3-MAVZU MEHNAT JARAYONLARI VA UNI TASHKIL ETISH (4-SOAT)
2-AMALIY MASHG’ULOT
Mehnatni tashkil etish: mohiyati va hususiyatlari. “Mehnatni tashkil qilish” tushunchasining paydo bo’lishi. F.Teylorning “mehnatni ilmiy asosda boshqarish” nazariyasi. Hodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taminlashning mohiyati va mazmuni. Ijtimoiy mehnat munosabatlarini tashkil qilish. Insonning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi holati. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Jamiyatda mehnat taqsimotining turlari. Korxonalarda mehnat taqsimotining asosiy ko’rinishlari. Korxonada mehnat kooperatsiyasini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari. Ish o’rni - ishlab chiqarish makonining bir qismi. Ish o’rnini ta’minlash. Ish o’rnilarining bir qator belgilari. Ish o’rinlarini tashkil etish, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish. Xizmat ko’rsatish tizimi. Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish. Mehnat sharoitlari va ularga baho berish. CHet ellarda mehnat faoliyatini tashkil etish va oqilonalashtirish nazariyasining rivojlantirilishi. Mustaqil Hamdo’stlik Mamlakatlarida va O’zbekistonda mehnatni tashkil etish nazariyalarining rivojlanishi.
Qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar: jamoada ishlash, baliq skeleti, keys stadi.
MISOL. Mehnat taqsimoti.
Agar detalьni ishlab chiqarish bo’yicha 5 ishlab chiqarish jarayonlarining davomiyligi 0,5; 1,5; 0,25; 0,75; 1,0 (min) bo’lsa, hamda soatiga 480ta detalь ishlab chiqarilayotgan bo’lsa ishlab chiqarish zanjiridagi ishchilar joylashuvini va ularning umumiy sonini aniqlang.
ECHISH. Davomiyligi bo’yicha eng minimal jarayonning mehnat sig’imi aniqlanadi: 4800,25=120 min. Ishlovchilarning zarur bo’lgan soni 2ta (120:60). Qolgan jarayonlar uchun ishlovchilar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
CHi=ti / tmin
Bu yerda t-vaqt, CH- ishlovchilar soni.
SHunday qilib,birinchi jarayonda 4 kishi,(0,5/0,25 2), ikkinchisida-12ta (1,5/0,252), uchinchisida-2ta, to’rtinchisida-6ta (0,75/ 0,252) va beshinchisida-8ta ishchi (1,0 / 0,252). Jami-32 kishi.
Tekshirish. 480 ta detalning mehnat sarfi 1920 min (4804). 32 ta ishchi ham soatiga 1920 min ishlaydi (320), shunday ekan zanjirimiz to’xtovsiz ishlaydi.
MISOL. Mehnat taqsimoti chegaralarini aniqlash.
Mehnat taqsimoti turlicha bo’lgan sharoitda bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan vaqt sarfi jadvalda keltirilgan. Mehnat taqsimotining iqtisodiy chegarasini aniqlang.
Ko’rsatkich
|
Mehnat taqsimoti shakllari
|
predmetli
|
detalli
|
jarayonli
|
Ish vaqtining summar xarajati
|
15,3
|
13,9
|
16,4
|
Ish vaqtining eng kam summar xarajati mehnat taqsimotining 2-shaklida. SHuning uchun u mehnat taqsimotining iqtisodiy chegarasi hisoblanadi.
MISOL. Agar 1-sida bir oyda bajarilayotgan ishlar mehnat sarfi 4569 norma-soat,2-sida-5860 va 3-sida-2513 norma-soat bo’lsa tsexning o’zaro bog’liq uchastkalarida minimal, biroq yetarli ishchilar sonini hisoblang. Ishlab chiqarish normalari rejasining bajarilishi mos xolda 118, 124 va 111%, bitta ishchining ish vaqti jamg’armasi 176 soat.
Do'stlaringiz bilan baham: |