GORMONLAR. Gormonlar - bu ichki sekresiya yaʻni endokrin bezlari tomonidan ishlab chiqarilib qonga quyiladigan va qon orqali organizmning turli xil organ va toʻqimalariga tarqalib ularga qoʻzgʻatuvchi ta’sir koʻrsatadigan va organizmning hayotchanligi uchun zarur boʻlgan biologik aktiv moddalardir.
Endokrin bezlari qon tomirlari bilan juda zich ta’minlangandir. Shuning uchun ham ular oʻzlarini ishlab chiqargan shiralarini tabiiy holatda shu qon tomirlariga quyishga moslashgandirlar.
Gormonlar haqidagi ma’lumotlar 1849—50 yillarda ingiliz olimi Addison tomonidan buyrak usti bezining faoliyatini oʻrganish natijasida yuzaga chiqqandir. Lekin "gormon" (grekcha hormao - qoʻzgʻataman, uygʻotaman) degan nom fanga 1905 yillarda Beylis va Sterling degan olimlar tomonidan, oʻzlarining ilmiy ishlari asosida gormonlarda shunday xususiyat juda kuchli ekanligini asoslab bergandan keyingina kiritilgandir.
Garmonlar haqidagi ta’limotga ko`ra, ma’lum bir moddaning garmonal
faoliyatini tasdiqlash uchun quyidagi uchta dalil ko`rsatilishi kerak.
1. Garmon ishlab chiqariladigan organ olib tashlanganda garmonlar ta’siri
yo`qolishining yaqqol belgilari ro`y berishi.
2. Garmon yo`qligi belgilarining avto yoki tomotransplantatlari, yoki garmon ishlab chiqaradigan organ ekstrakti vositasida bartaraf qilinishi.
3. Organning ham ekstraktidan ajratilgan toza moddaning, iloji bo`lsa sintez yo`li bilan ham olingan toza moddaning sifat jihatdan spesifik garmonal ta’sirga ega bo`lishi kerak.
Ichki sekresiya bezlari funksiyasi buzilganda turli kasalliklar kuzatiladi.
Ular ayrim bezlar funksiyasining zo`rayib ketishi natijasida garmonni ortiqcha
ishlab chiqarishi (giperfunksiya) yoki aktivligining susayishi natijasida kam
ajratishi (gipofunksiya)ga bog`liq. Organizmning bir qismida ishlab chiqariladigan
garmonni boshqa bir sohasiga tashish yo`li bilan moddalar almashinuvini tartibga
solish faqat sut emizuvchi hayvonlar uchungina xos emas; umurtqasiz hayvonlar
va o`simliklarda ham ba’zi garmonlar ishlab chiqariladi va ularda ham shu usulda
ma’lum jarayonlar boshqarilib turadi. Sut emizuvchi hayvonlarning garmon ishlab
chiqaradigan ichki sekresiya bezlari qatoriga: qalqonsimon bez, qalqon oldi
bezlari, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezining alohida qismi, jinsiy bezlar,
urug`donlar, tuxumdonlar, gipofiz yoki miya o`sig`i, buqoq bezi kiradi.
Kimyoviy tabiati va ta’sir usuliga qarab garmonlarni quyidagi uch turga
bo`lish mumkin.
1.Steroid garmonlar. 2.Aminokislota hosilalari bo`lgan garmonlar. 3.Peptid va oqsil tabiatli garmonlar. Hozirgi davrda 60 ga yaqin turli xil gormonal aktivlikka ega boʻlgan moddalar ajratib olingan boʻlib, ularning organizm funksiyalari koʻrsatadigan ta’sirini doimo markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilishi hamda ularning oʻziga xos xususiyatli ekanliklari aniqlab berilgandir.
Adrenalin va noradrenalinlar buyrak usti bezining magʻiz qavatidan ishlab chiqariladigan gormonlardir. Bu gormonlar oraganizmda asosan fenil-alanin va tirozin aminokislotalaridan sintezlanadi.
Bu gormonlarning tuzilishi quyidagicha:
Adrenalin kristall holatda ajratib olingan. (1901 yil Tokamine) va kimyoviy tarkibi oʻrganilgan gormondir. Hozirgi davrda sintetik yoʻl bilan ham hosil qilinmoqda. Qon tarkibida uning miqdori juda oz (tana vaznining har bir kg ga 0,00001 -mg % toʻgʻri keladi. Lekin oraganizmda biror ta’sirot roʻy berganda uning miqdori tezda koʻpayib ketib yurakning ish faoliyatini kuchaytirib yuboradi. Uglevodlar almashinuvini stimullaydi, jigarda glikogenni parchalanishini- kuchaytirib, qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Adrenalinning ayrim xossalari bilan quyidagi tajribalar yordamida tanishamiz.
6-Mavzu: Adrenalin gormoniga xos reaksiyalar, yod va temir xlorid bilan reaksiyasi. Darsning maqsadi: Adrenalin gormoniga xos reaksiyalarni oʻtkazish koʻnikmalarini egallash va ularni oʻtkazish orqali gormonlarning biologik ahamiyatiga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash.