132
Tarmoqli tashkilotlar quyidagilarni taʼriflaydilar:
- keng tarmoqli aloqalar;
- mehnatni kamroq taqsimlanishi;
- foydani tashkilotning eng muhim maqsadi sifatida muvofiqlashtirish;
- hamkorlikning keng imkoniyatlari;
- bilimlar va koʻnikmalarga bogʻliq taʼsir va hukmronlik;
- xo dimlarning qonunga rioya qilishligi, xabardorligi va mustaqilligi;
- tashkilotni shaxsiy manfaat, jamoa manfaatiga qaratilishi;
- loyihani amalga oshirish paytida tashkil qilingan egiluvchan, vaziyatli ishchi
jarayonlar.
5.6-jadval
Tashkilot tashkiliy shakliga yondoshuvlarning solishtirma taʼriflari
Taʼriflar
Anʼanaviy yondoshuv
Yangicha yondoshuv
Qisqacha belgilanish
Tarkibiy yechim
Shaxsiy yechim
Asosiy mantiq
Tahliliy
ratsionallik
(tabaqalarga
ajralish,
integratsiyalashish)
Moslashuvchi
ratsionallik(kerakli
aloqalarni oʻrnatilishi)
Konsepsiyali
boshqaruvchi model
Tashkilotning
"yuqorisidan"
topshirilgan
Oʻzini oʻzi tashkil qilish
Samaradorlik manbai
Ratsional tuzilma
Xodimlarning tashabbusi
Samaradorlikni
taʼminlash
Muvofiq tuzilma
Xodimlarni rivojlanishi
Tuzilma
Iyerarxik
Geterarxik
Boshqaruv konsepsiyasi
Yakka hokimlik
Yarim markaziy
Relevantli
boshqaruv
kommunikatsiyasi
Koʻrsatmalar, hisobotlar
Xodimlarni oldindan bilib
olish
Kommunikatsiyani
yoʻnaltirilganligi
Vertikal
Gorizontal
Muammolarni
hal
qilishning solohiyati
Tuzilmani
qayta tashkil
qilish
Oʻzgarishlarni bilib olish
mexanizmlari
Tarmoqli tashkilotda tashkiliy tuzilma gʻoyatda kuchsiz namoyon boʻladi.
Shunday kilib, zamonaviy boshqaruv amaliyotida tashkilotni boshqarish ikkita
diametrli qarama qarshi yondoshuv mavjud, ularning taʼriflari 5.6
- jadvalda
berilgan.
Tashkilotni boshqarishga kiritilgan solishtirma yondoshuvlar ulardan har
birining xususiyatlari, ijobiy sifatlarini koʻrsatadi. SHuning bilan bir vaqtda
yechimlarning ikkala varianti ham tizimli boshqaruv
nuqtai nazaridan jiddiy
kamchiliklarga ega.
Quyidagi dilemma vujudga keladi, bir tomondan, yangi tashkiliy mantiq
mehnat vazifalarini chegaralash va birlashtirishni eʼtiborsiz
qoldiradi, ikkinchi
133
tomondan - tuzilmali yechimga oddiygina qaytish istisno qilingan(tashqi muhitning
yuqori dinamikligi va korxona shaxsiy tuzilmasini murakkablashishi sababli).
Shubhasiz, har bir xo dimning omilkorligi, tashabbusi va irodasining kuchi har
qanday markazlashmagan tashkilot faoliyatining asosiy shart- sharoiti boʻladi.
Ammo xodimning yuqori omilkorligining oʻzi oʻzicha tashkiliy tuzilmaning tartibga
soluvchi vazifaning oʻrnini bosolmaydi.
Shunday qilib, anʼanaviy, tashkiliy tuzilmali yondoshiuv, korxonalarning
tashkiliy tuzilmasidagi inqiroz koʻrinib turgan boʻlsa ham, hali yoʻq boʻlmagan.
Tashkilot aʼzolarining vujudga kelgan muammolarini
mustaqil hal qilish
qobiliyatlariga asoslanuvchi muqobil boshqaruv qurollaridan toʻliqroq foydalanish
yoʻli bilan uni hal qilish mumkin.
Tashkiliy rivojlanishning istiqboli tuzilmali va shaxsiy qarorlarning qarama-
qarshiligi bilan belgilanadi.Tuzilmali va shaxsiy yondoshuvlar oʻrtasidagi
ziddiyatlarni hal qilishni, birinchi qarashda ularning ziddiyatlarini
bartaraf qilib
boʻlmaydigandek
koʻrinsa
ham,
ikki
modellar
tarkibiy
qismlarining
kombinatsiyalaridan qidirish kerak. Ikkala modelning, toʻgʻrirogʻi ularning eng
yaxshi qismlarini yangi nazariy asosda birlashtiradigan doirali konsepsiya zurur.
Bunday narsani qidirish tashkilot nazariyasi sohasidagi eng mihim vazifa boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: