Аberdin-angus zoti
Аberdin-angus zoti shimoli-sharqiy Shotlandiyaning Аberdin va Аngus grafliklarida XVIII asr oxirlarida boshlangan, buning uchun toʼqol (shoxsiz) zotlar tanlab olingan. 1862 yilda birinchi naslchilik kitobi nashrdan chiqqan, 1873 yilda bu zotni АQShga, 1876 yilda Kanada olib chiqish boshlandi. Hozirda Аberdin-Аngus zoti oʼzining yumshoq va nozik tolali marmar goʼshti tufayli АQSh, Shimoliy va Janubiy Аmerika, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya va MDH mamlakatlarida keng tarqalgan. Bundan tashqari, bu mol goʼsht yoʼnalishidagi mol ichida eng tez yetiladigan zot hiso- blanadi (buzoqlar birinchi marta 14-15 oyligida urugʼlan- tiriladi). Sanoat miqyosida chatishtirish va turli iqlimga moslashish koʼrsatkichlari juda yuqori.Zotning rangi qora. Konstitutsiyasi goʼsht yoʼnalishidagi zotga mos - boshi katta; boʼyni kalta va yoʼgʼon, bir tekisda yelkaga qoʼshilib ketadi; gavdasi keng va yumaloq, oyoqlari kalta. Yagʼrini darajasida oʼlchaganda, boʼyi 118 sm dan osh- maydi; koʼkrak chuqurligi chamasi 67 sm, koʼkrak kengligi –46 sm; dumgʼazasi keng; gavda suyaklari ingichka, ammo mustahkam; mushaklari bilak va sakrash boʼgʼinlarigacha yaxshi rivojlangan; teri shalviragan, yupqa, biroq teri ostidagi qalin yogʼ qatlam tufayli teri qalindek tuyuladi.Аberdin-angus zotining urgʼochi buzoqlari 22-25 kg vazn bilan, buqachalari 25 kg dan 28 kg gacha vazn bilan tugʼiladi. Yarim yilda yosh hayvonlar 180 kg tosh bosadi, sigirlardan ajratish vaqtiga kelib, ularning vazni 190-230 kg boʼladi, 3 yoshga boʼlganda sigirlarning vazni 430-500 kg ga yetadi. Eng zoʼr katta yoshli sigirlar 650-700 kg vaznga ega boʼlsa, boʼrdoqiga boqilgan buqalar qariyb 1000 kg tosh bosadi. Soʼyil- ganda tirik vaznining 62-65% miqdorida goʼsht beradi. Sut unumdorligi 1700 kg dan oshmaydi va odatda, sut buzoqlarga qoldirildi.
Shortgorn sigirlarini braman zoti
Shortgorn sigirlarini braman zotli hind zebu buqalari bilan chatishtirish orqali yaratilgan santa-gertruda zoti goʼsht unumdorligi yuqori zotlardan biri. Bu goʼsht yoʼnalishidagi qoramol zoti 1940 yilda Texas shtatining Santa-Gertrudis fermasida yaratilgan. Shuning uchun ham u quruq issiq iqlimga yaxshi moslashgan, yaylovlarga yay- lov sharoitiga oʼrgangan va uzoq masofalarga koʼchishga qiynalmaydi. Chidamliligi va joy tanlamasligi bilan bir qatorda qon soʼruvchi hasharotlarga chidamli, piroplazmoz kasalligiga qarshi turish qobiliyati kuchli.Santa-gertruda zoti toʼq qizil rangda boʼladi, baʼzida gavdasining pastki qismida oq qashqalari ham bor. Sigirlarning boshi kichikroq, quloqlari osilgan; gavdasi keng, mushaklari yaxshi rivojlangan, yelkasi toʼgʼri va keti biroz pastga tushgan; koʼkragi chuqur va keng; baqbaqasi (tomogʼi ostida osilib turadigan terisi) yaqqol koʼzga tashlanadi; oyoqlari baquvvat va qotma. Buqalarining eksterьerida bukrisi koʼzga tashlanib turadi. Bukri yagʼrini yonida yuza keladi. Terisi egiluvchan va yupqa, boʼynida qavat-qavat buklanib turadi, qisqa va yaltiroq jun bilan qoplangan.Santa-gertruda zotli buzoqlar 29-35 kg vazn bilan tugʼiladi. sut berib yaxshi boqqanda sutkasiga 1000-1200 g semiradi, 8 oyligida yosh hayvonlar 250 kg gacha vazn olishi mumkin, bir yarim yosh boʼlganda gʼunajinlar 400 kg buqachalar - 510 kg tosh bosadi. Yoshi yetgan sigirlarning tirik vazni 560-620 kg (baʼzi sigirlar yaxshi boqilganda 780 kg ga yetadi, buqalarning vazni 830-1000 kg gacha yetadi. Soʼyilganda tirik vaznining 63-65% i miqdorida goʼsht beradi. Boqish va parvarish sharoitlari teng boʼlganda santa-gertruda zotli buzoqlarning goʼsht unumdorligi koʼrsatkichlari boshqa mollarinikiga nisbatan 20%ga yuqori.Tabiiyki, bu zotning sut unumdorligi past. Birinchi marta bolalagan sigirlarning sutkalik sut unumdorligi 5-10 kg ni tashkil etadi, sutning yogʼliligi 4,6%, ammo sutining yogʼliligi 6% ni tashkil etadigan sigirlar ham uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |