5.16-rasm. Boshqaruvga xarajatlarni tasniflash chizmasi
Boshqaruv xarajatlari tuzilmasida boshqaruv apparatiga xizmat koʻrsatuvchi
menejerlar va boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar; boshqaruv
texnikasiga xarajatlar; boshqaruv tizimini faoliyat yuritishga joriy xarajatlar muhim
moddalar boʻladilar (5.16. rasm).
Bu muammolarni hal qilish tegishli uslubiy tuzatishlarni taqazo qiladi.
Masalan, boshqaruv sohasidagi xarajatlarni hisobga olishni oʻzgartirish, boshqaruv
faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlarni ularga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Umuman aniq obʼyektlarni boshqarish va aloha vazifalarni amalga oshirishga barcha
xarajatlarni ishonchli hisobga olish va hisoblab chiqarishni yoʻlga qoʻyish darkor.
Boshqaruvga xarajatlarning muvofiq darajasini belgilash muhim vazifani
tashkil qiladi. Maʼlumki, vujudga kelgan vaziyatni boshqaruvgv xarajatlarni
kamaytirishni mutloq tamoyilga koʻtarish, uni boshqaruv jarayonini adekvat
baholashning universal vositasi sifatida ilgari surish ajratib turadi. Xuddi shu vaqtda
koʻpincha bundan iqtisodiyot soxta boʻladi, chunki uni boshqaruv tizimidagi
kamchiliklar tufayli yoʻqotishlar bekitib qoʻyadi. Tashkilot faoliyatida yuqori
146
yakuniy natijalarga erishish muhimroq boʻladi. Shuning uchun gap umuman
boshqaruv tuzim yoki uning alohida boʻlinmasining "foydali" samarasi birligi yoki
maʼlum vazifalar, qarorlarni amalga oshirishga boshqaruv xarajatlarini solishtirma
qisqartirilishi haqida ketmoqda. Shunday qilib, boshqaruvga xarajatlarning muvofiq,
ilmiy asoslangan darajasini qidirish zarurligiga eʼtiborni qaratish maqsadga
muvofiqdir.
Buning ustiga moliyaviy resurslarni chekl anganligi sharoitida boshqaruvga
xarajatlarni tejash muhim ahamiyatga ega, u, xususan boshqaruvning tegishli
shakllari va usullaridan foydalanishni taqozo qiladi.
Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini belgilash uchun koʻrsatqichlarni
hisoblashning ikkita asosiy usul: xarajatli va resurslilardan foydalanish mumkin.
Birinchi usul va shunga koʻra, boshqaruvning iqtisodiy samadorligini
taʼriflovchi koʻrsatkich xarajatli deb ataladi. U korxona faoliyati umumiy yoki
yakuniy iqtisodiy natijalarning boshqaruvga yigʻma xarajatlarga nisbatiga suyanadi:
P
Em =—
Ru
bu yerda:
Em - menejmentning iqtisodiy samaradorligi;
Ru - boshqaruv xarajatlari
P - korxona tomonidan olingan yakuniy iqtisodiy natija. Uning
sifatida faoliyatning u yoki bu umumiy koʻrsatkichi (daromadlar, foyda, ishlab
chiqarishning hajmi, tovar aylanishi va h k.)lardan foydalanish mumkin.
Menejmentning iqtisodiy samaradorligini baholashning ikkinchi usuli resursli,
u korxona faoliyati umumiy yoki yakuniy natijasining resurslardan foydalanish
miqdoriga, masalan, maʼmuriy boshqaruv xo dimlar soniga nisbatini aks ettiradi:
P
Em =—
Ku
bu yerda: Em - menejmentning iqtisodiy samaradorligi;
P - ushbu korxona tomonidan olingan yakuniy iqtisodiy natija;
Ku - maʼmuriy boshqaruv xadimlarining soni (yana faqat boshqaruv xo
dimlarining sonidan foydalanish mumkin).
Menejment iqtisodiy samaradorligining keltirilgan koʻrsatkichlari statistik
boʻladilar.
Shuni taʼqidlash kerakki, agar menejment samaradorligi shakllarini tahlil
qilishda uning dinamik jihati hisobga olinsa, samaradorlik koʻrsatkichlarining
ishonchliligi oshadi. Bu quyidagilar bilan izohlanadi. Birinchidan, ijtimoiy va
iqtisodiy jarayonlarning taʼriflari vaqtda oʻzgarishsiz qoladilar. Ikkinchidan,
tadbirlarning har xil variantlari natijalar va xarajatlar dinamikasining davrlari
boʻyicha turli yoʻnalishlarga egalar. Uchinchidan, xoʻjalik qarorlari variantlarining
samaradorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatuvchi vaqtli siljishlar mavjud. Shuning
munosabati bilan menejment samaradorligi koʻrsatkichlarini ikki yoki undan
147
ortiqroq davr uchun oʻzgarishlarni roʻyxatga olish va solishtirish vositasi bilan
dinamikada koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda menejmentning "dinamik"
samaradorligi mavjud boʻladi.
Menejment samaradorligining dinamik koʻrsatkichi(Emd)ni qoʻyidagicha
taqdim etish mumkin:
Fp -Fb
Emd =
Sup-Sub
bu yerda, Fp, Fb- korxo naning tegishli ravishdagi ushbu va bazisli yillardagi
yakuniy koʻrsatkichlari (masalan foydaning);
• Sup, Sub - tegishli ravishdagi ushbu va bazisli yildagi boshqaruvga xarajatlar.
• Emd koeffitsienti koʻrib chiqilayotgan davr ichida boshqaruv xarajatlari 1
soʻmga oʻzgarganida yakuniy koʻrsatkich(foyda) necha soʻmga oʻzgarishini
koʻrsatadi. U menejment samaradorligining dinamikasi, oʻsish surʼatlarini aks
ettiradi.
Menejment iqtisodiy samaradorligining dinamikasi yana ikki va undan ortiq
davr ichidagi bu koʻrsatgichlarning solishtirilishini ham taʼriflaydi, menejment
samaradorligining foizlarda aks ettirilgan nisbiy oʻzgarishi koʻrsatkichini beradi:
( E
2
-E
1
) • 100
∆E=
E
2
bu yerda: E
1
va E
2
tegishli ravishdagi bazasli va ushbu yildagi korxo nani
boshqarishning iqtisodiy samaradorligi.
Keltirilgan dinamik koʻrsatqichlarni yana tashkilot boshqaruvi tizimini tubdan
oʻzgartirishni amalga oshirishda, boshqaruv tizimlarni takomillashtirishning har xil
variantlarini solishtirishda hisoblab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Menejment samaradorligining koʻrib chiqilgan koʻrsatkichlari boshqaruv
tizimini faoliyat yuritishi darajasini baholashda umumlashtiruvchi emas, balki
xususiy boʻladi. Agar ularni boshqaruv apparati sonini oʻsishi hisobiga
yomonlashishi muommalari darajasini pasayishi bilan birga borsa, unda bu tashkilot
faoliyatining samaradorligini oshishi, demak uni boshqarishning samaradorligini
oshishi haqida darak beradi. Boshqaruvga xarajatlarni nisbatan pasayishi esa hamma
vaqt ham uning samaradorligini oshishidan darak bermaydi. Pirovardida tashkilot
boshqaruvining samaradorligi uning faoliyatining umumiy ijtimoiy iqtisodiy
koʻrsatkichlari, natijalaridan iborat boʻladi.
Menejment samaradorligining xususiy koʻrsatkichlari ham ularning
harakatlarning turli yoʻnalishdaliklari uchun tashkilot boshqaruvi samaradorligining
toʻliq bir maʼnoli bahosini olishni qiyinlashtiradi. Bularning barchasi maʼqul
integralli koʻrsatkichni qidirib topish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bunday
koʻrsatkich quyidagi talablarga javob berishi kerak:
korxona xoʻjalik faoliyatining yakuniy maqsadiy natijalarini aks ettirishi;
bu natijalarga erishilganlik darajasini koʻrsatishi; korxona tomonidan qoʻyilgan
maqsadlarga erishishda boshqaruv xarajatlarining darajasini qayd etishi.
148
Bu talablarga menejment iqtisodiy samaradorligining integral yoki
umumlashtiruvchi koʻrsatkichi Eu koʻproq darajada javob beradi, uni quyidagicha
taqdim etish mumkin:
Eu=
√ ∙ ∙
,
bu yerda S - mehnat unumdorligi;
N - rentabillik;
E
-
boshqaruv
tizimining
iqtisodiyligi
deb
ataluvchi
boshqaruv
samaradorligining xususiy (xarajatli) koʻrsatkichi (foydaning boshqaruv tizimini
ushlab turishga xarajatlarga nisbati).
Menejment iqtisodiy samaradorligining ushbu integral koʻrsatkichi xoʻjalik
faoliyati samaradorligini boshqaruv tizimining iqtisodiyligi darajasi bilan
tenglashtiradi.
Boshqaruv
tizimi
iqtisodiyligi
darajasini
oshishi
savdo
samaradorligini oʻsishining muhim omilidir. Ammo boshqaruv tizimining
iqtisodiyligini oshishi oʻzicha uning samadorligi darajasi haqida batafsil javob
bermaydi va samaradorlik darajasini pasayishi bilan birga borishi va aksincha
boʻlishi mumkin. Shuning uchun menejment samaradorligining taklif qilinayotgan
integral koʻrsatkichi korxona faoliyatining samaradorligi va boshqaruv tizimi
iqtisodiyligi koʻrsatkichlarining samarasi boʻladi.
Shunday qilib, integral koʻrsatkich, xususiydan farqli ravishda tashkilot
tomonidan qoʻllanilgan va isteʼmol qilingan bir necha muhim resurslardan
foydalanishning samaradorligini taʼriflaydi. Shuning uchun u boshqaruv
samaradorligi koʻrsatkichlari tizimi doirasida yetakchi oʻrinni egallaydi.
Shunga qaramasdan, integral koʻrsatkichdan foyd alanish, u qanchalik
kompleksli boʻlmasin, menejment samaradorligi kabi bunday koʻp qirrali
hodisaning barcha tomonlarini aks ettirishga qodir emas. Shuning munosabati bilan
integral koʻrsatkich oldinroq koʻrib chiqilgan xususiy koʻrsatkichlar bilan
toʻldirilishni taqazo qiladi.
Bundan tashqari, korxonani boshqarish tizimini faoliyat yuritishini obʼyektiv
baholash koʻrsatib oʻtilganlar bilan bir qatorda, uni taʼriflovchi boshqa
koʻrsatkichlardan ham foydalanishni taqozo qiladi, bular:
maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining xodimlarning umumiy sonidagi salmogʻi;
boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlashga xarajatlarning ish haqi umumiy
fondidagi salmogʻi;
boshqaruv apparatining bitta hodimga hisoblab chiqilgan foyda (daromad);
1mln. soʻmlik ishlab chiqarilgan mahsulotga hisoblab chiqilgan boshqaruv
xarajatlari
Menejment samaradorligini aniq koʻrsatkichlar va boshqaruv tizimining sanab
oʻtilgan taʼriflari haqiqiy oʻzaro aloqasini baholash boshqaruv tizimiga tashxis
qoʻyish, uning salohiyatli imkoniyatlarini ochish, takomillashtirish yoʻllarini
belgilashga imkon beradi.
Boshqaruv samadorligini taʼriflovchi koʻrsatkichlarni meʼyoriy, soha boʻyicha
eng yuqori va oʻrtacha koʻrsatqichlar bilan solishtirishni amalga oshirish ham
maqsadga muvofiqdir. Bunda koʻrsatilgan koʻrsatkichlarni oʻxshash iqtisodiy va
tabiiy-iqlimiy sharoitlarda turgan tashkilotlar boʻyicha solishtirish kerak. Kolgan
149
hollarda koʻrsatkichlarga tegishli omillarni hisobga olish bilan tuzatishlar kiritishni
amalga oshirish kerak. Bundan tashqari, bir necha vaqtli davrlar uchun, shu
jumladan boshqaruv tizimida tubdan oʻzgarishlarni amalga oshirish, boshqaruv
tizimining
har
xil
variantlarini
solishtirishda
boshqaruv
samaradorligi
koʻrsatkichlarini solishtirish mumkin.
Boshqaruv samaradorligini baholash uchun asosiga tashkilot fao liyatining
erishilgan natijalar va uni boshqaruv tizimini rejalashtirilgan, yaʼni qoʻyilgan
maqsadlar bilan solishtirish qoʻyilgan yondoshuv gʻoyatda istiqbolli boʻladi. Bu
holda boshqaruv samaradorligini boshqaruv tizimi oldiga qoʻyilgan maqsadlar (reja,
dastur) ga erishganlik darajasi yoki unga yaqinlashganlik darajasi bilan miqdoriy aks
ettirish zarur. Bunda rejalar va dasturlar jiddiy va ilmiy asoslangan boʻlishi koʻzda
tutiladi.
Bunday yondashuvda boshqaruv jarayoni natijaviyligini tartibga solish
maqsadiy koʻrsatkichi(D)ning haqiqiy va rejalashtirilgan miqdorlarini solishtirish
orqali taʼriflash mumkin.
D = Ep - Ef
bu yerda Ep - boshqaruv mavsadining muvofiq algaritmga mos keluvchi
rejalashtirilgan koʻrsatkichi;
Ef - boshqaruv maqsadi koʻrsatkichining haqiqiy tizim tomonidan
taʼminlanadigan haqiqiy miqdori.
Bunda boshqaruv tizimini faoliyat yuritishining samaradorligi Ep- Ef ning farqi
qanchalik kam boʻlsa, shunchalik yuqori boʻlishi qabul qilinadi. Shuning uchun
boshqaruv samaradorligi Ep ni Gʻ dan D gacha boʻlgan baʼzi bir vazifasi bilan
taʼriflash mumkin:
Er= F (D) = F (Ep - Ef).
Bunda boshqaruvning maqsadi funksional minimumga ega boʻlishidan
iboratdir.
Ushbu yondashuvni amalga oshirilishi maqsad bilan bir vaqtda boshqaruvga
xarajatlar (yoki foydalanilgan resurslar hajmi)ni quyidagicha belgilashni koʻzda
tutadi:
- chegaraviy (eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan)
yoki
- maʼlum (qayd etilgan).
Shuni taʼkidlash kerakki, boshqaruv samaradorligini maqsadga erishish
darajasi boʻyicha baholash usuli oʻzida subʼyektiv (maqsadni qoʻyish) va obʼyektiv
(haqiqiy natijalar)ni solishtirishga egadir.
Ushbu usulda maqsadga qandaydir berilgan narsa kabi qarash mumkin, shuning
uchun unga erishganlik darajasi maqsadning sifati (mazmuni)ga koʻra, tezroq
boshqaruvchi taʼsirining sifatini taʼriflaydi, u ham boshqaruv jarayonining natijasi
boʻladi. Bunday yondashuvda yana uslubiy xarakterdagi qiyinchiliklar ham boʻlishi
mumkin, chunki boshqaruv tizimlarining har xalligi sababli maqsadlarga erishish
mezonlari vazifalarni hal qilish turlari va boshqaruv darajalariga bogʻliqdir. Yana
maqsadlarning oʻzlarining har xil rejaviy xarakterini ham hisobga olish zarur. Ushbu
150
yondoshuvdan amaliy foydalanish boshqaruvning aniq tizimlari uchun maqsadlarga
erishish mezonlari va koʻrsatkichlarining tizimini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Ayrim xollarda boshqaruv idoralari faoliyatining samaradorligini baholashni
maʼlum qarorlar va tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tizimini
takomillashtirish boʻyicha amalga oshirish ham maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz. Bunda samaradorlikni tashkil qilish manbalari va mexanizmi koʻrsatib
oʻtilgan qarorlar va tadbirlarning mazmuniga koʻra farqlanadilar.
Boshqaruv
samaradorligining
keltirilgan
koʻrsatgichlarini
iqtisodiy
samaradorlikning koʻrsatkichlari deb hisoblash mumkin.
Shuning bilan birga yana boshqaruv faoliyatining ijtimoiy natijasini aks
ettiruvchi boshqaruvning ijtimoiy samaradorligini ham koʻrib chiqish mumkin. U
mexnat jamoasi va har bir xodimning salohiyatli imkoniyatlari, uning ijodiy
qobiliyatlaridan foydalanish, jamoani rivojlanishi ijtimoiy vazifalarini hal qilishning
muvaffaqiyatliligi darajasini taʼriflaydi.
Menejment samaradorligi koʻrsatgichlarini hisoblab chiqish olingan natijalar
va qilingan xarajatlarning oʻzaro munosabatini koʻzda tutadi. Bunda korxonalar
faoliyatining ijtimoiy natijalari sifatida mexnat va turmush sharoitlari, xodimlarining
malakasi, ularning faoliyatini tashkil qilish va motivatsiyadan iborat boʻladi. Ayrim
hollarda ular boshqaruvning texnik vositalarini xarid qilish , xodimlarni tayyorlash
va malakasini oshirish, korxona xodimlari uchun turar-joylar qurish, xodimlarni
sanatoriya-kurortlarda daʼvolanishlari va dam olishlari uchun yoʻllanmalarni xarid
qilish va boshqalarga sarflagan xarajatlar sifatida boʻladilar. Ammo boshqaruv
faoliyatining koʻpgina ijtimoiy natijalari moddiy xarajatlarga bogʻliq boʻlmaydi.
Shunday qilib, qilingan xarajatlar va korxona faoliyatidan olingan ijtimoiy
natijalar ular uchun umumiy boʻlgan koʻlamga, oʻlchovchilarga ega emaslar.
Bundan tashqari, ular vositali va qoidaga koʻra, stoxatik xarakterga egalar. Buning
oqibatida menejmentning ijtimoiy samaradorligi koʻrsatkichlari, iqtisodiy
samaradorlik koʻrsatkichlaridan farqli ravishda, qilingan xarajatlar va korxona
faoliyatidan olingan ijtimoiy natijalarining nisbati orqali aks ettirilmaydilar. Shuning
munosabati bilan ularni xarajatlar (resurslar)siz faqat natija beruvchi tashkil
qiluvchilar bilan taʼriflash maqsadga muvofiqdir.
Menejmentning ijtimoiy samaradorligini koʻrsatkichlar tizimi yordamida
baholash maqsadga muvofiqdir, uni, bizning fikrimizga koʻra, quyidagi 4 guruhga
ajratish mumkin:
- tashkilot xodimlari mehnat sharoitlarini taʼriflovchi koʻrsat- kichlar;
- tashkilot
xodimlarining
ijtimoiy-maishiy
sharoitlarini
taʼriflovchi
koʻrsatkichlar;
- xo dimlar malakasini taʼriflovchi koʻrsatkichlar;
- mehnatni tashkil qilish va unga undashlarni taʼriflovchi koʻrsatkichlar.
Shuning taʼkidlash kerakki, boshqaruv samaradorligi yana boshqaruv
tizimining faoliyat yuritishnga intilish kerak boʻlgan qandaydir sharti, alomati,
natijasi sifatida boʻladi.
Boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlaridan foydalanish boshqaruv tizimiga
tashxis qoʻyish, uni faoliyat yuritishida vujudga keladigan chetga chiqishlarning
151
oldini olish, samarasiz boshqaruvning sabablarini ochib berish, boshqaruv idoralari
faoliyatida ilmiy asoslangan maqsadni koʻzlashini amalga oshirish, ularning bunday
keyingi ishlariga tuzatishlar kiritishga imkon beradi.
Bundan tashqari, u boshqaruv xodimlarining motivatsiya tizimini yaratish,
ularning mehnatiga haq toʻlashni boshqaruv boʻyicha faoliyat samaradorligiga
berilgan bogʻliqlikka qoʻyishga imkon beradi. Shuning munosabati bilan taʼqidlash
kerakki, halokatlar nazariyasiga koʻra, maʼsul qarorlar qabul qiluvchi va ularni
amalga oshiruvchi shaxslar va odamlarni bu qarorlarni amalga oshirishligiga
shaxsan, moddiy bogʻlanishlari gʻoyatda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |