Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti


Yaponiya tashqi siyosatining shakillanish bosqichlari va doktrinal



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana27.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#610925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi Охирги вариант

1.2. Yaponiya tashqi siyosatining shakillanish bosqichlari va doktrinal 
jihatlari 
 
1947-yil Konstitutsiya tomonidan belgilangan Yaponiya tashqi siyosatining 
asosiy mas'uliyati Milliy Diet (bikameral qonunchilik palatasi) tomonidan umumiy 
nazorat qilinishi lozim. Milliy Diet quyi va yuqori kamerali tizimdan iborat bo’lib, 
uylarning har biri tashqi aloqalar qo'mitasiga ega. Ularning har biri Yaponiya bosh 
vaziridan xorijiy aloqalar bo’yicha davriy hisobot olib boradi. Xorijiy aloqalar 
bo’yicha hisobotlar qo’shma yig’ilishlarda Milliy Diet komissiyasi tomonidan 
muhokama etiladi. Xorijiy mamlakatlar bilan shartnomalar Milliy Diet tomonidan 
ratifikatsiya qilinadi. Davlati rahbari sifatida, imperator xorijiy elchilarni qabul 
qilish va Milliy Diet tomonidan ratifikatsiya qilingan xorijiy shartnomalarni ko’rib 
chiqish vazifasini bajaradi. Umumiy olib qaraganda, konstitutsiyaviy tizimga 
asosan bosh vazir yirik tashqi siyosat qarorlarini chiqarishda oxirgi so’z aytish 
huquqiga ega
2

Urushdan keying bosqich. 
Ikkinchi jahon urushidan keying davr mobaynida 
Yaponiya iqtisodiy o'sishga bor e’tiborini qaratgan. Mintaqaviy va global 
siyosatini AQSH hukumati bilan hamohanglashtirgan holda, 1947-yili tinchlik 
tamoyillariga asoslangan yangi konstitutsiya ishlab chiqilgan. Unga ko’ra 
Yaponiya global siyosiy muammolarda passiv rol o’ynaydi. Boshqa davlatlar bilan 
aloqalar asosan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va tashqi ishlar bo’yicha siyosiy 
betaraflikni saqlab qolish siyosatini mujassamlashtirgan edi. Bu siyosat 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 3. 
2
Cooney, Kevin J. Japan's Foreign Policy Since 1945. 2006.3 Novem.


“Zenhōigaikō”, ya’ni hamma tomonlama diplomatiya deb atagan. Ayni shu siyosat 
Yaponiyaning iqtisodiy kuch sifatida o'sishiga yo'l yaratgan bo’lsada, lekin 
mamlakat ittifoqchisi, Amerika Qo'shma Shtatlari bilan tuzilgan xavfsizlik va 
iqtisodiy barqarorlik shartnomasi eng muhim omil hisoblanardi
1

1950-1960 yillardagi tashqi siyosat shakillanishi 
Yaponiya 1952-yilda o’z suverenitetini qaytargan holda mustaqil davlat 
sifatida xalqaro hamjamiyatga qayta kirib keldi, ayni paytda dunyo Sovet Ittifoqi 
va Amerika Qo'shma Shtatlari boshchilik qilayotgan qarama qarshi lagerlar, ya’ni 
Sharq va G'arb o'rtasidagi Sovuq urush bilan yashab kelmoqda edi.1951-yil 8-
senatbrda San-Fransisko shahrida XXR va Sovet Ittifoqidan tashqari boshqa 
gegemon davlatlar bilan imzolangan Yaponiya bilan Tinchlik Shartnomasi (28-
aprel, 1952-yil kuchga kirgan) Yaponiyaning neytrallashuviga olib kelardi, 
Yaponiya, asosan, AQSH ga bog’lanib qolgan ittifoqchi davlat sifat sifatida o’z 
zaminida AQSH ning harbiy baza va qo’shinlarini saqlab turishda davom etdi. 
Yaponiyaning 1950 va 1960-yillardagi tashqi siyosat harakatlari uch asosiy 
printsipga asoslangan: 

xavfsizlik va iqtisodiy munosabatlarda AQSh bilan yaqin hamkorlik;

Yaponiyaning o'z iqtisodiy ehtiyojlariga muvofiq erkin savdo tizimi 
qo’llab-quvvatlash; 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) orqali xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish.
Ushbu tamoyillar muvaffaqqiyatli ravishda amalga oshirildi va keyingi 
birinchi ikki o'n yillik davomida jadal ravishda iqtisodiy tiklanish va o'sishga 
ko'maklashdi
2

1970 –yillardagi tashqi siyosati shakillanishi. 
1970-yilda, urushdan keyingi 
tashqi siyosatdagi asosiy tamoyillar o'zgarmadi, lekin ichki va tashqi bosim tufayli 
amaliy jihatdan siyosatga yangi nuqtai nazardan yaqinlashishni talab etardi. Garchi 
AQSH bilan muhim xavfsizlik va iqtisodiy aloqalar bo’yicha hamkorlik yo’lga 
1
http://japan.kantei.go.jp/constitution_and_government/the_national_government 
2
Inoguchi, Takashi. Japan's foreign policy in an era of global change //A&C Black, 2013.12 Novem.


qo’yilgan bo’lsada, ichki hukumatda tashqi siyosatni erkin ravishda olib borishga 
bosim oshib borayotgan edi. Ayniqsa AQSH prezidenti Richard Niksonning 
Xitoyga kutilmagan tashrifi va Sino-Amerika munosabatlari yaxshilanishini 
ko’rsatardi. Bu tashrif tarixga “Nikson shoki” nomi bilan muhrlandi, bu esa Sino-
Yaponiya munosabatlarini qaytadan yo’lga qo’yishga undardi 
1

1970-yillarni boshidagi mamlakatdagi ajoyib iqtisodiy o'sish Yaponiyani 
iqtisodiy jihatdan dunyo miqyosida kuchli davlatga aylantirdi. Ayniqsa, bu kuch 
yosh avlod o'rtasida g'urur va o'z-o'zini hurmat hissini hosil qilgan. Shuningdek 
mustaqil tashqi siyosat o'z ifodasini ko’rsata boshlagan. Boshqa tomondan, 
Yaponiyaning iqtisodiy jihatdan jadal ravishda o’sishi va chet el bozorlaridagi 
ulushini kengaytirishi tashqi “iqtisodiy agressiya"ni o’sishiga olib kelgandi, 
shuningdek bu esa mutanosib savdo siyosatini qabul qilishni talab qilardi. Osiyo-
Tinch okeani mintaqasidagi munosabatlarning o'zgarishi Yaponiya, Xitoy, 
Amerika Qo'shma Shtatlari va Sovet Ittifoqi o’rtasidagi tashqi siyoasatni qayta 
ko’rib chiqishga chorlar edi
2
.
1970-yillardagi 
AQSHning 
Vetnamda 
olib 
borgan 
urushi 
va 
muvaffaqqiyatsizlikka uchrashi, shuningdek Yaponiyaning bu urushdan chetda 
turishi Qo’shma Shatlarning Osiyada iqtisodiy va siyosiy dominantligini 
yo’qotishiga olib kelardi. Bu esa AQSH-Yaponiyaning iqtisodiy, siyosiy aloqalar; 
doimiy xalqaro valyuta tizimi, energetika, xavfsizlik sohasidagi shartnomalarini 
xalqaro miqyosda so’rov ostiga qo’yardi. Ayni paytda har tomonlama diplomatik 
aloqalarni qayta ko’rib chiqishga olib kelardi.
1970-yillar davomida jahon iqtisodiy aloqalridagi o’zgarishlar Yaponiyani 
yanada mustaqil darajaga chiqishiga ruhlantirardi. Misol uchun neft to’g’ridan-
to’g’ri O’rta Sharqdan olib kelina boshlandi, bu esa G’arb davlatlari nazoratidagi 
multi-kompanyalarga qaramlikni yo’q qilardi. Shuningdek boshqa muhim hom 
ashyolar AQSH va uning ittifoqdosh davlatlaridan emas, boshqa mustaqil 
1
Linus Hagström Relational Power for Foreign Policy Analysis: Issues in Japan’s China Policy, European Journal 
of International Relations 11 (3): 2005. –P.395–430, 
http://ejt.sagepub.com/content/11/3/395.abstract
 
2
Maslow, Sebastian, Ra Mason and Paul O’Shea, eds. Risk State: Japan’s Foreign Policy In An Age Of 
Uncertainty //Ashgate, 2015. –P.202. 


davlatlardan olib kelina boshlanishi Yaponiyani yanada mustaqil tashqi siyosat olib 
borishiga zamin yaratardi.
Ko'p o'tmay, Erondagi islomiy inqilob va Afg’onistonning sovet harbiylari 
tomonidan egallanishi 1979-yilda Yaponiya rahbarlarini AQSH bilan harbiyb 
jihatdan hamkorlik olib borishiga undadi. Yaponiya rivojlanayotgan dunyo 
mamlakatlari orasida Sovet Ittifoqi bilan iqtisodiy va boshqa hamkorliklarni 
kamaytirishda muhim rol o’ynadi
1
.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish