3-mavzu. Nutqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi
Reja:
1. Nutqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari.
2. .Nutqning tо‘g‘riligi.
Tayanch tushunchalar: madaniy nutq talablari, lisoniy omillar, nutqning tо‘g‘riligi, nutqning talaffuz madaniyati, lug‘aviy madaniyat, nutqning aniqligi, ixchamligi, sofligi, mantiqiyligi.
Nutqning madaniyligini ta’min etadigan tо‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jо‘yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini о‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga yetkazish, shu yо‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat bо‘lib, mazkur sifatlarning jami nutqning ta’sirchanligini yuzaga keltiradi.
Nutqning tо‘g‘riligi. Nutqiy madaniyatning muhim belgilaridan biri fikrni tо‘g‘ri, mazmunli bayon qilishdir. Adabiy tilning fonetik-orfoepik, leksik-semantik va grammatik meyorlari talablariga mos keladigan nutq tо‘g‘ri nutqdir. Nutqning talaffuz madaniyati til materiallarini tо‘g‘ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog‘liqdir. Bunga sо‘z va iboralarning tо‘g‘ri diksiyasi, sо‘z va mantiqiy urg‘u, intonatsiya va pauzaga e’tibor qilish orqali erishiladi. Masalan: qatlama, hozir kabilar. Nutqda mantiqiy urg‘udan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan: Semiz papkali kishi keldi, Onasiz bola о‘ynamas kabi gaplarning ma’nosi urg‘uning qaysi gap bо‘lagiga tushishiga kо‘ra turli ma’nolarni anglatishi mumkin.
Madaniy nutqda sо‘zlarning tо‘g‘ri talaffuz qilinishi eng muhim shartlardan biridir. Ayrim sо‘zlarni eskirgan shaklda talaffuz qilish (ishkop, parishta), talaffuzi bir-biriga yaqin sо‘zlarning farqiga bormay (tip-tif), e’tiborsizlik natijasida x tovushi о‘rnida h ni (shoh-shox), u tovushi о‘rnida о‘ (ulkan-о‘lkan) ni, ruscha о‘zlashmalardagi о‘ tovushi о‘rnida o (kollej) ni talaffuz qilish g‘ayri meyoriydir.
Intonatsiya tufayli sо‘zlarning ma’no ifodalash imkoniyatlari kengayadi.Odatda, intonatsiya nutq sо‘zlanib turgan vaziyatda yuzaga keladi va u nutqiy talabga kо‘ra har xil kо‘rinishda bо‘ladi. Masalan: keling sо‘zi ohangiga kо‘ra samimiyat, norozilik, masxaralash kabi qator ma’nolarni ifodalashi mumkin. Bahor sо‘zi gap intonatsiyasi bilan aytilmasa sо‘zligicha turaveradi, ammo tegishli intonatsion modelga muvofiq aytilsa darak, sо‘roq undov gaplarga aylanadi. Tо‘g‘ri nutq tuzish uchun fikrni har tomonlama mazmunli, ifodali qiluvchi sо‘z va sо‘z variantlarini topa bilish, ularni о‘z о‘rnida ishlata olish muhimdir. Sо‘zning lug‘aviy ma’nosini tushunmaslik uni xato qо‘llashga olib keladi. Masalan: G‘ofir Solihboyning qiroli edi.
Sinonimlar nutqni ta’sirchan qilish bilan birga, turli qaytariqlarning oldini olib, uni ravon qiladi. Nutqda sinonimlardan ularning ma’no va uslubiy nozikliklarini tо‘la anglagan holda foydalanish lozim aks holda nutqiy g‘alizlik vujudga keladi. Masalan: ozg‘in, oriq.
Tо‘g‘ri nutqqa qо‘yiladigan talablardan biri uning grammatik jihatdan tо‘g‘ri shakllanishidir. Jumladan, qaratqich kelishigining belgili va belgisiz qо‘llash muammolar bor. Gapning ma’nosi, mazmuniga putur yetmasa, qaratqich kelishigi tushirib qoldiriladi. Ba’zi hollarda qaratqich kelishigi qо‘shimchasining tushirib qoldirilishi axborotni xiralashtiradi, fikrni chalg‘itadi: Askar otasi deb yozganda, matnni о‘qib chiqmasdan turib, gap kim haqida boryotganligini bilib bо‘lmaydi: gap askarning otasi haqidami, yoki askar birovning otasimi? Unda fakultetlarning ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari qatnashdi. - Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha о‘rinbosarlari qatnashdi.
Nutqning aniqligi. Qadimgi yunon donishmandi Aristotel о‘zining “Ritorika” kitobida nutqning asosiy fazilati uning aniqligida ekanligini aytib, “agar nutq aniq bо‘lmasa, u о‘z maqsadiga erisha olmaydi” deb ta’kidlaydi. Nutqning aniqligi –bu aytilayotgan sо‘z yoki iboraning о‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishidir. Shuning uchun sо‘zlovchi kim yoki nima haqida gapirayotganini har tomonlama chuqur tushungan bо‘lishi kerak, aks holda nutq aniq bо‘lmaydi. Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:
1.Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida: Tarbiyachi bolalarga tushunarli bо‘lishi uchun kitobni olib, xontaxta tortmasiga qо‘yadi. (xontaxtaning tortmasi bо‘lmaydi).
2. Paronimlar ma’nosini bilmaslik natijasida: Sutxо‘rninig о‘limi asarini о‘qidi.
3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonma-yon ishlatish natijasida: Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya о‘rnatildi (ishlab chiqarish jarayonlari va usullari haqidagi bilimlarning jami, shuning uchun moddiy bо‘lmagan narsa о‘rnatilmaydi, balki joriy etiladi yoki texnika sо‘zi bilan almashtirish kerak).
4. Nutqda sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik, gap tartibining buzilishi natijasida: Yaqindagina nashriyotdan chiqqan adibimizning yangi asarlar tо‘plami keng jamoatchilikka manzur bо‘ldi.
5. Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini kashf etdi.
6. Bir sinonimik qatorni tashkil qilgan sо‘zlarning barchasi ham boshqa sо‘zlar bilan sintagmatik munosabat tashkil qilolmaydi. Puxta, pishiq, mustahkam sinonimlari bino sо‘zi bilan sintagmatik munosabat tashkil qiladi, yigit sо‘zi esa pishiq va chidamli sо‘zlari bilan sintagmatik aloqaga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |