5.6. Tashkilotni strategik boshqarish
Strategik boshqaruv - bu strategiyani, ya ʼni tashkilotni rivojlanishining
maʼlum bosh yunalishini sifatli ishlab chiqish va uni resurslarni shakllantirish va
ulardan samarali foydalanish, istiqboldagi raqobot afzalliklarini taʼminlash va
maqsadlarga erishish uchun tashqi muhit oʻzgarishlariga adekvat javob qaytarish
asosida amalga oshirish boʻyicha faoliyatdir.
Yana boshqa, O.N. Juchkevich tomonidan berilgan gʻoyatda muvaffaqiyatli
taʼrifni ham keltirish mumkin: strategik resurslarni muvofiqlashtirish va taqsimlash,
hisobga olish va uzoq muddatli istiqbolda raqobot afzalliklariga erishish maqsadida
tashqi muhit omillari oʻzgarishiga adekvat javob qaytarish asosidagi korxona
(firma)ni rivojlanishining sifatan belgilangan yoʻnalishidan iborat boʻladi.
Strategik boshqaruvni dinamik tizim, beshta oʻzaro bogʻlangan boshqaruv
jarayonlarining majmuasi sifatida koʻrib chiqish mumkin. Bu jarayonlar mantiqan
bir birlaridan kelib chiqadilar (yoki keyin keladilar), bunda barqaror teskari aloqa va
har bir jarayonni qolganlariga va ularning majmuasiga taʼsiri mavjud boʻladi.
Strategik boshqaruv tuzilmasi 5.15-rasmda tasvirlangan.
Strategik boshqaruvning dastlabki jarayoni tashkilot muhitini tahlil qilishdir. U
quyidagilarni oʻrganishni koʻzda tutadi:
• makroatrofni (iqtisodiyot va siyosatning holati, huquqiy kenglik, tabiiy muhit
va resurslar, jamiyatni ilmiy-texnik, ijtimoiy-madaniy rivojlanganligi darajasi va h
k.);
• bevosita ishga doir muhitni (xaridorlar, raqiblar, yetkazib beruvchilar va h.k.);
• ichki muhitni (xodimlar, boshqaruvni tashkil qilinishi, ishlab chiqarish,
moliya, marketing, tashkiliy madaniyat va h.k.).
134
5.15-rasm. Strategik boshqaruv tuzilmasi
Shundan keyin tashkilotning missiyasi (vazifalari) belgilaniladi, uning ostida
tashkilotni mavjud boʻlishining maʼnosi va uning boshqa tashkilotlardan farqini,
yaʼni u nima uchun tashkil qilinganligini ochib beruvchi shakllantirilgan tasdiqni
tushunish kerak.
Aniq bir tashkilotning missiyasi odamlarning oʻzlarining faoliyati bogʻliq
boʻlgan har xil guruhlarining maqsadlari va mafaatlarini aks ettiradi. Tashkilotga
uning missiyasini belgilashda manfaatlarini hisobga olish kerak boʻlgan quyidagi
asosiy subʼyektlar taʼsir koʻrsatadilar: tashkilotning mulk egalari, uning xodimlari,
ishlab chiqarilayotgan (sotilayotgan) mahsulotning xaridorlari, tashkilotning ish
boʻyicha sheriklari, mahalliy hamjamiyat, hamda umuman, birinchi navbatda, davlat
idoralari shaxsidagi jamoa. Bunda tashkilot missiyasiga eng kuchli taʼsirni mulk
egalari, xodimlar va xaridorlar (isteʼmolchilar) koʻrsatadi.
F.Kotlerni hisoblashicha, tashkilot missiyasini belgilashda quyidagi beshta
omillarni hisobga olish kerak:
• tashkilotning tarixi, uning jarayonida tashkilotning falsafasi ishlab chiqilgan,
faoliyatning qiyofasi va uslubi, bozordagi oʻrni va h.k. shakllantirilgan;
• mulk egalari va boshqaruv xo dimlari hulkinig uslubi va harakatlari usuli;
• tashqi muhitning holati;
• tashkilot oʻz maqsadlariga erishishi uchun foydalaniladigan resurslar;
• tashkilot ega boʻlgan ajralib turuvchi xususiyatlar.
Bundan tashkari tashkilotning maqsadiy muljallari, faoliyat sohasi,
falsafasi(qadriyatlari va ishonchlari) fao liyatni amalga oshirish imkoniyatlari va
usullari kabi taʼriflarini ham hisobga olish zarur.
135
Shunday qilib, missiya tashqi muhit subʼyektlariga tashkilot nimadan iborat
ekanligi haqida umumiy tasavvur yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, u
tashkilotni faolroq boshqarish uchun korporotiv ruhni va sharoitlarni yaratishga
imkon beradi. Tashkilot faoliyatining umumiy yoʻnalishlari unga koʻra
belgilanadilar.
Bundan keyin tashkilotning strategik maqsadlarini belgilash jarayoni keladi.
Strategik maqsadlar bir birlari bilan birga boʻla oladigan boʻlishlari kerak, yaʼni
uzoq muddatli maqsadlar missiyaga, qisqa muddatlilar esa uzoq muddatlilarga mos
kelishlari kerak.
Tashkilotlardagi maqsadlarni belgilashning asosiy yoʻnalishlari quydagilardir:
foydalilik, bozordagi holat, moliyaviy resurslar, unumdorlik, tashkilotning quvvati,
mahsulotni ishlab chiqarish, texnologiya, insoniy resurslar, xaridorlar bilan ishlash.
Strategik maqsadlarga yana tashkilotni oʻsishining gʻoyatda muhim maqsadlari
kirishi mumkin, ular quydagilardan iborat boʻlishlari mumkin:
- tez oʻsish maqsadi;
- barqaror oʻsish maqsadi;
- qisqartirish maqsadi.
Tashkilotlardagi maqsadlar taʼsir koʻrsatish subʼyektlarining har xil
mafaatlarini hisobga olish bilan belgilanishlari kerak. Bunda hal qiluvchi rol yuqori
rahbarlikka tegishlidir.
Maqsadlarni belgilashning bir necha usullari mavjud: markazlashtirilgan,
markazlashtirilmagan (pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga), aralash tartibdagi.
U jarayon toʻrtta bosqichda bajariladi:
- atrofda kuzatiladigan tendensiyal arni tahlil qilish;
- umuman tashkilotning maqsadlarini belgilash;
- maqsadlar ierarxiyasini qurish;
- shaxsiy maqsadlarni belgilash.
Maksadlar tashkilot, uning boʻlinmalari va aʼzolari uchun qonun statusiga ega
boʻlishlari kerak, ammo ular oʻzgarishlari mumkin.
Keyinchalik strategiyani tanlash amalga oshiriladi. Bunda maxsus usullar
yordamida tashkilot qanday qilib oʻz maqsadlariga erishishi va oʻz missiyasini
amalga oshirishi belgilanadi, yaʼni uning faoliyatining soha, vositalar va shakl kabi
tomonlarini rivojlanish yoʻnalishlari belgilanadi.
Strategiyani tanlanishi tashkilot tomonidan kelajakda uni faoliyat yuritishiga
nisbatan qanday qaror qabul qilinishiga bogʻliqdir: belgilanggan biznesni toʻxtatish
yoki davom ettirish, yoki biznesning boshqa turi bilan shugʻullanish.
Bunda korxo na asosiy yoʻnalishlarni belgilaydi:
- xaraj atlarni kamaytirishda yetakchilik;
- mahsulotni ishlab chiqarish (sotishda)da ixtisoslashish;
- bozorning maʼlum segmentini qayd etish.
Biznesni rivojlanishi etalonli strategiyalarining bir necha guruhlari mavjud.
Birinchisiga jamlangan holda oʻsish, ikkinchisiga integratsiyalangan holda oʻsish,
uchinchisiga diversifikatsiyalangan holda oʻsish, toʻrtinchisiga qisqartirish
strategiyasi kiradi.
136
Strategiyani ishlab chiqarishda korxona joriy strategiyani belgilab olishi va
mahsulot partfelini tahlil qilib chiqishi zarur. Strategiyani tanlash korxonaning
maqsadlari, rahbarlarning
manfaatlari, resurslar,
xodimlarning
malakasi,
tashkilotning tashqi muhitga bogʻliqligi kabi omillar tomonidan asaslangan.
Shundan keyin tanlab olingan strategiyaning baholash amalga oshiriladi (uning
strategiyani amalga oshirish imkoniyatini belgilab beruvchi asosiy omillarni
tanlashda hisobning toʻgʻriligi va yetarligini tahlil qilish koʻrinishida). Tanlab
olingan strategiyani baholashning barcha tadbirlari bitta narsaga boʻysundiriladi: u
firma tomonidan oʻz maqsadlariga yetishishiga olib keladimi? Agar ha boʻlsa,
bundan keyingi uni baholash quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
- tanlangan stradegiyani atrofdagilarning holati va talabiga mos kelishi;
- tanlangan strategiyani firmaning salohiyati va imkoniyatlariga mos kelishi;
- strategiyaga kiritilgan xatarni qabul qilsa boʻlishligi.
Shuni taʼkidlash kerakki, yirik va oʻrta koʻp tarmoqli kompaniyalarda
koʻpincha biznesning strategik birligi - (BSB) deb ataluvchi ajratiladi. Bu bozorning
bir yoki bir necha segmentlardagi strategiyani ishlab chiqish va baʼzida esa amalga
oshirish uchun javob beruvchi firma ichidagi tashkiliy birliklardir. Ushbu ish
kompaniya mahsulotlari portfelini tahlil qilish, keyin bozorni segmentlarga boʻlish,
tovarlarni pozitsiyalarga joylashtirishdan boshlanadi. BSB baʼzan ishlab chiqarish
birliklaridan farqlanadilar, ular ham bir va ham oʻxshash ehtiyojlarini
qonoatlantiruvchi bir necha mahsulotlarni qamrab olishlari mumkin. Kompaniyalar
koʻpincha xoʻjalik boʻlinmalari koʻrinishidagi BSBni tashkiliy rasmiylashtirishl ari
mumkin.
Keyin quyidagi masalalarni hal qilishga qaratiladigan strategiya bajarilishi
kerak:
• nisbiy mazmun tashkilot amalga oshiradigan strategiyaga mos kelishi uchun
maʼmuriy vazifalar orasidagi ustivorlikni belgilash;
• korxona faoliyatini strategiyani bajarishga qaratish uchun tanlangan strategiya
va tashkilot ichidagi jarayonlar orasidagi moslikni belgilash;
• yetakchilik uslubi va tashkilotni boshqarishga yondoshuvni tanlash va uni
amalga oshirilayotgan strategiya bilan moslikka keltirish.
Bu vazifalar strategik deb ataluvchi oʻzgarishlar vositasida hal qilinadilar.
Oʻzgarishning zarurligi va darajasini belgilab beruvchi asosiy omillar holatiga
(soha, tashkilot, mahsulot, bozorning holatiga) koʻra oʻzgarishlarning toʻrtta turini
ajratish mumkin:
- tashilotni qayta qurish - tashkilotning missiyasi va madaniyatiga taʼsir
koʻrsatuvchi asosli oʻzgarishlarni koʻzda tutadi. Tashkilot oʻzining sohasi va shunga
koʻra mahsuloti va bozordagi oʻrni oʻzgartirilganda vujudga keladi. Bunda yangi
tashkiliy madaniyat yaratiladi, texnoligik soha va ishchi kuchlari bozorida katta
oʻzgarishlar sodir boʻladi;
- tashkilotni keskin oʻzgartirilishi - agar tashkilot sohasini oʻzgartirmasayu,
amma unda keskin oʻzgarishlar (madaniyatlarni birlashishi, yangi mahsulotlar va
bozorlarni oʻzlashtirish) sodir boʻlsa, u strategiyani bajarish bosqichida oʻtkaziladi
va tashkilot ichidagi oʻzgarishlarni talab qiladi;
137
- oʻrtacha oʻzgarish tashkilot yangi mahsulot bilan bozorga chiqqan va unga
xaridorlarni jalb qilgan vaqtida amalga oshiriladi. Bunda oʻzgarishlar ishlab
chiqarish jarayoni va marketingga tegishli boʻladi;
- odatdagi oʻzgarishlar - tashkilot mahsulotiga shoʻbaiqishni qoʻllab quvvatlash
maqsadida marketing sohasida oʻzgarishlar oʻtkazish bilan bogʻliq.
Tashkilotni oʻzgarmasdan faoliyat yuritishi u bittagina stategiyani
oʻzgartirmasdan amalga oshiralayotgan vaqtda sodir boʻladi.
Strategik oʻzgarishlar tashkilotning barcha tomonlariga taʼsir koʻrsatishlari
sababli, tuzilma xarakterga ega boʻlishlari kerak. Ammo tashkilotning ikkita kertik
joyi borki, ular boʻnday oʻzgartirishlarni oʻtkazishga asos buladilar, bular tashkiliy
tuzilma va tashkiliy madaniyatdir.
Strategiya tashkiliy tuzilmani tanlashda muhim taʼsir koʻrsatadi. Uning tahlili
quyidagilarni aniqlashga qaratilgan:
• mavjud tashkiliy tuzilma tanlangan strategiyani tanlashga qanday darajada
kumaklashadi yoki halaqit qiladi;
• agar zarur boʻlsa, tashkiliy tuzilmada qanday oʻzgarishlarni oʻtkazish kerak;
• strategiyani amalga oshirish jarayonidagi maʼlum vazifalarni hal qilish
boshqaruvning qanday darajasiga yuklanishi kerak.
Tashkilot aʼzolarining harakatini yoʻnaltiruvchi koʻzga koʻrinmas dastakl arni
oʻrnatuvchi tashkiliy madaniyat mohiyati boʻyicha tashkilotning qalbi boʻladi.
ushbu tashkilot tashqi taʼsirlarga javob qaytarishi kerakligi va mumkinligi,
tashkilotda oʻzini qanday tutish kerakligi, tashkilotni fao liyat yuritishining maʼnosi
nimadan iboratligiga nisbatan barqaror meʼyorlar, tasavvurlar, tamoyillar va
ishonchlardan vujudga keladi. Strategiyani amalga oshitish bosqichida uning
tashkiliy madaniyatini oʻzgartirish, uni tanlangan strategiyaga moslashtirishga
asosiy harakatlarni yoʻnaltirish kerak. Bu kattagina qiyinchiliklardan iborat boʻladi.
Shuning uchun strategiyani belgilash bosqichidayoq uni bajarishda tashkiliy
madaniyatni oʻzgarishi bilan qanday qiyinchiliklar vujudga kelishini koʻproq
hisobga olish va tashkiliy madaniyatni oʻzgartirish boʻyicha atayin bajarib
boʻlmadigan harakatlarni bajarishni talab qilmaydigan strategiyani tanlashga
harakat qilish zarur.
Shuning bilan birga strategiyani bajarish bosqichida yana tashkilot resurslari va
uning insoniy salohiyatini shakllantirish va jalb qilish talab qilinadi.
Bu jarayon tashkilotning resursli salohiyatidan foydalanish mexanizmi amalga
oshirilayotgan sartategiya bilan moslashtirishdan boshlanadi. Bu faoliyatning asosi
tashkilot resurslarini strategiyaning alohida tashkil qiluvchilari boʻyicha tavsimlash
va hammadan avval ularni vaqt boʻyicha toʻgʻri taqsimlashdan iboratdir. Rahbariyat
tashkilot moliyaviy resurslarini bunday taqsimlanishini tashkil qilishi kerak, bunda
hamma vaqt ham kerakli paytda zaruriy pul mablagʻlari boʻlsin. Buning uchun pul
mablagʻlaridan foydalanishning stategik muljallarini belgilash kerak, ular qanday
maqsadlarda xarajatlarni amalga oshirish mumkinligi va qayerga pullarni kiritish
kerak emasligini qayd etadilar.
138
Bajarish bosqichida maʼlum vazifalarni hal qilish va vazifalarni bajarish uchun
tashkilot alohida qismlarining pul mablagʻlariga ehtiyojlarini tahlil qilishi va pul
mablagʻlarini taqsimlanishidagi ustivorliklar belgilashi kerak.
Resurslarni taqsimlash uchun foydalaniladigan asosiy qurol byudjetni tuzish va
undan foydalanish boʻladi, u nafaqat pul mablagʻlariga, balki zaxiralar, kapital
mablagʻlar, sotishlar va x.k ham tegishlidir.
Resurslarni jalb qilish jarayoni resurslarni samarali taqsimlash bilan bir qatorda
sarmoyalarni kelib tushish manbalarini baholash va ularni saqlab qolishni ham
koʻzda tutadi.
Strategik boshqaruvda asosiy rol tashkilotning rahbariyatiga, hammadan avval
uning yuqori darajasiga tegishli boʻladi, u nafaqat uning strategiyasini belgilashi,
balki tashkilot resurslarini safarbar qilgan holda, kerakli oʻzgarishlarni oʻtkazishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |