TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
mashqlar talab qilinar ekan, shunda ham cheklangan lug‘at zahirasi sur’atida. Shunday qilib, karlarni
о‘qitishda labdan о‘qish о‘rniga pribordan foydalanish umidi о‘zini oqlamadi, va pribor eksperimental-
fonetik tadqiqotlar uchun qurilma va talaffuz ustida ish olib borish uchun qо‘llanma sifatida olib
qaraladigan bо‘ldi (F.F.Rau).
«VisibleSpeech» («Kо‘rinadigan nutq») apparatining yana bir xili bu «Kamplex» firmasi
tomonidan Daniyada ishlab chiqilgan va karlarni talaffuzga о‘rgatish uchun mо‘ljallangan SR-1 apparati
edi. Uning yordamida unli, undosh va portlovchi, jarangli-jarangsiz, shipildoq-chiyildoq tovushlarni
ajratishni osonlashtirish, shuningdek bitta – “r” fonemasini tanib olishga kо‘maklashish mо‘ljallangan
edi.
Priborning ishlash prinsipi quyidagicha edi: mikrofonga kelib tushadigan tovush chastota
diapazoni
100 dan 5000
gs gacha bо‘lgan о‘n polosali filtrlar yordamida tahlil qilinar edi. Har bir filtr
о‘zining chiqishida neon lampa bilan bog‘langan edi va tovushli signal tarkibiga bog‘liq holda tovush
spektrida muayyan filtrning muayyan lampasi bilan bog‘liq polosa chegarasida turgan chastotalar
mavjudligini kо‘rsatadigan lampa yonar edi. Ushbu chastotalar amplitudasi yorishib turgan ustun
balandligida belgilanar edi
(F.F.Rau, 1973).
Ilmiy-metodik adabiyotlarning tahlili shuni kо‘rsatadiki, 50-70-yillar mobaynida bu kabi hamma
priborlar va qurilmalar bir-biriga о‘xshash texnik baza asosida rivojlandi (Risberg, Nickerson&Stevens,
Crichton&Fallside, Haton, Haton&Lamotte, Barth, Haton&Haton va b.)
SSSRda fonetika sohasida olib borilgan eksperimental tadqiqotlarning borishida nutq
apparatining har xil qismlarida о‘rnatib qо‘yiladigan datchiklar tizimiga ega bо‘lgan qurilmalar qо‘llana
boshlandi. Siyoh bilan yozadigan qurilmalar nutq organlarining harakatini murakkab egri chiziqlar
kompleksi sifatida qayd eta boshladilar, bunda ushbu chiziqlar bо‘ylab keyingi tadqiqotlar jarayonida
fonemalar va ularning birikuvlari tanib olinishi lozim edi. Biroq bunday qurilmalarning ma’lumotlari shu
vaqtda emas, ma’lum vaqtdan keyin chiqarib berilar edi, shuning uchun ulardan bolalarni о‘qitishda
foydalanib bо‘lmas edi (F.F.Rau).
Shuni ham aytib о‘tish о‘rinliki, 60-70-yillarda nutqning akustik komponentlarini vizuallashtirish
vositalari ustida Yevropada kо‘plab firmalar va ilmiy muassasalar ish olib borar, SSSRda esa bu
masalalar bilan faqat SSSR Pedagogika fanlari akademiyasining defektologiya ilmiy-tadqiqot institutida
V.D.Laptev rahbarligidagi surdotexnika laboratoriyasi shug‘ullanar edi (1964-1979-yy.). Elektron-
nurlanuvchi trubka asosida V.D.Laptev I-2 priborini yaratdi. Unda tovushlar о‘rtasidagi farq hosil
bо‘layotgan tasvirlar konfiguratsiyasiga qarab aniqlanar edi. Biroq bola ularning farqini hamma
holatlarda ham oson ilg‘ab ololmas edi.
I-2 pribori bolaga ovozning ayrim nuqsonlarini kо‘rsatish imkoniyatini berar edi: juda past ovoz,
qichqiriq; nutq tembrining buzilishlari, past, ovozsiz, shuningdek, bо‘lak-bо‘lak va bо‘g‘iq va h.k. Biroq
eshitishi buzilgan va bir qator nutq buzilishlariga ega bо‘lgan bolalar uchun xos manqalanish va falset
kabi kamchiliklar apparat ekranida, afsuski, aks ettirilmas edi (N.F.Slezina).
Chet elning SR-1 “Kamplex” va ruslarning I-2 priborlarining о‘zaro solishtirganda, shu narsa ayon
bо‘ldiki, nutqning har xil fonetik elementlarini uning fonetik tarkibiga nisbatan tanib olish imkoniyati
ikkala apparatda ham juda cheklangan. Tahlil natijalari asosida о‘qitish jarayonida bu vositalar alohida
tovushlar yoki ularning eng sodda birikmalarini vizual aks ettirish uchungina yaroqli, degan xulosa kelib
chiqdi (F.F.Rau).
“Kо‘rinadigan nutq” seriyasidagi ishlanmalar bu yо‘nalishda oldinga qо‘yilgan bir qadam bо‘ldi.
Bu seriyadagi dastlabki ishlanma 1965-yilda V.D.Laptev, L.N.Postnikov va V.A.Sukermanlar tomonidan
bajarilgan edi. Bu pribor ham nutqning akustik tuzilishini tо‘liq ifodalab berolmasa-da, ammo uning bir
qator komponentlarini uzluksiz ochilib boradigan videogramma shaklida kо‘rsatish imkoniyatini berar
edi.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |