Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


TURKIY YOZMA YODGORLIKLARDA SANA VA UNING AYTILISHI



Download 3,07 Mb.
bet109/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

TURKIY YOZMA YODGORLIKLARDA SANA VA UNING AYTILISHI
Yozma yodgorliklarda sanani aytishning yo‘li o‘ziga yarasha: biror voqeaning sanasi ko‘rsatilganda avval yil, keyin oy, so‘ngra kun aytiladi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida yïl-ay-kün degan atama qo‘llanilgan. Buning ma’nisi “taqvim”dir. Muhim jihati, bu atama shu turishida sanani aytish ketma-ketligini aks ettirgan.

Qadimgi turklarda muchalyil sanog‘i amal qilgan. Ko‘k turklarda oylarning oti yo‘q: ular tartib ko‘rsatkichi bilan yurtilgan. Bir misol. Kul tigin bitigining yakunida sarkarda Kul tigin o‘limining va uning xotirasiga atab o‘tkazilgan yo‘g‘ marosimining sanasi shunday beriladi: Kül tigin qoñ yïlqa, yeti yigirmikä učdï. Toquzunč ay yeti otuzqa yoğ ertürtimiz. – Kul tigin qo‘y yilida, (birinchi oyning) o‘n yettinchi kunida (=731 yil, 27 fevral) o‘ldi. To‘qqizinchi oyning yigirma yettisida (=731 yil, 1 noyabr) yo‘g‘ marosimini o‘tkazdik (K.III). E’tibor berilsa, birinchi sanada oy ko‘rsatilgan emas, faqat kun qayd etilgan. Nechanchi oy to‘g‘risida so‘z borayotganini keyingi jumladan bilish mumkin. Keyingi jumlada yilning to‘qqizinchi oyi (toquzunč ay) qayd etilgan. Demak, avvalgi jumlada yilning birinchi oyi ko‘zda tutilmoqda.

Turkiy yozma yodgorliklarda sana, ko‘pincha, asar yakunidagi ta’rixda qayd etiladi. “Ta’rix” asli “sana” demakdir. Lekin sharq manbashunosligida asar oxiridagi yakuniy ma’lumotlarni “ta’rix” deyish rusum bo‘lgan. Sababi, matnning yakuniy ma’lumotlar keltiriladigan bo‘limida (ta’rixda) uning sanasi keltiriladi. Ta’rixda asarning bitilgan (yirik asarlarda ularning ko‘chirilgan) sanasi, kotibi, yeri to‘g‘risidagi ma’lumot berilgan bo‘ladi. Sana ta’rixning birinchi, shuning bilan birga, eng kerakli komponentidir.

Ilmiy terminologiyada ta’rixni kolofon (rus manbashunosligida “выходные данные”) yoki datum ham deyiladi.

Turkiy yozma yodgorliklarda ta’rixni berish tartibi har xil: masalan, tilxatlarda keltirilgan ta’rix yorliqlardagi ta’rixdan ayricha. Yorliqlar, tarixiy yoki badiiy asarlardagi ta’rix uch komponentdan tuzilgan bo‘ladi: sana, matnni ko‘chiruvchi kotibning oti, matn bitilgan yer. Turkiy ta’rix ana shu komponentlarning birligidan iborat.

An’anaga ko‘ra, ta’rixdan avval asar tugaganligi qayd etiladi. Bu gap tügädi // tügändi yoki tamām boldï so‘zlari bilan boshlanadi. Yoki gapning kesimi tamām boldï, bitildi, uning kotibi qayd etilgan bo‘lsa, bitidi, bitidim so‘zlari bilan tugaydi. Masalan, “Qutadg‘u bilig” uyg‘ur yozuvli hirot nusxasining oxirida asar ko‘chirib tugallangandan keyin bitilgan ta’rix Tügändi Qutadğu kitabï deb boshlanadi. Yoki Britaniya muzeyida Or.8193 soni ostida saqlanayotgan uyg‘ur yozuvli qo‘lyozmadan o‘rin olgan “Muhabbatnoma”ning oxiriga ta’rixdan avval Tamām boldï Muhab(b)atnāma kitābï deb yozib qo‘yilgan. Qo‘lyozmalarda asar tugaganligi ma’lum qilingach, unga ba’zan Qutluğ bolsun; Qutluğ bolsun, davlat kelsün, mehnat ketsün degan tilaklar ham qo‘shib qo‘yiladi.

Islom davri matnlarida sana, ko‘pincha, tarix degan umumlashtiruvchi so‘z bilan birga qo‘llanadi va buning bilan matnning bitilish sanasiga ishora qilinadi. Masalan: tarix sekiz yüz otuz beštä; tarix sekiz yüz qïrq üčtä singari.

Islom davri matnlaridagi yil sanog‘i hijriyda. Masalan, sekiz yüz qïrq üčtä deyilganda hijriy “sakkiz yuz qirq uchinchi yil” ko‘zda tutiladi. Undan keyin turkiy muchalyil oti keltiriladi. Bunday matnlarda oy otlari ham musulmon taqvimi asosida.

Tabiiyki, keyin oyning nechanchi kuni ekanligi ta’kidlanadi. Ba’zan bunga haftaning kuni ham qo‘shib qo‘yiladi. Shuning singari bir-ikki o‘zgachaliklarni aytmaganda, komponentlarning ketma-ketligi, jumla tuzilishida islom davri matnchiligidagi sana bitish an’anasi o‘zidan burungi davr matnchiligidan uncha farq qilmaydi. Islom davri matnchiligi qadimgi turk an’ananasini saqlagan.

Badiiy matnlardagi ta’rix bitish tartibini “Qutadg‘u bilig”ning hirot qo‘lyozmasidan olingan misol bilan dalillaymiz. Chunonchi, asar ko‘chirib tugallangan o‘rindagi ta’rix shunday: Tügändi Qutadğu kitabï tarix sekiz (yüz) qïrq üč yïlta qoy yïl muhar(r)am aynïŋ törti Haruda.

Yoki, ayni qo‘lyozmaning boshqa bir yerida berilgan ta’rix quyidagicha: Tarix sekiz yüz qïrq üčtä qoy yïl axiri muhar(r)am aynïŋ tört yaŋïsï Haru šahrïnda bitildi.

“Hibatu-l-haqoyiq” istanbul nusxasining oxiridagi ta’rix esa shunday: Tarix sekiz yüz seksän dörtdä toŋuz yïlï zulqada ayïnïŋ on yetisidä šamba küni tamām boldï. Qutluğ bolsun, davlat kelsün, mehnat ketsün tep Šayxzāda `Abdulrazzāq baxšï Qustantaniyada bitidi.

Uyg‘ur yozuvli “Muhabbatnoma”ning oxiriga bitilgan ta’rix: Qutluğ bolsun. Tarix sekiz yüz otuz beštä čïčqan yïl rajap aynïŋ altïsïnda Yazd šahrïnda Mir Jalāl(id)din buyurğan üčün bu faqir Mansur baxšï bit(i)di.

Uyg‘ur yozuvli “Tazkirayi avliyo” asarining yakuniga shunday tarix bitilgan: Emdi tazkirada bitilgän mašāyix avliyālarnïŋ hikāyat sözläri tügätildi. Tarix sekiz yüz qïrqta at yïl jumādul-āxira aynïŋ onïda Heruda Abu Malik baxšï bitidim.

Ana shunday ta’rix bitish an’anasini o‘rta asrlarning yorliqlarida ham kuzatamiz. Masalan, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning 1393 yili polyak qiroli Yag‘ayliga uyg‘ur xatida yo‘llagan yorlig‘ining oxirida berilgan ta’rix shunday: Taqağu yïl tarix yeti yüz toqsan beštä rajap ayïnïŋ sekiz yaŋïda ordu Tanda erürdä bitiglädimiz (Tovuq yili, ta’rix yetti yuz to‘qson beshda, rajab oyining sakkizinchi kuni o‘rda Tanda ekanligida yozdik).

Oltin O‘rda xoni Temur Qutlug‘ning 1397 yili uyg‘ur yozuvida bitilib, satrma-satr arab xatida izohi keltirilgan yorlig‘ida uning hijriy 800 yil (=1397) bars yili, sha’bon oyining oltinchi kunida Uzu suvining yoqasida Mujavaranda bitilganligi qayd etiladi: Tarix sekiz yüzdä bars yïlï ša`ban ayïnïŋ altïnčï künidä Üzü suyïnïŋ kanarïda Mujavaranda erürdä bitildi.

Shohruhning Hirotning Chechakto‘ba mavzeidagi Talxan ota mozorining mujovuri Ismoil nomiga bergan uyg‘ur yozuvli suyurg‘alida qayd etilgan ta’rix: Tarix sekiz yüz yigirmi bešidä ud yïl muharram aynïŋ yigirmi ikisidä Bāğ-i Šaharda bitildi (Ta’rix sakkiz yuz yigirma beshinchi, sigir yili, muharram oyining yigirma ikkisida (=1422 yilning 16 yanvari) Bog‘i shaharda bitildi).

Tilxatlarda ta’rixni keltirish shakli bulardan farq qiladi. Ortig‘i bilan qaytarish evaziga olingan narsa yoki tushumidan ulush olish sharti bilan ishlovga olingan yer uchun yozilgan rasmiy hujjatlar (tilxatlar), odatda, o‘sha narsa nasiyaga olingan sanani qayd etish bilan boshlanadi.

Muhim belgilaridan biri, tilxatlarda (odatda, uning oxirida) tilxat berayotgan kishi, hatto xatni yozgan kotib, guvohlar ham qayd etiladi. Biroq xatning yozilgan sanasi va bitilgan yeri ko‘rsatilmaydi.

Shu o‘rinda Berlinda saqlanayotgan Turfondan topilgan uyg‘ur yozuvli rasmiy hujjatlarning sanalarini ko‘rib chiqamiz:

U 5238 soni bilan saqlanayotgan hujjat shunday boshlanadi: Taqïğu yïl aram ay altï …(Tovuq yili aram oyining olti ...). Bu o‘rinda aram ay // ram ay – qadimgi uyg‘ur taqvimining birinchi oyidir.

U 5329 soni bilan saqlanayotgan uch qatorli hujjat Toŋuz yïl üčünč ay bir … (To‘ng‘iz yili, uchinchi oyining bir...) deb boshlangan.

U 5316 soni bilan saqlanayotgan uch mesh may (üč qap süčük) olinganligi haqidagi to‘rt qatordan iborat bo‘lgan hujjat Ud yïl yitinč ay bir otuzqa (Sigir yili yettinchi oyning yigirma birida) deb boshlanadi.

U 5314 soni bilan saqlanayotgan besh qatorli hujjatning boshlanishi shunday: Tawšan yïl onunč ay tört yigirmikä (Tovushqon yil o‘ninchi oyining o‘n to‘rtinchi kuni).

U 5301 soni bilan saqlanayotgan uch qatorli hujjatning boshlanishi: Ït yïl onunč ay biš yaŋïqa (It yil o‘ninchi oyining beshinchi kuni).

U 5291 soni bilan saqlanayotgan o‘n qatorli hujjat Ït yïl bir yigirminč ay tö[rt ..] (It yil, o‘n birinchi oyning to‘rt ...) deb boshlangan.

U 5284 soni bilan saqlanayotgan saqlanayotgan to‘rt qatorli hujjatning boshlanishi: Ud yïl č(a)xš(a)p(a)t ay iki otuzqa (Sigir yil chaxshapat oyining yigirma ikkinchi kuni). Matnda uchragan čaxšapat ay – ro‘za oyi, taqvimning o‘n ikkinchi oyidir.

Bunday hujjatlarda keltiriluvchi ta’rix uchta komponentdan tuzilgan bo‘ladi: yil, oy, kun. Yil, odatda, muchalyil otlari bilan keltiriladi.

Islom davridan avval yaratilgan matnlarda oy ikki xil tartibda berilgan: 1) oyning tartib ko‘rsatkichi aytiladi: birinč ay, ikinč ay, üčünč ay singari. Bu tartib turkiy tillar tarixidagi eng eski tartibdir; 2) oy qadimgi uyg‘ur taqvimi (budda taqvimi, moniylik davrida ham turklar ana shu taqvimdan foydalangan) asosida keltiriladi. Bu taqvimga ko‘ra har qaysi oyning o‘z oti bo‘lgan. Masalan: aram ay // ram ay [r`m] – qadimgi uyg‘ur taqvimining birinchi oyi. Yoki: čaxšapat ay [siksapada] – ro‘za oyi, taqvimning o‘n ikkinchi oyidir. Ushbu tartib turklar buddizm va moniylikni qabul qilganlaridan keyin ommalashdi.

Qadimgi turklarda kunlarning oti yo‘q, ular o‘z tartibi bilan aytiladi. Faqat oyning birinchi kunlari (odatda, birinchi o‘n kunlik) tilga olinganda unga yaŋï so‘zi qo‘shib aytiladi. yaŋï – “oyning birinchi kuni” degan ma’noni anglatadi. Masalan, biš yaŋïqa deyilganda “yangi oyning beshinchisida, oyning beshinchi kunida” deb tushuniladi.

Islom davridan boshlab hafta kunlari ham ommalashdi. Shuning uchun islom davri matnlarida oy kunlaridan keyin hafta kunlari ham qo‘shib qo‘yilgan.

Demak, turkiy tillar tarixidagi sanoq kishilik hisob-kitob tushunchalarining kelib chiqishidan boshlab uning tugal bir tizimga aylanishiga qadar davom etgan uzoq asrli taraqqiyotini o‘zida aks ettiradi.




Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish