Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   269
-
 
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv;
-
 
ta’limda o‘quvchilarga individual va differensial yondashuv. 
Bu yondashuvlarda o‘quvchining informatika faniga tayyorgarlik darajasi, qiziqishi, ishtiyoqi va 
qobiliyati aks etadi. Differensialli yondashish tushunchasida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatidagi 
o‘zaro bog‘lanishlar uzviylashadi. Endi o‘quvchi jamoada bo‘lganligi uchun uning o‘rni va 
xususiyatlari borligiga e’tibor beriladi.
Sinfda sinf bilan birga ta’lim olish, shu bilan birga bir vaqtda alohida individual xususiyatlarga 
e’tibor bergan holdagi ta’lim berish usullari ko‘riladi. Demak, differensiallash individuallashtirish 
uchun kerak ekanligi ayon bo‘ldi. Bu o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasidagi munosabatni belgilaydi. 
Differensiallash va individuallashtirishning chegarasi qat’iy belgilanmagan. Individuallashtirish 
ta’limi zamirida maxsus dasturlashtirilgan o‘qitish metodi paydo bo‘ldi. Informatika bo‘yicha 


104 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
interfaol o‘quv-uslubiy majmualar yaratish jarayonida individual va differensialli yondashuvni 
amalga oshirish uchun ish rejalari va nazariy materialni unga mos tuzishi va ta’lim jarayonini ham bu 
yondashuvga moslashtirishi lozim
1
. Informatika bo‘yicha interfaol o‘quv-uslubiy majmualar yaratish 
metodologiyasida o‘quv materialini yoritishning ikki yondashuviga asoslanish maqsadga muvofiq 
bo‘lar edi, ya’ni, o‘quv materiali iloji boricha mayda qismlarga (mayda bo‘laklar, qismlar, punktlar) 
bo‘lib o‘rganish, o‘quv materiali yirik bloklarda (modul shaklida) berish. Har ikkala yondashuvning 
ham yutuqlari va kamchiliklari bor. O‘quv materialini kichik bo‘laklarga bo‘lib (portsiya, qadamlar) 
o‘rganish ta’limning dasturlashtirib o‘rganish metodiga xos. Bu holda o‘quv materiali o‘quvchi 
tomonidan oson o‘zlashtiriladi. Chunki bunda o‘quv materiali bitta topshiriq (vazifa)gacha kichik 
bo‘lakka bo‘linadi. Materialni esda saqlash osonlashadi. O‘quvchiga individual yondashish 
prinsiplari amalga oshadi. Ikkinchi holda, ya’ni, o‘quv materialini katta bloklarda, ya’ni yiriklashtirib 
o‘rganishda o‘rganilayotgan tushuncha boshqa tushunchalar bilan bog‘liqligi va bu tushunchaning 
rivojlanish dinamikasi uchun sharoit yaratiladi. Chunki o‘rganilayotgan tushuncha tayanch ibora 
(tayanch tushunchalar, asosiy tushuncha)ga bog‘lab o‘rganiladi. O‘quvchining olgan bilimi 
chuqurlashadi va sistemalashadi. O‘quv materialini kichik qismlarga bo‘lib o‘rganishda bilimlar 
yetarlicha chuqurlashmaydi va olingan bilim tez esdan chiqadi. Shuning uchun o‘quv materialini 
berishda ikkinchi yondashuvning samarasi ma’lum. Ikkinchi yondashuvda modul tushunchasi 
alohida ahamiyat kasb etadi va o‘quv materialini bloklar yoki modullarga ajratib o‘qitish bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Shuning uchun biz modul tushunchasini ochib beruvchi ma’lum ta’riflarni keltiraylik.
Modul – fanning fundamental tushunchasini o‘rganishga yo‘naltirilgan, ma’lum prinsiplar 
asosida tuzilgan o‘quv materiali birligidir. Modulning elementi – moduldagi o‘quv axborotining 
tarkibini aniqlovchi, modulning tarkibiy qismi. Modul – ma’lum hodisa, qonun, bo‘lim, yirik mavzu 
yoki o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhini o‘z ichiga oladi. Modul – o‘quv materialining mantiqan 
tugallangan birligi bo‘lib, o‘quv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o‘rganishga 
qaratilgan. Modulni ba’zan bo‘lim yoki blok deb ham tushunishadi.
Mikromodulni o‘quv rejasidagi eng yaqin o‘zaro bog‘liq fanlar guruhi deb tushunishadi. 
Shuning uchun o‘quv materiallarini modullashtirish o‘quvchilar bilan differensial (tabaqali) va 
individual ishlash imkoniyatini yaratadi. Modulli o‘qitish – faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro uzviy 
bog‘langan elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi
2
. Modulli o‘qitishning asosiy vazifasi 
tugallangan axborotlar blokidir. Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la, qisqa yoki 
chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali tabaqalab o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Modulli o‘qitishda 
fanlararo aloqadorlikka jiddiy e’tibor beriladi. O‘rganilayotgan materialdagi asosiy tushuncha va 
tayanch iboralarning tatbiqlari, berilish hajmi, fanlararo bog‘lanishi va muammolari ta’lim 
standartlariga mos beriladi. Modulli o‘qitishda o‘quvchilar uchun o‘quv-uslubiy majmuaning 
yaratilishi talab etiladi. O‘quv-uslubiy majmuaning tarkibiy qismi: nazariy materialning ma’ruza 
kursi; amaliy ishlarni bajarish uchun uslubiy tavsiyalar majmuasi; bilimlarni nazorat qilish uchun 
savollar majmuasi; masala, mashq, seminar mashg‘ulotlari, muammoli savollar to‘plami va ularni 
bajarish uchun uslubiy tavsiyalardir. O‘quv-uslubiy majmuaning vazifalari: o‘rganilayotgan 
materialning yaxlit manzarasini tasavvur etish va tushunishda o‘quvchiga yordam berish; materialni 
o‘zlashtirishni osonlashtirish; ta’limni individuallashtirish; nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilishni 
takomillashtirish. O‘quv-uslubiy majmuaning vazifalarini bajarish ta’limda innovatsion 
yondashuvlarni qo‘llashga imkon yaratadi. O‘UM yordamida bilish faoliyati va motivatsiyalarni 
yaratish hamda talabalarning fundamental bilimlar va o‘z-o‘zini nazorat qilish elementlarini o‘z 
1
Gvaramiya G., Margviashvili I., Mosiashvili L. Opыt razrabotki kompьyuternыx uchebnыx posobiy po fizike. Informatika i obrazovaniya, 
№6, 1990 
2
Yuldashev U.
Yu. Zokirova F.M. Informatika o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. 1, 2 – qismlar, Toshkent, 2004 


105 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish