Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti


Yaponiya Markaziy Osiyoda taraqqiyot dasturini amalga oshirish



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana27.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#610925
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi Охирги вариант

3.2. Yaponiya Markaziy Osiyoda taraqqiyot dasturini amalga oshirish 
siyosati doirasida Yaponiya - O’zbekiston munosabatlari 
 
Osiyo Tinch Okeani mintaqasining kuchli, rivojlangan davlatlaridan biri 
Yaponiya bo’lib, bugungi kunda O’zbekiston va Yaponiya aloqalari 
rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarilmoqda. O’zbekiston Yaponiya uchun 
ishonchli va strategic, ilmiy- madaniy hamkorlik aloqalarida muhim ahamiyatga 
ega bo’lgan davlat sifatida ma’lum. Yaponiya O’zbekiston mustaqilligini 1991 yil 
28 dekabrda tan oldi. 1992 yil 26 yanvarda diplomatic munosabatlar o’rnatildi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov 3 marotaba 
Yaponiyaga tashrif buyurgan (1994, 2002 va 2011 yillarda), o’z navbatida, 2006 
yilning avgustida Yaponiyaning Bosh vaziri Junichiro Koidzumi, 2010 yilning 
may oyida Bosh vazir Naoto Kan, 2015 yil oktabrda amaldagi Bosh vazir Shinzo 
Abe O’zbekistonga tashrif buyurdi
1
. Hozirgi davr xalqaro munosabatlarida 
O’zbekiston va Yaponiya mintaqaviy va xalqaro masalalarda bir –birini o’zaro 
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan o’zaro qo’llab kelmoqda. Misol 
uchun, Yaponiya O’zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi zona 
1
Абдимўминов О. Ўзбекистон ва Япония: БМТ доирасида ўзаро кўп томонлама ҳамкорлик 
алоқалари//Шарқшунослик. – 2016. – №1. – Б.70.


yaratish, xalqaro terorizm va narkobiznesga qarshi birgalikda kurashish, ekologik 
muammolarni birgalikda hal etish, Afg’onistonni iqtisodiy qayta tiklash, BMT 
islohotlari bo’yicha ilgari surgan takliflarni qo’llab – quvvatlaydi. Shu o’rinda 
O’zbekiston ham Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi 
bo’lishini yoqlaydi
1

O’zbekiston Yaponiyaning Osiyo va dunyo miqyosidagi mavqeini 
kuchaytirish tarafdoridir. Respublika mintaqaviy xavfsizlik va Markaziy Osiyo 
mintaqasining barqaror taraqqiyotini ta’minlash masalasida Yaponiyaning yanada 
faolroq ishtirok etishini qo’llab –quvvatlaydi. Yaponiya ham o’z ornida 
O’zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi sherigi deb hisoblaydi. Zero, 
Yaponiya O’zbekistonning barqaror taraqqiyoti butun mintaqada tinchlik va 
barqarorlikni taminlash bilan bir qatorda, Osiyo mintaqasida Yaponiya 
manfaatlarini ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etadi.
O’zbekiston Yaponiyaning muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri 
hisoblanadi. 1992 yildan Yaponiya va O’zbekiston o’rtasida iqtisodiy 
hamkorlikning barcha yo’nalishlari bo’yicha faol aloqalar o’rnatildi. Ikki mamlakat 
o’rtasidadagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqarishni ko’paytirish, tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish, gumanitar va 
rasmiy yordam shaklidagi kreditlar, qaytarilmaydigan ssudalar ko’rsatishdan 
boshlangan.
Yaponiya va O’zbekiston iqtisodiy hamkorligi o’zaro aloqalarning 
mustahkam va bardavom bo’lishi hamda mamlakatning iqtisodiy va savdo 
qudratining yanada yuksalishiga xizmat qiladi. Bunday hamkorliklarga misol qilib, 
Ko’kdumaloq, Sho’rtangaz neft-gaz sanoat inshootlarini misol qilib keltirish 
mumkin
2
.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich takidlaganlaridek, 
“Tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo’shni 
1
Каримов И.А. Бунёдкорлик йўлидан.Т.4. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.57.
2
Абдимўминов О. Ўзбекистон ва Япония: БМТ доирасида ўзаро кўп томонлама ҳамкорлик 
алоқалари//Шарқшунослик. – 2016. – №1. – Б.71. 


mamlakatlar bilan do’stona munosabatlar va o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada 
mustahkamlashni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”
1

Yaponiya O’zbekistonga 3 dan ortiq dastur bo’yicha ko’mak beradi. 
Bulardan ienli kredit, beg’araz yordam va texnikaviy yordam ko’rsatish kabilarni 
aytib o’tish mumkin. Birinchi dastur telekomunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish, 
yo’lovchi 
tashuvchi 
poyezd 
vagonlarini 
tamirlash, 
aeroportlarni 
zamonaviylashtirish va ta’lim sohasi bo’lib, ikkinchi dastur doirasida 
O’zbekistondagi bir qator davolash muassasalarini, Alisher Navoiy nomidagi Katta 
akademik opera va balet teatrini zamonaviy jihozlash ishlarini amalga oshirish 
bo’lsa, uchinchi dastur bo’yicha neftni qayta ishlash zavodlarini tamirlash, 
Shaxrisabz va Chinoz tumanlarida tikuvchilik maxsulotlarini ishlab chiqaradigan 
qo’shma korxonalar qurilishi haqida, Samarqand, Buxoro va Xivadagi 
aeroportlarni xalqaro standartlarga mos ravishda tamirlash xususida hujjatlar 
imzolangan
2
.
Yaponiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan “Taraqqiyotga rasmiy 
yordam” dasturi iqtisodiy munosabatlarda alohida o’rin tutadi. Mazkur dastur 
doirasida O’zbekistonga qiymati 140 milliard iendan ziyod kreditlar taqdim etildi, 
22 milliard iendan ortiq beg’araz yordam ko’rsatildi, umumiy qiymati 13 milliard 
iendan ziyod texnik hamkorlik loyihalari amalga oshirildi
3
.
Hozirgi paytda Yaponiya tomonidan kichik va o’rta biznesni rivojlantirish, 
qishloq xo’jaligi maxsulotlrini ko’paytirish yo’lida ham moliyaviy mablag’lar 
ajratmoqda. Xususan, Eksimbank xususiylashgan korxonalar, kichik va o’rta 
biznes bilan shug’ullanuvchi korxonalar uchun 50 million AQSH dollari miqdorida 
kredit ajratdi
4

Ikki davlat o’rtasidagi aloqalar sifat jihatidan strategik hamkorlik darajasiga 
chiqdi. Buning bir necha omillari mavjud: 
1
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 
Б. 83. 
2
Махмудов Н., Шухратов Т., Шоаҳмедов Ш. Ўзбекистон –Япония: иқтисодиёт ва таълим соҳасидаги 
мустахкамланётган ҳамкорлик алоқалари. – Б. 232.
3
 
http://www.uz.emb-japan.go.jp/relations/economical/
 09.01.2016
4
Махмудов Н., Шухратов Т., Шоаҳмедов Ш. Ўзбекистон –Япония: иқтисодиёт ва таълим соҳасидаги 
мустахкамланётган ҳамкорлик алоқалари. – Б. 233.


Birinchidan, Markaziy Osiyo bozorlarida XXR, Janubiy Koreya bilan 
raqobatning yuzaga kelishi. Yaponiyaning Markaziy Osiyo mintaqasiga 
munosabatida pragmatism-iqtisodiy maqsadga muvofiqlik ustunlik qilib, undan 
keyingina muayyan siyosiy maqsadlar o’rin egallaydi. 
Ikkinchidan, Yaponiya iqtisodiy taraqqiyotining asosiy negizini – xom-
ashyo bilan muntazam taminlash masalasidir
1
.
O’zbekistonda Yaponiyaning bir qator kompaniyalari, firmalari, agentliklari 
o’z va kolatxonalariga birin-ketin ega bo’lmoqda. 1999 yil may oyida Yaponiya 
Xalqaro Hamkorlik bo’yicha agentligi (JICA) O’zbekistonda mintaqaviy 
vakolatxonasi ochildi.
Bundan tashqari Yaponiyaning Tashqi savdo tashkiloti 
(JETRO) deb ataluvchi agentligi Respublikamizda faoliyat ko’rsata boshladi
2
.
JICA tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2015-yil 7-
avgust kuni kadrlarni rivojlantirish grandlari uchun Yaponiya davlati tomonidan 
beg'araz yordam dasturi (JDS) doirasida 2016 yil uchun grant shartnomasi 
imzolandi. Grant miqdori 211 million yen (1.69 million AQSh dollaridan oshiq)ga 
teng. JDS dasturi Yaponiya hukumati tomonidan bozor iqtisodiyoti yo'liga 
o'tayotgan davlatlarda kadrlarni rivojlantirish uchun 1999-yildan beri amalga 
oshirilib kelinmoqda. O'zbekiston davlati ushbu dasturga birinchilardan bo'lib 
murojat qildi. Hozirgi kunga qadar O'zbekiston Respublikasidan 265 nafar yosh 
mutaxassislar Yaponiya universitetlarining magistratura dasturlarida turli 
yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olishdi. Har yili O'zbekistondan 15 dan ortiq yosh va 
qobiliyatli davlat idoralari xodimlari tanlov asosida Yaponiyada o'qishga 
jo'natiladi. Ular O'zbekistonning kelajak farovonligi, Yaponiya va O'zbekiston 
davlatlari o'rtasida hamkorlikni mustahkamlashga o'z hissalarini qo'shishadi
3

Yaponiya O’zbekistonning eng yirik investitsiyaviy sheriklaridan. 2009 yil 
24 sentabrda kuchga kirgan “Sarmoyalarni liberallashtirish, o’zaro himoya qilish 
va rag’batlantirish to’g’risida”gi hukumatlararo bitim bu sohadagi hamkorlik 
1
Шарапов A.A. Осиё –Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. 
ТДШИ. Монография. 2014. – Б.154. 
2
Махмудов Н., Шухратов Т., Шоаҳмедов Ш. Ўзбекистон –Япония: иқтисодиёт ва таълим соҳасидаги 
мустахкамланётган ҳамкорлик алоқалари. – Б. 233.
3
Абдимўминов О. Ўзбекистон ва Япония: БМТ доирасида ўзаро кўп томонлама ҳамкорлик 
алоқалари//Шарқшунослик. – 2016. – №1. – Б.72. 


uchun mustahkam kafolat va keng imkoniyatlar yaratmoqda. Yaponiyaning yirik 
kompaniyalari O’zbekiston iqtisodiyotiga katta miqtorda sarmoya kiritmoqda. 
“O’zavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi va “Isuzu Motors Ltd.” O’rtasidagi 
hamkorlik bunga yaqqol misol bo’la oladi. O’tgan davr mobaynida “Isuzu Motors 
Ltd.” Agregatlari bazasida 10 ming ikki yuz avtobus va 11 ming besh yuz yuk 
mashinasi ishlab chiqarildi. Tabiiy gazda ishlaydigan yuk mashinalarning yangi 
modellarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi
1
.
O’zbekistonni Yevropa va Osiyo Tinch Okeani mintaqasi o’rtasida “savdo 
ko’prigi” rolini bajarishini inobatga olib, Yaponiya “Buyuk ipak yo’li”ni qayta 
tiklash bo’yicha rejalarda faol qatnashmoqda va transyevroosiyo transport yo’lagi 
o’tadigan hududlarda joylashgan Markaziy Osiyo respublikalariga “Taraqqiyotga 
rasmiy yordam” dasturi asosida kredit va texnik yordam bermoqda
2

Ikki davlatning o’zaro ko’p tomonlama aloqalari haqida to’xtalganda, 
siyosiy 
muloqot, 
mintaqa ichidagi o’zaro munosabatlar, savdo va 
sarmoyaviysheriklikni rag’batlantirish, intelektual muloqot, ma’daniy aloqalar, 
inson resurslari almashuvi singari hamkorlik yo’nalishlarini o’z ichiga olgan 
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasidagi faol hamkorlik muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ushbu doirata tashqi ishlar vazirlarining 3 ta Kengashi (2004, 
2006 va 2010 yillar) va mamlakatning yuqori doira vakillariishtirokidagi 
muloqotning 5 ta majlisi o’tkazildi. 2010 yil 7 avgustda Toshkentda TIVK 
muloqotining 3- kengashi o’tkazildi
3
.
Yaponiya O’zbekiston bilan hamkorlikda Tolimarjon issiqlik elektr 
stansiyasini modernizatsiya qilish, Qarshi-Termiz temir yo’l tarmog’ini 
elektrlashtirish, Navoiydagi issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish masalalari 
bo’yicha faol hamkorlik olib bormoqda
4
. Bundan tashqari, O’zbekistonda “Mitsui 
1
O’sha joyda.– Б.72. 
2
Муҳаммадсиддиқов М.М., Неъматжонова Ю.Ў. Ўзбекистон ва Япония муносабатлари ва уларнинг реал 
истиқболлари / ХХI асрда жахон сиёсати ва Ўзбекистон тажрибаси: сиёсий, ҳуқуқий ва ижтимоий 
жиҳатлари /.:Т.2016. 7 апрель, – Б.249-250. 
3
Абдимўминов О. Ўзбекистон ва Япония: БМТ доирасида ўзаро кўп томонлама ҳамкорлик 
алоқалари//Шарқшунослик. – 2016. – №1. – Б.71. 
4
Абдимўминов О. Ўзбекистон ва Япония: БМТ доирасида ўзаро кўп томонлама ҳамкорлик 
алоқалари//Шарқшунослик. – 2016. – №1. – Б.72. 


va Ko LTD” (
三井とコ
LTD), “Chori”
(
ちょり
), “Tomen Korporeyshn” (
止めんコル
ポライション
) , “Ay Ti Es Japan LTD”, “Mitsubishi korporeyshn” (
三菱コルポライショ

), “Toyota Suse korporeyshn” (
豐 田 巣 瀬 コ ル ポ ラ イ シ ョ ン
) “Marubeni 
korporeyshn” kabi korxonalarning vakolatxonalari ochilgan, Soni
( 祖 に )

Xitachi
(日立)
, Panasonik kabi firmalarning savdo shoxobchalari mavjud
1

2014 yilda har ikki davlat o’rtasida o’zaro Tovar ayirboshlash hajmi qariyb 
190 million dollarni tashkil etdi. O’zbekistonda Yaponiyaning 12 ta kompaniyasi 
vakolatxonasi tashkil etilgan hamda yaponiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 
tashkil etilgan 10 ta qo’shma korxona faoliyat olib bormoqda
2
. Yaponiya 
“Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi doirasida mamlakatimizga beg’araz yordam 
sifatida 100 million dollardan ziyoda mablag’ ajratgan. 2000 yildan bugungi 
kungacha 48 tadan ortiq shartnoma tuzilgan
3
.
Ta’lim, Fan va Madaniyat sohalarida ham ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalar 
rivojlanib bormoqda. Ta’lim sohasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 
Tokiodagi Vaseda universiteti tomonidan ushbu muassasaning huquq fanlari 
bo’yicha faxriy doktori etib tayinlangani ham g’oyat muhim jihat hisoblanadi
4

Ta’lim sohasida yosh mutaxasislarga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi 
(JICA)ning o’rni katta. Har yili O’zbekiston hukumatining Yaponiya grandlaridan 
samarali foydalanish bo’yicha qarorlari qabul qilinadi. Jumladan, 2015 yil 27 
iyulida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi 
vakillarining ta’lim olishini tashkil etishni taminlash uchun Yaponiya hukumati 
grandlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul 
1
Vaxobov A.V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va iqtisodiy munosabatlar.Darslik.Baktrya 
press. 2015. – B.131. 
2
Абдимўминов О. Ўзбекистон ва Япония: БМТ доирасида ўзаро кўп томонлама ҳамкорлик 
алоқалари//Шарқшунослик. – 2016. – №1. – Б.72. 
3
Махмудов Н., Шухратов Т., Шоаҳмедов Ш. Ўзбекистон –Япония: иқтисодиёт ва таълим соҳасидаги 
мустахкамланётган ҳамкорлик алоқалари. – Б. 234.
4
Махмудов Н., Шухратов Т., Шоаҳмедов Ш. Ўзбекистон –Япония: иқтисодиёт ва таълим соҳасидаги 
мустахкамланётган ҳамкорлик алоқалари. – Б. 236.


qilindi
1
. Mazkur hujjat asosida Yaponiya hukumati tomonidan O’zbekiston 
talabalariga va tadqiqotchilariga 211 mln. Yapon ieni miqdorida ajratilgan grandlar 
asosida ko’plab ilmiy va ta’lim sohasidagi tadqiqotlar amalga oshirildi.
O’zbekiston oliygohlari va ilmiy- tadqiqot muassasalari Yaponiyaning Tokio, 
Tsukuba, Vaseda va Soka universitetlari bilan faol hamkorlik aloqalarini yo’lga 
qo’ygan
2
.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish