122
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
surdopedagogika fanlarining oldida turgan dolzarb masalalardandir. Ushbu toifaga mansub bolalar
nutqini erta korreksiyalash ularni ijtimoiy hayotga erta moslashtirish omili sanaladi. Eshitishida
muammosi bо‘lgan va koxlear implantatsiya qilingan bolalarning reabilitatsiya
masalalari Rossiya
olimlaridan I.V.Korolyova, O.S.Jukova, O.V.Zontova, G.A.Tavartkoladze, A.I.Sataeva, E.V.Mironova,
I.D.Frolenkova va boshqa chet ellik olimlardan R.Litovsky, A.Parkinson, J.Arcaroli tadqiqotlarida va
amaliy faoliyatlarida keng yoritib berilgan
1
. O‘zbekistonda esa ushbu masalaga hozircha faqat amaliy
jihatdan yondashib kelinmoqda va bu yo‘lda prof. L.R.Muminova, E.B.Amirova, U.Y.Fayziyeva,
R.Sh.Kutdusova va boshqalar korreksion – rivojlantiruvchi ishlar olib borishmoqda
2
. Ushbu
defektologlarning olib borayotgan ilmiy ishlari natijasida bolalar ham xuddi sog‘lom tengdoshlari
kabi ijtimoiy shaxs bo‘lib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanliklari hamda ulardagi
mavjud kuchli imkoniyatlarni ishga solish nutqni rivojlantirish asosida amalga
oshirilishi lozimligi
isbotlandi. Bolalarning nutqni egallab borishlari sari ularda ijtimoiy (hayotiy) malakalarning
shakllanishiga oid imkoniyatlar kengayib boraveradi. Aniqrog‘i, faoliyat asosida rivojlantiriluvchi
nutq ijtimoiy me’yorlarni egallashning zaruriy shartidir. Ushbu jarayonning jadallashuviga xizmat
qiluvchi omillardan
biri bolalar nutqini ilk, maktabgacha yoshda bo‘lgan davrda shakllantirish
sanaladi. Bola hayoti davomida ijtimoiy tajribani, umuminsoniy va milliy axloq-odob normalarini
egallab boradi, ta’lim oladi va asta-sekin har tomonlama aqliy va jismoniy jihatdan yetilib boradi.
Eshitishida muammosi bо‘lgan nogiron bolalarda bu jarayon
qiyinchilik bilan kechadi, ular
kattalarning yordamiga ko‘proq muxtoj bo‘ladilar, ularning ijtimoiy moslashuvi ham maxsus
yordamsiz sodir bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday hollarda eshitishida muammosi bо‘lgan
shaxslarning reabilitatsiyasi va abilitatsiyasi muammolari yuzaga keladi. Koxlear implantatsiyadan
keyin bolaning eshitish idrokini va nutqini shakllantirish, o‘zgalar nutqini tushunish va so‘zlashish,
muloqot qila bilishga o‘rgatish, nutqini me’yorda eshituvchi bola nutqining darajasiga yetkazishdan
iborat. Nutqni keng qamrovli rivojlantirish bo‘yicha olib boriluvchi ishlarda quyidagi tamoyillarga
rioya
qilinish lozim
3
:
Har bir bola nutqini rivojlantirishda, nutqiy rivojlanishning dastlabki darajasini hisobga
olgan holda, tabaqalangan ravishda va individual yondashish tamoyili;
Til o‘rgatishda tilni muloqot (kommunikatsiya) quroli sifatida shakllantirish tamoyili;
Kommunikativ tizimni amalga oshirishda asosiy: genetik, faoliyat hamda struktur-semantik
tamoyillarga tayanish;
Nutqni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilishning mavzuiy tamoyili;
Nutqni yaxlit jarayon sifatida shakllantirishda nutqiy faoliyatning turli ko‘rinishlari (atrofni
eshitish, ko‘rish va eshitish, so‘zlash, o‘qish, yozish vositasida idrok etish)ni o‘zlashtirishni ko‘zda
tutish;
So‘zlashuv nutqini rivojlantirishning amaliy faoliyat bilan bog‘liqligi tamoyili;
So‘zlashuv muloqotiga ehtiyojni yuzaga keltirish tamoyili.
Birinchidan, abilitatsion ishning dastlabki yilida asosiy ish – eshitish idrokni rivojlantirishga
qaratilishi kerak va buning uchun, avvalambor, kundalik odatiy vaziyatlardan foydalanish maqsadga
muvofiq. Ikkinchidan, koxlear implantli bolada qisqa vaqt ichida tabiiy eshitish idrokni rivojlantirish
hamda me’yorda
eshitadigan bolalar kabi, o‘z nutqini va o‘zgalar nutqini idrok etib tushunish
darajasiga erishish vazifasi turadi. Uchinchidan, koxlear implantli qilingan bola bilan olib boriladigan
ishning o‘ziga xos jihati shundaki, bolada eshitish ko‘nikmasini rivojlantirish kerak. Buning uchun
bola bilan muloqotda
uning qarshisida emas, yonida (koxlear implantant qo‘yilgan tomonida)
1
Ching T.Y.C., Incerti P., Hill M. Binaural benefits for adults who use hearing aids and coghlear implants in opposite ears// Ear Hear.
2012. Vol. 25(6). P. 565-600.
2
Ching T.Y., Psarros C., Hill M. et all. Should children who use coghlear implants wear hearing aids in the opposite ear? // Ear Hear.
2013. Vol. 22(5). P
3
Королева И.В. Кохлеарная имплантaция глухих детей и взрослых (електродное протезирование слуха). – СПб.: КАРО, 2009.