Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet50/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

UNDOSHLAR TIZIMI

Urxun va yenisey bitiglarining yozuv, fonetik-fonologik xususiyatlari bitiglar tilida quyidagi undosh fonemalar amal qilganidan dalolat beradi: [b], [p], [d], [t], [q], [k], [ğ], [g], [z], [s], [č], [š], [y], [l], [m], [n], [ñ], [ŋ], [r].


Qadimgi turk davridayoq sharqiy turk lahjalarida (qadimgi uyg‘ur va moniy yozuvli yodgorliklar tilida) [w] va [x] fonemalari amal qila boshlagan.

Mahmud Koshg‘ariy [v] fonemasini ikkita tovush deb izohlagan edi: [w] hamda [v]. U [w] ni “[b] bilan [f] maxrajlari orasidagi” tovush deb ta’riflagan (MK.I.68). XI–XIV asrlarning arab yozuvli matnlarida ularning ikkovi ayri-ayri harflar bilan ifoda etilgan.

Tub turkiy so‘zlarda [w] tovushi [v] dan ko‘ra ustunlik qiladi. Masalan, QB da: küwänč, aw, suw, ew.

Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, [v] bilan [w] dialektal xususiyatni ham farqlagan: [v] bilan so‘zlash o‘g‘uz va ularga yaqin turuvchilarga, [w] bilan so‘zlash esa boshqa turklarga xos. E’tiborni tortadigan yeri, devonda bir so‘zning ikki xil varianti aralash qo‘llanilgan: tawar (MK.I.137) // tavar (MK.I.237). Bir so‘zning ikki xil talaffuz etilishi mumkinligini muallifning o‘zi ham ta’kidlaydi: uvut // uwut (uyat), yalavač // yalawač (payg‘ambar), yava // yawa (tursus mevasi) (MK.I.111).

Ko‘k turk alifbosida [w~v] fonemasi uchun maxsus harf yo‘q. Muhimi shundaki, ko‘k turk bitiglari bilan deyarli oldinma-ketin yaratilgan uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon matnlarida bu tovush uchun alohida belgi bor. Arab yozuvli matnlarda [w~v] bilan kelgan so‘zlar ko‘k turk bitiglarida B, b harflari bilan yozilgan. Bu hodisa ko‘k turk alifbosidagi B, b harflari, o‘rni bilan, [w] tovushini ham ifoda etgan degan xulosaga olib keladi. Misollarga e’tibor bering: tabğač (tawğač) – tabg‘ach, tabïsğan (tawïsğan) – tovushqon, sab (saw) – so‘z, xabar, sub (suw) – suv.

XI–XIV asrlarning turkiy yodgorliklarida tishora [δ] tovushi ham uchraydi (bu tovush arab alifbosida harfi bilan ifoda etilgan). Masalan, XI–XIV asrlarning arab yozuvli matnlarida quyidagi so‘zlar harfi bilan yozilgan: eδgü, aδïğ, quδï, qaδğu. Ko‘k turk va qadimgi uyg‘ur alifbolarida tishora [δ] tovushi uchun alohida belgi yo‘q. Arab yozuvli matnlardagi [δ] li so‘zlar ko‘k turk bitiglarida D, d harflari bilan yozilgan. Ushbu so‘zlardagi D, d harflari [d] bilan bir qatorda tishora [δ] tovushini ham ifodalagan chiqar: edgü (eδgü), adïğ (aδïğ), qudï (quδï), qadğu (qaδğu).

Ko‘k turk xatida [x] tovushi uchun maxsus harf yo‘q, uning o‘rnida yolg‘iz q keladi: qatun, qağan, qan. Bu so‘zlardagi [q] arab yozuvli matnlarda [x] ga o‘zgaradi: xatun, xaqan, xan. Biroq, bu hodisani tamoman tovush o‘zgarishiga yo‘ymaslik kerak. Sababi, “Qutadg‘u bilig” asarining tilida qadimgi [q] li varianti ustivor. Masalan: qalï (agar), qalïq (osmon), yaqšï va b. Keyinchalik bu so‘zlardagi [q] tovushi [x] ga o‘zgargan: xalï, xalïq, yaxšï singari.

Urxun bitiglarida hozirgidan farqli holda [ñ] tovushi ham qo‘llangan (yozuvda # harfi yoki ikki harf birikmasi – JN bilan ifoda etilgan). Bu tovush quyidagi so‘zlarda keladi: Toñuquq, añïğ, qoñ, cïğañ. Ko‘k turk bitiglarida [ñ] bilan kelgan so‘zlar uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon matnlarida yoki arab yozuvli yodgorliklarda [y] bilan keladi: ayïğ – yovuz, tuban, bemani, qoy, čïğay – “qashshoq, yo‘qsil”.

Qadimgi [ñ] ni Mahmud Koshg‘ariy arab xatida harfi bilan keltirgan. Uning yozishiga qaraganda, [y] li so‘zlarni [n] ga aylantirish dialektal xususiyatdir. So‘z o‘rtasi va oxirida kelgan [y] ni arg‘ular [n] ga almashtirganlar: qoy – qon “qo‘y”, čïğay – čïğan “kambag‘al”, qayu – qanu “qaysi” (MK.I.67). Bu misollarning bari ko‘k turk bitiglaridagi [ñ] sonor [n] ga variant sifatida ([n~ñ]) qo‘llanganidan dalolat beradi.

[n] // [y] mosligi hozirgi o‘zbek tilida ham uchrab turadi: qanda~qayda. Yoki qadimgi [n] hozir qo‘llaydigan qanï, qanča singari so‘zlarimizda ham saqlanib qolgan.

Uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon bitiglarida o‘zlashgan so‘zlar­da sirg‘aluvchi [ž] tovushi ham qo‘llanilgan: ažun. Arab yozuvli matnlarda bu tovush ﮊ harfi bilan ifoda etilgan: ا ژون ažun – dunyo.

Eski turkiy til davridan boshlab arab, fors tilidan o‘z­lashgan so‘zlarda [f], [h] fonemalari ham qo‘llana boshladi.

Arab alifbosi asosidagi turkiy imloda arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan yozuv prinsipi amal qil­gan. Bunday so‘zlar arabcha matnlarda qanday yozilsa, turkiy matnlarda ham shunday yozilavergan. Lekin ulardagi arab tiligagina xos bo‘lgan tovushlar turkiy tovushlar singari talaffuz etilgan.

“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da o‘zlashgan so‘zlarga xos bo‘lgan bunday tovushlar xususida ham ma’lumot beriladi. Unda yozilishicha, “turk qipchoq tilida” quyidagi sakkiz harf (ya’ni tovush) yo‘q. Bular: sa: (ث), ha: (ح), xa: (خ), da:t (ض), za: (ظ), ‘ayn (ع), fa: (ف), ha (ه). Ushbu harflar turk tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydi (KTT.1).



Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish