Monumental matn deganda o‘liklar xotirasini mangulashtirish istagida mozor toshlariga yozilgan bitiglar, ziyoratchilar tomonidan qoya toshlarga, shuningdek, biror ulug‘ tarixiy voqealar sabab bo‘lib toshlarga yozib qo‘yilgan yozuvlar tushuniladi. Ko‘k turk yozuvli yenisey bitiglarida buning singari monumental matnlar whb beŋü~ wkhb beŋkü~ wghb beŋgü deyilgan. Hozirgi matnshunoslikda “monumental matn” bilan birga “epigrafik matn” atamasi ham qo‘llanilmoqda. Eski turkchada uning ham o‘z atamasi bor. Ko‘k turk yozuvli urxun bitiglarida epigrafik matnni Ycgtib bitigtaš, yenisey bitiglarida esa aJqwkhb beŋkü qaya~ aJqwkhm meŋkü qaya deyilgan.
Kunimizga qadar saqlangan turk monumental bitiglarining eng ko‘hnasi urxun obidalaridir. Bitiglar ulug‘ yo‘lboshchilar, milliy qahramonlar xotirasiga bitilgan yodnomalar bo‘lib, ularda xalq qahramonlarining ko‘zi tirikligida olib borgan ezgu ishlari, yurt erki va farovonligi, tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlari yod etiladi. Bitiglarda tarixiy voqealar ajoyib til bilan, badiiy uslubda bayon etilgan. Muhimi, bitigtosh ijodkorlari o‘sha kezlardayoq fikrni el-ulusga, kelgusi o‘g‘il-qizlarga yetkazishning eng ta’sirchan yo‘lini topganlar. Ular bitiglarda tarixiy bayon, rasmiy, monumental matnlarga xos ko‘tarinkilik, epitafiyalarga xos qayg‘uli ohang – bari-barini o‘zida mujassamlashtirgan sinkretik uslubni qo‘llaganlar.
Unutmaslik kerak, qabrtoshlardagi yozuvlarning bari badiiy uslubda emas. Yuqorida yenisey bitiglarining ko‘pi badiiy uslubda bitilganini ta’kidlagan edik. Biroq ayrim bitiglarda o‘lik to‘g‘risida ma’lumot berilgan, xolos. Tuvadan topilgan uchinchi uch qatorli toshbitigni (Orkun 1987,580, 582) o‘rnak uchun keltiramiz:
Qara qan ičrägi ben Ezgänä
altï otuz yašïma erti
ben öltim. Türgäs el ičindä beg-ben. Bitig.
(Mazmuni: Qoraxon o‘rdasida men Azgana yigirma olti yoshimda edi men o‘ldim. Turgash elida beg edim. Bitig.).
Yenisey qabrtoshlarini, tabiiyki, marhumning yaqinlari, o‘g‘il-qizlari o‘rnatgan. Biroq, e’tiborga sazovorlisi shundaki, qabrtoshlardagi bitiglarning ko‘pi o‘liklar tilidan berilgan. Ularda marhumning ko‘zi tirikligi chog‘ida er sha’ni-shavkati uchun ko‘rsatgan ezgu ishlari hikoya qilinadi. Qayg‘uli o‘lim ularni o‘z yurti, yaqinlari, uy ichi, o‘g‘il-qizlari, do‘stu yorlaridan ayirgani, yorug‘ dunyoda ularning diydoriga to‘yib ham ulgurmagani bitiladi. O‘tganlarning yoshiga qarab matn mazmuni ham o‘zgara borgan: bu dunyodan erta ketganlar “yaqinlarimga, yorug‘ dunyoga to‘ymadim” (bökmädim) deya nido qiladilar.
Abakanga yaqin yerdagi Oltinko‘l bo‘yidan topilgan ikkinchi bitigtosh (Orkun 1987,514–515, 520–521) shunday o‘qiladi:
a) Quyda qadašïma, qunčuyïma adrïlu bardïm. Men oğlumqa … bodunumqa bökmädim.
Sekiz qïrq yašïma …
Erdäm bolsar, bodunuğ erk bodunuğ. Er atïm Erän Uluğa, erdämig batur-men.
Erdämlig bolsar, bodun isräk yürmädi, erinčim ikizimä.
b) On ay eltdi ögüm, oğlan toğdum, erin ulğatïm.
Elimdä tört tegzindim. Erdämim üčün Inänčü Alp …
e) Er erdäm bolsar andağ ermiš. Ešin-men, Altun qïrqa kirtim.
Er erdäm üčün Tüpüt qanqa yalabač bardïm, kelürtim.
(Mazmuni: Quyda o‘rtog‘imdan, malikamdan ayrildim. Men o‘g‘limga, xalqimga to‘ymadim. O‘ttiz sakkiz yoshimda ... erdam bo‘lsa, xalqi erkli xalqdir. Er otim Eran Ulug‘ erdamli botirmen. Erdamli bo‘lsa, xalq sarxush yurmadi, afsusim ikki bor ortdi.
Onam (qornida) o‘n oy eltdi, o‘g‘lon tug‘ildim, er bo‘lib ulg‘aydim. Elimda to‘rt bor tegzindim. Erdam uchun Inanchu Alp ...
Er erdam bo‘lsa, shunday ermish. Eshi(?)- men Altun qirga kirdim. Er erdam uchun Tuput xoniga elchi bo‘lib borib keldim.)
Yenisey daryosining g‘arb qirg‘og‘idagi Oznachennaya qishlog‘idan topilgan bitigtosh (Orkun 1987,573–575) shunday o‘qiladi:
a) Qunčuyïm, qadašïm, adrïltïm, buŋ-a. Yağïqa kirdim,
Kü Čäkül tutuq, sizimä adrïldïm.
Elim, qanïm, sizimä adrïldïm. Altun keš adrïltïm.
b) beš qïrq er yaš ert[im]
c) El ïnančï elin
Qanïŋïz yuqlayur, qadaš alpïŋïz qarğanur, ünüŋüz
Yağïm anča ermiš, adrïldïm.
(Mazmuni: Malikam, o‘rtog‘im, ayrildim, mung-a. Yovga kirdim. Mashhur Chakul tutuq, sizlarimdan ayrildim. Elim, xonim, sizlarimdan ayrildim. Oltin o‘q-yoyimdan ayrildim.
O‘ttiz besh – eryosh edim.
El inonchi, elini ... xoningiz yuksalur, do‘stu alpingiz zafar qozonur, dovrug‘ingiz ... Dushmanim shunday emish, ayrildim).
Ulug‘ Kem daryosining irmoqlaridan biri bo‘lmish Chakulning tevaragidan o‘n bitta toshbitig topilgan.
Chakul yoqasidan topilgan to‘rtinchi bitigtoshning o‘qilishi (Orkun 1987,528–529):
Alp Uruŋu tutuq-ben. Quyda qunčuyïm[a], eki oğlanïma, sizimä, yaŋus qïzïma
Yïš, eči ešim, qadašlarïm-a, adrïlu bardïm-a. Qïzïŋ erim-ä, bökmädim.
Täŋri elimkä, bašda begimkä bökmädim. Sizimä, qïrq yašimda qač[tïm].
(Mazmuni: Men Alp Urungu tutuq-men. Quyda malikamdan, ikki o‘g‘limdan, sizlarimdan, yolg‘iz qizimdan ... yish, akalarim, o‘rtoqlarim-a, ayrilib qoldim. (?) mardlarim-a, to‘ymadim. Qutlug‘ elimga, boshdagi begimga to‘ymadim, sizlarim-a, qirq yoshimda qochdim).
Chakul bo‘yidan topilgan yettinchi yodgorlikning matni quyidagicha o‘qiladi (Orkun 1987,531,539):
Qutluğ Čigši-ben, qadïr yağïda
Qara bodunuma, yïta, sizimä,
Elimä, sizimä.
(Mazmuni: Qutlug‘ Chigshi-man. Mudhish dushmanda. Avom xalqim-a, esiz, sizlarim-a. Elim-a, sizlarim-a)
Chakul yoqasidan topilgan sakkizinchi bitigtoshning o‘qilishi (Orkun 1987,531–532,539):
Tört oğlum bar üčün beŋkümin t(ikti).
Külüg apa-ben.
(Mazmuni: To‘rt o‘g‘lim bor uchun mangutoshimni tikladi. (Men) Kulug apa-men).
Ba’zi qabrtoshlarga marqad egasining o‘lgan vaqti qayd etiladi, uning otini yodga olib duo aytiladi. Tabiiyki, bunday matnlarni badiiy asarlar deb bo‘lmaydi. Nasroniy muhitida yaratilgan turk qabrtoshlarini bunga o‘rnak qilib keltirish mumkin. 1313 yili tiklangan Denxa Arim yodgorligining (Maлов 1959,78–79) uslubiga e’tibor bering:
(1) Aleksandros qan (2) saqïš(ï) miŋ altï (3) yüz yegirmi tört (4) erdi. (5) Ut erdi. (6) Bu qabra (7) Denxa Arim (8) Batmanïŋ turur. (9) Yat bolsun! Kelmiš (10) yazïqïŋa pušu bolsun.
Mazmuni:
(1) Aleksandr xon (2) tarixi ming olti (3) yuz yigirma to‘rt(inchi yil) (4) edi. (5) (Turkcha hisobda) sigir (yili) edi. (6) Bu qabr (7) Denxa Arim (8) Bamtanikidir. (9) Yod bo‘lsin! (Qabr tepasiga) kelgan (10) (yaratgandan marhumning) gunohlaridan o‘tishni so‘rasin.
Epigrafik matnlarning ba’zilari tarixiy sanalarni, muhim voqealarni qayd etish uchun bitilgan. Bunday matnlarning uslubi-da ayri. Matnda uning kim tomonidan bitilganligi, yodgorlik o‘rnatilishining maqsadi, muhim tarixiy vaqea va albatta sana qayd etiladi. Bunga o‘rnak sifatida Amir Temurning yetti yuz to‘qson uchinchi yil ko‘klamida (=1391 yilning apreli) To‘xtamishxonga qarshi yurish boshlagan chog‘da eski o‘zbek tilida (“chig‘atoy turkiysi”da) yozdirgan bitigini o‘rnak sifatida keltirish mumkin (Ushbu bitigning ochiqlamasi kitobimizning “uyg‘ur yozuvi” bo‘limida berilgan edi).
Tashrif bitiglari ham uslub jihatdan ajralib turadi. Bunday yozuvlar ko‘proq muqaddas qadamjolarga bitilgan. Bitigda ziyoratchining oti, ziyorat ta’rixi aniq ko‘rsatiladi. Bunga Qirg‘izistonning janubida Aqbeyit yaqinidagi Ungir degan joydagi qoyatoshga uyg‘ur xatida yozilgan bitigni misol keltirishimiz mumkin. Bitig shunday o‘qiladi:
Yïl tört yüz altmïš altïda men Qumar Arämük munï bitidim. Yïl bars yïlï erdi, beši(n)č ay on erdi. Tušambat (?) kün erdi. Qutluğ bolsun, inša(a)la.
Mazmuni: Yil to‘rt yuz oltmish oltida (melodiy 1061–1062) men, Qumar Aramuk, buni bitdim. Yil bars yili edi. Beshinchi oy(ning) o‘n(inchi kuni) edi. Tushambat (?) kun edi. Qutlug‘ bo‘lsin, inshoollo (Содиқов 1997,91).
Do'stlaringiz bilan baham: |