Taraqqiyotga rasmiy yordam (TRY) loyihasi.
Yaponiya Afg’oniston bilan
chegaradosh bo’lgan, Markaziy Osiyoning muhim nuqtasida joylashgan
O’zbekiston bilan respublikaning mustaqillikka erishganidan so’ng barqaror
iqtisodiyotni rivojlantirish va bozor iqtisodiyotiga o’tish yuzasidan amalga
oshirilayotgan harakatlariga doimiy ravishda yordam berib kelmoqda.
O’zbekistonda Taraqqiyotga rasmiy yordam (TRY) loyihasi 2012 yilda
nashr etilgan “O’zbekistonga siyosiy ko’mak” rasmiy dasturi asosida amalga
oshiriladi. Dasturning birinchi navbatdagi vazifalari iqtisodiy taraqqiyot
rivojlanishi uchun yordam berish, tengsizlikni oldini olish va shu bilan birgalikda
uch muhim sohani qamrab oladi:
-
Modernizatsiya va iqtisodiy infrastruktura, transport, energetika
sohalarini yaxshilash;
-
Inson resurslarini rag’batlantirish, muvaffaqiyatli bozor iqtisodiyotini
shakillantirish;
-
Sanoat va iqtisodiyotni rivojlantirish, sotsial sektorni qayta qurish
3
;
Shuningdek, O’zbekiston Yaponiya bilan BMT va uning ixtisoslashgan
tashkilotlari doirasida ham muhim ilmiy, madaniy hamkorlik aloqalarini olib
bormoqda. Jumladan, 1998-2010 yillarda uch tadqiqotchi YUNESCOning “Ipak
yo’li” nomli Xirayama (
平 山
) grandi (Yaponiya), ikki kishi Obuchi (
小 渕
)
(Yaponiya) grandlari sohibi bo’ldilar
4
. YUNESCO Yaponiya jamg’armasining
1
Ўзбекистон
Республикаси
Қонун
ҳужжатлари
тўплами,
2015.
30-сон,396-модда;
http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact.idi
2
Абдимўминов О. Ўзбекистон ва Япония: БМТ доирасида ўзаро кўп томонлама ҳамкорлик
алоқалари//Шарқшунослик. – 2016. – №1. – Б.74.
3
Official Development Assistance 2015. November 19// www.emb-japan.go.jp/itpr_ru/coope
4
O’sha joyda. – Б.74.
moliyaviy ko’magi asosida Termiz shahrida joylashgn ikki ming yillik tarixga ega
Budda ibodatxonasi, Fayoztepa yodgorligida madaniy, tarixiy merosni
konservatsiya qilish ishlarini olib bordilar.
O’zbekiston Respublikasi 1998-2009 yillarda BMT va YUNESCO bilan
hamkorlik nomoddiy madaniy meros sohasida bir qator tadbirlarni tashkil etdi.
Chunonchi, 2005-2007 yillarda YUNESCO/Yaponiya jamg’armasi ko’magida
amalga oshirilgan Boysun madaniy makoni va shashmaqom musiqasi bo’yicha
hujjatlashtirish loyohalari, 2004-2005 yillarda YUNESCOning Qatnashuv Dasturi
doirasida chop etilgan “Ipak yo’li” hikoyalari, “Ipak yo’li rivoyatlari” kitoblari,
2005-2007 yillarda nomoddiy madaniy merosni saqlash bo’yicha shaharlararo
hamkorlik tarmog’I kabi turli tadbirlar vadasturlarni amalga oshiradi
1
.
1
Абдимўминов О. Ўзбекистон ва Япония: БМТ доирасида ўзаро кўп томонлама ҳамкорлик
алоқалари//Шарқшунослик. – 2016. – №1. – Б.74.
Do'stlaringiz bilan baham: |