1.1. Nasldor zotlar
Chorvachilikda mahsuldorlik koʼrsatkichi yuqori boʼlgan zotlar hisoblanadi.Nasldor zotlar sut va goʼsht mahsuldorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.Golshtin sigirlari boshqa sut yoʼnalishidagi zotlar orasida eng yuqori sut mahsuldorligiga ega.Аberdin-angus zoti boʼrdoqiga boqish uchun qulay zot hisoblanadi. Kuniga oʼrtacha 1100-1300 gramm vazn oladi. Soʼyilganda tirik vaznining 62-65%i miqdorida goʼsht beradi.Simental, shvits zotini oʼziga xos xususiyatlari boshqa zotlarga qaraganda sut maxsuldorligini sifat koʼrsatkichlari bilan ajralib turadi.Respublikamizda nasldor zotlarining Golshtin, qizil choʼl, bushuev qora-ola, simental, shvits, qozoqi oq bosh, aberdin-angus, gereford zotlari parvarishlanib kelmoqda.
Golshtin zoti
Golshtin zoti sigirlarining sut mahsuldorligi va sut tarkibidagi yogʼ koʼrsatkichlari, maʼlum bir hududning iqlimi va ozuqalariga moslanishi bilan bogʼliq. Misol uchun, Isroilda ularni parvarishlashda yangi texnologiyalar qoʼllanildi va ular yiliga oʼrtacha 12 ming kilogramm sut miqdori koʼrsatkichiga ega boʼldi. Sutning yogʼ tarkibi odatda 33,1% dan oshmaydi va oqsil miqdori darajasi – 3% ga teng. Shimoliy Аmerikada Golshtin sigirlarining sut mahsuldorligi biroz past koʼrsatkichga ega – yiliga 9-10 ming kg sut sogʼib olinadi, lekin yogʼ 3,6% va oqsil miqdori 3,2% ga teng.Golshtin sigirlarining tirik vazni 670 dan 700 kg gacha, buqalar esa 960 dan 1250 kg gacha boʼladi. Tugʼilganda buqachalar 44-47 kg, gʼunajinlar esa 38-42 kg ni tashkil qiladi. Qoramollar aniq sut yoʼnalishi bilan ajralib turadi. Sigirlarning balandligi oʼrtacha 144 sm, buqalarniki esa 158- 160 sm ga teng.Golshtin zoti Yevropada, Аvstraliyada, Shimoliy va Janubiy Аmerikaning yirik davlatlarida, yaqin xorij davlatlarida (Rossiya, Belorus, Ukraina va Qozogʼiston) parvarishlanib kelinmoqda. Oʼzbekistonda ushbu zotli qoramolni respublikaning iqlimi yumshoqroq viloyatlarida boqish tavsiya etiladi.
Qora-ola zoti
Qora-ola zoti. Tabiiy- iqlim sharoitga va mashinada sogʼishga moslashishi va yuqori sut mahsuldorlik xususiyatlari bilan boshqa zotlardan keskin farqlanadi. Oʼzbekistonning turli hududlariga keng tarqalgan. Qora-ola zotli mollarning Oʼzbekiston turining shakllangan sigirlarning oʼrtacha tirik vazni 480-500 kg, ayrimlari 650-700 kilogrammga yetadi. Davlat naslchilik kitobiga yozilgan sof zotli sigirlarning sut sogʼimi oʼrtacha 4773 kilogrammga, yogʼdorligi 3,6 foizga teng. Buqachalar goʼshtga jadal boqilganda 15-18 oyligida 450-500 kilogramm vaznga yetadi va soʼyim chiqimi 55-57 foizni tashkil qiladi. Respublikada qora-ola zoti golshtin zoti bilan takomillashtirilmoqda. Ularning turli golshtin (50, 75, 87%) qonli I, II va III chatishma zotlari olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |