Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet45/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

SIG‘NAQ XATI
“Abushqa” lug‘atida ushbu yozuv to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Lug‘at tuzuvchisi sïğnaq so‘zini izohlar ekan, u muayyan yozuvning oti ekanligi, Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z g‘azallaridan birida uni tilga olganligini ta’kidlaydi va g‘azalning o‘sha baytini misol keltiradi:

Sïğnaq – bir nav’ xatdur, Čïğatayda xatt-i bāburiî va ğayri kibi-ke, Bābur Mirzā aš’ārïnda kelür. Bayt:

Xublar xattï nasibïŋ bolmasa, Bābur, ne taŋ,

Bāburî xatï emäsdür, xat-i sïğnaqîmudur (DDT.278).

Sïğnaq atamasi, chamasi, o‘rta asrlar Sirdaryo bo‘yidagi turk madaniy markazlaridan biri bo‘lgan shahar otiga bog‘lanadi. Ana shu o‘lkada qo‘llanilgan yozuv shunday atalgan bo‘luvi mumkin.

Sig‘naq xatining namunalari hozircha ma’lum emas. Ehti­mol, u qadimgi turkiy yozuvlardan biridir. Dalillar aniqla­n­gunga qadar bu masala ochiq qoladi.


XATT-I BOBURIY
Ushbu yozuv Zahiriddin Muhammad Boburning tilshunos sifatidagi ulug‘ kashfiyotidir. Bu xatning muayyan doirada amal qilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Lekin bu yozuvda bitilgan matnlardan bizgacha yetib kelmagan yoki, bor bo‘lsa ham, fanga ma’lum emas.

Muhammad Tohir ibn Qosimning 1645 yili Balxda Said Nodir Muhammadxon topshirig‘i bilan yozilgan “Ajoib at-tabaqot” asarida xatt-i boburiy bilan bog‘liq muhim bir fakt bor (Aзимджанова 1963). O‘zbekiston FA Sharqshunoslik ins­tituti fondida 409- hamda 411- raqamlari ostida asarning qo‘l­yozmalari saqlanmoqda.

Kitob yetti bo‘limdan iborat. Ularda olamning yaratilishi, payg‘ambarlar, yer va koinotning holati, ba’zi ajoyib ishlar, g‘aroyib ilmlar haqida so‘z boradi.

409-raqamli qo‘lyozmaning 241a–242b- sahifalarida Dar ta’ayyuni xutut az anvāi o (“Xatlar va uning turlarini bilish haqida”) sarlavhasi ostida muayyan tartibda o‘n to‘rtta alifbo keltirilgan. Alifbolarning boshida ularning oti ham yozib qo‘yilgan. Shulardan o‘ninchi alifbo xatt-i boburiydir. Uning boshlanishiga Xatt-i bāburî inast deb yozilgan. Shundan so‘ng xatt-i boburiyning 28 harfi keltirilib, har biri arabcha harflar bilan izohlab chiqilgan. Alifbodagi harflar sirasi quyidagicha (o‘ngdan chapga – faqat arabcha harflarni keltiramiz):



Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish