MAVSUMIY BOLALAR FOLKLOR O’YINLARI
Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932 yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi.
Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan Har bir xalqning tarixiy rivojlanish jarayonida o’yinlar, musobaqalar shu xalq madaniyatining asosiy qismi hisoblangan. Ular mehnat, hayotiy, jangovar va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzidan kelib chiqqan 12 . Kishilarning ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan o’yinlarning tarixiy ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Ularning yuzaga kelishi «ongli odam» yashagan davrdan boshlanganligi shubhasiz. Ovdan o’lja bilan qaytish va o’z mehnati natijalaridan manfaatdor bo’lish ibtidoiy odamlarda xursandchilik hamda shodiyona kayfiyatini yaratgan. Bunday holatda ovchilar ov jarayonini imo-ishora, maxsus harakatlar hamda o’yin, mashq shaklida ifodalashga uringanlar. Natijada “Ovchilar o’yini” paydo bo’lgan. Shu sababdan ham G. V. Plexanov “O’yin – mehnat farzandi”13 , deb qayd etgan edi. Tarixiy manbalarga qaraganda, so’nggi paleolit davrida taxminan miloddan 40 ming yil ilgari yer yuzining shimoliy qismida totemga oid “Ayiq bayramlari” bo’lgan. Bu bayram ayiqqa bag’ishlangan afsonalarga tayangan bo’lib, ayiq qabilalarni ofatdan saqlab qolgan. Buning evaziga esa odamlar qabilaning eng go’zal qizini ayiqqa turmushga berganlar. Bu bayramda to’y marosimi tasvirlanib, u ayiq o’yini bilan yakunlanadi. XX asr boshlarida ham Sibir o’lkalarida yashovchi ayrim xalqlar hayotida “Ayiq bayrami” mavjud bo’lgan. Biroq, go’zal qizni ayiqqa turmushga uzatish faqat afsonaviy voqelikka mansubligini qayd etish mumkin xolos. “Ayiq o’yini” tomoshalarini O’zbekiston hududida va shuningdek, Turkiya, Hindiston, Kavkaz kabi joylarda ko’chalarda ayiq o’ynatib yurgan odamni, ya’ni “ayiqchini” ko’rish mumkin. Ular odamlar gavjum joylarda kichik tomosha ko’rsatib yurishadi. Balki bu qadimiy ayiq o’yinidan bizgacha yetib kelgan va ibtidoiy davr elementlarining bir bo’lagi bo’lishi ham mumkin14 . 12 Рамазанова З. Б. Календарь и календарные обряды народов Дагестана. – Махачкала, 1987. – С. 75. 13 Bu haqda qarang: Қорабоев У. Ўзбекистон байрамлари. – Т.: Ўқитувчи, 1991. – Б. 7. 14 Yuqoridagi asar…. – Б. 9. 11 Ibtidoiy ajdodlarimiz hali ishlab chiqaruvchi xo’jalikdan bexabar davrlarda tabiat ato etgan ne’matlarni o’zlashtirish asosida tirikchilik qilganlar. Shu sababdan ham ular hayotida ovchilik va aynan u bilan bog’liq o’yinlar muhim o’rin tutgan. Ba’zi manbalarda o’yinlar ovdan oldin o’tkazilganligi haqida yozilgan bo’lsa, boshqalarida ovdan keyingi o’yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Ovdan oldingi o’yinlar ov oldi mashqi, ya’ni ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy shaylanish vazifasini o’tagan. Tayyorgarlik esa jiddiy, o’ziga xos marosim shaklida uyushtirilgan. Bu o’yinlar jarayonida ibtidoiy odamlar o’ljani osonroq qo’lga kiritishga tayyorgarlik ko’rganlar. Bu jarayonda ular tangridan bo’lajak ovlarining baroridan kelishini tilaganlar. O’ljaga sezdirmay yoki u hadiksiramaydigan tarzda yaqinlashish uchun niqob kiyib, yirtqich hayvon qiyofasiga kirishni, jonivorlar yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan 15 . Ana shunday o’yinlar jarayonida yoshlarga ham ov usullari o’rgatib borilgan. Shu boisdan ham bu o’yinlar o’ziga xos tajriba maktabi vazifasini o’tab bir tomondan, ovchilar mahoratini o’stirishga yordam bergan bo’lsa, ikkinchi tarafdan, ularda ruhiy ko’nikma hosil qilgan 16 . O’rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o’yinlari bo’lgan degan isbotni biz, paleolit davri Sheroboddagi Zarao’t Karamsoyning toshlariga tushirilgan tasvirlardan; miloddan oldingi II–I ming yilliklarda Farg’ona vodiysidagi Saymalitosh g’orlarida aks ettirilgan devoriy rasmlardan va boshqa arxeologik topilmalar toshidagi tasvirlardan topish mumkin. Ularda nafaqat totemlarga sig’inish, balki ov jarayoni, ovdan keyingi shodiyonalik, hayvon niqobi va qiyofasidagi ovchi o’yinlari aks ettirilgan. Ularning ayrimlarini diqqat bilan o’rganilganda ovchilarning xursand va shod qiyofasida bayram elementlarini sezish mumkin. Ovdan keyingi o’yinlar ov muvaffaqiyatli tugagan taqdirdagina uyushtirilgan, deb taxmin qilishimiz mumkin. Chunki, ovdan o’lja bilan qaytishgina xursandchilik, ziyofat uchun imkon yaratgan. Har bir omadli ovdan keyin bunday 15 Тейлор Э. Б. Первобытная культура. – М.: Политздат, 1989. – С. 572. 16 Қўзиқулов И. У. Ибтидоий халқ ўйинлари генезиси / Ўзбекистонда оммавий спортни ривожлантириш муаммолари. Илмий-амалий конференция материаллари. – Namangan, 2000. – Б. 59–60. 12 o’yinlarining an’anaga aylanishi ajdodlarimizda bayram kayfiyatidagi maxsus marosimlarni shakllantira boshlagan. Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga qo’shish (initsiatsiya) marosimi keng tarqalgan. Marosim qat’iy belgilangan qoidalar asosida o’tkazilib, jismonan baquvvat, epchil, chidamli, qurolni yaxshi ishlata oluvchi va ruhan tetik yoshlargina kattalar safiga qo’shib olingan. Bunda har xil jismoniy sinovlar: och qoldirish, terisini shilish, quloq suprasini yirtish, tishini sindirish, tishini egovlash kabi o’nlab sinov shartlari bajarilgan 17 . Initsiatsiyada o’smir tishini qoqib olish, badanini tilish kabi sinovlardan o’tadi. Bunday sinovlar yoshlarni chiniqtirib, mardlarcha, omadsizlik va g’amni yengishga o’rgatadi18 . O’ziga xos “imtihon”dan o’ta olmaganlar esa yoshi katta bo’lishiga qaramay, bolalar guruhi tarkibida qolaverganlar. Ular jamiyat emas, oila a’zosi hisoblanganlar. Aynan initsiatsiya marosimi insoniyat tarixida kurash, yugurish, kamondan o’q uzish, nayza uloqtirish kabi ilk sport o’yinlarining shakllanishida ham muhim o’rin tutgan 19 . O’rta Osiyoning taniqli tarixchisi, etnograf va lingvist olimi Mahmud Qoshg’ariy (X asr) o’zining mashhur “Devonu lug’otit turk” asarida qadimiy o’yinlarning tur va yo’nalishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan. Jumladan, to’piq o’ynaganda suyak berkituvchi kishi to’piqni hamma vaqt yonida olib yurishi shart bo’lib, bir necha oydan keyin bo’lsa ham, hammomda bo’lsa ham, so’ralgan zamoni “mana” deb, ko’rsata olsa o’yinda yutishi mumkinligi to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd etgan. Shuning uchun to’piq osib yurish odat bo’lgan bo’lishi mumkin Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedovlarni “Hikmatnoma” kitobida ham to’piq o’yini haqida quyidagi ma’lumotlar bor: “To’piq suyagini o’yinchilarning biridan so’ralganda, darhol ko’rsatish, aks holda sheriklarining biror shartini bajarishi talab etiladigan o’yin”20 . Yuqoridagi ma’lumotlar bir-biriga juda yaqin va o’xshash. “Turkiy so’zlar devoni”dagi “ol, mening birla topuq ilishdi”, ya’ni u men bilan to’piq otishda 17 Исмоилов Ҳ. Ўзбек тўйлари. – Т.: Ўзбекистон, 1992. – Б. 39. 18 Косвен М. О. Ибтидоий маданият тарихидан очерклар. – Тошкент: Фан, 1960. – С. 139. 19 Тейлор Э. Б. Первобытная культура. – М.: Полиздат, 1989. – С. 573. 20 Ҳикматнома. Ўзбек мақолларининг изоҳли луғати. – Т.: Ўзбекистон, 1990. – Б. 232. 13 otishda bahslashdi. Bu masalada qay birimiz ustaligimizni sinashish haqida talashdik, degan qisqa izohlar mavjud. Yoki “ol, mena chavgan egishdi”– u menga chavgon egishda yordam berdi. Boshqa narsani otishda ham bu so’z ishlatiladi, ya’ni egishur, egishmak sifatida21 .
Do'stlaringiz bilan baham: |