Mahalliy xokimiyat tasarrufidagi korxonalar bo‘yicha: Angren shahridagi “Elerem” AKda emallash bo‘yicha buyurtmaning kamayib ketganligi sababli 165,1 mln.so‘mlik, “Sanoatqalinqogozsavdo” QKda xom ashyo (makulatura) еtishmasligi sababli 1002,9 mln.so‘mlik, Ohangaron shahridagi “Aylin Gida Sanayi K” QKda ishlab chiqarilayotgan qandolat mahsulotlariga buyurtmalar kamayganligi va omborda 224 tonna tayyor mahsulot qoldiqlari saqlanayotganligi sababli 424,1 mln.so‘mlik, Yangiyo‘l shahridagi “Lazzat” OAJda viloyat xo‘jalik sudining 2018 yil 24 noyabrdagi 11-0806/16215-sonli ajrimiga asosan korxonada 2019 yilning iyun oyigacha bankrotlik jarayoni olib borilganligi sababli 71 mln.so‘mlik, Bo‘stonliq tumanidagi “Gazalkent oyna” OAJda 2019 yil mart oyidan shisha pishirish pechini tamirlash ishlari olib borilganligi sababli 4430,6 mln.so‘mlik, Zangiota tumanidagi “Muzimpeks tijorat” korxonasida choy mahsulotlarini qadoqlash o‘rniga mevani qayta ishlash, makaron va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi sababli 516,7 mln.so‘mlik, Qibraydagi “Vostokenergoteploizolyatsiya” MChJda asosiy buyurtmachi “O‘zbekenergo” DAK tomonidan ta’mirlash ishlari uchun xarajatlar qisqartirilganligi hamda xizmat ko‘rsatish tannarxi 20 foizga kamaytirilganligi sababli 898,9 mln.so‘mlk va “Bow co LTD” QKda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qadoqlash uchun qoplar ishlab chiqarilib, dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan mahsulotga buyurtma kamayib, omborda 1348,9 mln.so‘mlik tayyor mahsulot saqlanayotganligi sababli 796,8 mln.so‘mlik sanoat mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kam ishlab chiqarildi.
Shuningdek, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi korxonalardan 13 tasi yoki 41,9% o‘sish sur’ati pasayishi kuzatilib, o‘tgan yilga nisbatan jami 26,3 mlrd.so‘mlik mahsulot kam ishlab chiqarildi.
Jumladan, respublika tarmoq idoralari tasarrufidagi korxonalar bo‘yicha: Angren shahridagi “O‘zbekko‘mir” OAJda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyundagi 02/1-75-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan korxona tarkibidan 8 ta korxona ("Angren ko‘mir koni" UK, "Er osti ishlari" UK, "Sanoat temir yo‘l transporti" UK, "Tog‘ transporti uskunalarini sozlash" UK, "Ko‘mir taxminotservis" UK, "Avtomobil tog‘ texnologik transporti" UK, "Ko‘mir kon qurilish" UK, "Energoaloqasozlash" UK) ajralib chiqqanligi sababli 5890,4 mln.so‘mlik, Bekobod shahridagi “Bekobodsement” OAJda kuz-qish mavsumida ishlab chiqariladigan mahsulotga talab kamayganligi sababli 66,3 mln.so‘mlik, Yangiyo‘l shahridagi “Yangiyo‘l yog‘-moy” OAJda asosiy xom ashyo (chigit) 22668 tonna kam ajratilganligi sababli 8980,3 mln.so‘mlik, Bo‘stonliq tumanidagi “Agromir G‘azalkent” agrofirmasida xom ashyo (meva-sabzavot) еtkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan 8 ming tonna yoki 1000 mln.so‘mlik shartnoma tuzilgan bo‘lsada, amalda ular tomonidan 1,5 tonna yoki 187,5 mln.so‘mlik mahsulot еtkazib berilganligi sababli 4930,0 mln.so‘mlik, Qibray tumanidagi “Inter Rohat” QKda ishlab chiqarilayotgan salqin ichimliklarga iste’molchilar tomonidan buyurtma 707 ming dallga kamayib ketganligi sababli 1284,6 mln.so‘mlik, “Arge fashion” QKda jahon moliyaviy inqirozi munosabati bilan chet ellik hamkorlar tomonidan mahsulotga talab kamayganligi sababli 246,9 mln.so‘mlik, Toshkent tumanidagi “Meva sharbat” IChKda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab kamayganligi sababli mahsulot 344,1 mln.so‘mlik, Yuqorichirchiq tumanidagi “Keum Sung internatsional” QKda mahsulotlarga talab bo‘lmaganligi uchun to‘qimachilik sexi yopilganganligi sababli 924,8 mln.so‘mlik, Chinoz tumanidagi “Chinozyo‘lindustriya” IChBda mahsulotlarga talab bo‘lmaganligi uchun sababli 4,6 mln.so‘mlik mahsulot o‘tgan yilga nisbatan kam ishlab chiqarilgan.
Mahalliy xokimiyat tasarrufidagi korxonalar bo‘yicha: Ohangaron shahridagi “Aylin Gida Sanayi K” QKda ishlab chiqarilayotgan qandolat mahsulotga is’temolchilar tomonidan buyurtma kamayganligi va omborda 224 tonna tayyor mahsulot qoldiqlari saqlanayotganligi sababli 544,4 mln.so‘mlik, Yangiyo‘l shahridagi “Lazzat” OAJda viloyat xo‘jalik sudining 2018 yil 24 noyabrdagi 11-0806/16215-sonli ajrimiga asosan korxonada 2019 yilning iyun oyigacha bankrotlik jarayoni olib borilganligi sababli 84,1 mln.so‘mlik, Bo‘stonliq tumanidagi “Gazalkent oyna” OAJda 2019 yilning mart oyidan shisha pishirish pechini tamirlash ishlari olib borilganligi sababli 2042,1 mln.so‘mlik, Qibray tumanidagi “Bow co LTD” QKda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qadoqlash uchun qoplar ishlab chiqarilib, dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan mahsulotga buyurtma kamayib, omborda 1348,9 mln.so‘mlik tayyor mahsulot saqlanayotganligi sababli 952,6 mln.so‘mlik sanoat mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kam ishlab chiqarildi.
Viloyatda mahalliylashtirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, ayrim muammolarning mavjudligi sababli 8 ta korxonada 16 ta loyiha bo‘yicha yillik belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ta’minlanmasdan qoldi va bunga quyidagilar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi:
“Archer Mayning” MChJ korxonasida hom ashyo olinadigan tog‘li joydagi karerda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lib, ochiq shaxtadagi xom ashyoning (tuproq) namligi yuqori bo‘lganligi sababli gravitatsion barit konsentrati ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 5,8 foizga ta’minlandi.
“Latofat” XK korxonasida asosiy buyurtmachilar Toshkent shahrida joylashgan 1, 5-sonli, “Chuqursoy” avtokorxonalari, 4, 8, 12, 18-sonli avtobus saroylari bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 34,9 mln.so‘mlik jo‘natilgan mahsulotlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirmaganligi va buning natijasida aylanma mablag‘lar еtishmaganligi sababli xavfsizlik oynalari ishlab chiqarish rejasi 69,1 foizga ta’minlandi.
“Briz” MChJ korxonasida xorijdan xom ashyo keltirish uchun TIA Milliy bankining “Xamza” bo‘limi hisob-raqamiga o‘tkazilgan 1116,8 mln.so‘m mablag‘ konvertatsiya qilinmaganligi, xom ashyo (polietilen) Respublika xom ashyo va tovar birjasida sotilishga qo‘yilib, birjadagi narx o‘rtacha 30 foizga oshganligi, halqaro inqiroz davrida xorijlik hamkorlar va buyurtmachilar tomonidan mahsulot sotib olish uchun tuzilgan shartnomalar bekor qilinganligi sababli polietilen asosida qadoqlash bo‘yicha prognoz 28,4 foizga, polipropilen asosida qadoqlash bo‘yicha prognoz 42,9 foizga ta’minlandi.
“Plasterm Technology” QK korxonasida xorijdan xom ashyo (polivinilxlorid, polipropilen) olib kelish maqsadida TIA Milliy banki “Sayoxat” bo‘limiga o‘tkazilgan 362,3 mln.so‘mlik mablag‘ konvertatsiya qilinmaganligi sababli polipropilen va polivinilxlorid trubalar ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 56,8 foizga, polietilen trubalar ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 6,3 foizga ta’minlandi.
“Hi-tech kabel” QK korxonasi bo‘yicha eksportga mo‘ljallangan mahsulotga xorijiy mamlakatlardan (Rossiya, Ukraina, Gruziya) talab keskin kamayganligi sababli 10 kV kabellar ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 74,9 foizga, 35 kV kabel ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 11,6 foizga va 1 kV kabel ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 80,1 foizga ta’minlandi.
“Mediz AG” MChJ korxonasi dasturga kirish uchun xisob-kitoblar 2019 yilning mart oyidan Maxsus komissiyaga takdim etilgan holda amalda dasturga 2019 yil sentyabr oyidan kiritilgan. Shu sababli asosiy ishlab chiqarish faoliyati sentyabr oyidan boshlanib, sentyabr-dekabr oylarida yillik belgilangan xajmni ishlab chiqarish uchun korxonaning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli bir marta ishlatiladigan shprislar bo‘yicha prognoz 37,0 foizga va bir marta ishlatiladigan infuzion sistemalar bo‘yicha prognoz 30,0 foizga ta’minlandi.
“Best metall konstrakshns” MChJ korxonasida xorijdan xom ashyo olib kelish uchun OATB "Ipak yo‘li bank" hisob raqamiga o‘tkazilgan 442,8 mln.so‘m mablag‘ konvertatsiya qilinmagan. Dasturga kirish uchun hisob-kitoblar 2009 yil may oyida Maxsus komissiyaga taqdim etilgan holda amalda dasturga 2009 yil sentyabr oyidan kiritilgan. Shu sababli korxona asosiy ishlab chiqarish faoliyati sentyabr oyidan boshlanib, sentyabr-dekabr oylarida yillik belgilangan hajmni ishlab chiqarish uchun korxonaning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli CD po‘lat profillar bo‘yicha prognoz 19,9 foiz, UD po‘lat profillar bo‘yicha prognoz 10,3% va po‘lat agrafalar bo‘yicha prognoz 1,9%ga bajarildi.
“Neogalenfarm” MChJ korxonasida dori vositalarini qadoqlash uchun zarur bo‘lgan shisha idishlarni еtkazib beradigan respublikada yagona ishlab chiqaruvchi “Farm glass” QK korxonasi faoliyatini to‘xtatganligi sababli valerianka nastoykasi bo‘yicha prognoz 26,1 foiz va neokarvalol bo‘yicha prognoz 14,8 foizga ta’minlandi.
“Promizolit” MChJ korxonasida dasturga kirish uchun hisob-kitoblar 2019 yilning may oyidan Maxsus komissiyaga takdim etilgan holda amalda dasturga joriy yilning dekabr oyidan kiritilgan. Shu sababli asosiy ishlab chiqarish faoliyati dekabr oyidan boshlanib, dekabr oyida yillik belgilangan xajmni ishlab chiqarish uchun korxonaning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli slyudinit lentalar, elektrokarton plenkalar, sintakarton plenkalar, shisha material plenkalar va slyudinit plenkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PF-4058 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini 20 va undan ortiq foizlarga kamaytirish bo‘yicha 22 ta hududiy korxonalar bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqilib, hozirda 17ta korxonada ishlab chiqilgan hisob-kitob tizimidan foydalanilmoqda.
Unga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 20 dan ortiq qorxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini kamaytirish yuzasidan samarali ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Ammofos Maksam” QK da ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini 25,6%, “Elerem” AK da 4%, “Erostigaz” OAJ 18 %, “Sanoatqalinqog‘ozsavdo” QKda 9,9 % ga, “Angren Kaolin” MChJ da 10,5 %ga “Vostokenergoteploizolyatsiya” MChjda 20 % ga kamaytirishga erishildi va buning natijasida 4,0 mlrd.so‘mga yaqin mablag‘ tejaldi. Yil boshiga nisbatan “Olmaliq TMK” OAJ, “Nadejda Dubl” ShK, “Angren QMQ” OAJ, “Erostigaz” OAJ, “Bekobodshifer” ShK, “Ohangaronranglitsenment” QK kabi bir qator yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarishda o‘sish sur’atlari ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1047-sonli qarori ijrosi yuzasidan 4 ta go‘shtni (Zangiota tumanida "Xakima Nur" XF, Yuqorichirchiq tumanida “Tong savdo LTD” va “Ixlos kelajak” MChJlar, Toshkent tumanida “Fazliddik xalol savdo” XF) va 4 ta sutni qayta ishlaydigan (Chirchiq shahrida “Milk Yevro Fut” QK, Yuqorichirchiq tumanida “Gulola Shux Sut” va “Tano” MChJ lar, Oqqo‘rg‘on tumanida “Ernar Sobit Nur” XF) korxonalarni ishga tushirish belgilangan bo‘lib, amalda barcha korxonalar ishga tushirildi. Ishga tushirilgan korxonalar hisobiga 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bundan tashqari, 79 ta (reja 75 ta) еngil konstruksiyali issiqxonalar tashkil etilib, ular hisobiga 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 yanvardagi “2019 yilda mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1048-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2019 yilda mahalliy tasarrufdagi korxonalar tomonidan dastur shakllangandagi narxlarda 136,7 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 100,0 mlrd.so‘mdan ortiq mahsulot sotildi, mahalliy xom ashyo negizida mahsulotlar ishlab chiqish hisobiga korxonalarning 1777,7 ming AQSh dollari miqdoridagi valyutasi tejaldi, 173 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste’moli tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi PQ-1050-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Toshkent viloyatida 2019-2023 yillarda nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi va unga ko‘ra, viloyat aholisining nooziq-ovqat iste’mol tovarlariga bo‘lgan o‘rtacha yillik talabi 2019-2023 yilgacha bo‘lgan davr uchun hisob-kitob qilindi va Dastur loyihasiga umumiy qiymati 267,7 mln.dollarga teng bo‘lgan 321 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, moliyalashtirish manbalariga ko‘ra, tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari – 85,6 mln. doll., to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 121,5 mln. doll., xorijiy kreditlar – 11,4 mln. dollar, mahalliy kreditlar – 49,2 mln. doll. miqdorida mablag‘ jalb etilishi belgilab qo‘yildi.
Dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishi natijasida hududda qo‘shimcha 9536 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 martdagi “2019-2024 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1072-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyatda 2019 yilda investitsiya loyixalarini modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jixozlash bo‘yicha jami 13 ta loyixa buyicha 569,2 mlrd.sum kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, yil yakuniga kelib 664,9 mlrd.so‘m yoki 116,8% kapital sarmoyalar o‘zlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |