Garchi ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya taslim bo’lgan bo’lsada,
hukumat o’z faoliyatini ko'rsatishni davom ettirdi. 1946-yilning bahorida urushdan
keyingi birinchi saylov bo'lib o'tdi. Shuningdek, birinchi
marta Yaponiyada ayol
kishi ovoz berishiga ruxsat berildi. Saylovda g’olib bo’lgan Yoshida Shigeru bosh
vazir lavozimini egalladi. Shu bilan birga xalq orasida avvalgi Meiji
Konstitutsiyasiga norozilik ortib, ular endilikda butunlay yangi konstitutsiya
yaratilishiga umid bildirmoqda edi. Ba'zi konstitutsi versiyalaridan so'ng,
Yaponiya hukumati 1946-yil noyabr oyida yangi Konstitutsiyani
tasdiqlangan
bo’lsa, 1947-yil may oyida kuchga kirgan va bugungi kunda ham davom etib
kelmoqda. Konstitutsiyaning eng muhim jihati 9-moddada keltirib o’tilgan bo’lib,
unga ko’ra “Yapon xalqi harbiy jangovor kuchlar saqlamagan holda har qanday
urushlardan voz kechadi va bu xalqning abadiy milliy suveren huquqi bo’lib
qoladi.” Yoshida Shigeru o’z siyosatini (
よしだ
ドクトリン
) amalga oshirishda 9-
modda katta rol o'ynagan
1
.
Qo’shma Shtatlarga bog’liqlik.
Yoshida doktrinasi va o’sha davr
Yaponiyaning tashqi siyosati Amerika Qo'shma Shtatlari bilan o'zaro
munosabatlarga alohida urg’u berib o’tadi. Yaponiya Konstitutsiyasining 9-
moddasiga binoan Yaponiya hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan Amerika
Qo'shma Shtatlarining harbiy kuchlariga tayanishi, mamlakatning butunlay xorijda
harbiy harakatlarni olib borishdan voz kechganligini anglatardi.
Garchi keyingi
yillarda Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan Yaponiya harbiy xarajatlarini
oshirishiga bo’lgan qayta-qayta uringan bo’lsada, Yaponiyaning urushdan keyingi
konstitutsiya asosida Bosh vazir Yoshida tomonidan chorlovlar rad etildi. Harbiy
jihatdan Yaponiya uchun Amerika Qo'shma Shtatlari tayanishi yagona narsa emas
edi. Sovuq urush davrida Yaponiyaning eng yirik savdo hamkori Amerika
Qo'shma Shtatlari edi. Ayni paytda Yaponiyaning
AQSH ga eksporti iqtisodiy
rivojlanishida katta rol o'ynadi
2
.
1
Holcombe, C. 2011. A History of East Asia: From the origins of civilization to the twenty-first century New York:
Cambridge University Press, –P. 277-286.
www.kobo.com/us/en/ebook/a-history-of-east-asia
2
Potter, David M. Evolution of Japan's Postwar Foreign Policy.Nanzan University, 2008.
http://office.nanzan-
u.ac.jp/cie/gaiyo/kiyo/pdf_09/kenkyu_03.
Iqtisodiy chorlov.
Bosh vazir Yoshidaning maqsadi iqtisodiy tiklanish
bo'yicha barcha mavjud vositalardan foydalanishga qaratilgan edi. Harbiy
kuchlarning yo'qligini
hisobga olib, Yaponiya tashqi siyosati tabiiy iqtisodiy
siyosatga alohida e'tibor qaratgan holda, Yaponiyaning tezlik bilan iqtisodiy
tiklanishi uni yana bir yirik imperiya bo'lishga sababchi bo’lar edi. Bosh vazirning
siyosati patsifizmga asoslanmagan bo’lsada, Meijining
qayta tiklanishidan buyon
vaziyatga real nuqtai nazar tashlanganda Yaponiyaning tashqi siyosatda hukmron
kuchga aylanishiga hamohang edi. Yoshida hukronligi boshchiligida, Yaponiya
cheklanmagan iqtisodiy o'sishga qaratilgan o’zining yo'qolgan
sanoat
infratuzilmasini qayta qurishni boshladi. Bu konseptsiyalarning ko'pchiligi hali
ham Yaponiyaning siyosiy va iqtisodiy siyosatiga ta'sir o’tkazadi
1
.
Sigeru Yoshida (1878-1967) – urushdan avvalgi byurokratiyaning vakili.
Xitoyda, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda bosh konsul bo’lgan, qator
vazirlik lavozimlarini egallagan, jumladan savdo va sanoat vaziri (1944-1945)
bo’lgan. Urush oxirida X.Todzio hukumatiga qarshi muholifatda bo’lgan. Bosh
vazir lavozimida ishlagan vaqt (1946-1947, 1948-1954) Yaponiya iqtisodiy va
siyosiy yo’nalishi shubhasiz AQSHga moyilligi bilan belgilangan.
Yoshida
doktrinasining asosini iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish, xarbiy xarajatlarni
keskin cheklash, AQSH bilan mustahkam ittifoq tuzish tashkil etadi
2
.
Fukuda doktrinasi
Do'stlaringiz bilan baham: