtishgan. 2006 – yil ularning
“Hind falsafasi” va “Sharq falsafasi” nomli kitoblari nashr etilgan. Bu kitoblarda Hindistonning
falsafa namoyondalari, falsafiy maktablar, taʻlimotlar bilan bir qatorda Sarvepalli Radhakrishnan
haqida ham maʻlumotlar bor
5
.