Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Toshkent viloyati asosiy iqtisodiyot tarmoqlari hajmida kichik tadbirkorlik salmog‘i (%da)



Download 0,79 Mb.
bet11/17
Sana24.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#698631
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Одилжонов Самаджон2

Toshkent viloyati asosiy iqtisodiyot tarmoqlari hajmida kichik tadbirkorlik salmog‘i (%da)



Iqtisodiyot tarmoqlari

2010y.

2011y.

2012y.

2013y.

2014y.

2016y.

2019y.

Sanoat

5,8

8,2

7,6

11,9

10,4

8,9

7,9

Iste’mol tovarlari

12,3

15,9

18,5

30,6

36,4

32,0

35,1

Qishloq xo‘jaligi

70,1

67,8

73,6

71,9

78,0

76,9

89,1

Qurilish

25,7

29,6

33,8

42,2

48,5

45,1

42,9

Chakana tovar aylanmasi

44,9

41,3

36,7

34,8

37,1

41,0

43,3

Pullik xizmatlar

28,6

34,1

33,9

35,8

37,1

43,8

47,2

Manbaa: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

Respublika kichik biznes sub’ektlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmida viloyat kichik tadbirkorlik ulushi 2010 yildagi 14,0% o‘rniga 2019 yilda 12,3%ga qisqarishi mazkur sektorda amalga oshirilayotgan tizimiy o‘zgarishlar, ya’ni, qayta ishlash tarmoqlari yanada rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Ayni chog‘da viloyatda kichik biznes sohasini rivojlantirishda tarmoq va ishlab chiqarish tizimida qator tafovutlar saqlanib qolmoqda. Faoliyat yuritayotgan asosiy kichik tadbirkorlik sub’ektlari qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. Kichik biznes va yirik sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik mavjud salohiyat talablariga mos emas. Jami eksport tarkibida kichik tadbirkorlar salmog‘i hamon past darajada qolmoqda.
Toshkent viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari (16 foiz) ishlab chiqarish va qayta ishlash (18,3 foiz) korxonalari uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlar mavjud. Viloyatda qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga katta e’tibor beriladi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish hisobiga hozirgi zamon texnologiyalari o‘rnatilgan “G‘azalkent meva”, “Rufko”, “Prodex Invest”, “Advent Eurasia” meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlaydigan XIIK lar tashkil qilindi.
Ishlab chiqarilgan tayyor sanoat mahsulotlar eksporti yoki ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyolarning importi orqali sohani rivojlantirishga mintaqa tashqi tovar aylanmasi katta ta’sir ko‘rsatadi. Viloyat tashqi tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha Toshkent shahridan keyin respublikadagi yirik mintaqalardan hisoblanadi. 2008 yilda tashqi tovar aylanmasi 1594,1 mln dollarga teng bo‘lib, 2000 yildagiga nisbatan 2,4 barobar ko‘paydi. 2010-2019 yillarda tovar va xizmatlar eksporti 3 barobar ortdi va 1,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida viloyatda eksport hajmi 30 marta o‘sdi.
2019 yilda ijobiy savdo balansi ko‘rsatkichi 2010 yildagiga qaraganda 13 marta ko‘paydi va 552,3 million dollarni tashkil qildi. Bu tendensiya viloyatda eksport hajmining jadal o‘sishiga (3 marta) nisbatan importning mo‘tadil o‘sishi (o‘sish indeksi 163,7 foiz) natijasida ta’minlandi.
2019 yilda eksport tovar tarkibida rangli va qora metallar (72,5%), paxta tolasi (7,5%), oziq-ovqat mahsulotlari (9,5%) ulushi ko‘paydi. 2000-2009 yillarda eksport tarkibi o‘zgardi va unda paxta tolasi salmog‘i (6,7 p.p.ga) qisqarib, metallurgiya (16,2 p.p.ga) va oziq-ovqat mahsulotlari salmog‘i (4,7 p.p. ga) ortdi.
To‘qimachilik mahsulotlarining eksport hajmi oshdi. Masalan, “Chinoz to‘qimachi” qo‘shma korxonasi to‘qimachilik matolari eksporti 10 marta ko‘payib, uning miqdori 3,2 mln dollardan ziyod mablag‘ni tashkil qildi.
Viloyatda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Viloyat eksport tarkibining 30,7 foizidan ziyodi yangi turdagi mahsulotlar hisobiga ta’minlandi. “Fsia Rhenium Resource” QK (berilliy, xrom, germaniy, vannadiy va boshqa moddalar aralashgan mahsulotlar) “Bolalar Taomlari Holding” OAJ XK (jele, mevali, yong‘oqli pyure va pastalar), “G‘azalkent” ShK (sirka qo‘shilmagan turli konservalar), “O‘zbekkimyomash” OAJ (turli nasoslar, neftgaz sanoati, burg‘ulash asbob-uskunalari va ularga ehtiyot qismlar) kabi korxonalar viloyatning yirik eksportchilari hisoblanadi.
2019 yilda eksport hajmi va viloyat eksport tarkibi bo‘yicha eng katta ulush Olmaliq (2018 yilda viloyatdagi ulushi – 62,6%), Bekobod – (10,9%) hamda Chirchiq shaharlari (5,6%) shuningdek, O‘rta-Chirchiq tumaniga (2,4 %) tegishlidir.
Viloyat eksportida “Olmaliq tog‘-konmetallurgiya kombinati” (mis, rux va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar), “O‘zmetkombinat” AIB (qora metalldan ishlangan simlar, burchaklar, armatura va h.k.), “Elektrkimyosanoat” AIB (turli katalizatorlar), “Latofat” XF (shisha mahsulotlari), “Chirchiqmash” OTAJ (qishloq xo‘jalik mashinalari) va boshqa korxonalar muhim o‘rin tutadi.
Ayni paytda, tayyor sanoat mahsulotlarining eksporti bo‘yicha bir qator muammolar mavjud. Jumladan, mahsulot va xizmatlar eksportida viloyat hududlari o‘rtasida tafovut juda katta. Angren, Ohangaron, Yangiyo‘l shaharlari va hamma tumanlar (O‘rta Chirchiq, Chinoz tumanlaridan tashqari) eksport salohiyati zaif bo‘lgan hududlar jumlasiga kiradi (ulushi 1 foizgacha).
Viloyatda 2019 yilda jami 161 ta korxona mahsulot eksportini amalga oshirgan bo‘lsalar, shulardan 132 ta korxonaga prognoz ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘lib, 51 ta korxona eksport bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini bajarmadi. Bundan tashqari, 12 ta korxona umuman mahsulot eksportini amalga oshirmagan. Bular asosan Chirchiq, Yangiyo‘l shaharlari, shuningdek, Bekobod, Bo‘stonliq, Zangiota, Qibray, Toshkent va Yangiyul tumanlaridagi korxonalardir.
Viloyatda eksport hajmining keskin tushib ketishiga avvalo, jahon bozoridagi qora va rangli metallarga bo‘lgan talabning pasayishi hamda bugungi kunda dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida ro‘y berayotgan moliyaviy inqiroz sabab bo‘lmoqda. Natijada ko‘pgina korxonalarda eksport bo‘yicha imzolangan shartnomalarga asosan xorijlik hamkorlar tomonidan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Oqibatda esa Yangiyo‘l shaxridagi “Faraz LTD” QK, Qibray tumanidagi “Arge fashion” kabi xorijiy to‘qimachilik korxonalari belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajara olishmadi.
Dasturga kiritilgan xududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 170,5 mln. AQSh.dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilinib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 112,3%ga bajarilgan bo‘lsada, Bo‘stonliq tumanida ushbu ko‘rsatkich 42,9%ni, Yuqorichirchiq tumanida 44,1%ni, Toshkent tumanida 35,6%ni va O‘rtachirchiq tumanida 61,5%ni tashkil etdi, xolos.
Hisobot davrida viloyatda faoliyat ko‘rsatmayotgan qo‘shma korxonalar soni 19 tani tashkil etdi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, faoliyat yuritmayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 14 tasi moliyaviy qiyinchiliklar sababli, 3 tasi xorijiy investorlarni jalb etilmayotganligi tufayli va qolganlari shartnomalar yo‘qligi sababli “faoliyat yuritmaydi” deb e’tirof etilgan.
Viloyat eksport salohiyatini oshirishda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar (XIIK) muhim ahamiyatga ega. Ular asosan AQSh, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Isroil, Koreya va Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikda tashkil qilingan. “Kabul-O‘zbek” (O‘rta-Chirchiq tumani), “Ganjbayjon” (Toshkent tumani), “Konmit” va ”Konvin” (Bo‘stonliq tumani), “Far-Vab” (Zangiota tumani), “Pallada-Vostok” (Olmaliq shahri), “Kibo bolalar” (Chirchiq shahri) va boshqalar viloyatning eng yirik XIIK lari hisoblanadi.
jadval

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish