II. BOB. TOSHKENT SHAHAR ATROFI SANOAT TARMOQLARI
GEOGRAFIYASI VA ULARNING RIVOJLANISHI XUSUSIYATLARI
2.1. Toshkent shahar atrofi sanoat korxonalari joylashuvi.
Har qanday mintaqa iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishini, odatda bir qancha ko’rsatkichlar orqali ko’rib chiqiladi. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining umumiy hajmi, kapitall qo’yilmalar, aholiga pullik hizmat, investitsiya, eksport va import miqdori kabilar ana shunday asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichlar orqali mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish darajasi qay holatda ekanligini aniqlash mumkin. Har qanday mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy darajasi tahlil etilayotganda o’sha hududda rivojlanishiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi hududiy (geografik) tafovutlar borligi aniqlanadi.
Mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlari ma’lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda hududiy tashkil etiladi. Xom ashyo, yoqilg’i, elektr quvvati, iqlim va suv sharoitlari, mehnat resurslari, iste’mol, transport, IGO’, ekologik va boshqa omillar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muhim rol o’ynaydi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Toshkent viloyati sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun, mazkur mintaqa sanoatini rivojlantirish hukumatning doimiy diqqat markazida turadi. Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan turli hududiy va tarmoq dasturlarida viloyat sanoat korxonalarini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar o‘z aksini topgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 12 martdagi “2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1072-sonli qaroriga asosan viloyatda 2009 yilda investitsiya loyixalarini modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha jami 13 ta loyiha bo‘yicha 569,2 mlrd.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, yil yakuniga kelib 664,9 mlrd.so‘m yoki 116,8% kapital sarmoyalar o‘zlashtirilgan. Xususan, Olmaliq shahrida “Olmaliq TMK” OAJ tomonidan 8 ta loyiha bo‘yicha 115,9 mlrd.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga kelib 117,8 mlrd.so‘m yoki 101,7 % kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. Shulardan:
Xandiza va Uch-Qulochda yiliga 1150 ming tonna metalli rudani qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish;
Qalmaqirda joylashgan rudani qayta ishlash bo‘limining 10-12 bosh korpusida rudani qayta ishlash quvvatini oshirish;
Texnik qayta jihozlash sistemasi sanoat suv va issiqlik manbai, yiliga 19,5 mln. m3 suvni tejam qilish, shu jumladan, suvni ishlab chiqaradigan uskunani tuzatish;
Avtomobil va temir yo‘llar transportini texnik qayta jihozlash texnologiyalari, yiliga 22,2 - 29,2 mln.so‘mlik mollarni o‘z vaqtida olib borishni yo‘lga qo‘yish;
Energo avtomatik boshqarishni ishlab chiqarish amalga oshirish, yiliga energiyani 210 mln.so‘mli soatiga kVt ni kamaytirish;
Mir to‘yintirish fabrikasini maydalash va yanchish bo‘limlarini rekonstruksiya qilish;
Affinash kislotasini ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish.
“Ammofos” OAJ tomonidan 1 ta loyixa, ya’ni Oltingugurt kislotasini ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 2,1 mlrd.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga kelib 2,1 mlrd.so‘m yoki 100,8% kapital quyilmalar o‘zlashtirildi.
Ohangaron shahrida “Ohangaronsement” OAJ korxonasi tomonidan sement ortib berish stansiyalarini kengaytirish va sementni qoplarga qadoqlash liniyasini ishga tushirish maqsadida jihozlarni yangilash bo‘yicha 2,9 mlrd.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga kelib 4,2 mlrd.so‘m yoki 148,0% kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi.
Bekobod shahrida “O‘zmetkombinat” korxonasi tomonidan 7 ta loyiha bo‘yicha 25,3 mlrd.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakunaga kelib 25,3 mlrd.so‘m yoki 100% kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. Shulardan:
№2 sexdagi pechkalarni rekonstrukfiya qilish;
Texnik jihozlarni almashtirish;
Gazni tozalash uskanasi DSP-100 UMK elektrostansiyali pechni rekonstruksiya qilish;
Sortlarga ajratish ikkinchi prokat sexining PKK-75/24 utilizatori qozonini rekonstruksiyalash;
300 SPS-2 prokat stanining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini va elektr jihozlarini modernizatsiyalash;
”Pechnaya” stansiyasining rele himoyalash uskunalarini almashtirish kompensatsiyalash jihozlarini o‘rnatish orqali elektr jihozlarini modernizatsiyalash;
K 5 eskirgan blokni zamonaviy havoni ajratish №2 uskunasini o‘rnatish.
“Bekobodsement” OAJ korxonasi tomonidan 1 ta loyiha, ya’ni xom-ashyo va sement tegirmonlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha 1,9 mlrd.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga kelib 4,1 mlrd.so‘m yoki 209,3% kapital quyilmalar o‘zlashtirildi.
Yangiyo‘l shahrida “Yangiyo‘l yog‘-moy” OAJ korxonasi tomonidan
3 ta loyiha, ya’ni isitish tarmoqlarini qurilishi bo‘yicha 1,8 mlrd.sum kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga kelib 1,6 mlrd.so‘m yoki 92,0% kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi.
“O‘zbekenergo” DAK tomonidan 2 ta loyiha, ya’ni ZShO-2 qurilishi va VL 500 kV lik transformatorlarni modernizatsiya qilish buyicha 32,3 mlrd.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga kelib 114,3 mlrd.so‘m yoki 353,8% kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan 1 ta loyiha, ya’ni To‘qimachi-Angren temir yo‘l bo‘limini elektrofikatsiya qilish bo‘yicha 10,3 mlrd.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga kelib 11,2 mlrd.so‘m yoki 107,7% kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi.
“O‘zbekneftegaz” tomonidan 1 ta loyiha, ya’ni Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan “Ohangaron-Pungan” gaz quvurlari magistrali qurilishi bo‘yicha 342,5 mlrd.so‘mlik sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakunida 359,1 mlrd.so‘m yoki 104,8% kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi.
Bundan tashqari viloyat bo‘yicha 2009 yilda jami 21 ta mahalliy tasarrufdagi korxonalar loyihalari bo‘yicha 3951,0 mln.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi va 298 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, shundan yil yakunida 4125,1 mln.so‘m yoki 104,4% kapital sarmoyalar o‘zlashtirilib, 298 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan:
Olmaliq shahrida “Olmaliq beton invest” MChJ korxonasi tomonidan 2 ta loyiha, ya’ni g‘isht va shag‘al-sheben ishlab chiqarish bo‘yicha rejalashtirilgan 420,0 mln.so‘m kapital sarmoyalar to‘liq o‘zlashtirildi. “Sebuzam servis” MChJ korxonasi tomonidan tuxum еtishtirish bo‘yicha 400,0 mln. so‘mlik kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi.
Bo‘ka tumanida “Xofiz-Abdurasul” XK korxonasi tomonidan 1 ta loyiha, ya’ni non va kandolat maxsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha rejalashtirilgan 250,0 mln.so‘m kapital sarmoyalar to‘liq o‘zlashtirildi.
Parkent tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha har biri 100,0 mln.so‘mlik bo‘lgan 2 ta, ya’ni “ILDIZ AGRO PARKENT” MChJ va “FRUITPRODUCTS” MChJ korxonalariga kapital sarmoyalar kiritilib, hozirda ular to‘liq o‘zlashtirildi.
Yuqorichirchiq tumanida “Dizayn plast” xususiy korxonasi tomonidan salqin ichimliklar ishlab chiqarish buyicha 500,0 mln.so‘mlik hamda “GOLDEN BRINK CORPORATION” MChJ korxonasi tomonidan g‘isht ishlab chiqarish buyicha 1200,0 mln.so‘mlik loyihalar bo‘yicha kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi.
“2009 yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining joriy yil o‘tgan davri mobaynida viloyatida jami 45 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati 97554,9 mln.so‘m kapital sarmoyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 39 ta ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilib, 91472,3 mln.so‘m o‘zlashtirildi yoki 93,8% bajarildi va ular hisobiga 2575 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan, Ohangaron shahridagi "TERMO DOM" MChJ yiliga 20 mln.dona g‘isht ishlab chiqarish, loyihaning umumiy qiymati 6512,7 mln.so‘m, 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Chirchiq shahridagi "Besa tekstil" QK da yiliga 600 ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, loyihaning umumiy qiymati 1209,3 mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Bo‘stonliq tumanidagi "OSBORN TEXTILE" XK yiliga 2040 tonna kalava ip maxsulotlari ishlab chiqarish, loyihaning umumiy qiymati 20462,4 mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Zangiota tumanidagi “Hakima Nur” xususiy korxonasi yiliga 2300 tonna go‘shtni qayta ishlash, loyihaning umumiy qiymati 799,0 mln.so‘m, 40 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan. Parkent tumani "Aziya keramika stroy" QKda yiliga 15 mln. dona g‘isht ishlab chiqarish, loyihaning umumiy qiymati 1687,1 mln.so‘m, 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Chinoz tumanidagi "VERTEX ASSETS COMPANY " MChJ (oldingi "PURE LIFE" MChJ)da yiliga 15 mln dona polipropilen qop ishlab chiqarish, loyihaning umumiy qiymati 1408,4 mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 90 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Yuqorichirchiq tumanidagi “Saxovat Invest Taraqqiyot” MChJ da yiliga 5 mln.dona pishgan g‘isht ishlab chiqarish, loyihaning umumiy qiymati 170,0 mln.so‘m, 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan, “Ichimlik Savdo Invest” MChJ yiliga 7 mln.dona salqin ichimlik ishlab chiqarish, loyihaning umumiy qiymati 700 mln.so‘m, 12 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Yangiyo‘l tumanidagi "Plasteks" XF da yiliga 5200 tonna kalava ip maxsulotlari ishlab chiqarish, loyihaning umumiy qiymati 24867,5 mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3706 sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha viloyatda 2019 yil dastur rejasida 1250 ta ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda 1257 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, ya’ni dastur rejasi 100,6 %ga bajarildi. Hisobot davrida barcha turdagi sanoat korxonalari bilan 7458 ta kasanachilik asosidagi yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilik asosida yaratilgan yangi ish o‘rinlarining 51,3 % (645 ta) xotin-qizlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 apreldagi “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-616 sonli qaroriga va viloyat hokimining 2017 yil 30 apreldagi 93-sonli qarorlarining ijrosi hisobot yili yakunlariga ko‘ra quyidagicha bo‘lmoqda:
-boshqa yirik korxonalarda 2019 yil dastur rejasi 101,0 % ga (1937 / 1956) bajarildi.
-kichik korxonalarda esa 100,4 % ga (4226 / 4245) bajarildi.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi ish o‘rinlari joriy yilda 18015 ta yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 20687 ta yaratildi yoki dastur rejasi 114,8 % ga ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 yanvardagi 1048-son “2019 yilda mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda shu qaror asosida chiqarilgan viloyat hokimining 2019 yil 27 fevraldagi 52-sonli qaroriga asosan mahalliylashtirish Dasturiga viloyat mahalliy tasarrufdagi 19 ta korxona kiritilib (“Archer Mayning” MChJ, “Angrengazmash” MChJ, “Shovli” MChJ, “Latofat” XK, “UZ-VBM” MChJ, “Energomash” ChMZ, “Briz” MChJ, “UZ-DR” servis markazi, “Avesto shams” XF, “Promizolit” MChJ, “Plasterm technology” QK, “Mega import plyus” MChJ, “Aziyaelektroenergiya” IB, “XXI centry packing” QK, "Hi-tech kabel" QK, “To‘ytepa metalqurilmalari” OAJ, “Mediz” XK, “Best metalconstructions ” MChJ, “Neogalenpharm” MChJ), ular tomonidan 46 turdagi ishlab chiqarilishi belgilangan.
2019 yilda mahalliy tasarrufdagi korxonalar tomonidan dastur shakllangandagi narxlarda 136,7 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 100,0 mlrd.so‘mdan ortiq mahsulot sotildi, mahalliy xom ashyo negizida mahsulotlar ishlab chiqish hisobiga korxonalarning 1777,7 ming AQSh dollari miqdoridagi valyuta tejaldi, 173 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Shu jumladan:
Olmaliq shahridagi “Archer mayning” MChJda 1,0 ming tonna yoki 196 mln.so‘mlik gravitatsion barit konsentrati ishlab chiqarildi va bunda tog‘-rudalardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 100 foizni tashkil etdi. Korxonada 7 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Angren shahridagi "Angrengazmash" MChJda 3007 dona yoki 801,9 mln.so‘mlik issiqlik qozonlari ishlab chiqarildi va bunda metall listlar, trubalardan va uzatkichlardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 80 foizni tashkil etdi.
"Shovli" MChJda 1257,4 ming dona yoki 9677,1 mln.so‘mlik “Neksiya”, “Matiz”, “Damas” avtomobillarining rezina detallari ishlab chiqarildi va bunda xom rezina va kimyoviy moddalardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 42,9-56,8 foizni tashkil etdi. Korxonada 26 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Chirchiq shahridagi "Latofat" XKda 3972,6 kv.metr yoki 147,6 mln.so‘mlik ko‘p qatlamli xavfsiz oynalar ishlab chiqarildi va bunda shisha listlar hamda PVB plyonkalardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 60 foizni tashkil etdi, 60,8 ming AQSh dollari miqdorida valyutasi iqtisod qilindi. Korxonada 1 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
"UZ-VBM" MChJda 251 dona yoki 652,6 mln.so‘mlik xavfsizlik instrumentlari ishlab chiqarildi va bunda metallar hamda po‘lat simlardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 80 foizni tashkil etdi.
"Enegomash" zavodida 479 dona yoki 3745,6 mln.so‘mlik 9 turdagi nasoslar ishlab chiqarildi va bunda jihozlar, metall listlar va prokatlardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 42-89,4 foizni tashkil etdi, 565,6 ming AQSh dollari miqdorida valyutasi iqtisod qilindi.
"Briz" MChJda 294,5 tonna yoki 1549,3 mln.so‘mlik polietilen va polipropilen qadoqlar ishlab chiqarildi va bunda polietilen, polipropilen mahsulotlardan va kimyoviy moddalardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 48,5-85,5 foizni tashkil etdi.
"UZ-DR Servis markazi"da 832,5 mln.so‘mlik kompressorlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarildi va bunda metall prokatlar, jihozlar, kabellardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 38,0 foizni tashkil etdi. Korxonada 1 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Yangiyo‘l shahridagi "Avesto shams" XFda 540 ming dona yoki 899,6 mln.so‘mlik “Neksiya” avtomobilining yon kronshteynlari va panellari ishlab chiqarildi va bunda metall listlar, platsmasa va jihozlardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 28-29 foizni tashkil etdi. Korxonada 8 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Zangiota tumanidagi "Plasterm Technology" QKda 474 tonna yoki 2123,9 mln.so‘mlik polipropilen-polivinilxlorid va polietilen trubalar ishlab chiqarildi va bunda polipropilen-polivinilxlorid, polietilen mahsulotlar va kimyoviy moddalardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 34-100 foizni tashkil etdi. Korxonada 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
"Best metall constructions" MChJda 346,3 tonna yoki 639,5 mln.so‘mlik turli rusumdagi profillar ishlab chiqarildi va bunda metall listlar, profillardan foydanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 30,9-31 foizni tashkil etdi, 221 ming AQSh dollari miqdorida valyutasi iqtisod qilindi, 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Qibray tumanidagi "Mega Import plyus" MChJda 316 ming pog.metr yoki 3855,2 mln.so‘mlik cherepitsalar ishlab chiqarildi va bunda po‘lat listlar va kimyoviy moddalardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 30,0 foizni tashkil etdi. Korxonada 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
"Aziyaelektroenergiya" IBda 879 dona (komplekt) yoki 38990 mln.so‘mlik turli rusumdagi tranformator, podstansiya va taqsimlash qurilmalari ishlab chiqarildi va bunda metall listlar, po‘lat simlar, kabellar va jihozlardan foydanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 30-33 foizni tashkil etdi.
"XXI Century Packaging" QKda 30,5 mln.dona yoki 1525,0 mln.so‘mlik tvist-off qapqoqlar ishlab chiqarildi va bunda po‘lat listlar va kimyoviy moddalardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 30,8 foizni tashkil etdi. Korxonada 7 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
"Mediz" XKda 41,6 mln.dona yoki 2844,4 mln.so‘mlik bir marta foydalaniladigan shprislar va infuzion sistemalar ishlab chiqarildi va bunda plastmassa eritmasi va nozik metallardan foydalanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 48 foizni tashkil etdi. Korxonada 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Toshkent tumanidagi "Hi-tech kabel" QKda 2232,2 km. yoki 59222,1 mln.so‘mlik kabellar ishlab chiqarildi va bunda rezina, po‘lat-mis simlardan foydanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 35-94 foizni tashkil etdi. Korxonada 14 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O‘rtachirchiq tumanidagi "To‘y-tepa metall qurilmalari" OAJda 11,1 ming tonna yoki 8893,6 mln.so‘mlik metall qurilmalar ishlab chiqarildi va metall listlar va po‘lpt profillardan, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 92 foizni tashkil etdi, 5,7 ming AQSh dollari miqdorida valyutasi iqtisod qilindi. Korxonada 54 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Yangiyo‘l tumanidagi "Neogalenpharm" MChJda 484,5 ming flakon yoki 96,9 mln.so‘mlik dori vositalari ishlab chiqarildi va bunda spirt, o‘simlikliklardan foydanilib, tayyor mahsulotda mahalliy xom-ashyoning ulushi 51-84 foizni tashkil etdi.
Shunday bo‘lsada, ayrim muammolarning mavjudligi sababli 8 ta korxonada 16 ta loyiha bo‘yicha yillik belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ta’minlanmasdan qoldi va bunga ba’zi bir ma’lum sabablar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Prognoz ko‘rsatkichlarining to‘liq bajarilishi borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda 2009 yilgi Mahalliylashtirish dasturining ijrosini to‘liq ta’minlash, maqsadida viloyat hokimligi tomonidan O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi hamda korxonalar bilan birgalikda joriy yilning iyun oyidan boshlab Yetkazib olish grafigi ishlab chiqildi hamda Grafik Maxsus komissiyaning 2019 yil 13 avgustdagi 13-sonli yig‘ilish bayonnomasi orqali tasdiqlandi.
Shuningdek, buyurtmachilar tomonidan talab bo‘lmaganligi sababli mahsulotlarni sotish borasida muammolari mavjud bo‘lgan korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari hamda vazirlik, idoralar va yirik korxonalarga murojaatlar qilindi.
Asosiy xom ashyo hisoblangan qo‘rg‘oshin Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati tomonidan Respublika xom ashyo birjasida sotuvga qo‘yilmayotganligi sababli 1 loyiha (akkumulyator batareyasi) bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarmagan “Akkummashservis" MChJ korxonasi dasturdan chiqarildi va uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 sentyabrda 14-sonli bayonnomasiga asosan "Promizolit" MChJ korxonasining 1001,5 mln.so‘mlik 5 ta yangi loyihasi kiritildi
Shuningdek, xorijiy investorlar (Koreya Respublikasi) o‘z faoliyatini to‘xtatganligi hamda mahsulot sotish bo‘yicha 2009 yilgi shartnomalar portfelini shakllantirmagan “Keramik impeks" XK korxonasi dasturdan chiqarildi.
Toshkent viloyati sanoat rivojlanishi bo‘yicha qator ijobiy holatlar bilan birga o‘z еchimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Jumladan, 2019 yilda YaHM tarkibida asosiy ulushga ega makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblangan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari 5,3 foizga (112,8% / 107,5%) bajarilmay qoldi. Bunga asosan quyidagilar sabab bo‘ldi:
Viloyatdagi jami 86 ta yirik sanoat korxonalarining 21 tasida yoki 24,4 foizida 2018 yilga nisbatan ishlab chiqarish xajmining kamayishiga yo‘l qo‘yilib, jami 79,7 mlrd.so‘mlik mahsulot kam ishlab chiqarildi. Jumladan, respublika tarmoq idoralari tasarrufidagi korxonalar bo‘yicha: Olmaliq shahridagi “Maksam O‘zbekiston” QKda xalqaro moliyaviy inqiroz munosabati bilan eksport uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlarning tannarxi kamayganligi sababli 1885,9 mln.so‘mlik, Angren shahridagi “O‘zbekko‘mir” OAJda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyundagi 02/1-75-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan korxona tarkibidan 8 ta korxona ("Angren ko‘mir koni" UK, "Er osti ishlari" UK, "Sanoat temir yo‘l transporti" UK, "Tog‘ transporti uskunalarini sozlash" UK, "Ko‘mir taxminotservis" UK, "Avtomobil tog‘ texnologik transporti" UK, "Ko‘mir kon qurilish" UK, "Energoaloqasozlash" UK) ajralib chiqqanligi sababli 27740,1 mln.so‘mlik, Ohangaron shahridagi “Ohangaronsement” OAJda ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasiga o‘zgartirish kiritilib, ShPS-400 markali sement o‘rniga PSD-20 markali sement chiqarilishi sababli 807,0 mln.so‘mlik, Yangiyo‘l shahridagi “Yangiyo‘l yog‘-moy” OAJda asosiy xom ashyo (chigit) 22668 tonna kam ajratilganligi sababli 12473,0 mln.so‘mlik, Bo‘stonliq tumanidagi “Agromir G‘azalkent” agrofirmasida xom ashyo (meva-sabzavot) еtkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan 8 ming tonna yoki 1000 mln.so‘mlik shartnoma tuzilgan bo‘lsada, amalda ular tomonidan 1,5 tonna yoki 187,5 mln.so‘mlik mahsulot еtkazib berilganligi sababli 4051,0 mln.so‘mlik, Zangiota tumanidagi “Uskunaquruvchi” OAJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab talab kamayib, korxona omborlarida 261 mln.so‘mlik tayyor mahsulot sotilmasdan qoldiq bo‘lib turganligi hamda 243,5 mln.so‘mlik debitor qarzdorligi mavjud bo‘lganligi sababli 347,5 mln.so‘mlik, Qibray tumanidagi “Inter Rohat” QKda ishlab chiqarilayotgan salqin ichimliklarga iste’molchilar tomonidan buyurtma 707 ming dallga kamayib ketganligi sababli 1844,6 mln.so‘mlik, “Toshkent Tibtexnika” IChB da reorganizatsiya o‘tkazilib, uning negizida yangi 3 ta yangi korxona ("Toshkent Tibtexnika" OAJ, "Tibtexnika biznes servis" MChJ, "Toshken tibtexnika remservis" MChJ) tashkil etilganligi sababli 190,0 mln.so‘mlik, Toshkent tumanidagi “Meva sharbat” IChKda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab kamayganligi sababli mahsulot 327,5 mln.so‘mlik, O‘rtachirchiq tumanidagi "Spen tex To‘ytepa tekstil" QKda xalqaro moliyaviy inqiroz davrida chet ellik hamkorlar tomonidan mahsulotga talab kamayganligi sababli 16276,0 mln.so‘mlik, Yuqorichirchiq tumanidagi “O‘zbekiston paxta tozalash zavodi” OAJda 2019 yil mart oyidan xom ashyosi tugaganligi sababli 2742,8 mln.so‘mlik, “Keum Sung internatsional” QKda mahsulotlarga talab bo‘lmaganligi uchun to‘qimachilik sexi yopilganganligi sababli 660,4 mln.so‘mlik, Chinoz tumanidagi “Chinozyo‘lindustriya” IChBda mahsulotlarga talab bo‘lmaganligi uchun sababli 2037,9 mln.so‘mlik mahsulot o‘tgan yilga nisbatan kam ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |