Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet53/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

d>δ>y//g hodisasi. Qadimgi turkiy tilga [d] lashish xos; [y] yoki [g] lashish nisbatan kam uchraydi. Hozirgi o‘zbek tilida [y] yoki [g] bilan kelgan so‘zlar qadimgi yodgorliklarda [d] bilan aytilgan. XI–XIV asrlarda qadimgi [d] bilan yonma-yon [δ] ham qo‘llanilgan. “Chig‘atoy turkiysi” davridan boshlab [y] yoki [g] ga aylandi.

QB.368 da: aδaq, Taf. da: aδaq (40)~ayaq (44); KTT.28 da: ayaq. Hozirgi o‘zb.: ayaq.

Ka.4 da: idi, Taf. da: iδi (122)~iyi (121)~eyä (70), hozirgi turk.: iye, o‘zb.: egä.

K.28 da: yadağ, KTT.37 da: yayağ. Hozirgi o‘zb.: yayaw.

AH.426 da: qadğu. Hozirgi o‘zb.: qayğu.

OD.36.6 da: uyqu; QB.16 da: uδï – uxla, uδuğ – uyg‘oq; Taf.324 da: uδï~uyu; RQ.139a da: uyuqla – uxla. Hozirgi o‘zb.: uyqu, uxla, uyğaq.

QB.65 da: quδruq. Hozirgi o‘zb.: quyruq.

E.17.3, ST.V.18.18 da: adïr, QB.323 da: aδïr. Hozirgi o‘zb.: ayïr.

E.17.2 da: qadïn. Hozirgi o‘zb.: qayïn: qaynata (

X.37 da: qodï~qudï, QB.71 da: qoδï~quδï, Taf.211 da: qoδï~qoδu~qozï. Hozirgi o‘zb.: quyï.

QB.148 da: beδüg, Taf.113 da: büyüg. Hozirgi o‘zb.: büyük.

KTT.17 da: eyär, KN.72 da: egär. Hozirgi o‘zb.: egär.

İB.18 da: tügünük. Hozirgi o‘zb.: tüynük. Qiyoslang, İB.18 da: közünük – deraza.

QB.339 da: eδgü, KTT.35 da: eygi; Taf. da: eδgü (70)~eygü (72). Hozirgi turk.: iyi, o‘zb.: ezgü. Biroq o‘zbek tilida ayrim iboralarda iyi shakli ham qo‘llaniladi: İyilikniŋ keči yoq.

Taf.40 da: aδğïr. Hozirgi o‘zb.: ayğïr.

KN.76 da: biyiz. Hozirgi o‘zb.: bigiz~biyiz.

Ton.4 da: bod, RQ.140b da: boy; hozirgi turk.: boy. O‘zbek tilida qayïnboy so‘zining tarkibida saqlangan, “qayin avlod, qayin urug‘i” degani.



QB.365 da: boδ, Taf.106 da: boy.. Hozirgi o‘zb.: boy – bo‘y, qomat.

QB.442 da: boδ – rang, KN.71 da: boy – rang, boyaq – bo‘yoq. Solishtiring, hozirgi o‘zb.: boya, boyaq.

Boy ning “bo‘ydoq, turmush qurmagan” ma’nosi ham bor. Masalan: KN.71 da: boy~boydaq. Solishtiring, hozirgi o‘zb.: boy qïz; boz yigit~boydaq yigit.

QB.70 da: yïδ – hid.

AH.167–168 da: ked-, kedim. Hozirgi o‘zb.: kiy-, kiyim.

AH.255 da: tod-. Taf.306 da: toy-. Hozirgi o‘zb.: toy-.

OD.2.2 da: ud, KN.72 da: uy, qirg‘.: uy. Hozirgi o‘zb. uyčï (uyčï tümäni) so‘zining tarkibidagi uy qadimgi ud ning o‘zgargan shaklidir; uyčï – “qoramol boquvchi” degani. Qiyoslang: xatïrčï – “xachir yetishtiruvchi”.

Taf. da: ïδ~ïy (128)~ïz (129) – yubor-.

Shunga qaramay, o‘zbek tilida ayrim so‘zlarning qadimgi d li shakli ham saqlanib qolgan. MK da: quduğ (III.134) ~ quδuğ (I.356); RQ.141b da: quduğ. Hozirgi turk.: quyu, o‘zb.: quduq (lekin qudï emas – quyï); İB.42 da: idiš-ayaq, RQ.142b da: idiš, MK.I.112 da: ayaq. Hozirgi o‘zb.: idiš-ayaq.

ğ>w hodisasi.

MK.I.388 da: qağun, KTT. 9 da: qawun. Hozirgi o‘zb.: qawun.

MK.II.85 da: qağurdï, MK.I.85 da: qağurmač, KN.71 da: qawurmač – ovqatning oti, KTT.21 da: qawurma. Hozirgi o‘zb.: qawurma, qawurdaq.

MK.I.449 da: qulabuz, KTT.34 da: qulağuz, QB.124, RQ.146b da: qulawuz – yo‘lboshchi, rahnamo. Hozirgi turk.: qïlawuz

K.2 da: yağï, hozirgi o‘zb.: yaw.

QB.326 da: yawuz. Hozirgi o‘zb.: yawuz.

Ka.7, QB.2694 da: yağuq, KTT.35, RQ.141b da: yawuq –yaqin.

OD.27.8 da: soğuq; KTT.38 da: sawuq. Hozirgi o‘zb.: sawuq.

OD.41.5 da: tağuq. Hozirgi o‘zb.: tawuq.

KN.72 da: sağlïq. Hozirgi o‘zb.: sawlïq (qoy).

OD.19.4 da: suğ. Hozirgi o‘zb.: suw. Biroq fe’l shaklida: suğar-. Bu qadimgi qoldiq shakli bo‘lishi ham mumkin. Qiyos­lang: Taf.276 da: suwar-; Lekin MK.II.218 da: suwğar-. Uning -a qo‘shimchasi bilan yasalgan suwaldï varianti ham bor: tarïğ suwaldï – ekin sug‘arildi (MK.II.142).


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish