Savol: 31-Kazus
U.Faxriddinov 2017-yilning sentyabr oyidan e'tiboran Toshkent oziq-ovqat
xavfsizligi universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelar edi. 2019-yil 29-
oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi
Qonuni qabul qilinib, uning 17-moddasi ikkinchi qismida oliy ta'lim
muassasalarining pedagog kadrlari tegishli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat bilan
shug‘ullanishlari shart ekani belgilandi.
Shu munosabat bilan, 2019-yil 15-noyabrda universitetning barcha
professor-o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ilmiy faoliyat bilan
shug‘ullanish majburiyatini nazarda tutuvchi band bilan to‘ldirishga qaratilgan
qo‘shimcha kiritildi. Unda har bir professor-o‘qituvchi uchun ilmiy ishni yakunlab,
uni himoyaga olib chiqish muddat ko‘rasatildi. U.Faxriddinovning shartnomasida
ushbu muddat sifatida 2020-yil 1-dekabr sanasi ko‘rsatildi. Biroq, U.Faxriddinov
shartnomaga imzo qo‘yishda ushbu bandga e'tiroz bildirdi.
Uning ta'kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga
muvofiq har kimga ilmiy ijod erkinligi kafolatlangan. Qabul qilingan qonunning
17-moddasi ikkinchi qismi va u asosida shartnomaga qo‘shimcha kiritlishi, boz
ustiga ilmiy ishni tugallash va himoyaga olib chiqish uchun qisqa muddatning
belgilanishi ilmiy ijod erkinligi singari konstitusiyaviy huquqining buzilishiga olib
kelgan.
U.Faxriddinovning e'tiroziga javoban universitet rahbariyati mazkur jarayon
qonun talabiga asoslanganini aytib, agar u shartnomani imzolashdan bosh tortsa, u
bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishini ma'lum qildi. U.Faxriddinov
shartnomani imzolmadi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Bundan norozi bo‘lgan U.Faxriddinov sudga ilmiy ijod erkinligi bilan bog‘liq
konstitusiyaviy huquqini tiklab berilishi so‘rab shikoyat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ushbu kazusning yechimiga yuzlanishdan oldin “mehnat shartnomasi”
tushunchasiga tarif berishim kerak deb o`yladim.
“Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan
mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan
holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va
boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga
bajarish haqidagi kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib
hisoblanadilar”
1
.
Muammolar:
Ushbu kazusda quydagi muammolar bor:
1. Universitet mehnat shartnomasiga o`zgartirish kiritishga haqlimi?
2. Toshkent oziq-ovqat xavfsizligi universitetining ilmiy faoliyat uchun bergan
muddati qonuniymi?
1