143
Boshqaruvning samaradorligi - bu boshqaruv fao liyatining natijalari va bunda
amalga oshirilgan xarajatlar (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslarni
foydalanish)ning oʻzaro munosabati va oʻzaro hamkorligini aks etuvchi murakkab
kategoriyadir. Boshqaruv jarayonining vazifaviy roli - uni rivojlanishining darajasi
va dinamikasini, boshqaruv jarayonining sifatli
va miqdorli tomonlarini aks
ettirishdir.
Menejmentning samaradorligi - koʻp qirrali kategoriyadir. U iqtisodiy, ijtimoiy
va boshqa hodisalarning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Boshqaruvning samaradorligi bir qator omillarning taʼsiri ostida shakllanadi,
ularni quyidagi alomatlar boʻyicha tasniflash mumkin.
Mazmuni boʻyicha tashkiliy, iqtisodiy , ijtimoiy-psixologik, texnik, fiziologik
omillar ajratiladilar.
Taʼsir koʻrsatish shakli boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri va vositali omillar
farqlanadilar. Birinchilar boshqaruvning samaradorligiga bevosita, ikkinchilar -
vositali taʼsir koʻrsatadilar.
Taʼsirning davomiyligi boʻyicha taʼsiri uzoq vaqt davom etmaydigan omillar
va taʼsiri uzoq vaqt davom etadigan omillar ajratiladi. Bunda bir xil omillar
menejmentning samaradorligi bilan toʻgʻridan toʻgʻri, boshqalari - teskari bogʻlanish
bilan bogʻlangandirlar.
Taʼsir koʻrsatishning xarakteri boʻyicha intensiv va ekstensiv omillar ajratiladi.
Birinchilar ichki resurslar, yaʼni boshqaruv xodimlari
mehnatini tashkil qilishni
takomillashtirish va uning sharoitlarini yaxshilash, boshqaruv xodimlarini
malakasini oshirishni safarbar qilish hisobiga menejmentning samaradorligini
oshishini taʼminlaydilar. Ikkinchilar koʻshimcha resurslarni jalb qilish, boshqaruv
xodimlarining sonini oshirishni koʻzda tutadilar.
Sanab oʻtilgan omillarning har biri boshqaruv tizimiga oʻzicha alohida, hamda
boshqalar bilan birgalikda taʼsir koʻrsatishi mumkin. Birgalikdagi ijobiy taʼsir
koʻrsatishda ular menejmentning samaradorligini ancha oʻsishini taʼminlaydilar
(sinergetik samara hisobiga), salbiyda esa uni pasaytiradilar. Menejmentning roli
koʻrsatib oʻtilgan omillarga rejali taʼsir koʻrsatishdan iboratdir.
Samaradorlikni
oʻsishi tashkilotning barcha darajalaridagi doimiy boshqaruv faoliyatning obʼyekti
boʻlishi kerak.
Tashkilotning boshqaruv tizimini samarali faoliyat yuritish uning har bir
elementi(tashkiliy tuzilma, xodimlar, boshqaruv usullari va jarayonlari, hujjatlar ayl
anishi va h.k.) uning oldiga qoʻyilgan oʻziga xos talablarga javob berishini koʻzda
tutadi. Bunday tashqari, u umuman boshqaruv tizimi, uning maqsadlari va
vazifalariga, hamda tizimning u bevosita bogʻliqlikda boʻlgan elementlariga mos
keladi.
Bundan tashqari hozirgi sharoitlarda tashkilotlarni,
ayniqsa tijorat
tashkilotlarini boshqarishning samaradorligiga ularning tashqi muhitining holati
muhim va borgan sari oʻsib boruvchi taʼsir koʻrsatadi.
Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligi boshqaruv munosabat- larining
iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi. Bu, mohiyati boʻyicha, olingan iqtisodiy natijalar
144
va boshqaruv faoliyatining oʻzgaruvchan miqdorlar (koʻrsatkichlar)da aks ettirilgan
qilingan xarajatlari (foydalanilgan resurslar)ning nisbatidir.
Umimiy koʻrinishda iqtisodiy samaradorlik (Eu)ni quyidagi formula bilan aks
ettirish mumkin:
Ru
Eu =
Zu
bu yerda Ru - boshqaruv tizimini faoliyat yuritishining nitijasi (natija beruvchi
tashkil qiluvchi);
Zu - boshqaruvga xarajatlar yoki resurslardan foydalanishning hajmi (xarajatli
yoki resursli tashkil qiluvchi).
Ushbu yondoshuvdan foydalanish hammadan avval, birinchi, boshqaruv
samaradorligining natija beruvchi tashkil qiluvchisini, yaʼni
bu faoliyatning
natijalari, uning mahsulotini belgilashni taqozo qiladi. Ammo uni sof holda ajratish,
toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchovini amalga oshirish amalda mumkin emas. Faqat doimiy
ravishda bir turli va meʼyorlanadigan mehnat operatsiyalari bilan band boʻlgan
texnik xodimlar va baʼzi bir mutaxassislar faoliyatining mahsulotini xuddi shunday
oʻlchash mumkin. Toʻgʻri chiziqli va vazifaviy rahbarlar, koʻpgina mutaxassislar
hamda umuman boshqaruv tizimi faoliyatining natijalari haqida esa sarflangan
mehnatning miqdori yoki qayta ishlangan axborotlarning hajmi buyicha fikr yuritish
mumkin emas. Gap shundaki, ular oʻziga xos ashyoviy natijalar shaklida
boʻlmaydilar. Boshqaruv boʻyicha mehnatning shaxsan
yakuniy mahsuloti deb
boshqaruv qarorlarining majmuasini, ammo axborotli qarorlarni emas, amalga
oshirilgan, yaʼni ijrochilar tomonidan amalga oshirilgan qarorlarni hisoblash
mumkin. Bunda boshqaruv idoralarining qarorlari ilmiy asoslagan va iqtisodiy
ehtiyojlarni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan deb faraz qilinadi. Buning ustiga,
boshqaruv boʻyicha faoliyat natijalari koʻpincha boshqaruv boʻyicha
mehnat
sarflangan paytdan va joydan vaqtda va masofada ajratilgandirlar. Ular faqat
pirovarida boshqaruv tizimini fao liyat yuritishi natijalaridan ajratilmaganlar.
Shunday qilib, boshqaruv faoliyatining natijalari faqat vositali ravishda
tashkilot, boʻlinma faoliyati natijalarida namoyon boʻladilar. Bunda ana shundaylar
sifatida faoliyatning yakuniy koʻrsatkichlari yoki tashkilot faoliyati iqtisodiy
samaradorligining koʻrsatkichlari: yalpi daromad, foyda, rentabillik darajasi, ishlab
chiqarishning hajmi, tovar aylanishi va boshqalar koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda
foydani tashkilot faoliyatining yakuniy natijasini aks ettiruvchi sifatida ilgari
surilishi, qolgan natijalarni avtomatik ravishda ikkinchi oʻringa suradi. Koʻrsatib
oʻtilgan natijalarni oshirishga yoʻnaltirilgan boshqaruv faoliyati boshqaruv
tizimining iqtisodiy samaradorligini yaxshilashga yordam beradi.
Tashkilot boshqaruvining ikkinchi, xarajatli tashkil
qiluvchisi boshqaruv
jarayonida foydalaniladigan boshqaruv tizimini ushlab turilishi va faoliyat
yuritishini taʼminlovchi tegishli mehnat, moddiy va moliyaviy xarajatlar yoki
resurslardan iborat boʻladi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish(tijorat) bilan toʻgʻridan
toʻgʻri bogʻlanmaganlar va boshqaruv xarajatlari sifatida boʻladilar. Boshqaruvga
yigʻma xarajatlar ishlab chiqarish (tijorat) xarajatlarining bir qismi boʻladilar.
145
Boshqaruvga xarajatlar obʼyektiv ravishda u yoki bu aniq subʼyekt tomonidan
amalga oshiriladigan boshqaruv vazifalarining mazmuni, hajmi, koʻlami, boshqaruv
mehnatini ilmiy tashkil qilinganligi darajasi, boshqaruv
jarayonlarini amalga
oshirish texnologiyasi, xoʻjalik rahbarlarining mahorati va boshqalar bilan
belgilanadilar. Ular tashkilot fao liyatining natijalariga katta taʼsir koʻrsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: