Kerakli asboblar. 1. Shtativ probirkalari bilan. 2. Pipetkalar. 3. Qaychi.
4. 2 ml -li shpris. 5. Stakanchalar.
Reaktivlar. 1. Adrenalinning suvdagi eritmasi (sotuvdagi adrenalinning 1 ampulasi 100 ml da eritiladi). 2. Yodning 0,1 n eritmasi. 3. Temir xloridning 3% li eritmasi. 4. Natriy ishqorining 1,4 va 30% li eritmalari. 5. Osh tuzining 0,9% li eritmasi. 6. Ksilol. 7. Sotuvdagi adrenalin va insulin. 8. Sirka kislotasining 0,5% li eritmasi. Mis sulfatning 1% li eritmasi.
1-ish. Adrenalinni yod bilan reaksiyasi. Ishning bajarilishi. Probirkaga 3 ml adrenalinning suvdagi eritmasidan solinib, ustiga 3-4 tomchi yodning 0,1 n eritmasidan tomiziladi. Probirkadagi aralashma yaxshilab chayqatilib spirt lampasi alangasi ustida asta-sekin qizdiriladi. Bu vaqtda probirkadagi aralashma oldin pushti keyin qizgʻish rangga boʻyaladi. Bu jarayon adrenalinni yod ta’sirida oksidlanganligidan dalolat beradi.
2-ish. Adrenalinni temir xlorid bilan reaksiyasi. Ishning bajarlishi. Probirkaga 2-3 ml adrenalinning suvdagi eritmasidan va uning ustiga 1 ml temir xloridning 3% li eritmasidan solinadi. Aralashma biroz chayqatiladi, keyin probirkadagi aralashma katexinlarga xos boʻlgan zangori rangga boʻyaladi. Uning ustiga biroz ishqor solinsa probirkadagi zangori rangli eritma qizgʻish rangga oʻta boshlaydi. Bu jarayonlar aralashma tarkibida adrenalin bor ekanligidan dalolat beradi.
2-ish. Qon tarkibidagi glyukoza miqdorining ortishiga adrenalinning ta’siri. Bu tajribani ma’lum. bir muddat (12-15 soat) och saqlangan quyonning qonidan olib oʻtkazish maqsadga muvofiq boʻladi. Quyonning qoni tarkibidagi glyukozaning miqdorini ikki marta yaʻni qonga adrenalin yuborishdan oldin va adrenalin yuborilgandan 1-soatdan keyin o-toluidin metodi yordamida aniqlanadi. Glyukoza miqdorining farqiga qarab adrenalinning ta’siri haqida fikr yuritiladi.
Ishning bajarilishi. Tegishli quyonning qulogʻi oldin ksilol bilan hoʻllanga paxtada soʻng iliq suvda yuvib, quruq paxta bilan artilib keyin uning vena qon tomiridan 0,1 ml qon olinib o-toluidin metodi yordamida glyukoza miqdori aniqlanadi.
Keyin quyon terisi ostiga 2 ml adrenalin eritmasidan yuborib 1 soatdan keyin xuddi yuqoridagidek qon olinib o-toluidin metodi yordamida glyukoza miqdori aniqlanib, uning miqdori oshganligi haqida fikr hosil qilinadi. Bu prosessni giperglikemiya deb yuritiladi.
Adrenalin eritmasi quyon vaznining har 1 kg ogʻirligiga 0,4 ml adrenalin eritmasidan yuboriladi.
Laboratoriya mashg`uloti mavzusi bo`yicha B/BX/B jadvalini to`ldiring.
Takrorlash uchun savollar. 1. Qanday moddalarga gormonlar deb ataladi? Ularning kimyoviy tabiati haqida fikr yuriting.
2. Gormon ishlab chiqaradigan qanaqa ichki skresiya bezlarini bilasiz?
3. Ichki va tashqi sekresiya bezlari nimasi bilan farq qiladi?
4.Qalqonsimon bez tomonidan qanday gormonlar ishlab chiqiladi?
Ularni ta’sir etish mexanizmini tushuntiring.
5.Gipofiz bezining oldingi boʻlagidan qanday gormonlar ishlab chiqiladi?
Ularning biologik rolini tushuntiring.
9.Adrenalin gormonining tuzilishi va uning modda almashinuvidagi roli va xossalarini tushuntiring.