Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
- har qanday nutq elementidagi har qanday jaranglash namunalarining xotirada uzoq vaqt saqlash 
hamda ularning tahlilini о‘tkazish uchun zarurat tug‘ilganda ekranga chiqarish imkoniyatini ta’minlash.
Bu о‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, qachonki ovozli nutqni vizuallashtirish tizimi bola uchun о‘z 
talaffuzini nazorat qilishning qо‘shimcha vositasi sifatida olib qaralar ekan, shundagina ushbu talablar 
rо‘yxati tо‘liq bо‘la oladi. Surdopedagog bu tizimdan nutq talaffuzini (shu jumladan, uning motivatsion 
komponentlarini) shakllantirish va korreksiyalashning bir butun jarayonini qо‘llab-quvvatlaydigan 
ta’lim vositasi sifatida foydalanishi uchun u yana bir talabga javob berishi kerak, ya’ni bola faoliyatining 
о‘yin strategiyasini ta’minlashi kerak: bunda materialning sifatli talaffuzi о‘yin maqsadiga erishish sharti 
bо‘lib xizmat qiladi, nutqiy faoliyat jarayoni va natijasining vizuallashtirilishi esa о‘quvchi uchun о‘z 
talaffuzini nazorat qilishning qо‘shimcha vositasiga aylanadi.
Ovozli nutqni vizuallashtirish vositalariga surdopedagoglar tomonidan qо‘yilgan talablar rо‘yxati 
aniqlashtirilganidan keyin, nutqning talaffuz jihatini shakllantirish va korreksiyalashda qо‘llanadigan 
yordamchi vositalarning tadrijiy rivojlanish jarayonini kо‘rib chiqish kerak bо‘ladi. Bunda bizni 
talaffuzning vizual nazoratini olib boradigan vositalardan nutqning talaffuz jihatini shakllantirish va 
korreksiyalashning bir butun jarayonini qо‘llab-quvvatlaydigan ta’lim vositalarining yaratilish davri 
kо‘proq qiziqtirdi. 
О‘tgan asrning 40-yillarida A.Bell kompaniyasining telefon laboratoriyalarida ishlayotgan 
tadqiqotchilar guruhi ovozli nutqni optik signallarga aylantira oladigan tizimni yaratish ustida ish olib 
bordilar. Shu davrdan e’tiboran nutqning akustik komponentlarini vizuallashtirish prinsipiga asoslangan 
va “kо‘rinadigan nutq” nomini olgan yordamchi vositalarni yaratish boshlandi. Bunday tizimlarda 
spektral analizatordan foydalanish evaziga ushbu vositalardan logopatlar va karlarni nutqqa 
о‘rgatishda, garchi juda cheklangan holatda bо‘lsa-da, foydalanish imkoniyati tug‘ildi, chunki spektral 
analizator nutq tovushlarining chastota spektrini aniqlash hamda tovushlarning tо‘g‘ri yoki nuqsonli 
talaffuziga mos keladigan tavsiflarini grafik shaklda taqdim etish imkonini berdi. 
Ovozning ekranda grafik obrazlar kо‘rinishida aks ettirilishi elektron-nurlanish naychasi tufayli 
mumkin bо‘ldi (Riesz&Schott). 50-yillardan boshlab, nutqning talaffuz jihatini shakllantirish va 
korreksiyalash jarayonini qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan Yevropada ishlab chiqariladigan yordamchi 
tizimlar mana shu elektr vakuumli pribordan foydalanishga asoslangan edi.
50-yillarda nutqning akustik tuzilishi 1947-yili taklif qilingan «VisibleSpeech» pribori (P.Potter, 
G.Korr., N.Green) yordamida eng tо‘liq vizualizatsiya qilindi. U karlarga og‘zaki nutqni idrok etishni 
osonlashtirish uchun yaratilgan edi. Pribor mikrofonga kelib tushayotgan nutqni о‘n polosali filtrlar 
yordamida tahlil qila olar hamda natijalarni elektron-nurlanish trubkasi ekranida ma’lum vaqt 
davomida saqlanib turadigan spektrning uzluksiz tasviri kо‘rinishida aks ettira olar edi. Vertikal о‘q 
bо‘ylab joylashgan chastota polosalari pastdan yuqoriga qarab 0 dan 3000 
gs
gacha taqsimlanadi va 
tovushning chastotali tarkibini tavsiflaydi. Tasvirning gorizontal о‘q bо‘ylab chapdan о‘ngga surilishi 
tovushning vaqtda о‘zgarishini kо‘rsatadi. Tovush amplitudasi, uning intensivligi esa ekranda 
spektrning muayyan uchastkalarida nurlanishning yorqinligi bilan ifodalanadi. О‘nta kanaldan har 
birining chiqishida elektrodlar qо‘llangan bо‘lib, bu nutq spektrini elektr kimyoviy qog‘ozda 
spektrogramma kо‘rinishida kо‘rsatish imkonini beradi. Bunda spektrogrammadagi tasvir qog‘ozning 
qorayishi tufayli hosil bо‘ladi, qorayish darajasi esa nutq tovushidagi tegishli komponentning 
amplitudasini tavsiflaydi.
Spektrogrammada muayyan tarzda fonemalarning akustik belgilari, shu jumladan, fonemalarning 
sо‘zda birikib kelganida bir fonemaning ikkinchisiga о‘tishi bilan bog‘liq holda vaqtda о‘zgarishi ham aks 
ettirilar edi. R.Potter, Dj.Kopp va G.Grin
1
tadqiqotlari natijasida olingan ma’lumotlar shuni isbotlab 
berdiki, bolalar «VisibleSpeech» pribori yordamida о‘zaro muloqotga kirisha olishlari uchun ancha uzoq 
1
3еленская Ю.Б. Использование компьютерной программы «SPEECHVIEWER» («Видимая речь») в процессе логопедического 
воздействия: Автореф. дис. ... канд. пед. наук.- М., 2003.- 22 с. 


100 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish