Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


 Menejment va korporatsiyalarning innovatsion strategiyalari



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/28
Sana19.04.2023
Hajmi1,23 Mb.
#930184
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish (1)

 
5.9. Menejment va korporatsiyalarning innovatsion strategiyalari 
Maqsadga qaratilgan innovatsion fao liyat korporatsiyalar samaradorligining 
muhim omiliga aylanganlar. Ushbu omilning rolini, xususan uning menejerlik 
"hulqi"ga taʼsirini tahlil qila turib, tadqiqotchilar har xil innovatsion strategiyalarni 
belgilaydilar 
1. Anʼanaviy. Firma ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini 
oshirishdan boshqa hech nimaga intilmaydi. Bunday strategiyada uzoq muddatli 
kelajakda bu firma oldin texnik-texnologik, keyin esa iqtisodiy jihatdan orqada 
qolishiga toʻliq kafolat bor. 
2. "Opportunistik". Firma tadqiqot qilish va ishlab chiqishga judayam katta 
xarajatlarni talab qilmaydigan, ammo u bilan belgilangan vaqt davomida yakka 
holda mavjud boʻlish mumkin boʻlgan mahsulotni qidirish bilan band. Bunday 
"teshiklar"ni qidirish va ulardan foydalanish bozordagi vaziyatni yaxshi bilish, 
texnik-texnologik rivojlanish va moslashuvchanlik qobiliyatining yuqori darajasini 
taqazo qiladi. Ammo bu holda yakka hukumronlik holatini tez yoʻqotish xavfi 
yuqori darajada. 
3. Imitatsion (taqlidli). Yangi texnologiya boshqalardan, masalan, 
litsenziyalarni sotib olish yoʻli bilan xarid qilinadi. Litsenziya shaxsiy ishlamalar, 
yangi kashfiyotlarga nisbatan ancha arzon, tezroq xarid qilinadi va ishonchli harakat 
qiladi. Bu shoshilich strategiya, ammo kashfiyotni moslashtirish, uning asosida 
noyob mahsulot yaratish uchun yuqori darajadagi maxsus malaka va erishilgan 
darajani qoʻllab quvvatlash boʻyicha tadbirlarning butun bir majmuasi zarur. 
4. Mudofaaviy. Firmada tadqiqotlar va ishlab chiqishlar yetakchi oʻrinlarni 
egalashga daʼvolarsiz olib boriladi. Ularning maqsadi texnik- texnologik rivojlanish 
sohasida boshqalardan orqada qolmaslik va imkoni boʻlsa ishlab chiqarishning 
texnik darajasini oshirishdan iboratdir. Bu firmaning oʻrnini yoʻqotilishini bartaraf 
qilmaydigan, gʻoyatda koʻp xarajat qilinadigan strategiyadir. 
5. Bogʻliq. Bu kichik firmalarning strategiyasi, ularga yirik korporatsiyalar 
ishlab chiqarish uchun yangi mahsulotlarni va ishlab chiqarish usulini topshiradilar. 
6. Hujumkor. Bu holda firmaning maqsadi - bozorda birinchi boʻlish. Bu 
strategiya yuqori malaka va katta tashkiliy ishni talab qiladi, ammo uning koʻpgina 
afzalliklari bor. Uning uchun quyidagilar zarur: 
a) yaxshi tashkil qilingan, samarali innovatsion jarayon; 


152 
b) novator-ijodkorlarning mavjudligi, 
d) yangi gʻoyalarga moyil, noanʼanaviy fikr yurituvchi rahbariyat, 
e) tavakkalchilikni taqsimlash imkoniyati, 
g) bozorni yaxshi bilish ,marketingni tashkil qilish. Rivojlanishning 
boshlangʻich bosqichida firma, qoidaga koʻra, hujumkor strategiya tanlashi mumkin 
emas. Anʼanaviy turdagi strategiya haqiqiyroq boʻladi. Keyin oʻzgalarning 
rivojlanishi natijalaridan foydalanuvchi imitator holatidan shaxsiy ijodiy 
imkoniyatlarga asoslangan hujumkor strategiyaga qanchalik tez oʻtish firmani 
rivojlanishi, uning rahbariyatiga bogʻliq. 
Hujumkor innovatsion strategiya alohidagi, bir martali innovatsiyaga emas, 
balki innovatsiyalarning bir qator seriyasiga asoslanadi. U qisqa muddatli yoki 
oʻrtacha muddatli manfaatlarni amalga oshirishni emas, balki uzoq muddatliroq 
maqsadlarga erishishni moʻljallaydi. Bu strategiya murakkab boshqaruv vazifasidan 
iborat boʻladi, katta tavakkalchilik va "katta qiyinchiliklar" bilan birga boradi, ammo 
izchil amalga oshirilganda u juda katta yutuqlarga olib kelishi mumkin. Xuddi 
shunday strategiya dinamik texnik rivojlanishning zamonaviy shartlariga eng yaxshi 
tarzda javob beradi. 
Uni tanlab, firma "texnologik uzilish"ni muvaffaqiyatli bartaraf qilish 
imkoniyatiga ega boʻladi. 
S-simon egri chiziq mahsulot yoki texnologik jarayonni yaxshilash bilan bogʻliq 
xarajatlar va mablagʻlarni kiritishdan olingan natijalar oʻrtasidagi bogʻliqlikni aks 
ettiradi. Texnologiyalarni takomillashtirish va firmaning muvaffaqiyatlari 
oʻrtasidagi aloqa qanday? Muvaffaqiyat avval sekin vujudga keladi, keyin esa 
surʼatni oladi, tezlashadi, ammo keyin muqarrar ravishda yoʻqqa chiqadi, 
 
texnologiya inqirozga uchraydi. Firmalarga texnologik chegarani bilish va 
yangi texnologiya oʻz vaqtida oʻtish muhimdir. "Texnologik uzilish" - bu bitta 
texnologiyadan sifatan boshqasiga (yoki bitta mahsulotdan ushbu ehtiyojni 
qanoatlantiruvchi sifatan boshqa mahsulotga) oʻtish davrlaridir. Ilmiy-texnik 
inqilobning hozirgi zamon bosqichi 
kelishi bilan yuqori rivojlangan 
mamlakatlarning 
firmalari, 
P.Drakerning 
soʻzlariga 
koʻra, 
"uzliksizning 
uzilishi 
asriga" 
oʻtadilar, texnologik uzilishlarning 
tezligi oshadi. Raqobatning yangi 
sharoitlari vujudga keladi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish