Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistratura bo‘limi



Download 127,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana01.06.2023
Hajmi127,49 Kb.
#947294
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MD Avtoreferat Abdullaziz



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI 
 
MAGISTRATURA BO‘LIMI 
 
Qo‘lyozma huquqida 
UO‘К: 1(091)(075.8) 
KBК: 87.3(0) 
А-13 
Abduvaxidov Abdullaziz Abdusattor o‘g‘li 
 
SARVEPALLI RADHAKRISHNAN IJTIMOIY-FALSAFIY 
QARASHLARI 
Mutaxassislik: 70220502 - Sharq falsafasi va madaniyati (yo‘nalishlar bo‘yicha) 
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan 
dissertatsiyasi avtoreferati 
 
 
Ilmiy rahbar:
Tulenova K.J.
f.f.n, professor 
Toshkent-2023


KIRISH (magistr akademik darajasi dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. 
Hozirda 
bizning jamiyatimiz muhim tarixiy bosqich – mustaqil, demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat qurish 
pallasini oʻtamoqda. Bu jarayonda barchamiz oʻz burchimizni ado etishimiz zarur. Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “...Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar avvalo ijtimoiy 
qadriyatlar va ta’lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda. Shu nuqtai nazardan, buyuk ajdodlarimiz 
bo‘lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, ularning butun jahon sivilizatsiyasi rivojiga 
qo‘shgan bebaho hissasini chuqur o‘rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida 
ahamiyatga egadir”
1

Shu oʻrinda oldinga qoʻygan marralarimizga yetishish uchun har tomonlama yetuklikka 
intilish zarur. Bu borada ajdodlarimiz oʻgitlari, ilmiy meroslari biz uchun dasturil amal boʻlib xizmat 
qiladi. 
Falsafa dunyoning barcha masalalari bilan qiziqadi. U xususiylik bilan chegaralanmasdan, 
olamni bir butunlikda anglashga intiladi. Shu ma’noda falsafa fanlarning gultoji hisoblanadi. Oʻz 
navbatida falsafa butun dunyo bagʻrida turli maktablarga ajralib, talqin va tadqiq qilinadi. 
Mamlakatimizda boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori falsafaga, xususan, Sharq falsafasiga 
katta ahamiyat berilmoqda. Arab dunyosi, Eron, Mestopotamiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya
Koreya va Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy me’rosini o‘zida jam etuvchi Sharq falsafasi doimo 
dunyo olimlari diqqat markazida bo‘lib kelgan. “Haqqoniy tarixni bilmasdan turib, o‘zlikni 
anglash mumkin emas” degan edi O‘zbekiston Respublikasininng birinchi prezidenti 
I.A.Karimov. Birinchi prezident ta’kidlaganidek, - “Biz bu bebaho me’rosdan xalqimizni, ayniqsa, 
yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda
jamiyatimizni ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda, shunchalik qudratli ma’naviy qudratga 
ega bo‘lamiz ”.
Falsafaning eng koʻhna beshiklaridan biri boʻlgan Hindiston hozirda ham falsafiy ilmlar 
yurtidir.
Oʻzbekiston – Hindiston aloqalari koʻp asrlik tarixga ega. Ayniqsa, Hindistonda Boburiylar 
hukmronligi davrida ikki xalq aloqalari nihoyatda kengaygan. Boburiy shoxlar davrida oʻlkada 
koʻplab bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Agra shaxrida barpo etilgan Toj Mahal dunyoning 
yetti moʻjizalaridan biri sanaladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi doʻstlik, 
oʻzaro hurmat va ishonchga asoslangan yuksak darajadagi hamkorlik aloqalari qaror topgan. Ikki 
mamlakat mintaqa xavfsizligi va barqarorlik masalasida mushtarak qarashga ega. Hindiston 
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 – yil 26 – dekabrda rasman tan oldi. Ikki 
tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini 45 ta davlatlararo, hukumatlararo, 
idoralararo xalqaro hujjatlar tashkil etadi.
2
Ikki davlat madaniyati, urf-odati va qadriyatlari bir-biriga yaqindir. Shu sababdan 
mamlakatlar orasidagi munosabatlar doʻstona tus olgan.
Bilamizki, Hindiston qadimdan falsafaga yoʻgʻrilgan mamlakat. Hozirda hind falsafasi 
hind hayotining barcha jabhalarida oʻz hukmini oʻtkazmoqda. Sarvepalli Radhakrishnan hayoti, 
amalga oshirgan ilmiy ishlari, bizni nafaqat hozirgi zamon hind falsafasi, balki qadim-qadimdan 
shakllanib, rivojlanib kelayotgan koʻhna gʻoyalar haqidagi bilimlar bilan ham tanishtiradi. Chunki 
Radhakrishnan Hindistonda qadimdan mavjud boʻlgan falsafiy maktablar haqida asarlar yozgan. 
1
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Т.: 
O‘zbekiston, 2017. – B. 35. 
2
Jo’rayev S. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar. – T.: Akademiya, 2005. – B. 293-294. 


Bu borada Radhakrishnan barcha Hindiston dinlari haqidagi bir qancha qimmatli asarlar 
muallifidir. Mazkur asarlarda dinlar, diniy kitoblar va diniy oqimlar haqida ma’lumotlar 
keltirilgan. Har bir din alohida boʻlimlar orqali axloqiy, falsafiy, ma’naviy jihatdan ta’riflangan. 
Bugungi kun hind falsafasi haqida gap ketganda, milliy ozodlik harakatlari haqida eslab 
oʻtish oʻrinlidir. Nazariy-gʻoyaviy jihatdan, hind milliy ozodlik harakatiga xos taʻlimotning koʻzga 
tashlanadigan tomonlaridan biri, uning diniy-aqidaviy mazmunidir. Buning sababi shundaki
diniylik bu mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻalgan hind xalqining ijtimoiy ruhuyatidagi yetakchi 
elementlardan biridir. Sarvepalli Radhakrishnan kabi hind faylasuflari xorijiy gʻoyaviy oqimlar bilan 
milliy ma’naviy merosni uygʻunlashtirish yoʻlida “sintez” shaklidan foydalanishga harakat 
qilganlar. 
Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, qadimdan Hindistonda rivojlanib kelayotgan 
falsafaning ilk maktablari haqida bilimlarga ega boʻlish, bizning jamiyatda bu gʻoyalarning 
ahamiyatini tahlil qilishdir. Hindiston ham koʻp davrlar milliy oʻzlikni qaytarib olish va qayta tiklash 
uchun kurashgan. Oʻzbek xalqi ham jahonning tarix sahnasida bunday jarayonni oʻz boshidan 
oʻtkazgan. Hind va oʻzbek xalqlari oʻrtasida azaldan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Har qanday 
mamlakatlar oʻrtasidagi boʻlajak aloqalar, ularning oʻtmishdagi munosabatlari poydevoriga quriladi. 
Shu sababdan hozirda dunyo xaritasida oʻzining oʻrnini mustahkamlab borayotgan mamlakat – 
Hindiston tarixi bilan tanishish ahamiyatga loyiq vazifadir. 

Download 127,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish