2.2. Toshkent shahar atrofi sanoat korxonalarining rivojlanish tendensiyalari.
Mintaqada sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi unga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillarga bog‘liq. Bunday omillarning eng muhimlaridan biri – korxonalarning moliyaviy holatidir. Ishlab chiqarish faoliyatiga foyda yoki zararning ta’siri, korxonalar debitor va kreditor qarzdorligi darajasi ularning moliyaviy holati haqidagi asosiy ma’lumotlarni beradi.
Viloyatda 2019 yil 1 dekabr holatiga 19 ta zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar bo‘lib, zarar miqdori 18854,9 mln.so‘mni tashkil etdi. Yil boshiga nisbatan zarar bilan yakunlagan korxonalar soni 10 taga ko‘paydi, biroq zarar miqdori 2957,6 mln.so‘mga kamaydi.
Zarar ko‘rgan korxonalar Olmaliq shahrida 4 ta, Chirchiq shahrida 3 ta, Angren, Yangiyo‘l shaharlarida va Qibray tumanida 2 tadan, Bekobod shahri, Bo‘stonliq, O‘rtachirchiq, Zangiota tumanlarida 1 tadan va tumanlardan tashqari 2 ta qayd etildi.
Zarar mikdorining asosiy qismi Angren shahridagi “Issiqlik energiyasi” IChB 2731,8 mln.so‘m yoki 14,6 %, Chirchiq shahridagi “O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati” OAJ 2951,1 mln.so‘m yoki 15,7%, O‘rtachirchiq tumanida “Spentex Tashkent Toytepa” QK 4247,7 mln.so‘m yoki 22,6% va Qibray tumanidagi “MEDIZ” MChJ 2043,0 mln.so‘m yoki 10,9% to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu korxonalarning zarar ko‘rishining asosiy sabablari bu, iste’molchilarning hisob raqamida mablag‘ yo‘qligi, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxining yuqoriligi, kommunal to‘lovlarining o‘sib borishi, korxona va tashkilotlarning debitor va kreditor qarzlarining o‘zaro kamaytirish uchun mablag‘ning yetishmasligidadir.
Sanoat korxonalarining ko‘lami, ulardagi mulk shakli ham sanoatning iqtisodiyot tarmoqlari orasida rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 2019 yilda Toshkent viloyati YaHM tarkibida kichik tadbirkorlik ulushi 44,2 foizni, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes korxonalari 28,3 mingtani yoki respublikadagi shunday korxonalar umumiy miqdorining 8,2 foizini tashkil qildi. Kichik tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 2009 yil boshiga 715,4 kishini tashkil qildi.
YaHM tarkibida kichik tadbirkorlik salmog‘ining ortishida 2019 yilda 177,9 mlrd so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlari yetishtirgan xususiy tadbirkorlar, kichik korxonalar va mikrofirmalar katta o‘rin tutadi. Bu narsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi hajmining 7,9 %iga teng.
Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishda kichik tadbirkorlikning ulushi tobora o‘sib bordi. Respublikada iste’mol tovarlari umumiy hajmida ular salmog‘i 15,0 foizni tashkil qildi. Agar 9 yil mobaynida respublika bo‘yicha iste’mol tovarlari ishlab chiqarish tarkibida kichik tadbirkorlik salmog‘i 11,6 foizdan 22,4 foizgacha ko‘paygan bo‘lsa, viloyatda bu ko‘rsatkich 20,4 foizdan 35,1 foizgacha o‘sdi.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |