Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti


Yaponiyaning Osiyo Tinch Okeani mintaqasida olib boradigan



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/23
Sana27.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#610925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi Охирги вариант

2.2. Yaponiyaning Osiyo Tinch Okeani mintaqasida olib boradigan
strategiyasining xususiyatlari 
 
Tinch Okeani akvatoriyasi qirg’oq va orollarda joylashgan barcha davlatlar, 
uchta zamonaviy geoiqtisodning markazlaridan biri. OTOM da yer shari 
aholisining uchdan bir qismi yashaydi, dunyoning beshdan uch yadro mamlakati 
ushbu mintaqada joylashgan va ular BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy 
a’zolaridir
2
. Mintaqaga kiruvchi Yaponiya, Tayvan, Gonkong, Singapur va 
Janubiy Korea mamlakatlari tez rivojlana boshladi. XX asrning 80 yillari XXR, 
Indoneziya, Fillipin, Tailand, Malayziya va Bruney so’ngra Vyetnam jadal 
1
Piter Harmsen, L’AFP dans le mond. Agence France-Presse. 2015. 13 aprl.
2
Муҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб мамлакатларида ижтимоий-сиёсий жараёнлар. Ўқув 
қўлланма. – Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2013. – Б. 130.


rivojlanish yo’liga chiqib oldi. OTOM mamlakatlarida iqtisodiy o’zaro tasirchanlik 
muvozanatini saqlash maqsadida 1989 yil noyabrida Osiyi-Tinch okeani iqtisodiy 
hamkorligini tashkil etildi.
Yaponiya tashqi siyosatida ikki tomonlama munosabatlarning asosiy 
yo’nalishlari quyidagi mamlakat va mintaqalarni o’z ichiga oladi: 
-
AQSH Yaponiya tashqi siyosatida ustuvorlik kasb etadi; 
-
OTOM iqtisodiy jihatdan jadal rivojlangan, istiqbolli mintaqa; 
-
Korea Respublikasi Shimoli-Sharqiy Osiyoda xavfsizlik nuqtai-
nazaridan muhim ahamiyatga ega; 
-
Xitoy OTOM kelajagiga ta’sir ko’rsatuvchi davlat; 
-
Rossiya hozirda energetika resurslari manbai sifatida ham, “Shimoliy 
xududlar” masalasini yechish nuqtai nazaridan ham muhim mavqega ega; 
-
Yevropa global dunyo markazlaridan biri. 
Bugungi kunda Yaponiya tashqi siyosatida mintaqaviylik tendensiyasi 
ustuvorlik qilmoqda 
1

Osiyo masalasi bo’yicha amerikalik tadqiqotchi K.B. Payl fikricha, yaqin 
kelajakda OTOM rivojiga Yaponiya Xitoydan kam ta’sir o’tkazmaydi. Buni 
tasdig’i sifatida Yaponiyaning Shimoliy Atlantika ittifoqi bilan munosabatlarining 
faollashganini aytish mumkin: 2007 yilda Bosh vazir Shinzo Abe Bryuselda 
Ittifoqning shtab kvartirasiga tashrifi chog’ida Yaponiya ikki tomonlama 
munosabatlarni kengaytirishga tayyor ekanligini takidladi. Bu esa Yaponiyani 
Ittifoqning Sharqiy sherigi sifatida e’tirof etish demakdir. Shinzo Abe tomonidan 
2007 yilda qabul qilingan “To’rt tomonlama tashabbuslar” dasturi OTOMning 
vaziyatiga jiddiy ta’sir o’tkazdi. Bunday tashabbuslar AQSH, Yaponiya, Avstraliya 
va Hindistonning turli sohalardagi faoliyatida hamkorligini kengaytirishni nazarda 
tutadi. Shinzo Abe fikricha, Yaponiya o’z ishtiroki orqali “ozodlik va 
1
Шарапов А.А. Осиё-Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. - Т.: 
-2014.- Б. 37.


farovonlik”ning Osiyo yoyini mustahkamlashga harakat qiladi. Ushbu yoy esa 
Yaponiya uchun uglevodorodlar keltiradigan yo’nalishlarga to’g’ri keladi
1
.
Osiyo Tinch Okeani mintaqasi inson resurslariga boy bo’lgan 
rivojlanayotgan davlatlar guruhini o’z ichiga oladi. Ayni paytda ham dunyoda har 
tomonlama o’sib borayotgan mintaqalarning markazi hisoblanib, o’sish sur’atlari 
saqlanib qolmoqda. 7.3 milliard jahon aholisining taxminan 3.5 milliardi Sharqiy 
Osiyo Sammiti a’zo davlatlari (AQSH va Rossiyadan tashqari) hududida yashaydi. 
Bu dunyo aholisining 48 foizini tashkil etadi. Shuningdek 2015-yilda eksport va 
import hajmi 11 trillion AQSH dollarini tashkil etib, butun dunyo hamjamiyatida 
Yevropa Ittifoqidan (12 trillion AQSH dollari) keyin ikkinchi o’rinni egalladi.
Aynan eksport va import aylanmasining 33.1 foizi ichki regional hudud hisobiga 
to’g’ri keladi
2
. Bu Osiyo Tinch Okeani mintaqasida o’zaro iqtisodiy va siyosiy 
hamkorlikni yanada o’sib borayotganligidan dalolat beradi. Shuningdek mintaqada 
o’rta sinf kengayib borayotganligi sababli, umumiy xarid qobiliyati ham keskin 
o’sishi kutilmoqda. Bu hudud miqyosida kuchli iqtisodiy o’sishni ta’minlashi 
natijasida Yaponiya davlatining mintaqa davlatlatlari bilan infrastrukturaviy 
rivojlanish dasturlarini ishlab chiqarishga chorlaydi. Osiyo Tinch Okeani 
mintaqasidagi stabil rivojlanish Yaponiya davlatining ham iqtisodiy va siyosiy 
jihatdan o’sishiga muhim omil bo’lib hizmat qiladi.
F.Fukuyama fikricha, Janubiy Korea, Yaponiya va Xitoy o’rtasidagi nizolar, 
tushunmovchiliklar yaqin yillarda saqlanib qoladi. Ammo bu xavfning keskinligini 
pasaytirishda xalqaro muloqotning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
3
Garchi mintaqada o’z yechimini kutib turgan ko’plab muammolar mavjud 
bo’lib, tezkor ravishda rivojlanishga to’siq bo’lmoqda. Ayniqsa mintaqada 
yadroviy qurolga ega bo’lishga qaratilgan provokatsion harakatlar, Janubiy Xitoy 
dengizidagi sun’iy orollarning yuzaga kelishi natijasidagi muammolar buning 
yaqqol dalillari bo’ladi. Bundan tashqari, turli xil tabiiy ofatlar, hali rivojlanmagan 
1
Шарапов А.А. Осиё-Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Т.: -
2014.- Б. 58. 
2
Чугров С.Почему обостряются антияпонские настроения в Китае и Южной Корее? //Мировая экономика и 
международные отношения, 2005. – №11. – С.32. 
3
Шарапов А.А. Осиё-Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Т.: -
2014. – Б.32. 


iqtisodiy va moliyaviy tizimlar, atrof-muhit ifloslanishi, oziq-ovqat yetishmasligi 
va aholi o’rtasidagi qarish kabi muammolar mintaqadagi rivojlanishni 
sekinlashtirmoqda.
Yaponiya va Xitoy
Ayni paytda Xitoy har tomonlama o’sib borayotgan davlatlar qatoriga kiradi. 
Shu boisdan butun dunyo hamjamiyati, shuningdek Yaponiya davlati ham 
Xitoyning tinchlikni saqlab turish binobrida rivojlanishini ma’qullaydi. Garchi, 
Xitoyning hech qanday kelishuvlarsiz harbiy dengiz harakatlarini ko’paytirib 
borishi mintaqada xavotirga sabab bo’lmoqda.
Yaponiya va Xitoy Sharqiy Xitoy dengizi orqali o’zaro qo’shni davlatlar 
hisoblanadi. Yaponiya-Xitoy o’rtasida iqtisodiy va ijtimoiy ikki tomonlama 
aloqalar o’rnatilgan bo’lib, ikki mamlakat uchun ham muhim hisoblanadi. 2015-
yilda Yaponiya Milliy Turizm Tashkiloti ma’lumotiga asosan Xitoydan kelgan 
sayyohlar soni 4.99 million kishi tashkil etgan. Bu o’tgan yilgi ko’rsatkichdan ikki 
millionga ko’pdir.
Yaponiya va Xitoy o’zaro qo’shni davlatlar bo’lganligi sababli bir necha 
iqtisodiy va siyosiy qarashlar bir biridan farq qiladi. Shu tufayli ikki davlat 
o’rtasida turlicha qarashlarning mavjudligi tabiiy hol hisoblanadi. Senkaku orollari 
(Yaponiyada nomlanishi) yoki Diaoyu orollari (XXR da nomlanishi) hududi 
muammosi Yaponiya, Xitoy va Tayvan o’rtasida mojaroli o’zlashtirilmagan 
orollarni nazarda tutadi. 1945-yildan 1972-yilgacha AQSH tomonidan boshqarib 
kelingan Ryuku orollari qismi hisoblangan bu hudud 1895-yildan buyon Yaponiya 
hududi tarkibi hisoblangan. XXR ushbu hududda neft resurslari mavjud degan 
habar tarqalgandan keyin 1970-yilning yarmidan boshlab orollar suveriniteti 
haqidagi savolni ko’tarishni boshladi. Bir vaqtda Tayvan ham bu orollarga 
davogarlik bilan chiqa boshlagan edi
1
.
Hudud asosiy kema portlariga yaqin bo’lib, baliqchilik sanoatini yo’lga 
qo’yish uchun ham qulay zona hisoblanadi. Shuningdek, u yerda neft zaxiralari 
1
Ogura, 
Junko 
Japanese 
Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish