TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2020/2(23
)
“о‘qib” oladigan obrazlarni yaratish va multiplikatsiya elementlarini kiritishga erishdilar. Shuningdek,
ular hatto barqaror teskari aloqaga, ya’ni real vaqt rejimida ekranda bola uchun axborot beruvchi obraz
kо‘rinishida taqdim etilgan nutq namunasini takror-takror eshitish imkonini beradigan interaktiv
muloqotga erisha oldilar. Ushbu kompyuter tizimining bundan boshqa afzalliklarini ham hisobga olgan
holda, shuni ta’kidlash mumkinki, IBM ning “Speech Viewer” (“Kо‘rinadigan nutq”) kompyuter tizimi
birinchi bor nutqning talaffuz jihatini shakllantirish va korreksiyalashda akustik nutq komponentlarini
vizuallashtirish prinsipiga asoslangan yordamchi vositalarga nisbatan surdopedagoglar va logopedlar
qо‘ygan deyarli hamma talablarga javob berar edi. 90-yillarning boshida “Speech Viewer”
(“Kо‘rinadigan nutq”) kompyuter tizimi kо‘plab mamlakatlarda surdopedagoglar va logopedlar
tomonidan ishlatila boshladi. Bu texnologiyaning shu qadar keng tarqalishini quyidagilar bilan izohlash
mumkin: u bolalarni talaffuz bо‘yicha mashg‘ulotlarga undashning (motivatsiya qilishning) noyob
vositasi bо‘lib xizmat qiladi; bolalarning о‘z nutqiy faoliyatlarini real va orqaga surilgan vaqt rejimida
tahlil qilish uchun qо‘shimcha vizual dinamik tayanchga bо‘lgan ehtiyojini qondiradi; bolalarning
individual talaffuz qilish imkoniyatlarini amalda hisobga olish imkonini beradi. Rossiyada rivojlanishida
kamchiliklari bо‘lgan bolalarga ta’lim berish vositalarini ishlab chiqish uchun mikroprotsessorlar va
axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga mutaxassislar faqat 90 yillarning boshlarida ega
bо‘ldilar. “Speech Viewer” tizimining tuzilish prinsiplarini tahlil qilish asosida 1992-yilda “Delfa” firmasi
tomonidan “Delfa-130” surdopedagogik trenajyor ishlab chiqildi. Bu ikki tizimning qiyosiy tahlili shuni
kо‘rsatadiki, о‘zlarining funksional imkoniyatlariga kо‘ra Rossiya mutaxassislarining ishlanmasi “Speech
Viewer”dan ancha orqada turadi. Nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish va korreksiyalashda
qо‘llanadigan ta’lim vositalarining yangi avlodiga murojaat qilishimizning bir qancha sabablari mavjud
bо‘lib, ularni quyidagi omillar asosida izohlash mumkin:
- og‘zaki nutq muloqot vositasi va tilni о‘zlashtirish asosi sifatida favqulodda ahamiyatga ega;
- rivojlanishida har xil kamchiliklarga ega bо‘lgan bolalar nutqning talaffuz jihatini
korreksiyalashga, ayniqsa, kuchli ehtiyoj sezadilar;
- ushbu ta’lim sohasi nihoyatda murakkab va о‘ziga xosligi bilan ajralib turadi;
- surdopedagoglar va logopedlar bolalarning talaffuz vositasida mashg‘ulotlarga motivatsiyasini
keltirib chiqarish va uzoq vaqt davomida ijobiy kayfiyatni saqlab turishga, bolalar hozirgi va orqaga
surilgan vaqt rejimida о‘zining nutqiy faoliyatini tahlil qilishlari uchun qо‘shimcha vizual tayanchni
taqdim etish hisobiga talaffuz kо‘nikmalarini shakllantirishning sensor bazasini kengaytirishga qodir
bо‘lgan maxsus ta’lim vositalariga hamma vaqt ehtiyoj sezadilar.
Shunday qilib, nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish va korreksiyalashda akustik nutq
komponentlarini vizuallashtirish prinsipiga asoslangan vositalar tadrijiy rivojining tahlili
mikroprotsessorlar va axborot texnologiyalarining yuzaga kelishi ularning rivojida hal qiluvchi
ahamiyatga ega bо‘ldi.