Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Toshkent shahar atrofi sanoatini rivojlantirishning ijtimoiy omillari



Download 0,79 Mb.
bet7/17
Sana24.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#698631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Одилжонов Самаджон2

1.3. Toshkent shahar atrofi sanoatini rivojlantirishning ijtimoiy omillari
Barkamol va sog‘lom avlodni tarbiyalash, aholi turmush sharoiti va darajasini yaxshilash ko‘p jihatdan ijtimoiy sohalar, ijtimoiy infratuzilma tizimining rivojlanishiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, mustahkam iqtisodiy zaminga asoslanadi.
Toshkent viloyatida ijtimoiy sohalarning barcha tarmoqlari rivojlangan. Bunga uning geografik joylashgan o‘rni, poytaxt mintaqasi ekanligi, malakali ishchi kadrlar va fan texnika salohiyatining mavjudligi ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Viloyatda nomoddiy sohalarda jami iqtisodiyotda band aholining 30 foizga yaqini xizmat qiladi.
Investitsion faoliyat Barcha moliyaviy manbalar hisobida 1822,9 mlrd.so‘mlik kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 77,0 % teng bo‘ldi. Amalga oshirilgan pudrat ishlari hajmi 841,6 mlrd.so‘mni yoki 113,7 % tashkil qildi. Sarflangan moliyaviy mablag‘lar evaziga 38,2 km tabiiy gaz va 80,2 km ichimlik suv tarmoqlari va 797,2 ming kv.m. uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi.
Savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi. 643 ta ulgurji savdo, 5519 ta chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda Yil davomida 32 ta ulgurji savdo, 621 ta chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yangi tashkil topdi. Chakana savdo tovar aylanmasi 3991,5 mlrd.so‘mga еtib, o‘tgan yilga nisbatan 111,4 %ga o‘sdi. Aholi jon boshiga 1487,4 ming so‘mlik savdo xizmati ko‘rsatildi. O‘tgan yilning shu davrida 1180,6 ming so‘m edi. Barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 4846,1 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, o‘sish sur’ati 112,2 %ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan xizmatlarning deyarli 44,8 %i qishloq joylarga to‘g‘ri keldi. Shundan pulli xizmatlar hajmi 868,3 mlrd.so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 115,0 foizga o‘sdi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlar deyarli 323,6 ming so‘mga to‘g‘ri keldi. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish 86,4 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,5 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga 32,2 ming so‘mlik maishiy xizmat ko‘rsatildi.
Xususiylashtirish. Viloyatda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida ko‘p ukladli bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, faoliyat ko‘rsatmoqda. Tadbirkorlik harakati keng rivojlangan, ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, turli jamg‘armalar, sug‘urta kompaniyalari va banklar tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bugungi kunda 8185 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan faoliyat yuritayotgani 7558 tani tashkil etdi.
Mehnat bozori. Mehnat resurslari – 1588,6 ming kishini, mehnatga layoqatli aholi – 1578,8 ming kishini, ish bilan band aholi – 1215,5 ming kishini tashkil qildi. Hudud iqtisodiyotining turli tarmoqlarida ish bilan band bo‘lganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 2,7 %ga o‘sgan. Viloyat aholisini muntazam ravishda ko‘payib borishi ish bilan ta’minlashga alohida ahamiyat berishni taqozo etadi. Shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida 87222 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, jami yaratilgan yangi ishchi o‘rinlarining 35685 tasi yoki 40,9 % kichik biznes sohasiga to‘g‘ri keldi. Shahar va tumanlardagi “Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar”ga 61599 nafar kishi murojaat qildi, shulardan 6913 nafariga maslahat berildi va qolgan 54686 nafari esa ish so‘rab murojaat qildi.
Kichik biznes. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilgan imtiyozlar, ular faoliyatiga noo‘rin aralashuvlarning keskin kamayishi natijasida viloyatda bu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tobora ko‘payib bormoqda. Ular soni 41570 taga еtdi. Shundan 39264 tasi faoliyat yuritayapti. Faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlarining 4653 tasi kichik korxonalar va 34611 tasi mikrofirmalardir. Yil davomida 2810 ta kichik biznes sub’ektlari tashkil etildi. Tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning yalpi xududiy mahsulotdagi ulushi 41,5 %ni tashkil etdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat. Yil davomida 96 ta uzoq va 10 ta yaqin xorij mamlakatlari bilan savdo aloqalari olib borildi. Tashqi savdo aylanmasi 2894,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lib, shundan eksport hajmi 1736,8 mln. AQSh dollar va import 1158,0 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Xorijiy investorlar bilan birga tashkil etilgan korxonalar soni 472 taga еtib, shundan 451 tasi faoliyat ko‘rsatdi. 2019 yilda 66 ta yangi qo‘shma korxona tashkil etilib, hozirda konserva mahsulotlari, go‘sht mahsulotlari, qand lavlagi, quritilgan meva-sabzavot, plastmassa buyumlar, trikotaj mahsulotlari, gilam, mebel va santexnika buyumlari ishlab chiqariladi.
Kommunal xo‘jaligi. 576 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi, 614 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, 3899 ta ko‘p qavatli uylar va 125555 ta xonadonlarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Viloyatda 2019 yil 1 yanvar holatiga xonadonlarga 376 dona sovuq suv, 10853 dona gaz hisoblagichlari o‘rnatildi. Hududlardagi 1991 yilgacha qurilgan 313 ta ko‘p xonadonli turar-joy binolari ta’mirdan chiqarildi.
Ijtimoiy sohalar. Viloyatda 2 ta oliy o‘quv yurti: Qibray tumanidagi “Toshkent Davlat Agrar universiteti”, Angren shahridagi “Pedagogika instituti” va 1 ta Olmaliq shahridagi Navoiy tog‘-kon metallurgiya institutining filiali, 120 ta kasb-hunar kollejlari, 6 ta akademik litseylar, 890 ta umumiy ta’lim maktablari (59,3 % qishloq joylarida) va 454 ta doimiy maktabgacha ta’lim muassasalari mavjud. Viloyatda sog‘liqni saqlash tizimi isloh etilib, 79 ta kasalxona, 518 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, 263 ta qishloq vrachlik punktlari,18 ta DSEN markazlari, 18 ta tez tibbiy yordam bo‘limlari va 29 ta viloyat tasarrufidagi muassasalar tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.Viloyat xududida 151 ta dam olish tashkilotlari mavjud. Ulardagi o‘rinlar soni 23771 tashkil etadi. Shulardan 21 ta sanatoriy (o‘rinlar soni 3733), 2 ta bolalar sanatoriyasi (o‘rinlar soni 300), 9 ta sanatoriy-profilaktoriy (o‘rinlar soni 877), 2 ta dam olish uyi (o‘rinlar soni 450), 4 ta pansionat (o‘rinlar soni 504). 2019 yil davomida 30,5 ming aholi sog‘lomlashtirildi.
Toshkent viloyatlari rekreatsiya resurslariga boy mintaqa sanaladi. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron vodiylarida so‘lim joylar, sihatgoh va dam olish zonalari ko‘p. Bunday ob’ektlar Zangiota, Bo‘stonliq Ohangaron va Qibray tumanlarida mavjud.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish