O’zbekistonning xorijiy davlatlar bilan aloqalaridagi ustuvor johatlar.
Reja:
1.O’zbekistonning markaziy osiyo mamlakatlari orasida tutgan o’rni.
2.O’zbekistonning geografik joylashuviga geosiyosiy munosabatlar.
3.O’zbekistonning tabiiy –iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish, xorijiy mamlakatlardan turistik oqimni jalb qilish, respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo muvofiqlashtirish va hamkorlik tizimini samarali tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning (keyingi o‘rinlarda — hukumatlararo komissiyalar) O‘zbekistonga oid qismlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qismidagi faoliyatning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
a) hukumatlararo komissiyalar:
savdo hamkorligini rivojlantirish, mahalliy eksportyorlar uchun xorijiy mamlakatlarda qulay savdo rejimlarini shakllantirish, shu jumladan savdo to‘siqlarini olib tashlash va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar sohalarda hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish;
tashqi iqtisodiy faoliyatda mahalliy ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilayotgan tashqi savdo va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining kompleks masalalarini hal qilish va muvofiqlashtirish;
immigratsiya, shu jumladan mehnat migratsiyasi bo‘yicha muammoli masalalarni hal qilish;
xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik holatini tahlil qilish hamda ikki tomonlama shartnomalar va bitimlarning bajarilishini ta’minlash;
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston tomonidan hukumatlararo komissiyalar hamraislari darajasi bo‘yicha takliflar kiritish;
hukumatlararo komissiyalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yakuniy bayonnomalar va qabul qilinayotgan “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida taqdim etiladigan ma’lumotlarni umumlashtirish;
hukumatlararo komissiyalar, hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraislari va a’zolari faoliyatining natijadorligi va samaradorligini, shuningdek, ular tomonidan tasdiqlangan ish rejalarining bajarilishini tahlil qilish;
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraislari va a’zolari faoliyatini tasdiqlangan samaradorlik va natijadorlik mezonlari bo‘yicha baholash natijalari asosida ularni moddiy rag‘batlantirish va intizomiy choralarni ko‘rish;
v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
xorijiy tomon bilan tadbirlarni o‘tkazish muddatlari, xorijiy delegatsiyalar tarkibini, chora-tadbirlar ssenariylari, kun tartibi loyihalarini, yig‘ilish bayonlari va imzoga tayyorlangan ikki tomonlama hujjatlarning ishlab chiqilishi va kelishilishini ta’minlash, shuningdek, tashkiliy-bayonnoma tusidagi barcha masalalarni hal qilish;
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlarining kun tartiblarini, yakuniy bayonnomalar, ish tarkibi va jadvallarini shakllantirish;
vazirliklar va idoralarning xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar hamkorligi qismidagi, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalaridagi hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari doirasidagi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraisiga yig‘ilishlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar to‘plamini (axborot ma’lumotnomalari, suhbatlar va chiqishlarga tezislar loyihalarini va boshqalarni) kiritish;
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari kotibiyati funksiyalarini bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ish rejalari amalga oshirilishining borishini monitoring qilish;
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari a’zolarini rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bilan birga hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosi holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda siyosiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha hisobotlarni kiritish;
g) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
vazirliklar va idoralarning investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari doirasida mahalliy tovarlar va xizmatlar nomenklaturasi va eksport hajmlarini kengaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
hukumatlararo komissiyalarning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, transport-logistika, sanoat-texnologik va texnik hamkorlik qismidagi yig‘ilishlari kun tartibi va tarkibi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari a’zolarini rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bilan birga hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosi holati to‘g‘risida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, sanoat-texnologik va texnik hamkorlik bo‘yicha hisobotlarni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish va umumlashtirish uchun Tashqi ishlar vazirligiga jo‘natish;
hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari doirasida xorijiy hamkor-mamlakatlar bilan ikki tomonlama biznes-forumlarni majburiy tarzda o‘tkazish masalalarini tayyorlash;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari davomida imzolash uchun qat’iy savdo-investitsiyaviy kelishuvlar va shartnomalar ro‘yxatini ishlab chiqishni ta’minlash;
Komissiyalar yig‘ilishlarining samaradorligini oshirish va natijadorligini ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy hamkor-mamlakatlar bilan (aloqador vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan shartnomalar va kelishuvlar asosida) hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari o‘tkazilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar va asoslarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
hukumatlararo komissiyalarning yakuniy bayonnomalariga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari va ustuvorliklarini ilgari surishga yo‘naltirilgan aniq takliflarni ishlab chiqish;
aniq investitsiyaviy loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar va kelishuvlarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari doirasida imzolashga tayyorlash;
d) O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari:
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlariga xorijiy muassasa bo‘lgan mamlakatda yig‘ilishlar o‘tkazilishida, ular yakunlari bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishishda, shuningdek, ularning monitoringi va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash borasida amaliy yordam ko‘rsatish;
hukumatlararo komissiyalar kun tartibi va yakuniy bayonnomalariga kiritish uchun aniq takliflar ishlab chiqish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari va ustuvorliklarini ilgari surishga yo‘naltirilgan kelishuvlar va savdo-investitsiyaviy shartnomalarni ishlab chiqish;
xorijiy muassasa tomonidan amalga oshirilgan ishlar va xorijiy hamkorlardan kelib tushgan ma’lumotlar tahlili asosida, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish holati to‘g‘risida har chorakda hisobotlar tayyorlash;
aniq loyihalar, dasturlar va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tashrif buyuriladigan davlatlar bilan amaliy hamkorlik qilish;
tashrif buyuriladigan mamlakat iqtisodiy konyunkturasi va bozorlarining rivojlanish dinamikasini tahlil qilish orqali eksportni ilgari surish, investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
tashqi iqtisodiy vazifalarni hal etish maqsadida davlatlararo hamkorlik munosabatlarini, shu jumladan tashrif buyuriladigan mamlakatning ishbilarmon doiralari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish va salohiyatli hamkorlarning aloqa bazasini kengaytirish orqali mustahkamlash;
respublikaning eksport, investitsiyaviy va turistik salohiyati haqidagi ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakatning ijobiy imijini va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash choralarini ko‘rish;
e) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi — hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomalar va “yo‘l xaritalarida” ko‘rsatilgan tadbirlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilish va nazoratini amalga oshirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga qo‘shimcha 3 ta shtat birligi kiritilsin.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari raislari va rais o‘rinbosarlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlik masalalari bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi;
hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari tarkibiga majburiy tartibda Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari kiritiladi;
2019-yil 1-iyuldan hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraislari va a’zolariga nisbatan, ular faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlaridan kelib chiqqan holda, ularning lavozim maoshining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda moddiy rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi joriy etiladi.
5. Quyidagilar hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy mezonlari etib belgilansin:
xorijiy hukumatlar bilan mavjud masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan kelishuvlar soni;
hisobot davrida o‘tkazilgan “biznes forumlar” doirasida jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi;
hisobot davrida o‘tkazilgan “biznes forumlar” doirasida tuzilgan eksport kontraktlari hajmi;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks masalalarning hal qilinishi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish jadvalini;
har bir mamlakat bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, respublikaning manfaatlari va tashqi iqtisodiy ustuvorliklarini ilgari surish, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish, eksportni va turistik salohiyatni ilgari surish bo‘yicha aniq kelishuvlar va bitimlar imzolash masalasini ko‘rib chiqishga qaratilgan amaliy takliflar va chora-tadbirlarni belgilagan holda hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari batafsil ish rejalarini;
hukumatlararo komissiyalar kesimida baholash mezonlarining boshlang‘ich qiymatlarini nazarda tutgan holda hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraislari va a’zolarini moddiy rag‘batlantirish va javobgarligini oshirish maqsadida ularning faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini baholagan holda ular ish rejalari bajarilishining borishini har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlasin
Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va yagona tarixiy ildizlarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan munosabatlar rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻnggi hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi kunda Markaziy Osiyo aholisi 72,5 million kishini tashkil etadi. Bunda Oʻzbekistonning ulushi 45% atrofida, Qozogʻiston - 25%, Tojikiston - 13%, Qirgʻiziston va Turkmaniston - har biri 8,5% ni tashkil etadi.
Qayd etish joizki, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼy-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi.
Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi.
Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda.
Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi. Bunga misol qilib, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlarini keltirish mumkin.
Ushbu institut mintaqaviy muammolarni birgalikda muhokama qilishning muhim mexanizmiga aylandi, deb aytish mumkin.
Oʻzbekistonning mazkur yoʻnalishdagi siyosati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning (AQSH, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Germaniya) yetakchi ekspert va olimlari (F.Starr, S.Chjanchji, T.Tonaka, E.Dyupyui, M.Dornfeldt) tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Markaziy Osiyoning Oʻzbekiston tashqi siyosatida ustuvor yoʻnalish sifatida qaralishiga turtki berayotgan, mintaqa davlatlariga xos boʻlgan mushtarak omillardan quyidagilarini ajratib koʻrsatish mumkin:
mintaqa davlatlarining joʻgʻrofiy joylashuvi va xususan, Oʻzbekistonning mintaqa markazidan oʻrin olgani va ularning barchasi bilan chegaradoshligi;
milliy, madaniy, diniy va ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlarning oʻxshash va yaqinligi;
umumiy transport va energetika kommunikatsiyalarining mavjudligi;
mintaqadagi suv resurslarining oʻzaro oqilona taqsimoti;
mintaqada ekologik, xavfsizlik va barqarorlik masalalarining umumiyligi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida koʻpgina sohalar qatori tashqi siyosat sohasida 2021-yilda amalga oshirish ustuvor boʻlgan vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda 2012-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat Konsepsiyasi takomillashtirilishi qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlash masalasiga 2021-yilda ham jiddiy eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.
Shu maʼnoda nutqda “Murakkab pandemiya sharoiti biz bir-birimizga qanchalik bogʻliq va kerak ekanligimizni yana bir bor yaqqol namoyon etdi”, deya taʼkidlandi.
Bu boradagi ijobiy tajribalarni chuqur oʻrganish va yanada rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan shu yil 15-yanvarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy hamkorlik istiqbollari va mintaqaviy tadqiqotlarning dolzarb masalalari” mavzusida anjuman oʻtkazilgani eʼtiborga molikdir.
Unda mamlakatimiz ekspertlari, olimlari va qoʻshni davlatlardagi elchilari ishtirok etib, mintaqaviy jarayonlarning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildilar va bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olishgani murojaatnomada belgilangan muhim vazifalarni bajarish yoʻlida amaliy qadam boʻldi.
Statistik maʼlumotlarga murojaat qilsak, Markaziy Osiyo davlatlarida oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 2019-yilda 2016-yilga nisbatan 56 foizga oʻsganini kuzatish mumkin. Garchi murakkab pandemiya tufayli oʻtgan yili ushbu raqamlar biroz pasaygan boʻlsa-da, oʻsish koʻrsatkichlarini taʼminlash uchun joriy yilda barcha asoslar yetarlidir.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Murojaatnomada tashqi siyosatimizning eng ustuvor yoʻnalishi sifatida Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida urgʻu qaratgani joriy yilda oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish borasida ham ikki tomonlama, ham koʻp tomonlama hamkorlik borasida gʻoyatda samarali boʻlishidan yaqqol dalolat beradi.
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat: - yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni tashkil etish; - yuqori texnologiyali faoliyat turlarini (mashinasozlik, farmatsevtika, asbobsozlik, axborotlashtirish va aloqa) rivojlantirish va amalga oshirishda tuman va shaharlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida hududlarga investitsiya resurslarini jalb qilish; - mahalliy mahsulotlar, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari uchun o‘z brendini shakllantirish, Markaziy Osiyoda savdo uylari va markazlarini tashkil etish; - mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga, erkin savdo zonalari to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida chiqarish; - ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznesni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirish sohasida tajriba almashish, ilg‘or texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishga jalb etish; - mahalliy quvvatlar va resurslarga asoslangan qo‘shma loyihalar orqali uzoq va chegara hududlarini (qishloq joylarini) rivojlantirish va boshqalar. Albatta, bularning yaxshi qo’shnichilik mahsuli o’laroq odamlar hayotiga ijobiy xizmat qiladi. Mintaqada mamlakatlararo munosabatlar rivoji muayyan taraqqiyot bosqichlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda ma’naviy tuzilishiga o‘ziga xos tarzda ta’sir etib, ijtimoiy taraqqiyotining rivojiga xizmat qilsa, bunda u progressiv mazmun kasb etadi. Rivojlanishni maqsad qilgan, ertasini o’ylagan har bir davlat xoh xalqaro, xoh mintaqaviy bo’lsin o’zining milliy manfaatlarini ko’zlab, muayyan pozitsiyada bo’ladi. Umuman olganda milliy manfaat-millat, xalq hayotini belgilaydigan, uning faoliyatini ma’lum maqsadlarga yetaklaydigan ijtimoiy munosabatlar, milliy ehtiyojlar, tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, ruhiyati, an’ana va qadriyatlari tizimidir. Milliy manfaatlar ehtiyojlarni qondiruvchi sharoit va qadriyatlar bilan birga, ularni yaratish, ta’minlashni belgilovchi ijtimoiy tizimga, munosabatlar va tamoyillarga asoslangan bo‘ladi. Ular ma’lum millat va xalqqa mansub alohida kishilar yoki biror bir davlat fuqarosi bo‘lgan odamlarning shaxsiy manfaatlari bilan bog‘langan bo‘lib milliy manfaatlarni ham o‘zida aks ettiradi. 3 Lekin oxirgi 5 yilda Markaziy Osiyoda O’zbekistonning faol konstruktiv va amaliy pragmatik siyosati tufayli mintaqa tarixida yangi davr boshlandi. Ko’p yillardan buyon hal qilinmayotgan muammolar hal qilindi. Jumladan: delimitatsiya va demarkatsiya bilan bog’liq muammolar, fuqarolarning o’zaro bordi-keldi masalalari ijobiy hal qilindi. Milliy manfaatlardan ko’ra mintaqa manfaati birinchi o’ringa chiqdi. 2017-yil sentabrda prezident Sh.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72- sessiyasida nutq so’zlab, Mazkaziy Osiyo mintaqasiga oid quyidagilar fikrlarni ta’kidlab o’tdi: “O’zbekiston bugungi kunda o’zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasida ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu - har tomonlama chuqur o’ylab tanlangan yo’ldir. Markaziy Oiyoning qoq markazida joylashgan O’zbekiston ushbu mintaqada barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo’shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch - osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. O’zbekiston o’zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo’shnichilikni mustahkamlash qat’iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo’yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz. Birgalikdagi sayi-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko’plab masalalar bo’yicha prinsipial jihatdan muhim yechimlar topishga erishildi.” 4 Shuningdek prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko’ra ,Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bir stol atrofiga jamlanadigan bo‘ldi. 2018 yildan buyon ular muntazam ravishda uchrashmoqda. Birinchi konsultativ uchrashuv 2018-yil Qozog’istonning Ostona shahrida, ikkinchi uchrashuv esa 2019-yil O’zbekistonning Toshkent shahrida o’tkazildi.Faqat Qirg‘izistondagi hodisalar sabab 2020 yilda tanaffus bo‘lib qoldi. Shu yilning avgustida Turkmanistonning Avaza milliy sayyohlik zonasida maslahat uchrashuvi bo’lib o’tdi. Bu galdagi uchrashuv bir qator tadbirlarga boy o’tdi. Jumaladan: iqtisodiy forum, mintaqa yetakchi ayollar muloqoti, milliy mahsulotlar ko’rgazmasi, milliy taomlar festivali va san’at ustalarining chiqishi mintaqa xalqlari madaniyati va qadriyatlarining o’xshashligini bildiradi. Mazkur mexanizm avvaliga ehtiyotkorlik yuzasidan maslahat.
O`zbekiston dunyo hamjamiyati va siyosiy xaritasida o'ziga xos mavqega ega. U hozirgi kunda Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193 davlatdan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi BMTga 2-mart 1992-yilda qabul qilingan.
O`zbekiston Yevrosiyo va Markaziy Osiyoning deyarli qoq o'rtasida joylashgan. Respublika hududi g‘arbdan sharqga 1425 kmga cho'zilgan, shimoldan janubgacha masofa esa 930 km. Eng baland nuqtasi Hazrat Sulton cho‘qqisi (Hisor tizmasi) dengiz sathidan 4643 m balandlikda, eng past nuqtasi Mingbuloq botig‘i -12 m.
Davlat ehegaralarining umumiy uzunligi 6221 km bo‘lib, shundan 2203 km yoki 1/3 qismi Qozog‘iston Respublikasiga, 1721 km Turkmanistonga, 1161 km Tojikistonga, 1069 km Qirg‘izistonga va 137 km Afg‘oniston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.
O`zbekistonning mikroiqtisodiy geografik o'rni (hududning o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga nisbatan tutgan o'rni) ancha qulayligi bilan xarakterlanadi. Bu holat, avvalo, uning Markaziy Osiyo respublikalarining qoq o'rtasida joylashganligi va barcha mintaqa davlatlari bilan to'g'ridan to'g'ri chegaradoshligi tufayli kelib chiqadi. O'zbekistonning mikro IGO' qulayligi qo'shni respublikalar bilan barcha turdagi quruqlik transport (avtomobil, temiryo'l, quvur) tuzilmalari bilan nisbatan yaxshi bog'langanligida ham o'z ifodasini topadi. Mikro IGO'dagi bunday qulayliklar tarixiy davrlardan hozirgacha O'zbekistonni mintaqa davlatlari orasida aholisi eng zich, yirik shaharlarga boy, iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan darajaga olib chiqqan.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimiz davlatchiligi tarixi, milliy qadriyatlar va jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan isloh qilish va rivojlantirish milliy modeliga ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta asosiy tamoyili asos qilib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |