Mavzu: Me’da operatsiyasidan keyingi sindromlar va asoratlar



Download 19,32 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi19,32 Kb.
#679933
TuriReferat
Bog'liq
Referat


Referat
Mavzu:Me’da operatsiyasidan keyingi sindromlar va asoratlar.

Yara kasallik asoratlari:


1. Stenoz (10%)
2. Perforatsiya (10%)
3. Malignizatsiya (0,3-15%)
4. Penetratsiya (5%)
5. Qon ketish (20%)
Yaradan qon ketish yashirin va ochiqdan-ochiq boʼladi. Qon meʼda va 12-barmoqli ichak kapillyarlari, venalari, arteriyalaridan va aʼzolardan tashqaridagi tomirlardan oqadi. «Kichik» degan nom olgan kam qon yoʼkotishlarda (50 ml320 gacha) klinik manzara amalda ifodalanmagan boʼladi, garchi davomli «kichik» qon ketishlar xam kamqonlikka olib kelishi mumkin.
Yaradan profuz qon ketishi. Uning sababchisi koʼpchilik hollarda meʼda va 12-barmoqli ichakning penetratsiyali yaralari hisoblanadi. Koʼp marta qon ketib,ahvol tobora yomonlasha borishi mumkin. Yara kasalligi qoʼzigan davrda, bahorkuz mavsumida qon ketish hollari koʼpayishi qayd qilinadi. Qon ketishining paydo boʼlishida ichkilik ichish, dori-darmonlar qabul qilish (atsetilsalitsilat kislota, butadion, rezerpin, glyukokortikoidlar, antikoagulyantlar va boshqalar) ham sababchi boʼla oladi.
Yara kasalligining qon ketish bilan asoratlanishi 15-20 foizni tashkil etadi. Yara kasalligidan bemorlarning oʼlimi sabablari orasidaqon ketishi birinchi oʼrinni egallaydi. Oʼtkir gastroduodenal qon ketishlarining klinik manzarasi ularning sabablariga, qon yoʼqotish darajasiga va asosiysi, qon ketish intensivligiga bogʼliq.
Qon ketishining asosiy belgilari - umumiy holsizlik, bosh aylanishi, teri va shilliq pardalarning boʼzarganligi, taxikardiya, yurak urishi, arterial bosim pasayishi; kollaps rivojlanishi mumkin.
Gastroduodenal qon ketishining bosh belgilaridan biri «kofe quykasi» tipidagi yoki qirmizi qon rangli qon aralash qayt qilish (gematemezis) hisoblanadi. Qusuq massalarining xarakteri boʼyicha aksariyat qon ketish manbai toʼgʼrisida xulosa chiqarish mumkin. Qirmizi qizil qon yoki olcha rang ivindi manbai meʼdada boʼlgan qon ketishi uchun, «kofe quykasiga» oʼxshash qon manbai 12-barmoqli ichakdan qon ketishi uchun xos. Moʼl qon ketishlarda hatto duodenal yaradan qon aralash qusish kuzatilishi ehtimol. Meʼdadan qon ketishining boshka patognomik simptomi qatronsimon axlat (melena), ayrim hollarda olcha rang axlat boʼlishi mumkin. Qon rangining oʼzgarishi meʼdada gematin xlorid (yara kasalligida kislotalilik normal yoki oshgan) hosil boʼlishi bilan, qatronsimon axlat – ichakda gemoglobinlar temir sulfat hosil boʼlishi bilan bogʼliq. Moʼl qon ketishi meʼdaning tez boʼshalishiga, peristaltikasi kuchayishiga va qora rangli yoki kam oʼzgargan qon aralash badboʼy moʼl suyuq ich kelishiga sabab boʼlishi mumkin.
Qon ketish boshlangan vaqtdan 2-3 sutka oʼtgach bemorlarda tana harorati qon parchalanish maxsulotlarining ichakdan soʼrilishi hisobiga koʼtarilishi qayd qilinishi mumkin. Jigar-buyrak yetishmovchiligi roʼy berishi ehtimol.
Qon ketishi boshlanishining dastlabki soatlarida va hatto sutkalarida qizil qon koʼrsatkichlarini oʼrganish haqiqiy oʼzgarishlarni va qon yoʼqotilishini aks ettirmaydi, shunga gemoglobin va eritrotsit koʼrsat-kichlarinigina emas, balki
gematokrit, markaziy vena bosimi (MVB), globulyar hajm (GH) tanqisligini ham dinamik oʼrganish lozim.
Qon ketishining 4 darajasini farq qilinadi:
I darajasi - kam qon yoʼqotadi, gemodinamikaning buzilishlari kam boʼladi. Qon tomir urishi oz-moz tezlashadi, arterial bosim normal. MVB tanqisligi keragidan 5 foizgacha, gemoglobin 100 g/ l dan yuqori.
II darajasi - koʼproq qon yoʼqotadi.Bemorning ahvoli oʼrtacha ogʼirlikda, boʼshashgan, teri qoplamlari rangpar. Qon tomir urishii tezlashgan, arterial bosimi simob ustuni hisobida 80 mm gacha. Gemoglobin 80 g/l.
III darajasi - bemorning umumiy ahvoli ogʼir, rangi keskin boʼzargan, uni sovuq ter bosgan, qon tomir urishii tezlashgan, arterial bosimi simob ustuni hisobida 60 mm gacha pasaygan. MVB tanqisligi keragidan 30 foizgacha, gemoglobin 50 g/l.
IV darajasi - moʼl qon yoʼqotib, bemor uzoq vaqtgacha hushidan ketadi, bu holat agonal holatga yaqin boʼladi. Qon tomir urishi va bosim amalda aniqlanmaydi. MVB tanqisligi 30 foizdan yuqori. Bunday koʼp qon yukotishlar bemor hayoti uchun jiddiy xavf tugʼdiradi va zudlik bilan globulyar hajm tanqisligini, qonning plazma hajmini qon quyish, eritrotsitar massa quyish, izotonik eritmalar yuborish bilan toʼldirishni talab etadi.
Transfuzion terapiya qon yoʼqotilishiga bogʼliq: chunonchi, MVBning 10foizga tanqisligi deyarli korrektsion terapiyani talab etmaydi, MVB tanqisligi 20 foiz atrofida boʼlsa, qon oʼrnini bosadigan suyuqliklar (plazma, albumin, protein va
b.) quyilishi shart. 25-35 foiz MVB atrofida qon yoʼqotilishi eritrotsitar massa (1/2322 g hajm) va keyinchalik qon oʼrnini bosadigan suyuqliklar (yuqori molekulyar dekstranlar, kristalloid preparatlar) bilan toʼldiriladi
Qon ketish sababini, uning kuchini differentsial diagnostika qilishda, hozir shoshilinch gastroduodenofibroskopiyaga katta ahamiyat beriladi.
Gastroduodenal qon ketishi boʼlgan hamma bemorlar uning kuchi va darajasidan qatʼi nazar, kechayu kunduz, shoshilinch yordam koʼrsatadigan xirurgik boʼlimlarga yotqiziladi. Qon yoʼkotishning ogʼir darajasidagi, aktiv qon
oqadigan bemorlar, yoshi ulgʼaygan va keksa odamlar reanimatsion boʼlimga yoki intensiv terapiya palatasiga yotqizilishlari kerak, bu yerda quyidagi diagnostik va davolash; MVB ni oʼlchash; 2) meʼdani zondlash, uni sovuq hisligini toʼldirish uchun oʼmrov osti venasini katetrlash; MVB ni oʼlchsh; 2) meʼdani zondlash, uni sovuq suv yoki epsilonaminokapron kislota bilan yuvish; 3) shoshilinch ezofagogastrofibroskopiya; 4) oksigenoterapiya; 5) kardioterapiya; 6) qon yuqotish darajasini aniqlash; 7) gemostatik preparatlar yuborish.
Gemostatik davolash uchun qon ivish xususiyatini oshiradigan va qon ketayotgan sohadagi qon oqimini kamaytiradigan dori-darmonlar qoʼllaniladi: 1) quruq va nativ plazmami 20-30 ml dan har 4 soatda boʼlib-boʼlib yuborish; 2) 1% li vikasol eritmasini sutkasiga 6-8 ml gacha mushak toʼqimasiga yuborish; 3) vena ichiga 1 % li kaltsiy xlorid eritmasi yuborish (uning 10% li eritmasini yuborishdan saqlanish kerak, chunki u qayta qustirib qon ketishini kuchaytiradi); 4) jelatinol, polivinolni vena ichiga yuborish; 5) epsilonaminokapron kislota 5% li eritmasini
100- 200 ml dan har 5-6 soatda yuborish; 6) qon ivish sistemasini yaxshilashga yordam beradigan ditsinon, pituitrin va boshka preparatlarning eritmalarini vena
ichiga yuborish; 7) meʼdani lokal gipotermiya qilish - muzli xaltacha qoʼyish, muz boʼlakchalarini shimdirish, maxsus apparat bilan gipotermiya qilish; 8) endoskopik yoʼl bilan toʼxtatish va usullari.
Volemik buzilishlar MVB, umumiy statusni qatʼiy nazorat qilib turgan holda korrektsiya qilinishi (izga solinishi) kerak. Bemorga qon ketishi toʼxtagandan keyin ham 10-12 kungacha oʼrinda yotish tavsiya etiladi.
Shoshilinch operatsiyaga koʼrsatmalar boʼlmaganda keyingi taktika va operatsiya usulini tanlash aniqlanmagan oʼzgarishlarga, bemorning ahvoliga bogʼliq boʼladi.
Dastlabki 12-24 soat ichida massiv qon ketishi fonida roʼyrost gemorragik shokda shoshilinch operatsiya konservativ davolash naf bermaganda, statsionarda
qon ketishi qaytalangan bemorlarda oʼtkaziladi.
Shoshilinch operatsiya (dastlabki 24-48 soatda) koʼp qon ketganda anchagina mikdorda qon, suyuqlik quyish bemor ahvolini yaxshilamaganda, MVB avvalgi past raqamlarda qolganda, yaʼni konservativ davolashdan foyda boʼlmaganda oʼtkaziladi.
Yoshi ulgʼaygan va keksa yoshdagi odamlarda, yara anamnezi davomliligidan qatʼi nazar qonab turadigan yaralar boʼlganda shoshilinch operatsiyalarga
koʼrsatmalarni ayniqsa kengaytirish lozim, chunki bu kategoriyadagi bemorlarda324 kallyoz yaralar qonab turadi, qon yoʼkotishdagi kompensa¬tor mexanizmlar esa birmuncha pasaygan boʼladi.
Qonab turadigan gastroduodenal yaralarda operatsiya qilishdan maqsad qon ketishini toʼxtatish va bemorni yara kasalligidan holi qiladigan radikal operatsiyani imkon boricha erta oʼtkazishdan iborat boʼladi. Meʼda yaralarida meʼda rezektsiya qilinib, qonab turgan yara olib tashlanadi (qon kam yoʼqotilsa va operatsiyadan xavf kam boʼlsa); ogʼir yotgan, yoshi ulgʼaygan va keksa bemorlarda – yarani kesish yoki qonayotgan tomirni gastrotomik kesma orqali tikish, vagotomiya piloroplastika va bilan oʼtkaziladi.
Koʼpincha penetratsiya qiladigan duodenal yaralarda qonab turgan yarani piloroplastika va vagotomiya (yaxshisi, stvol vagotomiyasi) bilan tikish eng maʼqul operatsiya hisoblanadi. Qoʼshilib kelgan yaralarda stvol vagotomiyasi va antrumektomiya yoki meʼdaning birlamchi rezektsiyasini qilish kerak.
Piloroduodenal stenoz. Uning sababi koʼpincha 12-barmoqli ichak yoki pilorik boʼlimi, yoki pilorik kanalidagi yarada periultseroz infiltrat, shish, spazm va chandiqdanish boʼlishidir. Yarali anamnez odatda davomliligi, biroq, yoshi325 ulgʼaygan va keksa odamlarda kasallik paydo boʼlgan vaqtdan boshlab1-3 oy ichida stenoz rivojlangan hollar maʼlum.
Evakuatsiyaning buzilish darajasiga koʼra stenozning 3 asosiy bosqichi farq qilinadi.
Kompensatsiyalangan stenoz biror belgilarsiz oʼtadi: ovqatning toraygan uchastka orqali qiyinlik bilan oʼtishi meʼdaning kuchaygan peristaltikasi bilan qoplanadi, yaʼni kompensatsiyalanadi. Klinik jihatdan yara kasal-ligining odatdagi simptomlari fonida meʼdaning toʼlib ketish sezgisi, epigastriyda, ayniqsa koʼp ovqat yeyilgandan keyin ogʼirlik paydo boʼladi. Nordon kekirish, baʼzan meʼda suyuqligi aralash nordon hidli qayt qilish yengillik beradi. Rentgenologik tekshiruvda meʼda oʼlchami normal, biroq gipermotorika, bariyning oʼrtacha tutilib qolishi aniqlanadi.
Subkompensatsiyalangan stenoz meʼdada toʼliqlik hissi palagʼsa boʼlgan tuxum hidi keladigan yoqimsiz kekirish, sanchiqsimon ogʼriq, qorin quldirashi bilan oʼtadi. Qusish koʼprok boʼladi, bemorlar oʼzlarini qusishga majbur etadilar, u
yengillik beradi. Qusuq massasida undan oldin yoyilgan ovqat qoldiqlari boʼladi. Bemorlarning ahvoli yomonlashadi, holsizlanish, ozib ketish, suv-elektrolit balansi buzilishlari ifodalangan. Obʼektiv tekshirishda epigastriyda «chayqalish shovqini» qayd qilinadi. Rentge¬nologik nahorga meʼdada suyuqlik, uning peristaltikasi sustlashgan, toraygan piloduodenal kanal orqali sekinlashgan evakuatsiya qayd qilinib, bariy 6-12 soatgacha tutilib qoladi. 24 soat oʼtgach meʼdada bariy
boʼlmaydi.
Dekompensatsiyalangan stenoz meʼdada suyuqlik evakuatsiyasining keskin buzilishi, umumiy holatning yomonlashishi bilan oʼtadi. Meʼdada suyuqlikning
turib qolishi meʼdaning choʼzilib ketishiga, dilatatsiyasiga olib keladi, meʼdada bir necha litrgacha badboʼy suyuqlik toʼplanib qoladi, palagʼsa boʼlgan tuxum hidi keladigan kekirish paydo boʼladi. Аtayin qoʼzgʼatilgan qusishdan keyin bemor ahvoli vaqtinchalik yengillashadi, biroq tez-tez qayt qilish, koʼp mikdorda suyuqlik, xloridlar, kaliy ionlari yoʼqotish degidratatsiyaga, qonning quyuklashuviga, xloridlar kamayishiga, alkaloz, diurez kamayib ketishiga olib keladi.
Bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashadi, ular ozib ketadi, teri qoplamining elastikligi pasayadi, adinamiya boʼladi. Qorin devorining turtkisimon chayqalishlarida «chayqalish shovqini», meʼdada koʼzga koʼrinadigan qisqarish aniqlanadi.
Rentgenologik tekshiruvda qabul qilingan kontrast aralashmasi pastga tushadi va meʼda kosacha koʼrinishini oladi, bunda meʼdaning pastki qutbi taroqsimon chiziqdan 6-10 sm pastga tushadi, tekshirish vaqtida suyuqlik evakuatsiyasi boʼlmaydi, meʼda peristaltikasi sekin yoki boʼlmaydi, meʼdada bariy 24 soat va bundan koʼp vaqt tutilib qoladi.
Dekompensatsiya bosqichida bemorda keskin suvsizlanish, kaxeksiya rivojlanishi ehtimol, buyrakdan qon oqimi pasayadi, diurez kamayadi, nordon mahsulotlar siydik bilan chiqarilmaydi, alkaloz atsidozga oʼtadi, ogʼir hollarda gastrogen tetaniya rivojlanadi (talvasa, trizm, «akusher qoʼli»- Trusso simptomi).
Bunday asoratlar operatsiyadan oldingi korrektsiyani qunt bilan oʼtkazish, bemorlarni reanimatsion boʼlimga yotqizishni taqozo etadi.
Piloroduodenal stenozlarni operatsiya yoʼli bilan davolash. Operatsiyaning maqsadi bir tomondan oʼtkazuvchanlikni tiklash va ayni vaqtda yara kasalligini batamom tuzatib yuborish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Hozirgi vaqtda piloroduodenal zona stenozlarini davo-lashning koʼp sonli usullaridan asosan 3 turi kullaniladi: 1- radikal operatsiyalar - dekompensatsiyalangan stenozda meʼdaning 2/3 qismini rezektsiya qilish gastrodudenoanastomoz Bilrot- I (rasm 1,2,3) yoki gastroentero- anastamoz Bilrot- IIusulida bajariladi (12-barmoqli ichak- ning stenozlovchi yarasi va meʼda yarasining qoʼshilib kelishi; duodenostaz boʼlganda
ham), ikki tomonlama stvol vagotomiyasi bilan antrumektomiya (oʼsha koʼrsatmalar boʼlganda va kislotalilikning yuqori raqamlarida); II- palliative operatsiyalar-meʼdanidrenajlashning har xil turlari (gastroenteroanastomoz, gastroduodenoanastomoz, piloroplastika). Biroq operatsiyalarning bu turlari
alohida variantda juda ogʼir yotgan, holsizlangan va keksa bemorlardagina qoʼllanilishi mumkin, chunki saqlanib qolgan kislota hosil qiladigan va secretor funktsiyalar peptik yaralar paydo boʼlishiga olib keladi; III-aʼzoni saqlab qoladigan operatsiyalar vagotomiyaning turli variantlari (stvol, selektiv, selektiv proksimal, vagotomiyaning boshqa har xil variantlari) bilan birga oʼtkaziladigan meʼdani drenajlovchi operatsiyalar.
Yara perforatsiyasida asosiy belgilar:(Mondor triadasi)
1. hanjar bilan urgandek toʼsatdan paydo boʼlgan ogʼriq.
2. qorin mushaklarining “taxtasimon” taranglashuvi.
3. anamnezida yara kasalligining boʼlishi.
Qorin palpatsiyasida mushaklarning “taxtasimon” taranglashuvi
Yara perforatsiyasida ogʼriqning tarqalish yoʼllari tasviri.
1. Epigastral soha
2. Oʼng yon kanal
3. Oʼng yonbosh soha
4. Kichik chanoq
5. Chap yonbosh soha
Diafragma ostida “erkin” gazning toʼplanishi. (Spijarskiy
simptomi)
Download 19,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish