2019-yil 29-oktyabrda qabul qilinib, Toshkent oziq-ovqat xavfsizligi universitetida
2019-yil 15-noyabrda unversitetning barcha barcha professor-o`qituvchilar bilan
tuzilga mehnat shartnomasiga ilmiy faoliyat bilan shug`ullanish majburiyligi
to`g`risidagi band kiritilganligini ko`rishimiz mumkin. Shuningdek hammaning
mehnat shartnomasida ilmiy ishni yakunlash muddati belgilanib, U.Faxriddinovga
ushbu muddat 2020-yil 1-dekabr qilib belgilandi. Ko`rishimiz mumkinki
U.Faxriddinovga ilmiy ish uchun 1 yil muddat berilgan. Ilmiy ish uchun 1 yil
albatta juda kam muhlat hisoblanishini inobatga oladigan bo`lsak, U.Faxriddinovga
nisbatan adolatsizlik qilinganiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Shuningdek,
yuqoridagi holatni Konstitutsiyamizning 42-moddasini ham buzilishi deb
hisobladim.
Qo`shimcha ravishda ushbu holatga yana boshqa normativ-huquqiy hujjat
orqali yondashadigan bo`lsak, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” qonunning
15-moddasida ta`kidlanganidek “Ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslar mehnatiga haq
to‘lash, ularga yillik haq to‘lanadigan mehnat ta’tili, shuningdek ijodiy ta’til
berish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ilmiy tashkilotlarida ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarga qirq sakkiz
ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan hamda moddiy yordamni ko‘zda
tutadigan mehnat ta’tili beriladi.
Davlat ilmiy tashkilotlarida ilmiy xodimlarning yetakchi oliy ta’lim
muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalarida, shu jumladan
chet elda amaliyot o‘tashlari yoki malaka oshirishlari uchun bir yilgacha
bo‘lgan muddatga ta’til beriladi”. Yana yuqoridagi qonunda ilmiy faoliyat
bilan ishdan uzulmagan holda ishlash belgilangan. “Ilm-fan va ilmiy faoliyat
to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasida esa faqat ilmiy faoliyat bilan
shug`ullanish uchun 1 yilgacha ta`til berilishi belgilanganiga guvoh bo`lishimiz
mumkin. Mening kazusimda(31-kazus) ta`til haqida gap ketmaganligi sababli
xulosa qildimki U.Faxriddinov hattoki shu o`ziga berilgan 1 yillik muhlatdagi
ilmiy ishini ham o`z ishidan ajiralmagan holda bajarishga majbur bo`lgan. Bu
holatni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasini cheklab
o`tish deb hisoblashimiz mumkin.
Shuningdek, ilmiy faoliyat olib borish uchun juda katta tajriba ham talab
qilinadi. Vaholangki U.Faxriddinov 2017-yil sentabr oyidan Toshkent oziq-
ovqat xavfsizligi universitetida o‘qituvchi sifatida ishlab kelayotganini
ko`rishimiz mumkin. Qonun(“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”) qabul
qilingan muddat(2019-yil oktyabr) bilan U.Faxriddinov ishga qabul qilingan
muddat(2017-yil sentabr) oralig`iga e`tbor beradigan bo`lsak deyarli 2 yil
muddatni ko`rishimiz mumkin. Bu muddat esa tabiyki ilmiy faoliyat olib borish
darajasidagi tajriba to`plash uchun albatta yetarli emas. Aytmoqchimanki,
yuqoridagi holatda ushbu vaziyat inobatga olinmagan. Va bu albatta
U.Faxriddinovga qo`shimcha qiyinchilik tug`diradi. Bu holatga ilmiy-
texnikaviy ijod erkinligi huquqini buzilishi deb baho berishimiz mumkin.
Zero mualliflar, ixtirochilar, kashfiyotchilar, huquqi davlat tomonidan
himoya qilinishi orqali ularning natijasidan, avvalo, muallif, kashfiyotchi,
ixtirochilar manfaatdor bo`lsa, ularning mehnati natijalari jamiyatning
rivojlanishiga to`g`ridan-to`g`ri ijobiy ta`sir qilganligi sababli bundan
davlat
ham manfaatdordir
3
.
4. Uchinchi muammoga to`xtalsak, ushbu holat(Toshkent oziq-ovqat
xavfsizligi universiteti yuqoridagi holat bo`yicha mehnat shartnomasini
bekor qilishga haqlimi?) O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining
100-moddasida quydagicha o`z ifodasini topadi: “Nomuayyan muddatga
tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli
mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish
asosli bo‘lishi shart.
Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor
qilishning asosli ekanligini bildiradi
:
1. texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi
o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib
kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;
2. xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi;
3. xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi. Avval
mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy
javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar
va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilgan
kundan e’tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga
xilof nojo‘ya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda
buzish hisoblanadi;
4. xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi;
5. o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi
munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi
cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor
qilinganligi;
6. korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh
buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga
oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning
almashishi sababli bekor qilinganligi;
7. xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi;”
4
. Yuqoridagi holatlardan ko`rinib
turibdiki U.Faxriddinovning mehnat shartnomasi asossiz ravishda bekor
qilinganligiga guvoh bo`lishimiz mumkin.
Xulosa:
Shunday xulosa qilishimiz mumkinki, U.Faxriddinovning ilmiy-texnikaviy
erkinlik huquqi qo`pol ravishda buzilgan. Unga ilmiy ish qilish uchun juda kam
muhlat berilgan va U.Faxriddinov haqli ravishda shartnomaga imzo qo`ymagan.
Konstitutsiyamizda hukumatning nafaqat ilmiy-texnikaviy erkinlik huquqini
3
Do'stlaringiz bilan baham: