Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana27.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#610925
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi Охирги вариант

Yaponiya va AQSH munosabatlari kelajagi 
Bugungi kunda Yaponiya va Amerika Qo’shma Shtatlari munosabatlarida 
biroz chigallashish yuz bermoqda . Ba’zi amerikalik olimlar fikriga ko’ra Abe 
1
Шарапов A.A. Осиё –Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. 
ТДШИ. Монография. 2014. – Б.57. 
2
G7 Summit Japan 2016 HOME .2016. 9 Novem. 
www.japan.go.jp/g7/
 
3
Стрельцов Д.В. Япония и Восточноазиатское сообшество: взгляд со стороны// Мировая экономика и 
международные отношении, 2007. – №2. – С.58. 


hukumati Tramp jamoasi bilan qayta kelishuvga tuzishga to’g’ri kelayotgani tanqid 
qilinmoqda. Misol uchun, Kanberalik olim, Yangi Janubiy Wales Universiteti 
professori Aurelia Georgi Mulgan o’zining maqolasida quyidagicha fikr bildirgan: 

Qo’shma Shtatlarning ko’plab boshqa do’stlari va ittifoqdoshlari kabi, 
Yaponiya hozirgi kunda xaritada belgilanmagan hududlar navigatsiyasi 
muammosiga duch kelmoqda-Tramp hukumati bilan qanday tarzda aloqa qilish 
avvalgi ikki tomonlama aloqalar qayta kelishuvga erishilishini talab etadi.
Abe ma'muriyati uchun, bu holat 1980 va 1990-yillardagi Yaponiya uchun 
"Amerika muammo"si deb atalgan istalmagan holatga qaytishni anglatadi. O'sha 
o’n yilliklar ichida, oxirgi Yaponiya hukumatlari o'z iqtisodiyotini qanday yo’lga 
qo’yilishini, talab, taklif va hatto ko'rsatmalarni Amerika Qo'shma Shtatlari 
manfaati uchun yo’naltirishi kerak bo’lgan.
Ajablanmagan tarzda, Abe hukumati siyosiy va iqtisodiy frontlarda Qo’shma 
Shtatlar bilan yangi “xorijiy bosim” (gaiatsu) orqali aloqaga kirishish uchun eski 
o’yin kitobini aylantirmoqda. Yaponiyaning javoblari hali ham foydali va 
vaziyatlarga bog’liq deb tasavvur etiladi. Hattoki ikki tomonlama aloqalarni noldan 
boshlagan taqdirda yoki Yaponiya AQSHga o’z qiymati va muhimligini yana bir 
marta namoyish etganda ikki davlat ham bir-biriga kerak bo’ladi
”. 
Buni birgina misoli, 
Yaponiya bosh vaziri va vazirlari tez-tez Qo’shma 
Shtatlarga sammit va boshqa yuqori-darajali uchrashuvlarga bir qator takliflar bilan 
tashrif buyuradi. “Sovg’a diplomatiyasi” shu damda “kompetsatsiya” vazifasini 
bajaruvchi taktik vazifani o’taydi, ya’ni Yaponiya ma’lum bir AQSH ehtiyojlari 
bilan kelisholmagan paytda, ularning o’rniga boshqa turdagi takliflar bilan chiqadi.
Yaponiya Bosh Vaziri Abe Trampning dasturi ichiga kiritilgan eng 
zamonaviy texnologiyalar: savdo aeroflotlari, robotlar va sun’iy aql dasturi 
bo’yicha bir necha to’gridan to’gri moliyaviy injinering va tehnik hamkorlik 
dasturlarini taklif etish niyatida
1

Shu yerda o’rinli fikr tug’iladi, 
professor Aurelia Georgi Mulgan
Tramp 
ushbu takliflarni qabul qilishi kerakmi?! degan savolni qo’yadi. Bu holatni 
1
Aurelia George Mulgan, UNSW Canberra 2017.8 February 
http://www.mofa.go.jp/mofaj/gaiko/report.html



quyidagicha izohlash mumkin deb o’ylayman. Yaponiya Tramp tomonidan talab 
etilayotgan loyihalar ustida izlanish olib bormoqda, misol uchun valyuta 
manipulyatsiyasi va ikki mamlakat o’rtasidagi avto savdolardagi balans yo’qligi 
kabilardir. Abe dastlabki valyuta siyosati bo’yicha o’zgartirish kirita olmaydi, 
chunki, dollardan ko’ra kuchsizroq iyena milliy mahsulotlar orqali yuritadigan pul 
siyosati tizimiga mos kelmaydi. Bu bilan amerika siyosatini yoqlamoqchi 
emasman, shunchaki Yaponiya siyosatini tanqidiy jihatdan ham tahlil qilish kerak 
deb o’ylayman. Shuningdek, Yaponiya hududida AQSH avtomobillari savdosiga 
qo’yilgan to’siqlar haridorlarga qulayliklar yaratadi va “Katta Uch Amerika 
avtomobil ishlab chiqaruvchilari” muvaffaqqiyatsizligi Yaponiyada kichkina 
avtomobillar savdosini jadallashtiradi. Yaponiya hukumati o’z fuqarolarini 
Qo’shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib olishlariga majburlay 
olmaydi.
Yaponiya oldida turgan vazifalar o’zaro dialektik bog’liqligi bilan ajralib 
turadi. Xususan, Yaponiya tashqi siyosatida shunday tendensiyalarning yuzaga 
kelishi unda mintaqaviy va dunyo miqyosida tashqi siyosiy yo’nalish ustuvorlik 
qilib, bunday siyosatning asosiy maqsadi mamlakat oldida turgan strategik vazifa, 
ya’ni Yaponiyaning xalqaro miqyosdagi siyosiy salohiyatini undagi mavjud 
iqtisodiy salohiyat darajasiga ko’tarish vazifasi turibdi. Garchi iqtisodiy 
o’zgarishlar ro’y bergan bo’lsa-da, bu vazifa o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Keyingi munozara Abe hukumati Trampning aybloviga qanday munosabat 
bildirish kerakligi haqida bir to’xtamga kela olmayapti, ya’ni AQSH prezidenti 
Yaponiyada AQSh bazalarini qiymati yukini yetarlicha katta ulushini bermasligini 
ta’kidlamoqda. Bu "nomutanosiblik" sababli, Tramp Yaponiya hukumatiga 
AQShning xavfsizlik kafolati bo'yicha ancha yuqori narx qo'ygan. Yaponiya 
endilikdan o’zidan Sharqiy Osiyoda yuzaga kelayotgan dushmanlik ruhiyatini 
pasaytirish uchun AQSH xavfsizlik himoya tizimini "sotib" olish uchun yana bir 
bor yana nima qilishimiz kerak degan savolni berishi kerak. Yaponiya xususan 
AQSh-Yaponiya xavfsizlik shartnomasi (1951 yil) shartlariga muvofiq Senkaku 
orollarini himoya qilishni ham AQSH mudofaasiga ishonishda davom etadi. 


AQSH Mudofaa vaziri Jeyms Mattis Tokioga so'nggi safari chog'ida bu borada o’z 
ishonchini bildirgan bo'lsa-da, bu hududda mudofaani ta’minlanishi Yaponiya 
tomoni bildirayotgan takliflarga bog’liqligi yaqqol ko'rinib qolmoqda. 
Extimol Abe hukumati uchun AQSh bilan uzoq muddatli do’stona 
munosabatni saqlab qolish, ittifoqdoshlikni kuchaytirish va milliy manfaatlarni 
himoya qilish, shuningdek Tramp tomonidan belgilangan Qo’shma Shtatlar 
ehtiyojlariga xizmat qilish eng asosiy muammolardandir. Qisqa muddatda, 
Yaponiya hukumati ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida oliy darajadagi 
muzokaralarni kengaytirish orqali Tramp jamoasi bilan bir qarorga kelish 
jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishga umid bildirmoqda. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish