XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Yaponiya tashqi siyosati davlatlar
suverenitetini hurmat qilgan holda o’z milliy manfaatlarini amalga oshirishga
qaratilgan tashqi siyosatdir. Ushbu siyosatni amalga oshirishda “Soft power” ya’ni
“yumshoq kuch” siyosatida samarali foydalanib kelmoqda. Bu orqali butun
dunyoda yaponomaniya (
日本にか
)ni kuchaytirish va xalqaro munosabatlardagi
Yaponiya mavqei, ta’sirini saqlab turishdan iborat.
Birinchida, Yaponiyaning OTOM hududidagi siyosatiga to’xtaladigan
bo’lsak, bu mintaqadagi integratsion jarayonlarda Yaponiyaning ahamiyati oshib
bormoqda. Jahon hamjamiyati globallashuvining zamonaviy bosqichida dunyoning
eng tez suratlarda rivojlanayotgan Osiyo-Tinch Okeani mintaqasida Yaponiya,
Janubiy Koreya va Xitoyning ahamiyati nafaqat mintaqaviy jihatdan, balki butun
dunyo miqyosidagi integratsiyalashuvga katta tasir ko’rsatmoqda. Mintaqaviy
jarayonlarning rivojiga Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi
(Association of asouth East Asian Nations – ASEAN) tashkilotining alohida
ahamiyati mavjud. 1967 yilda tashkil etilgan bo’lib, uning tarkibiga Bruney,
Vyetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailan,
Filippin, Rossiya, Yaponiya va boshqalar kiradi.
Hozirda, ASEAN tashkiloti Janubi-Sharqiy Osiyoning 10 ta mamlakatini
o’zida birlashtirib, dunyoning tezkor rivojlanayotgan, nufuzli regional
tashkilotlardan biriga aylandi. Ushbu mintaqaviy tashkilotdagi Yaponiyaning o’rni
oshib bormoqda. ASEAN va Yaponiya o’rtasida savdo iqtisodiy hamkorlik tobora
kengayib bormoqda. 2010 yili ikki yoqlama savdo aylanmasi 162,6 mlr. Dollarga
yetdi. ASEAN bilan tashqi savdo aylanmasi bo’yicha Yaponiya Xitoy va
AQSHdan keyin uchinchi o’rinni egallaydi. 2008 yili Yaponiya va ASEAN
o’rtasida ko’p yoqlama hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi. Ushbu bitim tovar
va xizmatlar savdosi hamda investitsiya faoliyati va iqtisodiy hamkorlikni tartibga
solish masalalarini qamrab olgan. 2008 yildan boshlab Yaponiya ASEAN
mamlakatlaridan import qilinayotgan tovarlarning 93% ga bojxona bojlarini bekor
qildi.
Ikkinchidan, Yaponiya va Xitoy xalqaro hamjamiyat va mintaqada
barqarorlik va tinchlikni saqlab turishda muhim vazifani bajaradigan davlatlar
hisoblanadi. Yaponiya va Xitoy o’rtasidagi o’zaro hamjihatlik nafaqat ikki davlat
o’rtasida, balki Osiyo Tinch okeani mintaqasida ham muhim hisoblanadi.
Uchinchidan, Yaponiya va Janubiy Koreya OTOM mintaqasidagi strategik
muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’zaro eng yaqin qo’shni davlatlar hisoblanadi.
Ikki mamlakat o’rtasidagi tichlik Osiyo Tinch okeani mintaqasi rivojlanishi uchun
ham eng birinchi omillardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada 2015-yilning o’zida
440 dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan bo’lsa, siyosiy jabhada noyabr va dekabr
oylarida ikki davlat rahbarlari o’rtasida birinchi sammit uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Unga ko’ra anchadan beri hal qilinmayotgan ayollar huquqini tiklash bo’yicha
kelishuvga erishildi. Shuningdek, kelajakda ham o’zaro siyosiy masalalarda
hamkorlik qilishga umid bildirildi. Ayni paytda AQSH-Yaponiya va Janubiy
Koreya Shimoliy Koreyaning provokatsion harakatlariga qarshi birgalikda qarshi
turib, hamkorlikni davom ettirmoqda.
To’rtinchidan, Bugungi kunda Yaponiya va Amerika Qo’shma Shtatlari
munosabatlarida biroz chigallashish yuz bermoqda. Ba’zi amerikalik olimlar
fikriga ko’ra Abe hukumati Tramp bilan munosabatlari tanqid qilinmoqda. Misol
uchun, Kanberalik olim, professori Aurelia Georgi o’zining maqolasida
quyidagicha fikr bildirgan:
“
Qo’shma Shtatlarning ko’plab boshqa do’stlari va ittifoqdoshlari kabi,
Yaponiya hozirgi kunda xaritada belgilanmagan hududlar navigatsiyasi
muammosiga duch kelmoqda, Tramp hukumati bilan qanday tarzda aloqa qilish
avvalgi ikki tomonlama aloqalar qayta kelishuvga erishilishini talab etadi.
Beshinchidan, Rossiya va Yaponiya aloqalariga to’xtaladigan bo’lsam, bu
ikki yirik, rivojlangan mamlakatlar o’zaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va
mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamjihatlik asosida ish olib borishdan
manfaatdor. Ammo ikki davlat o’rtasidagi hududiy muammolar tufayli mana bir
necha yildirki, ikki davlat o’rtasidagi aloqalarda biroz oqsoqliklar mavjud deb
o’ylayman. Ikkala davlat ham o’zaro do’stlik bitimi tuzish tarafdori. Biroq
uchinchi tomon yani AQSH va Xitoy bu ikki davlat o’rtasidagi aloqalar
mustahkamlanishidan manfaatdor emas. Shu bois Rossiya va Yaponiya
munosabatlari yaxshilanishida tashqi kuchlarning bosimi ustunlik qilib kelmoqda
deb bilaman. AQShning OTOMdagi asosiy strategik sherigi bo’lgan
Yaponiyaning, AQSHning raqibi bo’lgan Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalari
yaxshilanishi bu mintaqadagi manfaatlariga jiddiy xavf tug’diradi.
Umuman, OTOM mintaqasida integratsiya jarayonlarining rivojlanish
istiqboli masalasi so’ngi yillarda AQSH ishtirokida Osiyoning yetakchi davlatlari
bilan o’tkazilayotgan Sharqiy Osiyo sammitining asosiy mavzusi bo’lib qolmoqda.
Unda yaqin kelajakda Osiyo hududida yaratilishi rejalashtirilayotgan ikkita
integratsion birlashmalar xususida gap bormoqda. Ularning birinchisi - AQSH
tomonidan ilgari surilayotgan TRANS Tinch okean sherikligi (TTP) tashkiloti
bo’lib, u erkin iqtisodiy hudud yaratish yo’li bilan tovarlar va xizmatlar
savdosidagi cheklovlarni butunlay olib tashlashni kafolatlashga qaratilgan.
Oltinchidan, Yaponiya tashqi siyosiy strategiyasining asosiy tamoyillaridan
yana biri, Yaponiya o’z milliy manfaatlariga asoslangan holda, global va
mintaqaviy siyosatda siyosiy-strategik va iqtisodiy aloqalar tizimida asosiy rolni
qabul qilishi zarur hisoblanadi. Birinchi bosqich Markaziy Osiyodagi davlatlari
bilan mustahkam aloqaga kirishish va shu orqali mintaqadagi manfaatlarini himoya
qilish bilan bog’liq bo’lsa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida etakchi davlat
maqomiga da’vogarlik qilish Yaponiya uchun eng muhim maqsadlardan biri.
Yaponiya tashqi siyosatda Yaponiya diplomatiyasi uchun yangi bo’lgan “Markaziy
Osiyo yo’nalishi” ishlab chiqilgan bo’lib unda beshta respublika alohida
ahamiyatga ega. Yaponiya milliy manfaatlari uchun mintaqaning ahamiyati
shundan iborat ediki, bu yerda yetarli darajada tabiiy boyliklar, jumladan
uglevodorod va mineral xom-ashyolar, qimmatbaho metallarni ko’pligi
shuningdek, Osiyodagi xom-ashyoni qazib olish va qayta ishlashni sezilarli
darajada osonlashtiradigan eng malakali va nisbatan arzon ishchi kuchini
mavjudligi, bulardan tashqari bu mintaqadagi Xitoy ta’sirini kamaytirish maqsadi.
Ulkan o’zgarishlar 1993 yil 1 yanvarda, Markaziy Osiyodagi beshta respublika
“Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti taraqqiyotga ko’mak” Qo’mitasiga a’zo etib qabul
qilinishi va rivojlanayotgan davlatlar ro’yxatiga kiritilganidan keyin yuz berdi. Bu
ularga chetdan iqtisodiy yordamni jalb qilish ikoniyatini yaratdi. Yaponiya bu
imkoniyatdan foydalanib, uning rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik
qilishning asosiy shakllaridan bo’lgan “Taraqqiyotga Rasmiy Ko’mak” dasturi
orqali mintaqada o’z ta’sirini yoyishga harakat qildi.
Yaponiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari taraqqiyotining
ikkinchi bosqichiga o’tishi uning foydali yerosti boyliklarni qazib chiqarish va
Yaponiyaga eksport qilish manfaatlariga ko’proq bog’liqdir.
Shu o’rinda takidlash joizki, so’ngi yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining xalqaro aloqalari kengayib borishida 2015 yilda Yaponiya parlamenti
o’rtasida “O’zbekiston-Yaponiya” hamkorligi bo’yicha parlamentlararo guruhi
tashkil etildi. Shuningdek, 2015 yil oktabr oyida Yaponiya Bosh vaziri Shinzo
Abening mamlakatimizga tashrifi doirasida ikki mamlakat parlamentlari o’rtasida
do’stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va tashi siyosat
mahkamalari o’rtasidagi maslahatlashuvlarni muntazam o’tkazishga kelishib
olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |