Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana27.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#610925
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi Охирги вариант

(ふくだドクトリン)
 
Fukuda Doktrinasi Yaponiya Bosh vaziri Takeo Fukuda tomonidan ilgari 
surildi. 1977 yilda Manilda bo’lib o’tgan ASEAN a’zo davlatlari uchrashuvida 
Yaponiyaning tashqi siyosati yo’nalishini anglatuvchi nutqini so’zladi, va 
keyinchalik bu Fukuda Doktrinasi nomi bilan mashhur bo’ldi.
 
Bosh vazir Fukuda Yaponiya tinchlikni qo’llab-quvvatlovchi mamlakat 
bo’lishi, harbiy kuchga aylanmasligi va Yaponiya keng ko'lamli sohalarda Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan o'zaro ishonch munosabatlarni barpo etishini va 
1
McGrew, Anthony and Christopher Book. (1998) Asia-Pacific in the New World Order
.
London: 
Routledge

ISBN 
978-0-415-17272-1
;
2
Абдураззоқова М. ХХ аср иккинчи ярми жахон тарихи. Марузалар тўплами. Т.:”Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси” давлат илмий нашриёти, 2000. – Б.155. 


Yaponiya ASEAN a’zo mamlakatlari bilan ijobiy hamkorlikni yo’lga qo’yishini 
ta’kidlab o’tdi. Fukuda Doktrinasi Osiyo mamlakatlari bilan Yaponiyaning hozirgi 
va kelajakdagi diplomatiyasiga poydevor bo'lib xizmat qiladi.
1
Miyadzava Doktrinasi
 (
みやざわドクトリン

1993 yil yanvarida Yaponiyaning bosh vaziri Kiiti Miyadzava Bankok 
(Tailand poytaxti) da so’zga chiqib, ASEAN ga “bir yoqadan bosh chiqarib, birga 
harakat qilish” ni taklif etdi. Mazkur taklif tez orada “Miyadzava Doktrinasi” 
degan nom oldi. Bunday birlashmaning asosiy vazifasi mushtarak kuch-g’ayrat 
bilan Hindi-Xitoy (Vietnam, Laos, Kamboja) ni mintaqadagi boshqa mamlakatlar 
darajasiga yetkazishdan iborat bo’lishi kerak edi
2
.
Koidzumi doktrinasi 

こいずみドクトリン

Yaponiya o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, shakllanayotgan Sharqiy 
Osiyo hamjamiyatida o’z rolini o’ynashga harakat qilmoqda. 2002 yilda Yaponiya 
sobiq Bosh vaziri J.Koidzumi Singapurdagi maruzasida “Kengaytirilgan Sharqiy 
Osiyo hamjamiyati” g’oyasini ilgari surdi va bu “Koidzumi doktrinasi” nomini
oldi. Bunga ko’ra hamjamiyat markazida Yaponiya, ASEAN mamlakatlari, XXR, 
Janubiy Korea, Avstraliya va Yangi Zellandiya turadi
3

“Gaiko-Seisho’’( Diplomatik moviy kitob)
dastlab Yapon tilida 1991-yili 
chop etilgan bo’lib, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Yaponiya 
jamoatchiligiga o'qish uchun har yili hisobot tarzida chop etib boradi. Dastlabki 
nashr etilgan “Gaiko-Seisho’’ 1990-yilning avgust oyidan to 1991-yilning Iyul 
oyigacha bo’lgan Yaponiyaning tashqi siyosatidagi faoliyatini yoritgan bo’lsa, 
1991-yilning avgust oylarida Sovet Ittifoqi parchalanishini inobatga olgan holda 
izlanishlar natijasida kitobning mundarija qismi va tarkibiy qismlariga ayrim 
yangilik va o’zgartirishlar kiritilgan. 
1
Lam Peng Er, ed. 2013. Japan's Relations with Southeast Asia: The Fukuda Doctrine and Beyond. Routledge. 
2
Абдураззоқова М. ХХ аср иккинчи ярми жахон тарихи. Марузалар тўплами. Т.:Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси давлат илмий нашриёти, 2000. – Б. 231. 
3
Шарапов A.A. Осиё –Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. 
ТДШИ. Монография. 2014. – Б.58. 


Yaponiya tashqi ishlar vazirligi ushbu nashr orqali Yaponiya tashqi siyosati 
va diplomatik faoliyatining tushunchalarini chuqurlashtirish Yaponiya tashqi 
siyosati haqida izlanish olib boruvchilar uchun kerakli manba bo’lib xizmat 
qilishiga umid bildirib kelmoqda. Dastlab nashr etilgan kitobning mundarija qismi 
5 ta bob va bo’limlardan iborat bo’lib, asosan dunyoda sodir bo’layotgan siyosiy 
o’zgarishlar va Yaponiya hukumatining munosabatlarini o’zida aks etadi.
1990-yil avgust oyida boshlangan Go’lf bo’g’ozi inqirozi BMT ning muhim 
rol o’ynashi va xalqaro hamjamiyatning hamjihatlikdagi yagona harakatlari 
muammo ning ijobiy tarzda hal etilishiga sabab bo’ldi. 1989-yilda Markaziy va 
Sharqiy Yevropada boshlangan demokratik jamiyat sari qadamlar va Sovet 
Ittifoqidagi kommunistik hukmronlikning parchalanishi tarixiy o’zgarishlarni olib 
keldi. Garchi sovuq urush nihoyasiga yetib kelgan bo’lsada, hali beri yangi xalqaro 
tartib aniq ravishda belgilab olinmagan davr davom etmoqda. 
Bundan tashqari, 
xalqaro hamjamiyat hali xalqlar o’rtasidagi nizolar va qarama-qarshiliklar, 
qashshoqlik, shuningdek global atrof-muhit yomonlashuvi kabi muammolarga yuz 
tutmoqda. Biz xalqaro hamkorlik orqali bu muammolarni bartaraf etish bilan yangi 
xalqaro tartibni qurishimiz kerak. 
Yaponiya tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 

Yadrosizlik bo’yicha uch tamoyil; 

Yaponiya hech qachon harbiy davlat bo’lmaydi; 

Hamkorlik, o’zaro aloqalarni kuchaytirish kerak; 

OTOM bilan hamkorlik boshqalar uchun ochiq bo’lishi kerak. 
Yaponiyalik siyosatshunos olim Takahashi Inoguchi (
高橋猪口
) 1990 yillar 
boshlarida Yaponiya tashqi siyosatining “tanlovlar jadvali” ni tuzdi. Mazkur jadval 
quyidagicha tuzilgan: 
1)
“pan-amerikanizm”, ya’ni AQSHning xalqaro maydondagi yagona 
hamkorligi e’tirof etiladi. Yaponiya ham global, ham mintaqaviy darajada faqat 
iqtisodiy rol o’ynaydi. 


2)
“pan-ameripponika” – ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy integratsiya 
yakunlarini nazarda tutib, Yaponiya dunyoda ko’proq iqtisodiy rol ijro etish bilan 
birga, “texnikaviy-iqtisodiy-strategik hamkorlik” orqali mintaqa va umuman, 
dunyo xavfsizligiga o’z ulushini qo’shadi. 
3)
“pan-konsortis” tushunchasi har bir tomonning majburiyatlarini 
boshqarib turuvchi shartnoma, kelishuv tizimini nazarda tutadi. Bu tizimda 
yetakchilik nazarda tutilmaydi va barcha teng. AQSH hamkorligidan norozi 
bo’lgan OTOMdagilar uchun bu variant jozibador tuyuladi. Natijada Yaponiyaning 
mavqei ko’tariladi va u OTOMda iqtisodiy diplomatiya hamda harbiy masalalarda 
muvofiqlashtiruvchi vazifasini o’z zimmasiga olishi mumkin. 
4)
“pan-nipponika” –dunyoda Yaponiyaning gegemonligini e’tirof 
etadi
1

Ayni vaqtda Yaponiya kelajakda xalqaro tartib asoslari orqali hal qilinadigan 
har qanday muammolarga katta ta'sir etishi mumkin bo'lgan millatga aylandi. 
Shuningdek, Yaponiya xalqaro hamjamiyatda o'z falsafasini namoyish qila 
oladigan va universal g’oyalarni amalga oshirishda muhim davlatga aylandi. 
Bugungi kunda ichki va tashqi siyosatning integratsiyalashuvi tufayli 
Yaponiya o'z milliy kuchi bilan muhim vazifa va majburiyatlarni bajarishi, 
xalqning qo’lab-quvvatlashi muhim hisoblanadi. Bu Diplomatik Moviy kitob jahon 
konyunkturasidagi tendentsiyalar haqida, shuningdek, Yaponiyaning tashqi 
siyosati va diplomatik faoliyati haqida o’quvchiga keng ravishda yoritib bera 
oladigan muhim hujjat hisoblanadi. 
1
Inoguchi Takahashi. Japan’s foreign polisy in an Era of global change. NY: St.Martin’s Press, Inc., 1993. – P.173. 
http://www.bloomsbury.com/uk/japans-foreign-policy-in-an-era-of-global-change
  



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish