Ikkinchi muammo yechimiga to`xtalsak, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 42-moddasida keltirilganidek “Har kimga ilmiy va
texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi
kafolatlanadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g`amxo`rlik
qiladi”. Hammamizga ma`lumki ilmiy ish bu katta salohiyat va ko`p vaqt talab
qilinadigan jarayon. Ba`zi ilmiy ishlar ko`plab yillarni talab qiladi. Yurtimiz
har bir vatandoshimiz o`z ilmiy salohiyatini yoki ixtirochilik qobilyatini
namoyish etgandagina rivojlanishi mumkin. Jamiyatimizda ilmiy-texnikaviy
ijod erkinligini taminlabgina turli xil sohalarda yangi ixtirolar, foydali
kashfiyotlar va albatta yurtimizni jahonga tanitishimiz mumkin bo`ladi deb
hisoblayman. Lekin ushbu yutuqlarga jamiyatimizda ilmiy-texnikaviy ijod
erkinligini huquqiy tomondan kafolatlabgina erishishimiz mumkin.
Yuqoridagi kazusda U.Faxriddinovga ilmiy ish uchun qisqa muddat
berilganini ko`rishimiz mumkin. “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonun
2
Do'stlaringiz bilan baham: |