Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etishning nazariyhuquqiy asoslari Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tib borishda aylanma mablag‘lar muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, pul muomalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustahkamlashning asosiy yo‘llaridan biri ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i energiya va boshqa resurslardan to‘g‘ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash, iqtisodlilik tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuni ta’kidlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini ta’minlash va oshirish avvalambor aylanma mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berish tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni asosida va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Tijorat banklari tomonidan kreditlar o‘z kapitaliga, mustaqil balansiga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga beriladi. Bundan tashqari kreditlar yuridik maqomiga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish uchun ham ajratiladi. Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, ularning mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, shartnoma. asosida qisqa (12 oygacha beriladigan kreditlar) va uzoq (1 yildan oshiq muddatga beriladigan kreditlar) muddatli kreditlar beradilar. Kreditlar asosan mijozning asosiy hisob-kitob hisobvarag‘i joylashgan tijorat banki tomonidan beriladi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy beqarorlik, xo‘jasizlik va zararlarni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning asosiy turi bo‘lib bank krediti, ya’ni tijorat banklari tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko‘rinishdagi kreditlar hisoblanadi. Kredit munosabatlari yuzaga kelishi uchun uning obyektlari va subyektlari bo‘lishi lozim. Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining subyekti bo‘lib, banklar hamda xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, kreditlash jarayonida kredit munosabatlarining subyektlari bir tomondan kredit beruvchi va ikkinchi tomondan kredit oluvchi sifatida qatnashadilar. Kreditorlar bo‘lib, o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar. Qarz oluvchi − o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini oluvchi tomondir. Bank kreditiga kelsak, kredit munosabatlarining subyektlari bo‘lib, albatta, kredit beruvchi bank va qarzdor bo‘lib turli yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar. Kreditning bu turi asosan banklarning jalb qilingan mablag‘lar bilan ishlashi bilan bog‘liq. O‘zida jalb qilingan mablag‘larni ehtiyoji borlarga qayta taqsimlash orqali banklar kreditor sifatida faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida xususiy, davlat, jamoa va kollektiv mulkchiligiga asoslangan korxona va tashkilotlar tuzilishi hamda faoliyat ko‘rsatishiga huquqiy asoslar yaratildi. Shu bilan birgalikda, aralash mulkchilikka asoslangan korxonalar ham ochilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘ldi. Ayniqsa, hukumat tomonidan xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, ularni xususiylashtirish va banklar faoliyatini erkinlashtirish sharoitida kredit munosabatlari subyektlarining ko‘lami oshib bormoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, kreditlash tarkibini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Kreditlash obyekti − bu qarzga olingan pul yoki tovar shaklidagi moddiy boyliklardan iborat. Uch bazaviy element (kreditlash subyekti, obyekti va ta’minoti) umumlashgan holda kreditlash tizimi sifatida harakat qiladi. Lekin boshqa tomondan yondashadigan bo‘lsak, kredit ta’minotsiz ham ajratilishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan firma, joriy moliyaviy kiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha bu kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas. Yana bir misolda ko‘rishimiz mumkin, bir korxon kelajagi juda samarali, istiqbolli va foydali bo‘lgan loyihani bankka taqdim etib, bu loyihani moliyalash uchun kredit so‘rashi mumkin. Bank ushbu loyiha istiqboliga amin bo‘lib, yuqori foyda olish maqsadida kredit berishi mumkin.
Endi kreditlash subyektiga yana qaytadigan bo‘lsak, qarz oluvchi bo‘lib mulkchilik turidan qat’iy nazar, bank ishonchini qozongan, ma’lum moddiy va huquqiy kafolatlarga ega foiz to‘lash va kreditni o‘z vaqtida qaytarishga rozi bo‘lgan subyektlar bo‘lishi mumkin. Kreditlash subyektlariga yanada aniqroq yondashadigan bo‘lsak ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin: —davlat korxona va tashkilotlari; —kooperativlar; —ishlab chiqarish subyektlari va savdo tashkilotlari; —yakka mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, fermerlar, mikrofirmalar, shirkatlar, birlashmalar; —boshqa banklar; boshqa xo‘jaliklar xususan bukumat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, qisqa muddatli kreditlarni yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tadbirkorlar ham olishlari mumkin. Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faroliyat ko‘rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, banklar banklararo kreditlarda qarz oluvchi subyekt sifatida ham faoliyat ko‘rsatadilar.
Kredit subyekti, obyekti, ta‘minoti, kreditlash metodlari va usullari, kredit monitoringini yuritish va boshqalar kredit mexanizimini tashkil etadi va ular kreditlash mexanizmining asosiy elementlari hisoblanadi. Albatta, kredit mexanizmining mohiyatiga turlicha yondashuvlar mavjud, lekin shu bilan birga, yuqorida keltirilgan elementlar kredit mexanizmining asosini tashkil etadi. Kredit munosabatlarini o‘rnatishda mazkur elementlarning qaysi biridir muhim ahamiyatni o‘zida mujassamlashtirishi va kreditorning qaror qabul qilishida hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kompaniya yoki firma, joriy faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha unga kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas. Qishloq xo‘jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik xarajatlari; mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni kreditlashadi. Umuman olganda, qisqa muddatli kreditlar quyidagi 3ta asosiy obyektni kreditlashga yo‘naltiriladi: – Tovar-moddiy boyliklar; – Ishlab chiqarish xarajatlari; – Hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar. Uzoq muddatli kreditlar quyidagi kreditlash obyektlariga yo‘naltirilishi mumkin:
− ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun; − ishlab chiqarish obyektlarini qaytata’mirlash, texnik qurollantirish va kengaytirish uchun; − texnikalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotib olish uchun; − yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun; − noishlab chiqarish sohasidagi obyektlarni qurish va hokazo. Ko‘rinib turibdiki, kreditlarning turlariga qarab ularning kreditlash obyekti va subyekti farqlanadi. Masalan: — tijorat kreditida − kreditlash obyekti tovar hisoblanib, subyekt esa sotuvchi bilan xaridor hisoblanadi; — bank kreditida yuqorida ko‘rib chiqqan barcha obyektlar boiishi mumkin; — iste’mol kreditida − kreditlash obyekti iste’mol tovarlari hisoblanadi; — xalqaro kreditda − kreditlash subyekti bo‘lib asosan davlatlarlar va xalqaro moliya tashkilotlari hisoblanadi va hokazo. Tijorat banklarida kreditlash jarayoni beshta tamoyil asosida amalga oshiriladi: 5. Kreditning maqsadliligi. 6. Kreditning muddatliligi.. 7. Kreditning qaytaruvchanligi. 8. Kreditning ta’minlanganligi. 9. Kreditning to‘lovliligi. Kredit iqtisodiy munosabatlarni belgilangan tizimi sifatida boshqa pul munosabatlaridan farq qiladi, ya’ni pulning xarakati qaytarib berish sharti bilan amalga oshiriladi. Banklar tomonidan kreditlar albatta ma’lum bir maqsad uchun ajratiladi. Masalan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vosita xarid qilish, ish haqi to‘lash va boshqalar uchun ajratiladi. Kredit so‘ralayotgan maqsad va uning samaradorligi darajasi kredit olish uchun taqdim etiladigan biznes rejada o‘z aksini topadi. Bank tomonidan ushbu reja va unda aks ettiriladigan maqsad hamda uning samaradorligi kreditning belgilangan muddatida qaytishiga to‘liq ishonch hosil qilingandagina kredit ajratish uchun qaror qabul qilinadi. Kreditning muddatlilik tamoyili, qaytarishlik tamoyili bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag‘larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgan kredit resurslarining bo‘sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz oluvchining mablag‘- larga bo‘lgan vaqtinchaiik ehtiyojlarining muddatiga bog‘liq. Qaytaruvchanlik tamoyili kreditning mazmunini ifodalab, bank tomonidan mijozlarga beriladigan har bir so‘m pul mablag‘lari yana bankka qaytarilishi lozim. Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida mablag‘larning uzluksiz doiraviy aylanishi hisoblanadi. Qaytaruvchanlik kreditning ajralmas atributi hisoblanadi. Kreditning sanab o‘tilgan tamoyillari uning qaytaruvchanligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kreditning keyingi tamoyili − kreditning ta’minlanganligidir. Bunda kreditning ta’minlanganligi kredit berilishiga asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar zaxiralari, ko‘chmas mulki yoki ishlab chiqarish 13 xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi, Bu o‘z navbatida kreditni o‘z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi. Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning samaradorligini ta'minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.MakNoton rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biri kreditlarni garov ta'minoti asosida berishni odatiy hol sifatida qabul qilishdir, degan xulosaga keldi. Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida olinadigan mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga yetishi lozim. Bizning fikrimizcha, olimning mulkni davriy baholash to‘g‘risidagi fikri respublikamiz amaliyoti uchun ham juda muhim hisoblanadi. Chunki mulklarning joriy bahosini tez-tez o‘zgarish holati mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotiga xos bo‘lgan holat hisoblanadi. Ssudaning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun kredit shartnomasiga ko‘ra qarz oluvchi garovga ma’lum qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni qo‘yib rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari ko‘riladi. Kredit miqdori garovga qo‘yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80 foizigacha miqdorida beriladi. Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kredit uchun haq to‘lash yoki foizlilikdir. Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi korxona o‘z ehtiyoji uchun kreditga olgan pul mablag‘laridan vaqtincha foydalanganligi uchun bankka belgilangan haqni to‘lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Yuqoridagi 5 ta tamoyil asosida kreditlar mijozlarga taqdim etiladi va ularning nazorati, monitoringi amalga oshiriladi. Banklarning kreditlashini tashkil qilish turli me'yoriy-xuquqiy hujjatlarga, ya’ni davlatimiz qonunlari, prezident qaror va farmonlari Markaziy bank nizomlari va boshqa qonunosti hujjatlariga asoslanadi. Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6-maydagi PQ-2344-son Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida» 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli qarori bilan tijorat banklariga kredit portfeli tarkibidagi uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashtirish ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lash yuzasidan berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi. Imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‘armasining resurslari hisobidan berilgan kreditlar orqali tijorat banklari oladigan daromadlari, bo‘shayotgan mablag‘larni mazkur Jamg‘arma resurslarini oshirish uchun maqsadli yo‘naltirish sharti bilan, foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktyabrdagi 329-B va 98-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 2527-sonli “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan: Davlat maqsadli jamg‘armasi - O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi; Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi - davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga ajratiladigan mablag‘lar; Qarz oluvchilar (qarzdor) - yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari e'tirof etilgan. Mikrokreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik, shuningdek maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
2.
Bugungi kunda bank tizimi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda.
Mamlakatimizda bank-moliya tizimini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilashga, shuningdek tijorat banklarining iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’lishiga hamda ularning yirik investitsiya institutlariga aylanishiga alohida e’tibor berilmoqda. CHunki mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan bank-moliya tizimining samarali faoliyatiga bog’liqdir.
O’zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning nafaqat jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishiga, balki banklar faoliyatida muhim va sifat o’zgarishlarga erishish, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko’rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini berdi.
Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Bunda, ayniqsa, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Agar raqamlarga murojat qilsak, so’nggi 6 yil ichida bank tizimining umumiy kapitali 4,4 barobardan ziyodroqqa o’sdi. 2013 yilning o’zida tijorat banklari umumiy kapitali 25 foizga ko’paydi. Bu davrda bank ustav kapitalini oshirish maqsadida 534,5 mlrd. so’mlik bank aktsiyalari investorlar o’rtasida joylashtirildi.
SHuni takidlash joizki, respublikamizda yirik banklarning kapitallashuv darajasini oshirish ko’pgina xorij mamlakatlari amaliyoti bo’yicha asosan banklarning likvidlik ko’rsatkichini saqlab turishga emas, balki banklarning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarning ustuvor yo’nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish qaratildi.
Banklarning kapital etarliligi darajasiga kelsak, bu ko’rsatkich ham bir necha yildirki, 24,3 foizni tashkil etib, umum qabul qilingan xalqaro standart (8 foiz)dan uch barobar ziyoddir. Bank tizimi likvidliligi esa 65 foizdan ziyodga etdi («yuqori» indikator bahosi – 30 foiz). Bank tizimining «xavfsizlik yostig’i (zaxirasi)» oxirgi 4 yilda qariyb 3 barobarga o’sdi va 2 mlrd. AQSH dollaridan ortiqni, shuningdek, aktivlar miqdori ularning jami majburiyatlaridan 1,6 barobardan ziyodroqni tashkil etmoqda. Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan omonat turlari 250 dan oshdi.Tijorat banklaridagi jami depozitlar hajmi oxirgi 6 yilda – 6,7 barobarga oshdi va 2014 yil 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan 30,2 foizga oshib, ularning hajmi 26 trln. so’mga etdi.
Depozitlar bilan bir qatorda, banklar qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish yo’li bilan bo’sh pul mablag’larini faol jalb qilmoqda. Joriy yilning 1 yanvar holatiga banklarning muomaladagi uzoq muddatli obligatsiyalari miqdori 330 mlrd. so’mni, depozit va jamg’arma sertifikatlari 592 mlrd. so’mni tashkil etmoqda.
O’z navbatida tijorat banklarining kapitallashuv darajasining yuqoriligi va ular resurs bazasining kengayishi iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Xususan, o’tgan 2013 yilda banklarning jami aktivlari miqdori 30 foizga oshgan bo’lsa, so’ngi 6 yilda esa 4,7 barobarga ko’paydi. Bu davrda iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmining yillik o’sish sur’ati o’rtacha 30 foizni, iqtisodiyotning alohida yo’nalishlari va sohalarida esa undan ham ko’proqni tashkil qilgan. Jumladan, investitsion kreditlarning yillik o’rtacha o’sish sur’ati 36 foizni, kichik biznes hamda tadbirkorlik sohasiga ajratilgan kreditlarning o’sish sur’ati - 46 foizni, shu jumladan, mikrokreditlarning o’sish sur’ati - 57 foizni tashkil etdi.
Ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda real sektorni kreditlashda pasayish tendentsiyasi davom etayotgan bir payitda, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlar xajmi yildan-yilga oshib bormoqda. 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra real sektorga yo’naltirilgan kreditlar xajmi 26,5 trln. so’mni tashkil etdi. Ajratilgan kreditlarning 79,3 foizini investitsion maqsadlarga yo’naltirilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil qilgan.
2013 yilgi kredit siyosati doirasida ustuvor sohalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun 7,2 trln. so’m miqdorida investitsion kreditlar ajratildi. Oxirgi 13 yilda ajratilgan investitsiya kreditlari hajmi 60 barobardan ortiqqa ko’paydi. Bu esa O’zbekiston bank tizimi mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga muhim hissa qo’shayotganligidan dalolat beradi.
So’nggi yillarda yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda aholi faravonligini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash, xususan, qishloq aholi punktlari qiyofasini tubdan o’zgartirish, namunaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar qurish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni ro’yobga chiqarishda tijorat banklarining faol ishtiroki ta’minlanmoqda.
Xususan, oxirgi 5 yil davomida respublikamizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, umumiy maydoni 4 million 500 ming kvadrat metr bo’lgan 33 ming 500 dan ziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, bir necha yillardan buyon xalqaro «Mudis» reyting agentligi tomonidan MDH davlatlari ichida faqat O’zbekiston bank tizimiga «Barqaror» reyting bahosi berilmoqda. Bu esa o’z navbatida butun iqtisodiyotimizga berilayotgan baho bilan chambarchas bog’liqdir.
2011 yil natijalariga ko’ra, «Mudis», «Fitch Reytings» va «Standart end Purs» kabi xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan ijobiy reytingiga, O’zbekiston tijorat banklarining 13 tasi ega bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib respublikada faoliyat ko’rsatayotgan barcha tijorat banklari ijobiy bahoga sazovor bo’lishdi.
SHuni ham ta’kidlash joizki xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan moliyaviy barqarorlik va bank tizimi rivoji milliy indikatorlariga muvofiq bank tizimi faoliyati va rivojining bahosi «yuqori» darajadagi bahoni ko’rsatadi. SHu bilan birga, Xalqaro valyuta fondi tomonidan olib borilgan oxirgi tadqiqotlar natijalariga ko’ra, O’zbekiston 100 ming katta yoshdagi aholiga to’g’ri keladigan tijorat banklari muassasalari soni bo’yicha MDH davlatlar orasida peshqadam bo’lib turibdi. 2013 yilda tijorat banklarining respublika hududlaridagi filiallar tarmog’i yanada kengayib, 2014 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, ularning soni 837 taga etdi.
Bank tizimini isloh qilish va liberallashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlarning yana bir misolini Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish talablari bo’yicha «Biznesni olib borish-2014» navbatdagi yillik ma’ruzasining natijasiga ko’ra O’zbekistonning kredit ajratish bo’yicha reytingidagi o’rni 24 pog’onaga ko’tarildi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, muhtaram YUrtboshimiz tomonidan mamlakatmiz bank tizimini rivojlantirishga berilayotgan alohida e’tibor va respublikamizda qulay makroiqtisodiy shart-sharoitlar yaratilganligining natijasida bank tizimini rivojlantirish va isloh etib borish sohasida sezilari ijobiy natijalarga erishildi.
014 yilda ham bank tizimini isloh qilish va barqarorligin yanada oshirishda asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashga qaratiladi. Xususan:
1. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalari asosida yanada takomillashtirish, banklar faoliyatini baholashda xalqaro amaliyotda qo’llaniladigan me’yorlar, mezonlar va andozalarni joriy etish;
2. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikatsiyalash, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni yanada faollashtirish;
3. Tijorat banklarining investitsion faoliyatini yanada kuchaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarini kreditlash hajlarini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvatlashni kengaytirish, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish;
4. Banklar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini yanada kengaytirish hamda sifatini yaxshilash, masofadan turib xizmat ko’rsatish vositalaridan on-layn rejimida ishlayotgan mijozlar sonini oshirish;
5. Banklar aktivlari va kredit qo’yilmalari sifatini yaxshilash, bank tavakkalchiligini baholash tizimini yanada rivojlantirish;
6. Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalardan foydalanishning qulayligi va samaradorligini yanada oshirish, xususan, Internet orqali to’lovlarni amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish;
7. Bank menejmenti sohasida zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida tegishli ishlarni amalga oshirish;
8. Bank-moliya sohasida ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;
9. Bank faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish hamda uni xalqaro talab va tamoyillarga muvofiqligini ta’minlash;
10. Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to’liq moslashtirish borasidagi amalga oshirilayotgan tadbirlarni davom ettirishga qaratiladi.
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va bank hamjamiyati nomidan Sizlarni samimiy qutlab, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya-kredit muassasalarining investitsion faolligini yanada oshirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferentsiya ishining boshlanishi bilan tabriklashga ijozat bergaysizlar.
O’zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo’jalik yurituvchi sub’ekt anglab etganligini nazarda tutsak, xozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, kengroq jalb etish, ularning mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy ilohotlarning samarali ijrosini ta’minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog’liqligini tushunib olish qiyin emas. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish - tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarini shakllantirish va kredit muassasalarining barqarorligi hamda investitsion faolligini yanada oshirishni talab etadi.
Iqdisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida uzoq muddatli moliyaviy resurslarni ya’ni “uzun pullarni” shakllantirish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki bozor ikdisodiyoti sharoitida moliya bozorida "uzun pullar"ning taqchilligi va ularni samarali joylashtirilmasligi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, korxona va tashkilotlar faoliyatini bozor talablaridan kelib chiqqan holda doimiy modernizatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, mamlakat tashqi savdo balansini ijobiy qoldig’ini ta’minlashda turli ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ayniqsa, tijorat banklarida uzoq muddatli resurslar etishmasligi natijasida banklarning uzoq muddatga kreditlash imkoniyatlari pasayadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning “uzun pullarga” bo’lgan talabi to’liq qondirilmaydi, uzok muddatli investitsion dasturlarni moliyalashtirishda muammolar paydo bo’ladi. Shu bois ham bugungi kunda tijorat banklari ishini uzoq muddatli kredit quyilmalari ulushining o’sishi va buning uchun ichki manbalarni jalb etish nuqtai nazaridan baholanmoqda.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari, ma’lumki, Respublikamiz moliya-bank tizimining barqarorligini yaqin besh yilda ta’minlash maqsadida muhtaram Prezidentimizning 2010 yil 26 noyabrdagi «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi PQ-1438- sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga binoan bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari sifatida moliya-bank sohasiga xususiy kapitalni jalb etish, barqaror resurs bazasini mustahkamlash, yangi jozibali omonatlar va depozitlarni tatbiq etish, moliya-kredit tashkilotlari tomonidan ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish hamda moliya bozori infratuzilmasini yanada mustahkamlash yo’li bilan aholi hamda xo’jalik sub’ektlarining bo’sh mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb etish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz tomonidan depozitlarini qulay, xavf-xatarsiz va barqaror daromadli moliyaviy instrumentga aylantirish, banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada rag’batlantirish va kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan choralar natijasida oxirgi uch yil ichida banklardagi jami depozitlarning hajmi 2,6 barobarga, shu jumladan aholi omonatlari 2,4 barobarga oshdi. Ushbu ko’rsatkichlar respublikamiz aholisining bank tizimiga bo’lgan ishonchi yanada ortib borayotganidan dalolat bermoqda.
Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, tijorat banklarining kapitali hamda jalb qilingan depozitlar hajmining muttasil o’sib borayotganligi, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga hamda banklarning aktiv operatsiyalar hajmi, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarining oshishiga zamin yaratmoqda.
Xususan 2012 yilda tijorat banklarining iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari umumiy hajmi 2011 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. Muddati uch yildan ko’p bo’lgan uzoq muddatli kreditlar 30,9 foizga oshdi va umumiy kredit portfelining 76,8 foizini tashkil etdi. Tijorat banklari tomonidan investitsiya maqsadlariga ajratilgan kredit qo’yilmalarining hajmi 5,7 trln. so’mni tashkil qildi. Oxirgi besh yilda investitsion kreditlarning hajmi 4 barobarga, oxirgi uch yilda esa 2,2 barobarga oshdi. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida 2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5,7 mlrd. so’m investitsiya kreditlari ajratildi. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklari tomonidan balansga olingan 168 ta iqtisodiy nochor korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash va modernizatsiya qilish maqsadida jami 388 mlrd. so’mlik investitsiyalar kiritildi, 2012 yilda, tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar 2011 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, 5,3 trln so’mni tashkil etdi. Ushbu ajratilgan kreditlarning 1,1 trln. so’mi mikrokreditlar bo’lib, ularning hajmi 2011 yildagiga nisbatan 1,5 barobarga o’sdi.
2012 yil davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 48,5 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. O’tgan yilda, oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, turmush darajasini oshirish maqsadida jami 320 mlrd. so’mlik, iste’mol kreditlari ajratildi.
Shuni takidlash joizki, kreditlashning resurs manbalarini shakllantirishda asosiy e’tibor ichki imkoniyatlarga, ya’ni aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini bank aktivlari va uzoq muddatli depozitlariga jalb qilishga qaratildi.
Banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan va joylashtirilgan depozit sertifikatlari 2013 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, 445,6 mlrd. so’mni hamda investorlar o’rtasida joylashtirilgan tijorat banklarining uzoq muddatli obligatsiyalari 258,7 mlrd. so’mni tashkil qildi.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari, ma’lumki jahondagi global moliyaviy oqimlar hajmlari pasayishining davom etishi, bank tizimlari uchun resurs etishmovchiligi muammosining chuqurlashishi va Evropaning qator mamlakatlaridagi qarz inqirozining kuchayishi jahon iqtisodiyotiga jiddiy xavf solmoqda.
Shu sababli, 2013 yilda bank tizimini yanada rivojlantirishda banklarning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash va investitsiya faolligini oshirish ustuvor vazifalardan bo’lib qoladi. Jumladan:
- bank tizimi nazoratini Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish;
- qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish va ularni fond bozorlarida joylashtirish orqali banklarning jami kapitalini yil mobaynida kamida 20 foizga o’sishini ta’minlash;
-tijorat banklari umumiy kapitali hajmini sifat jihatidan oshirish va bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish;
- tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini kuchaytirish, hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish bo’yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini yanada oshirish;
- kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini depozitlarga jalb qilish orqali tijorat banklari resurs bazasini yanada oshirish va diversifikatsiyalash;
- tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish va pul bozorida joylashtirish;
- aholi va xo’jalik sub’ektlari talablarini hisobga olgan holda depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, shu jumladan, uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish, subordinar qarzlarni yanada faol jalb qilish. Bunda aholi va xo’jalik sub’ektlarining tijorat banklaridagi depozitlari hajmini kamida 30 foizga oshirish;
- ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish va sifatini yanada oshirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang’ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
- bank mijozlarini bank xizmatlari bilan tanishtirish, ularning huquqiy madaniyati va moliyaviy savodxonligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining kredit portfeli hajmining oshishiga erishiladi va ular tomonidan yanada ko’proq investitsiya loyihalarini moliyalash imkoniyati yuzaga keladi. Xususan, 2013 yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kredit qo’yilmalari hajmining 25 foizga ko’payishi prognoz qilinmoqda.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, qishloq joylarda loyihaviy yangi turar joylarni barpo etish, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olish kabi investitsiya loyihalariga tijorat banklari tomonidan 6,0 trln. so’mdan ziyod kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.
2013 yilning «Obod turmush yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, joriy yilda aholini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratiladigan kreditlar hajmini 20 foizdan ziyodga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari fursatdan foydalanib tijorat banklarining resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag’larini uzoq muddatli depozitlarga jalb qilish borasida quyidagi fikirlarni bildirmoqchi edim:
Fikrimizcha uzoq muddatli resurslarni ko’paytirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
- chaqirib olinmaydigan depozit sertifikatlari muomalasini yo’lga qo’yishni tashkillashtirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash;
- Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalariga muvofiq bank kapitali tarkibida barqaror elementlar, ya’ni oddiy aktsiyalar salmog’i ortirish;
- shakillanib borayotgan qimmatli qog’ozlar bozorini ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishning ishonchli vositasiga aylantirish, bunda:
- qimmatli qog’ozlar ikkilamchi bozorini faollashtirish, subordinar qarzning hajmlarini kengaytirish;
- potentsial investorlar uchun axborot shafofligi darajasini oshirish, tijorat banklari va shakllanib borayotgan fond bozorlarining boshqa emitentlarining ish yuritish amaliyotiga xalqaro standartlarni kompleks ravishda joriy etish;
- progressiv fond dastaklarini, shu jumladan kommulyativ aktsiyalar, konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar, ipoteka sertifikatlari, hosilaviy va garov qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va muomalaga chiqarish ko’lamini kengaytirish;
- eng ishonchli emitentlar, yirik institutsional investorlar va ishonchli investitsion vositachilar sifatidagi tijorat banlari faoliyati uchun sezilarli rag’batlar tizimini yaratish;
- emission va anderrayting sindikatlar, reyting va kollektorlik agentliklar, birgalikdagi investitsiyalash institutlarini tashkil etishda ishtirok etish hisobiga shakllanib borayogan qimmatli qog’ozlar bozorlarining investitsion-moliyaviy infratuzilmasini rivojlantirishda banklar faoliyatini yanada faollashtirish;
- banklarning uzoq muddatli resurslarini ko’paytirish borasida bank depozitlari, depozit sertifikatlari va korporativ obligatsiyalarining yangi turlarini joriy etish va amaldagi turlarini ularning muddatlari, summasi, valyuta turlari va to’lash usullari bo’yicha yanada takomillashtirish;
- garov ob’ekti hisoblangan qimmatli qog’ozlar ro’yxatini kengaytirish va bu ro’yxatni muntazam e’lon qilib borish;
- aktivlar sekyuritizatsiyasini tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish. Bunda “moliyaviy pufaklar” paydo bo’lishini oldini olish maqsadida ushbu faoliyat ustidan prudentsial nazoratni kuchaytirish, sekyuritizatsiyalanayotgan aktivlar shaffofligini oshirish hamda ularning ta’minlanganlik darajasiga e’tibor berish.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari, jahon inqirozi davom etayotgan davrda hamda iqtisodiy globallashuv sharoitida bank-moliya sohasini yanada rivojlantirishda soha olimlari va mutaxassislarining fikirlarini o’rganish shuningdek ilg’or tajriba bilan almashish muxim axamiyatga ega.
Uylaymanki, konferentsiya ochiq muzokara tarzida o’tkazilib, anjuman tavsiyalari mamlakatimiz moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, bank biznesini yanada kengaytirish, jahon tajribasidan kelib chiqqan xolda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, tijorat banklari resurs bazasini mustaxkamlash, va buning natijasida tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish hamda respublikamiz bank-moliya tizimini jahon andozalari darajasiga ko’tarishga imkon yaratadi.
3.
Bankning erkin pul mablag'larini to'playdigan muassasa sifatida ta'rifiga va shuningdek ularni qaytarish asosiga qo'yishiga qarab, ushbu tashkilotning passiv va faol operatsiyalarini ajratish mumkin. Ushbu tushunchalarni yanada batafsilroq tushunish kerak.
Passiv bank operatsiyalari
Ushbu turdagi yordamni banklar ish uchun resurslar tashkil qiladi. Ularning mohiyati turli xil depozitlarni jalb qilish, qimmatli qog'ozlarni chiqarish, boshqa banklardan kredit olish, shuningdek, bank resurslarini oshirishga imkon beradigan boshqa bitimlar. Passiv bank operatsiyalari tarixiy jihatdan ancha faol va muhim rol o'ynadi, chunki operatsiyalarning ikkinchi turi etarli resurslar mavjudligini talab qiladi.
Rossiya tijorat banklari o'zlarining amaliyotlarida passiv operatsiyalarni quyidagicha ifodalaydilar:
- depozitlarni qabul qilish;
- mijozlar hisobini ochish va ularni boshqarishni, shu jumladan muxbir banklarning hisob raqamlarini ochish;
O'z moliyaviy vositalarini, shu jumladan qimmatli qog'ozlarni ishlab chiqarish;
- banklararo dastur orqali kreditlarni berish va olish.
O'z mablag'lari - resurslarning maxsus shakli. Ushbu kapital qo'yilmalar tufayli kreditorlar va omonatchilar bank zarar ko'rgan yoki bankrot bo'lgan taqdirda to'lovlarni amalga oshiradilar va bu mablag'lar barcha turdagi operatsiyalarni qo'llab-quvvatlashga va tashkilot faoliyatining maqsadlariga muvofiq hajmlarini ta'minlashga imkon beradi. O'z mablag'lari qonuniy, zaxira va boshqa maxsus maqsadli jamg'armalarni o'z ichiga oladi, bunga qo'shimcha ravishda yil davomida taqsimlanmagan foyda ham kiradi.
Banklarning passiv operatsiyalari jamg'arish va ularni keyinchalik joylashtirish uchun mablag'larni jalb qilish faoliyatida tuziladi. Tijorat bankining faoliyati quyidagicha amalga oshiriladi:
- zarur resurslarni taqdim etish;
- iqtisodiyotda foydalanish uchun mablag' manbalarini shakllantirish;
- yuridik va jismoniy shaxslarning depozit bo'yicha bank foizlari shaklida chiqargan daromadlarini ko'paytirish;
- bank kapitalining o'sishi;
- zaxira sug'urta operatsiyalarini tashkil etish.
Bankning passiv operatsiyalari mablag'larni safarbar qilishga qaratilgan operatsiyalardir. Natijada bank faoliyati uchun asos bo'lib xizmat qiladigan mablag'lar olinadi . Aktiv bank operatsiyalari mablag'larni joylashtirishga qaratilgan. Natijada bank passiv operatsiyalar uchun to'langan kreditdan yuqori bo'lgan debet foizini oladi. Margin, ya'ni debit va kredit foizlari o'rtasidagi farq banklarning daromadlarining eng muhim an'anaviy maqolidir.
Depozit operatsiyalari mijozlarning muddatsiz va tezkor investitsiyalari hisoblanadi. Shuningdek, turli xil jamg'arma operatsiyalarini ham o'z ichiga olishi odatiy holdir. Jamg'arma omonatlarining maqsadi - sertifikat berilgan mijozlar mablag'larining to'planishi.
Banklarning faol faoliyati
Ushbu turdagi operatsiyalar kredit, sarmoya, hisob-kitob, vositachilik vositasidan iborat. Odatda, faol operatsiyalar turli xil kreditlarni berishni o'z ichiga oladi. Ko'pincha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga qisqa muddatli kreditlar beriladi, ular odatda inventarizatsiya buyumlarini sotib olishga qaratilgan . Kredit real xavfsizlik uchun yoki undirmasdan beriladi, ammo qarzdorning tegishli pozitsiyasini tavsiflovchi moliyaviy hujjatlarni taqdim etishni talab qiladi, bu esa bankka kreditni o'z vaqtida qaytarish imkoniyatini baholash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |