5.4.Asosiy tashkiliy-huquqiy shakllar
Hozirgi sharoitlarda tashkilot (xorij amaliyotida firma) bozordagi raqobot
munosabatlarining asosiy harakat qiluvchi shaxsi boʻladi.
Tijorat, yaʼni foyda olish uchun harakat qiluvchi tashkilotlar (korxonalar)ning
tarixi tomirlari bilan anʼanaviy jamiyatga borib taqaladi. Ularning u yoki bu shakllari
amalda uzoq oʻtmishning barcha buyuk siviliziatsiyalarida qayd etilganlar. Koʻproq
110
savdogarchilik va (bir oz kamroq darajada) hunarmandchilik korxonalari keng
tarqalganlar. Ulardan baʼzi birlari katta yutuqlarga erishganlar va nisbatan murakkab
tashkiliy tuzilmaga ega boʻlganlar. Masalan, antik zamonning yirikroq ustaxonalari
- ergasteriyalarda nazoratchilarning koʻp bosqichli ierarxiyasi nazorati ostida 300
gacha qullar ishlaganlar, mahsulot esa har xil shaharlardagi baʼzi bir xuddi shunday
doimiy sotish tarmogʻi orqali sotilgan.
Zamonaviy firmalarda kapitalistik davrgacha boʻlgan tijorat korxonalari,
qoidaga koʻra, quyidagalar bilan farqlanadilar:
• majburiy mehnatdan foydalanish;
• faoliyatning anʼanaviy xarakteri (oʻn yillar damomida oʻzgarmaydigan
texnologiya, bir xildagi mahsulot, bir marta va butunlay qabul qilingan tuzilma);
• iqtisotdyotagi oʻsha vaqtda ustivor boʻlgan xoʻjalik yuritishning novator,
oʻzini oʻzi taʼminlovchi (yoki notural) turiga nisbatan ikkinchi darajali roli.
Birinchi kapitalistik firmalar kichik, yakka shaxsli egalik yoki oʻrtoqlik kabi
tashkil qilinganl ar (firmalarning keyingi turi sheriklik yoki payl ardagi jamiyat deb
ham ataladi). Egasi (yoki egalari) firma fao liyati uchun zarur boʻlgan barcha
sarmoyani kiritgan va kompaniyani shaxsan boshqargan.
Egasi
(yoki
egalarning
tor
guruhi)ni
firmaning
muvaffiqiyatidan
manfaatdorligi va amalda rasmiyatchilik va byurokratizmni yoʻqligida (barcha
narsani xoʻjayinning oʻzi hal qiladi) yakka shaxsli kompaniyalar va oʻrtoqliklar
kichik firmani tashkilotlarning ideal turi qilganlar. Hozirgi vaqtga qadar rivojlangan
kapitalistik mamlakatlar firmalarining umumiy sonidan 4.3 qismiga yaqini xuddi
shu asosda harakat qiladilar.
Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi alomatlar boʻyicha tasniflash qabul
qilingan:
• xoʻjalik fao liyatining turi va xarakteri (sanoat, transport, sugʻurta, savdo,
injiniring,sayyohlik va boshqalar);
• huquqiy holati (yakka shaxsli tashkilot va tadbirkorlar birlashmasi);
• mulkchilikning xarakteri (xususiy, davlat, yarim davlat va kooperativ);
• faoliyat sohasi;
• oʻlchami.
Firmalarni har xil alomatlar bilan tasniflash aniq firmani oʻrganish natijasida
tashkiliy-huquqiy shakli, uning isteʼmol bozoridagi holati, firma ichidagi
munosabatlar, faoliyatning xarakteri va koʻlamlari haqida toʻliq tassavvur olish
imkoniyatini beradi.
Oʻzbekiston Respublikasidagi tashkilotlarni barqaror va samarali fao liyat
yuritishlari uchun hammadan avval ularni boshqarish tizimining huquqiy
taʼminlanishi yaratilgan. Gap shundaki, har bir tashkilot yuqoriroq darajadagi tizim-
mintaqa, soha, mamlakat, qoʻshma tashkilot esa - jahon hamjamiyatning tuzilmasi
boʻladi.
Oʻzbekiston
Respublikasi
hozir
bozor
munosabatlarini
shakllanishi
bosqichidadir. Ushbu jarayonni huquqiy taʼminla-shining koʻpgina yoʻnalishilari
hozir yangilangandirlar. Bu eng muhim yoʻnalish - tashkilotlar faoliyatini huquqiy
tartibga solishga ham tegishlidir. U hammadan avval Oʻzbekiston Respublikasi
111
Fuqarolik Kodeksining meʼyorlariga muvofiq amalga oshiriladi, u korxonalar va
tashkilotlar- yuridik shaxslarning qoʻyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarini belgilaydi
[1,2]:
- xoʻjalik oʻrtoqliklari va jamiyatlari;
- ishlab chiqarish kooperativlari;
- davlat unitar korxonalari;
- notijorat tashkilotlar.
Oʻz navbatida xoʻjalik oʻrtoqliklari va jamiyatlari quyidagi tashkiliy -huquqiy
shakllarga ega boʻlishlari mumkin:
- toʻliq oʻrtoqlik;
- ishonchdagi oʻrtoqlik;
- maʼsuliyati cheklangan jamiyat;
- qoʻshimcha javobgarlikka ega jamiyat;
- ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati;
- yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati;
- shoʻba va bogʻliq jamiyatlar.
Hammadan avval "yuridik shaxs" tushunchasini koʻrib chiqamiz.
Mulkchiligida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida ajratilgan
mulkiga ega va oʻzining majburiyatlari boʻyicha shu mulk bilan javob beruvchi
tashkilot yuridik shaxs deb ataladi. U oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy
huquklarni xarid qilish va amalga oshirishi, majburiyatlarga ega boʻlishi, sudda
daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin. Yuridik shaxslar shaxsiy balansga yoki
smetaga ega boʻlishlari kerak.
Oʻz faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni koʻzlovchi tashkilotlar
(tijorat tashkilotlari ) yoki bunday maqsad sifatida foyda olishni koʻzlamaydigan va
olingan foydani ishtirokchilari ichida taqsimlamaydigan tashkilotlar (notijorat
tashkilotlar) yuridik shaxslar boʻlishlari mumkin.
Tijorat tashkilotlari boʻlgan yuridik shaxslar xoʻjalik oʻrtoqliklari va
jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxonalari shaklida tashkil
qilinishlari mumkin.
Notijorat tashkilotlari boʻlgan yuridik shaxslar isteʼmolchilar kooperativlar,
muassasalar mulk egalari tomonidan moliyalashtirilgan ijtimoiy yoki diniy
tashkilotlar (birlashmalar, hayriya jamgʻarmalari shaklida, hamda qonun tomonidan
koʻzda tutilgan boshqa shakllarda tashkil qilinishlari mumkin. Notijorat tashkilotlari
tadbirkorlik faoliyatini faqat oʻzlari tashkil qilinishlari maqsadlariga erishishga
xizmat qiluvchi va ushbu maqsadlarga mos kiluvchi miqdorda amalga oshirishlari
mumkin.
Yuridik shaxs adliya idoralarida yuridik shaxslarini roʻyxatga olish haqidagi
qonunda maʼlum tartibda davlat roʻyxatidan oʻtishlari kerak. U yo nizom, yoki taʼsis
shartnomasi va nizom, yoki faqat taʼsis shartnomasi asosida harakat qiladi. Qonunda
koʻzda tutilgan hollarda tijorat tashkiloti boʻlmagan yuridik shaxs ushbu turdagi
tashkilotlar haqidagi umumiy qoidalarga asosan harakat qilish mumkin.
Yuridik shaxsning taʼsis shartnomasi uning taʼsischilar (ishti- rokchilar)
tomonidan tuziladi, nizom esa tasdiqlanadi. Ushbu kodeksga muvofiq bitta taʼsischi
112
tomonidan tashkil qilingan yuridik shaxs ushbu taʼsischi tomonidan tasdiqlangan
nizom asosida harakat qiladi.
Yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi,
yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab beriladi, hamda tegishli turdagi
yuridik shaxslar uchun qonun tomonidan koʻzda tutilgan boshqa maʼlumotlar
boʻladi. Notijorat tashkilotlari va unitar korxonalarning, qonunda koʻzda tutilgan
hollarda boshqa tijorat korxonalarining ham taʼsis hujjatlarida yuridik shaxs
faoliyatining predmeti va maqsadlari belgilab berishlari kerak. Tijorat tashkiloti
faoliyatining predmeti va maʼlum maqsadlari qonun boʻyicha majburiy boʻlmagan
hollarda ham taʼsis hujjatlarida koʻzda tutilgan boʻlishlari mumkin.
Taʼsis shartnomasida taʼsischilar yuridik shaxsni tashkil qilish majburiyatini
oʻzlariga oladilar, uni tashkil qilish boʻyicha qoʻshma faoliyatining tartibi, unga oʻz
mulklarini topshirish va uni faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar.
Shartnoma tomonidan foyda va zararlarni ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlanishi,
yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, taʼsischilar (ishtirokchilar)ni uning tarkibidan
chiqishi shartlari va tartibi belgilanadi.
Tashkilotlar aniq tashkiliy-huquqiy sherikliklarining baʼzi bir xususiyatlari,
ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir.
Toʻliq oʻrtoqlik - oʻrtoqlik ishtirokchilari (toʻliq oʻrtoqlar) ular oʻrtasida
tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻrtoqlik nomidan tadbirkorlik fao liyati bilan
shugʻullanadilar va uning majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli boʻlgan mulk
bilan javob beradilar.
Shaxs faqat bitta toʻliq oʻrtoqlikning ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
Toʻliq oʻrtoqlik firmasining nomi yoki uning barcha ishtirokchilarining
ismlari(nomlari) va "toʻliq oʻrtoqlik" soʻziga, yoki bitta yoki bir necha
ishtirokchilarning ismi(nomi)ga va "kompaniya" va "toʻliq oʻrtoqlik" soʻzlarini
qoʻshilishiga ega boʻlishi kerak.
Toʻliq oʻrtoqlik taʼsis shartnomasi asosida tashkil qilinadi va harakat qiladi, u
uning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Toʻliq oʻrtoqlikning taʼsis
shartnomasi quyidagilarga ega boʻlishi kerak: oʻrtoqlikning nomi; uni joylashgan
joyi; faoliyatini boshqarish tartibi; oʻrtoqlik yigʻma sarmoyasining miqdori va
tarkibi haqidagi shartlar; ishtirokchilardan har birining yigʻma sarmoyadagi
ulushlarining miqdori va uni oʻzgartirish tartibi haqida; ular tomonidan
kiritilayotgan kiritmalarning miqdori, tarkibi va tartibi haqida; ishtirokchilarning
kiritmalar kiritish boʻyicha majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi haqida.
Toʻliq oʻrtoqlik faoliyatini boshqarish barcha ishtirokchilarning umumiy
roziligi boʻyicha amalga oshiriladi. Oʻrtoqlikning taʼsis shartnomasi tomonidan
qaror ishtirokchilarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi hollari koʻzda tutilishi
mumkin. Toʻliq oʻrtoqlikning har bir ishtirokchisi, agar taʼsis shartnomasi
tomonidan uning ishtirokchilari ovozlarini belgilashning boshqacha koʻzda
tutilmagan boʻlsa, bitta ovozga ega boʻladi.
Ishonchdagi oʻrtoqlik (kommanditli oʻrtoqlik) - bu oʻrtoqlik nomidan
tadbirkorlik fao liyatini amalga oshiruvchi va oʻrtoqlik majburiyatlari boʻyicha oʻz
mulklari bilan javob beruvchi ishtirokchilar (toʻliq oʻrtoqlar) dan tashqari , oʻzlari
113
tomonidan kiritilgan kiritmalari summasi doirasida oʻrtoqlik faoliyati bilan bogʻliq
zarar koʻrish xatariga ega va oʻrtoqlik tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha kiritma kirituvchi ishtirokchilar
(kommandititlar) mavjud boʻladi.
Shaxs faqat bitta ishonchdagi oʻrtoqlikda toʻliq oʻrtoq boʻlishi mumkin.
Agar ishonchdagi oʻrtoqlik firmasi nomiga kiritma kirituvchining ismi
kiritilgan boʻlsa, bunday kiritma kirituvchi toʻliq oʻrtoq boʻladi.
Ishonchdagi oʻrtoqlik fao liyatini boshqarish toʻliq oʻrtoqlar tomonidan amalga
oshiriladi. Bunday oʻrtoqlikni uning toʻliq oʻrtoqlari tomonidan boshqarish va
ishlarni olib borish tartibi ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik
kodeksidagi toʻliq oʻrtoqlik haqidagi qoidalari boʻyicha belgilanadi. Kiritma
kirituvchilar oʻrtoqlikni boshqarish va uni ishlarini olib borishda ishtirok etish, uning
nomidan, ishonchnoma boʻyicha boshqacharoq, harakat qilish huquqiga ega
emaslar. Ular toʻliq oʻrtoqlarning oʻrtoqlikni boshqarish va ishlarini olib borish
boʻyicha harakatlari boʻyicha tortishish huquqiga ega emaslar.
Maʼsuliyati cheklangan jamiyat - bir yoki bir necha shaxslar tomonidan taʼsis
etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi taʼsis hujjatlari tomonidan maʼlum
ulushlarda taqsimlangan. Maʼsuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning
majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar va oʻzlari tomonidan kiritilgan
kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar koʻrish xatariga
ega boʻladilar.
Jamiyatning toʻliq boʻlmagan kiritmalarini kiritgan ishtirokchilari uning
majburiyatlari boʻyicha ishtirokchilardan har biri ulushining toʻlanmagan qismi
qiymati doirasida birgalikdagi javobgarlikka egalar.
Maʼsuliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomi va
"maʼsuliyati cheklangan" soʻziga ega boʻlishi kerak.
Jamiyatning yuqori idorasi uning ishtirokchilarining umumiy majlisidan
iboratdir. Jamiyatda uning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi va
umumiy majlisga hisobot beruvchi ijroiya idorasi tashkil qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy majlisining mutloq huquq doiralariga
quyidagilar kiradi:
• uning nizomi va nizom sarmoyasi miqdorini oʻzgartirish;
• jamiyatning ijroiya idoralarini tashkil qilish va ularning vakolatlarini
muddatidan oldin tugatish;
• jamiyatning yillik hisobotlari va bu xgalteriya balanslarini tasdiqlash va uning
foydalari va zararlarini taqsimlash;
• jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish;
• jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi ) ni sayl ash.
Maʼsuliyati cheklangan jamiyat haqidagi qonun tomonidan umumiy
majlisning mutloq huquq doirasiga "boshqa masalalarni hal qilish ham
kiritilishi mumkin".
Jamiyat ishtirokchilar umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga kiritilgan
masalalar ular tomonidan jamiyat ijroiya idorasiga hal qilish uchun topshirilishi
mumkin emas.
114
Maʼsuliyati cheklangan jamiyat yillik moliyaviy hisobotining toʻgʻriligini
tekshirish va tasdiqlash uchun u jamiyat yoki uning ishtirokchilari bilan mulkiy
manfaatlar bilan bogʻliq boʻlmagan kasbiy auditorni har yili jalb qilish huquqiga
ega(tashqi audit). Jamiyat yillik moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi yana
uning ishtirokchilaridan har birining talabi boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin.
Jamiyat faoliyatining auditorlik tekshiruvini oʻtkazish tartibi qonun va jamiyat
nizomi tomonidan belgilanadi.
Qoʻshimcha maʼsuliyatga ega jamiyat - bir yoki bir necha shaxslar tomonidan
taʼsis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi taʼsis hujjatlari tomonidan maʼlum
miqdorlardigi ulushlarga taqsimlangan. Bunday jamiyat ishtirokchilari uning
majburiyatlari boʻyicha oʻz mulklari bilan hamma uchun bir xil miqdordagi
jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan ularning kiritmalarining karrali
qiymatidagi birgalikdagi subsidiyali javobgarlikka egalar. Bitta ishtirokchini
bankrot boʻlishida uning jamiyat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi, agar jamiyat
hujjatlari tomonidan javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi koʻzda
tutilmagan boʻlsa, qolgan ishtirochilar oʻrtasida ularning kiritmalariga mutonosib
ravishda tasdiqlanadi.
Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati - nizom sarmoyasi aksiyalarning maʼlum
soniga taqsimlangan jamiyat. Aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlar)
uning majburiyati boʻyicha javob bermaydilar va oʻzlariga tegishli boʻlgan aksiyalar
qiymati doirasida jamiyat fao liyati bilan bogʻlik zarar koʻrish xatariga egalar.
Aksiyalarga toʻliq haq toʻlamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining
majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli boʻlgan aksiyalarning haq toʻlanmagan
qismi doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar.
Jamiyatning firma nomi uning nizomi va jamiyat aksiyadorlik ekanligining
koʻrsatilishiga ega boʻlishi kerak.
Ishtirokchilari oʻzlariga tegishli boʻlgan aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning
roziligisiz tortib olishlari mumkin boʻlgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik
jamiyati deb ataladi. Bunday jamiyat oʻzi tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq
obunani oʻtkazishi va ularni qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan
belgilangan shartlarda erkin sotishi mumkin.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati har yili umumiy maʼlumot berish uchun yillik
hisobot, buxgalteriya balansi, foydalar va zararlarning hisobini bosib chiqarishi
kerak.
Aksiyalar faqat uni taʼsischilari yoki boshqa shaxslarning oldindan beogilangan
doirasi orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq deb tan olinadi. U oʻzi
tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq obunani oʻtkazish yoki ularni shaxslarning
cheklanmagan doirasiga xarid qilish uchun boshqa tartibda taklif qilish huquqiga ega
emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa
aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni xarid qilishning afzallik huquqiga
egalar. Yopiq aksiyadorlik jamiyati ishtirochilarining soni aksiyadorlak jamiyatlari
haqidagi qonun tomonidan maʼlum sondan oshib ketmasligi kerak, aks holda u bir
yil davomida ochiq aksionerlik jamiyatiga oʻzgartirilishi, bu muddat oʻtgach, sud
tartibida tugatilishi kerak.
115
Aksiyadorlik jamiyati taʼsischilari bir birlari bilan jamiyatni tashkil qilish
boʻyicha qoʻshma faoliyatni amalga oshirish tartibi, nizom sarmoyasining miqdori,
chiqarilayotgan aksiyalarning kategoriyasi va ularni joylashtirish tartibi, hamda
aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonun tomonidan koʻzda tutilgan boshqa
sharoitlarni belgilab beruvchi shartnomani tuzadilar.
Aksiyadorlik jamiyatining taʼsis hujjati uning taʼsischilari tomonidan
tasdiqlangan nizomdan iboratdir.
Aksiyadorlik jamiyatining nizomi quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
jamiyatning nomi, uning joyl ashgan joyi, faoliyatini boshqarish tartibi, jamiyat
tomonidan chiqarilayotgan aksiyalarning kategoriyasi, ularning nomenal qiymati va
miqdori haqida, jamiyat nizom sarmoyasining miqdori haqida, aksiyadorlarning
huquqlari haqida, jamiyat boshqaruv idoralarining tarkibi va huquq doiralari va ular
tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi. Shu jumladan qaror yakka ovoz yoki
ovozlarning malakali koʻpchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar boʻyicha ham
qabul qilinishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining nizomi yana aksiyadorlik
jamiyatlari haqidagi qonun tomonidan koʻzda tutilgan boshqa maʼlumotlarga ham
ega boʻlishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatining nizom sarmoyasi aksiyadorlar tomonidan xarid
qilingan aksiyalarning nominal qiymatidan tashkil topadi.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyalariga ochiq obunaga nizom sarmoyasiga toʻliq
haq toʻlab boʻlinguncha qadar yoʻl qoʻyilmaydi. Aksiyadorlik jamiyatni taʼsis
etishda barcha aksiyalar taʼsischilar orasida taqsimlanishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvning yuqori idorasi uning aksiyadorlarining
umumiy majlisidan iboratdir.
Aksiyadorlar umumiy majlisining favqulotida huquq doiralariga quydagilar
kiradilar:
• jamiyat nizomini oʻzgartirish, shu jumladan uning nizom sarmoyasini
oʻzgartirish;
• aksiyadorlarning ellikdan ortiqroq soniga ega jamiyatda direktorlar kengashi
(kuzatuv kengashi) aʼzolarini va jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi)ni
saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
• jamiyat ijroiya idoralarini tashkil qilish va, agar jamiyat nizomi tomonidan bu
masalalarni yechish direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi)ning huquq doirasiga
kiritilmagan boʻlsa, ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
• jamiyatning yillik hisobotlari, buxgalteriya balanslari, foydalar va zararlar
hisobotini tasdiqlash, uning foydalari va zararlarini taqsimlash;
• jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish.
Aksiyadorlik jamiyatlar haqidagi qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy
majlisning favqulotida huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal qilish ham
kiradi. Qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy majlisning favqulotlarda huquq
doirasiga tegishli boʻlgan masalalar jamiyat ijroiya idoralariga hal qilish uchun
topshirilishi mumkin emas.
Aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonunga muvofiq jamiyat nizomi tomonidan
direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tashkil qilingan holda uni mutloq huquq
116
doirasi belgilanishi kerak. Nizom tomonidan direktorlar kengashi(kuzatuv
kengashi)ni mutloq huquq doirasiga kiritilgan masalalar u tomonidan jamiyatning
ijroiya idoralariga hal qilish uchun topshirilish mumkin emas.
Jamiyatning ijroiya idorasi kollegiyali (boshqaruv, direktorlik) va (yoki) yakka
shaxsli(direktor, bosh direktor)dan iborat boʻlishi mumkin. U jamiyat faoliyatiga
joriy rahbarlikni amalga oshiradi va Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) va
aksiyadorlarning umumiy majlisiga hisobot beradi. Jamiyat boshqaruvi huquq
doirasiga boshqa idoralarining qonun yoki jamiyat nizomi tomonidan belgilangan
mutloq huquq doirasiga kirmaydigan barcha masalalarni hal qilish kiradi.
Aksiyadorlar umumiy majlisining qaroriga koʻra jamiyat ijroiya idorasining
vakolatlari shartnoma boʻyicha boshqa tijorat tashkilotiga yoki yakka tartibdagi
tadbirkor (boshqaruvchi)ga topshirlishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi idoralarining huquq doirasi, hamda ular
tomonidan qarorlar qabul qilish va jamiyat nomidan chiqishlar tartibi Oʻzbekiston
Respublikasining Fuqoralik kodeksi, aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonun va
jamiyat nizomi tomonidan belgilab beriladi.
Aksiyadorlik jamiyati yillik moliyaviy hisobotning toʻgʻriligini tekshirish va
tasdiqlash uchun har yili jamiyat va uning ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar
bilan bogʻlanmagan kasbiy auditorni jalb qilishi kerak. Auditorlik tekshiruvi nizom
sarmoyasidagi yigʻma ulushi oʻn va undan ortik faozlarni tashkil qiluvchi
aksiyadorlarning talabi boʻyicha istalgan vaqtda oʻtkazilishi mumkin.
Shoʻba va bogʻliq jamiyatlar. Xoʻjalik jamiyati, agar boshqa (asosiy) xoʻjalik
jamiyati yoki oʻrtoqlik uning nizom sarmoyasidagi ustivor ishtiroki sababli yoki ular
orasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki boshqa tartibda bunday jamiyat
tomonidan qabul qilinadigan qarorni belgilab berish imkoniyatiga ega boʻlsa, shoʻba
jamiyat deb tan olinadi.
Shoʻba jamiyat asosiy jamiyat (oʻrtoqlik)ning qarzlari boʻyicha javob
bermaydi.
Shoʻba jamiyatiga uning uchun majburiy boʻlgan qoʻrsatmani, shu jumladan
uning bilan shartnoma boʻyicha koʻrsatma berish huquqiga ega asosiy jamiyat
(oʻrtoqlik) keyingi tomonidan bu koʻrsatmani ijro etish uchun tuzilgan bitimlar
boʻyicha shoʻba jamiyat bilan birgalikda javob beradi.
Shoʻba jamiyatining ishtirokchilari(aksiyadorlari), agarda xoʻjalik jamiyatlari
haqidagi qonunda boshqa narsa qoʻzda tutilmagan boʻlsa, asosiy jamiyat
(oʻrtoqlik)dan uning aybi bilan shoʻba jamiyatga yetkazilgan zararni qoplashni talab
qilish huquqiga egalar.
Xoʻjalik jamiyati, agar boshqa(ustivor, ishtirok etuvchi) jamiyat aksiyadorlik
jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma foizidan koʻprogʻiga yoki maʼsulyati
cheklangan jamiyat nizom sarmoyasining yigirma foiziga ega boʻlsa, bogʻlik deb tan
olinadi.
Ishlab chiqarish kooperativi (arteli) - fuqarolarning oʻzlarning shaxsiy
mahnatlari va boshqa ishtiroklariga asoslangan birgalikdagi ishlab chiqarish va
boshqa xoʻjalik faoliyati (sanoat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish,
qayta ishlash, sotish, ishlarini bajarish, savdo, maishiy xizmatlar va boshqa
117
xizmatlarni koʻrsatish) uchun aʼzolik va uning aʼzolari (ishtirokchilari)ning mulkiy
payli badallarini birlashtirish asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. Qonun va ishlab
chiqarish kooperativining taʼsis hujjatlari tomonidan uning faoliyatida yuridik
shaxslarni ham ishtirok etishi koʻzda tutilishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativi
tijorat tashkiloti boʻladi.
Kooperativning firma nomi uning nomi va "ishlab chiqarish kooperativi" yoki
"arteli" soʻziga ega boʻlishi kerak.
Kooperativning taʼsis hujjati uning aʼzolari umumiy majlisi tomonidan
tasdiqlangan nizomidan iborat boʻladi.
Kooperativ aʼzolarining soni beshtadan kam boʻlmasligi kerak.
Kooperativ boshqaruvining yuqori idorasi uning aʼzolarining umumiy
majlisidan iborat boʻladi.
Ellik nafardan ortiq aʼzosiga ega kooperativda1 kuzatuv kengashi tashkil
qilinishi mumkin, u kooperativ ijroiya idoralari faoliyati ustidan nazoratni amalga
oshiradi.
Boshqaruv va (yoki) uning raisi kooperativning ijroiya idoralari boʻladilar. Ular
kooperativ fao liyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradilar va kuzatuv kengashi va
kooperativ aʼzolarining umumiy majlisiga hisobot beradilar.
Faqat kooperativ aʼzolari kooperativning kuzatuv kengashi va boshqaruvining
aʼzolari, hamda kooperativ raisi boʻlishlari mumkin. Kooperativ aʼzosi bir vaqtda
kuzatuv kengashi aʼzosi va boshqaruv aʼzosi yoki kooperativ raisi boʻlishi mumkin
emas.
Kooperativ boshqaruv idoralarining huquq doirasi va ular tomonidan qarorlarni
qabul qilish tartibi qonun va kooperativning nizomi tomonidan belgilab beriladi.
Kooperativ aʼzolari umumiy majlisining mutloq huquq doirasiga qoʻyidagilar
kiradi:
• nizomni oʻzgartirish;
• kuzatuv kengashini tashkil qilish va uning aʼzolari vakolatlarini tugatish,
hamda agar bu huquq nizom boʻyicha uning kuzatuv kengashiga topshirilmagan
boʻlsa, kooperativ ijroiya idoralarini tashkil qilish va vakolatini tugatish;
• kooperativ aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqarish;
• kooperativning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash va
uning foyda va zararlarini taqsimlash;
• kooperativni qayta tashkil qilish va tugatish haqidagi qarorni qabul qilish.
Ishlab chiqarish kooperativlari haqidagi qonun va kooperativ nizomi
tomonidan umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal
qilish ham kiritilishi mumkin.
Kooperativning umumiy majlisi va kuzatuv kengashining mutloq huquq
doirasiga kiritilgan masalalar ular tomonidan kooperativning ijroiya idoralariga hal
qilish uchun topshirilishi mumkin emas.
Kooperativ aʼzosi umumiy majlis tomonidan qarorlar qabul qilishda bitta
ovozga ega boʻladi.
Davlat unitar korxonalari. Unitar korxona deb davlat mulki boʻlgan va
korxonaga xoʻjalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida
118
tegishli boʻlgan, oʻziga biriktirilgan mulkka mulkchilik huquqiga ega boʻlmagan
tijorat tashkiloti tan olinadi.
Unitar korxonaning firma nomi uning mulk egasini koʻrsatilishiga ega boʻlishi
kerak.
Unitar korxo naning idorasi uning rahbari boʻladi, u mulk egasi yoki unga
vakolat berilgan idora tomonidan tayinlanadi va unga hisobot beradi.
Unitar korxona oʻzining majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan barcha
mulki bilan javob beradi va oʻzining mulk egasining majburiyatlari boʻyicha
javobgarlikka ega boʻlmaydi.
Xoʻjalik fao liyatini olib borish huquqiga asoslangan unitar korxo na buning
uchun vakolat berilgan davlat idorasi yoki mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish
idorasining qarori boʻyicha tashkil qilinadi. Korxonaning taʼsis hujjati uning mulk
egasi tomonidan tasdiqlangan nizomdan iboratdir.
Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona (davlatga qarashli
korxona) davlat unitar korxonalari haqidagi qonunga muvofiq Oʻzbekiston
Respublikasi huqumatining qarori boʻyicha tashkil qilinadi.
Davlatga qarashli korxonaning taʼsis hujjati uning Oʻzbekiston Respublikasi
hukumati tomonidan tasdiqlangan nizomdan iborat boʻladi.
Notijorat tashkilotlar - bu oʻz faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda
olishni koʻzlamaydigan yuridik shaxslardir. Bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini
faqat shuning uchun amalga oshirishlari mumkinki, chunki u ularni tashkil qilish
maqsadlariga erishishga xizmat qiladi va ushbu maqsadlarga mos keladi.
Notijorat tashkilotlarga quyidagilar kiradi:
- matlubot kooperativi;
- ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar);
- jamgʻarmalar (fondlar);
- muassasalar;
- yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar va ittifoqlar).
Matlubot kooperativi - fuqarolar va yuridik shaxslarning aʼzolik
asosda ishtirokchilarning mulkiy va boshqa ehtiyojlarini qanoatlantirish
maqsadida, oʻz aʼzolarining mulkiy payli badallarini birlashtirish yoʻli bilan amalga
oshiriladigan ixtiyoriy birlashuvidir.
Matlubot kooperativining nomi uning fao liyatining asosiy maqsadini
koʻrsatilishi, hamda yoki "kooperativ" soʻzi yoki "matlubot ittifoqi" yo xud
"matlubot jamiyati" soʻzlariga ega boʻlishi kerak.
Matlubot kooperativining oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik
faoliyatidan olinadigan daromadlari qonun va nizomga muvofik uning aʼzolari
oʻrtasida taqsimlanadi.
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar) - fuqarolarning maʼnaviy va
boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ularning manfaatlarning
umumiyligi asosidagi ixtiyoriy birlashishidir.
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar notijorat tashkilotlar boʻladilar. Ular faqat
oʻzlarini tashkil qilinganliklari maqsadlariga erishishi va ushbu maqsadlarga
muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga egalar.
119
Jamgʻarma (fond) - aʼzolikka ega boʻlmagan notijorat tashkiloti, u fuqoralar
va(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida taʼsis etiladi
va ijtimoiy, hayriya, madaniy, taʼlim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni
koʻzlaydi.
Jamgʻarmaga uning taʼsischilari(taʼsischisi) tomonidan topshirilgan mulk
jamgʻarmaning mulki boʻladi. Taʼsischilar oʻzlari tomonidan tashkil etilgan
jamgʻarmaning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar, jamgʻarma esa oʻz
taʼsischilarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Muassasa - mulk egasi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki boshqa
notijorat xarakteridagi vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan va u
tomonidan toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladigan tashkilotdir.
Davlatga qarashli boshqa muasasalar ayrim turlarining huquqiy holati
xususiyatlari qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilab beriladi.
Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiyatsiyalar, uyushmalar). Tijorat
tashkilotlari oʻzlarining tadbirkorlik fao liyatlarini muvofiqlashtirish, hamda
umumiy mulkiy manfaatlarini taqdim etish va himoyalash maqsadida oʻzaro
shartnoma boʻyicha notijorat tashkilotlari boʻlgan assotsiyatsiyalar yoki uyushmalar
koʻrinishidagi birlashmalarni tashkil qilishlari mumkin. Bunda qandaydir vazifalarni
birgalikda bajarishdagi tashkilotlarni muvofiqlashuvi va muvofiq oʻzaro harakati va
tashkilotlar fao liyatini taqsimlanishi taʼminlanishi kerak.
Ijtimoiy va boshqa tijorat tashkilotlar, shu jumladan muassasalar, ixtiyoriy
ravishda bu tashkilotlarning notijorat assotsiatsiyalari (uyushmalari)ga birlashishlari
mumkin.
Assotsiatsiya (uyushma) aʼzolari oʻzlarining mustaqilliklari va yuridik shaxs
huquqlarini saqlab qoladilar Assotsiatsiya aʼzolari uning majburiyatlari boʻyicha
assotsiyatsiyaning taʼsis hujjatlarida koʻzga tutilgan miqdor va tartibda subsidiyali
javobgarlikka egalar.
Shuni taʼqidlash kerakki, assotsiyatsiyalar va uyushmalarda, boshqa tashkiliy
tuzilmalarga nisbatan, birlashgan ishtirokchi tashkilotlarning erkinligi va tashabbusi
cheklanmaydi, ularda ishtirok etishdan aniq foyda koʻzda tutiladi, ayrim
tashkilotlarning mustaqilligi xoʻjalik vazifalarni bajarishdagi jamlanish afzalliklari
bilan muvofiq ravishda biriktiriladi.
Joriy vazifalarni amalga oshirish uchun assotsiyatsiya ishchi idoralar va
apparatga ega boʻlishi kerak, ular unga kiruvchi tashkilotlarga nisbatan yuqorida
turuvchi boʻlmaydilar, balki assotsiyatsiya aʼzolari tomonidan oʻziga barilgan
vazifalarni bajaradilar.
Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarning
taʼsiri ostida tashkilotlarni integratsiyalashuvining yangi shakllari paydo boʻladilar,
ular tashkilotlarning raqobat- bardoshligini oshiradilar va ularni inqirozli holatdan
chiqishiga koʻmaklashadilar. Bunday tashkilotlar-birlashmalar
maqsadlari,
ishtirokchilar oʻrtasidagi xoʻjalik munosabatlarining xarakteri, ularga kiruvchi
tashkilotlarning mustaqiligi darajasiga koʻra farqlanadilar. Ularga kartellar,
sindikatlar, pullar, trestlar, konsernlar, konsorsiumlar, sanoat xoldinglari, moliyaviy
guruhlar kiradilar.
120
Kartel - bu, qoidaga koʻra, bitta soha firmalarini birlashishi, ular koʻproq
birgalikdagi tijorat faoliyati - sotishni tartibga solishga tegishli boʻlgan bitimga
kiradilar. Amalda kartel odatda tovarlarning navlari, ularni ishlab chiqarish
hajmlarini belgilagan holda, bu faoliyat doirasidan tashqariga chiqadi. Kartel uchun
ishtirokchilarning oʻz tashkilotlaridagi mulkchilik huquqlarini saqlanib qolishi va
shuning bilan taʼminlanadigan xoʻjalik va yuridik mustaqillik, mahsulotlarni sotish
boʻyicha birgalikdagi faoliyat xosdir, keyingisi ularning ishlab chiqarishlariga ham
cheklangan darajada tarqalishi mumkin.
Odatda kartel bitimlariga monopoliya (yakka hukmronlik)ning yumshoq shakli
sifatida qaraladi
va rivojlangan
mamlakatlarning
monopoliyaga qarshi
qonunlaridagi kartelni umuman man qilinishi sababli, baʼzi hollarda kartellarning
balgilangan shakllari uchun istisnolar qilinadi. Masalan, Germaniyada raqobatni
cheklashga qarshi qonun yetkazib berish shartlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni
yagona standartlashtirilishi, tovarlar va xizmatlar eksporti haqidagi bitimlarga yoʻl
qoʻyadi. Kartelga nafaqat tadbirkorlar yoki ularning birlashmalari, balki qandaydir
tovarni ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlar ham kirishlari mumkin.
Kartelning ichidagi raqobatni cheklanishi yirik ishtirokchilarga kichik
firmalarga oʻz shartlarini oʻtkazishga va shuning bilan bir vaqtda keyingilarni
tashqaridan boʻladigan raqobatdan himoyalashga imkon beradi. Ammo kartelda
oʻrnatilgan muvozanat, qoidaga koʻra, uzoq muddatli va mustahkam boʻlmaydi.
Raqobatning taʼsiri ostida kartellar biroz vaqtdan keyin yangitdan, koʻpincha
kengroq xalqaro asosda vujudga kelish uchun tarqalib ketadilar. Kartel bitimining
mazmuniga koʻra kartellar qoʻyidagilarga boʻlinadilar:
- konditsion, tovarlarni sotish sifatlarini belgilab beruvchilar;
- ishlab chiqaruvchi, har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning hajmi
(kvotasi )ni belgilovchilar;
- mintaqaviy, sotish xududlarini belgilovchilar;
- narxli, ishtirokchilar uchun tovarni sotish narxini belgilovchilar;
- patentli, qandaydir texnik kashfiyotdan birgalikda foydalanish yoʻnalishlari
yoki foydalanmaslikni belgilab beruvchilar;
- foydani taqsimlash boʻyicha kartellar.
Sindikat - bu kartel bitimining turli-tumanligi boʻlib, tadbirkor- larning
byurtmalarni kelishilgan holda taqsimlash, xom ashyoni xarid qilish yoki
ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uni bir
qismini (yagona sotish tarmogʻi yoki ishtirokchilardan bittasi orqali) sotish
maqsadida tashkil qilingan birlashmasidir. Sindikat ishtirokchilari oʻzlarining
yuridik va ishlab chiqarish mustaqilliklarini, baʼzida esa sindikatning sotish idorasi
yoki jamiyat bilan bogʻlik shaxsiy sotish tarmoqlarini ham saqlab qoladilar. Bunda
tijorat mustaqilligi qisman yoʻqoladi. Sindikat, qoidaga koʻra, ommaviy talab
tovarlari, xususan koʻmir, poʻlat, neft, spirt, shakar, paxta kalavasi va h.k ni sotish
bilan shugʻullanadi. Sindiqat raqobot, hamda bozorni xududiy taqsimlanishini
vaqtinchalik yumshatish yoki bartaraf qilish vositasi boʻladi. Sindikat bitimining
asosiy bandlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish hajmi, narxlarni belgilash,
mahsulotning sifati va navlari.
121
Shu tufayli talab va taklif tartibga solinadi. Foyda sindikat ishtirokchilari
oʻrtasida har biriga belgilangan kvota(ulush)ga muvofik tarqatiladi.
Kartel turidagi birlashmalarga yana pullar, yaʼni tadbirkorlarning, uning
ishtirokchilarining foydalarini taqsimlashning tartibini koʻzda tutuvchi alohida
birlashmasi ham kiradi. Foydalar umumiy qozonga tushadilar, oldindan
belgilagngan nisbatlarda taqsimlanadilar.
Trest - bu birlashmada har xil korxonalar, oʻzlarining yuridik va xoʻjalik
mustaqilliklarini yoʻkotgan holda, yagona ishlab chiqarish majmuasiga
birlashadilar. Trestda korxonalar xoʻjalik faoliyatining barcha tomonlari
birlashtiriladi. Trest ishlab chiqarish faoliyatining nisbatan bir turdaligi bilan ajralib
turadi. Bu shakl kombinatsiyalashgan ishlab chiqarish, masalan, xom ashyoni izchil
ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qulaydir. Trestga kiruvchi barcha korxonalar
yagona operativ boshqaruvni amalga oshiruvchi bitta bosh kompaniyaga
boʻysunadilar.
Konsern - bu mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish xarakteridagi)
birlashmasi, ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab
chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vasitasida bogʻlanadilar. Birlashgan
korxonalar aksiyadorlik jamiyati yoki oʻrtoklik shaklidagi yuridik shaxs boʻlib
qoladi. Konsern oʻziga kiruvchi kompaniyalar faoliyatini toʻliq nazorat qiladi.
Konsorsium - bu bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari oʻrtasidagi
qarzlarni birgalikda joyl ashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operatsiyalari,
investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir.
Sanoat xoldinglari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanmaydilar. Ular
oʻzlariga kiruvchi korxonalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Xoldingga kiruvi kompaniyalar yuridik va xoʻjalik mastaqilligini saqlab qoladilar
va oʻz nomlaridan tijorat bitimlarini tuzadilar.
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) oʻz tarkibiga sanoat korxonalari, tadqiqot
tashkilotlari, savdo firmalari, banklar, investitsion fondlar va sugʻurta kompaniyal
arini birlashtiradilar.
Guruhning boshida bir yoki bir necha banklar turadi, ular unga kiruvchi
kompaniyalarning pul sarmoyalarini boshqaradilar, hamda ularning faoliyatini
muvofiqlashtiradilar. Boshqa birlashmalarga nisbatan moliya-sanoat guruhi
tashkiliy rasmiyatchilikni kamaytirishi bilan farqlanadi. Unga kiruvchi har bir firma
savdo bitimlarida mustaqil qatnashadi. Ammo bosh kompaniya, aslida, muhimroq
qarorlar qabul qilishda markaz boʻladi.
Bunday integratsiyalashishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
• investitsion resurslarni iqtisodiyotni rivojlanishining ustivor yoʻnalishlarida
jamlash;
• ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish;
• mamlakat
korxonalari
mahsulotlarining
eksport
salohiyati
va
raqobotbardishligini oshirish;
• mamlakat sanoatida ilgʻor tarkibiy oʻzgarishlarini amalga oshirish;
• bozor iqtisodiyoti, raqobatli iqtisodiy muhit sharoitlarida ratsional texnoligik
va kooperatsion aloqalarni shakllantirish.
122
Tajriba shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi MSG
yirik investitsion loyihalarni amalga oshiradilar, ishlab chiqarishni pasayishiga
qarshi kurashadilar, pulni barqarorlashiga koʻmaklashadilar. Bundan tashqari MSG
qayt a qurish davrida yetishmagan resurslarni sohalararo qayta taqsimlash
mexanizmlarini toʻldiradilar va ishonchli, sifat talablariga javob beruvchi yetkazib
berishlar va sotishlar uchun haqiqiy sharoitlarni yaratidilar. Korxonalar va
tashkilotlarni guruhga birlashishi jahon bozorlardagi tashqi iqtisodiy oʻrinni
kuchaytiradi, u yerda koʻpincha transmilliy korporatsiyalar koʻproq qudratli
salohiyatga ega boʻlgan moliya-sanoat-savdo majmuasi kabi tashkil qilinganl ar.
Tadbirkorlar uyushmalari har xil oʻlchamlar va mulkchilik shakllaridagi
kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil
qilinadilar. Bu yetarlicha egiluvchan tuzilma boʻlib, unga kiruvchi tashkilotlarga oʻz
harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan
raqobat qilish imkoniyatini beradi.
Ayniqsa maʼlum xududlarda klasterga(inglizchadan tarjima qilinganda - bu
guruh, toʻplanish, jamlanish) birlashgan kompaniyalarning tadbirkorlik uyushmalari
katta foydalarni beradilar, ular bu kompaniyalarga u yoki bu raqobat afzaliklarini
beradilar (masalan, kerakli axborotlar, aloqa va telekomunikatsiyalar vositalari,
jihozlangan ishlab chiqarish maydonchalari va h.k.). Buning uchun shaharlar yoki
boshqa maʼmuriy - xududiy birliklarda joylashgan yirik sanoat xududlari va
mamlakat xududini qayta tashkil qilinishi munosabati bilan mavjud boʻsh
quvvatlardan foydalanish mumkin. Xuddi shu yerlarda kompaniyalarning
klasterlarini tashkil qilish foydalidir, ularda eng boshidan faoliyatning maʼlum
sohalaridagi kompaniyalar oʻrtasidagi kasbga egalik, sanʼat infratuzilmali taʼminot
va axborotli oʻzaro aloqalarning jiddiy miqdori jamlangan boʻlishi mumkin.
Kompaniyalarni uyushmalarga birlashtiruvchi bunday sohalar sifatida quyidagilar
boʻlishi mumkin: uy uchun tovarlar ishlab chiqarish, sogʻliqni saqlash, maishiy
mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq har xil sohalar va h.k.
Virtual korporatsiya-eng yangi tashkiliy shakllardan biri boʻlib, vaqtinchalik
asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan resurslardan
oʻzaro foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish
maqsadida
birlashtirilgan
mustaqil
kompaniyalar
(yetkazib
beruvchilar,
buyurtmachilar va hattoki sobiq raqiblar)ning tarmogʻidan iborat boʻladi. Virtual
korporatsiyaning texnologik poydevorini axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular
"elektron" aloqalarda birlashish va epchil shakllikni amalga oshirishga yordam
beradi.
Hozirgi vaqtda konsernlar, xoldinglar va moliyaviy guruhlar firma- lar
birlashuvining asosiy shakllari boʻladilar.
Jahon amaliyotida franchayzing ham keng tarqalgan. Bu bir tomondan yirik
firma va boshqa tomondan kichik firmalar yoki alohida biznesmenlar oʻrtasidagi
bitimdir. Koʻrsatib oʻtilgan bitimga muvofiq ota kompaniya (franchayzer) firma
(franchayzi)ga bitimga tayinlangan shaklda, maxsus koʻrsatilgan joyda ish olib
borish huquqini beradi.U kelishilgan xudud doirasida harakat qiluvchi firma yoki
tadbirkorni oʻzining tovarlari, reklama xizmatlari, biznesning ishlatib boʻlingan
123
texnologiyalari bilan taʼminlash majburiyatini oʻziga oladi. Buning uchun firma
kompaniyaga mahalliy sharoitlarni hisobga olish bilan menejment va marketing
xizmatlarini koʻrsatish, hamda ushbu kompaniyaga oʻz sarmoyasining qandaydir
qismini investitsiya qilib kiritish majburiyatini oladi. Franchayzi, boʻlajak mijozlar
mashhur kompaniyaning mahsulotlari yoki xizmatlaridan foydalanayotgan- liklarini
his qilishlari uchun kompaniya (franchayzer) nomidan firma belgisi sifatida
foydalanadi. Bunday bitimning barcha ishtirokchilarini keng jamoatchilik
tomonidan tan olinishi, mahsulotlar va xazmatlarni standartlashtirilishi, tijorat
imkoniyatlarini kengayishi bunday hamkorlikning afzalliklaridan boʻladi.
Malakatimiz qonunchiligidagi tijorat konsepsiyasi shartnomasi franchayzing
shaklidagi bitimiga mos keladi.
Taʼkidlash kerakki, milliy schyotlar tizimi (MST) - sustem of national account
- bozor iqtisodiyotiga ega 150 dan ortiqroq mamlakatlarda mikroiqtisodiy
jarayonlarni bayon qilish va tahlil qilish uchun qoʻllaniladigan oʻzaro bogʻlangan
qoʻrsatkichlar va tasniflar tizimiga muvofiq institutsional birliklar - institutional
units - xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga ajratiladilar, ular oʻzlarining nomidan
aktivlarga ega boʻlishlari, majburiyatlarini qabul qilishlari, iqtisodiy faoliyat va
boshqa birliklar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Institutsional birliklar uy xoʻjaliklari shakllaridagi yuridik. hamda jismoniy
shaxslar (yoki ularning guruhlari) boʻlishi mumkin.
Yuridik shaxslar boʻlgan institutsional birliklarga quyidagilar kiradi:
- korporatsiyalar;
- davlat boshqaruvi idoralari;
- notijorat mu assasalar.
Yuridik shaxslarning asosiy turlari - bu mulkida, xoʻjalikni yuritishda yoki
operativ boshqaruvda ajratilgan mulkka ega boʻlgan tashkilot boʻlib, u oʻz nomidan
fuqarolik huquqini xarid qilishi va oʻzining faoliyat bilan bogʻliq javobgarlikni
oʻziga olishi mumkin. Yuridik shaxs mustaqil balansi yoki smetasiga ega, mustaqil
ravishda qarorlar qabul qilishi, oʻzining moddiy va moliyaviy resurslarni
boshqarishi, majburiyatlarni qabul qilishi, iqtisodiy faoliyat va boshqa birliklar bilan
operatsiyalarni amalga oshirish va oʻzining majburiyatlari boʻyicha toʻliq
javobgarlikka ega boʻlishi mumkin.
Faoliyatining asosiy maqsadiga koʻra yuridik shaxslar xoʻjalik va noxoʻjalik
tashkilotlariga boʻlinadilar.
Xoʻjalik tashkilotlariga faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish boʻlgan
yuridik shaxslar, noxoʻjalik tashkilotlarga bunday maqsadga ega boʻlmagan shaxslar
kiradilar. Xoʻjalik tashkilotlari boʻlgan yuridik shaxslar xoʻjalik jamiyatlari va
oʻrtoqliklari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat va boshqa korxonalar shaklida
tashkil qilinishlari mumkin.
Xoʻjalik tashkilotlari boʻlmagan yuridik shaxslar xoʻjalik faoliyati bilan faqat
oʻzlarining nizom vazifalarini bajarilishini taʼminlash uchungina shugʻulanishlari
mumkin. Ular xoʻjalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot
kooperativlari, hayriya yoki qonunchilikda koʻzga tutilgan boshqa jamgʻarmalar
shaklida mavjud boʻladilar.
124
Bunday yuridik shaxs boʻlgan institutsional birliklarga hammadan avval
korporatsiyalar va kvazikorporatsiyal ar kiradilar.
Korporatsiyalarning asosiy alomatlari quyidagilar:
- qonunga muvofiq boshqa institutsional birliklardan mustaqil boʻlgan korxo
nalar yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar;
- mustaqil yuridik shaxs boʻladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat
registri (YADR) da roʻyxatdan oʻtkaziladi;
- fao liyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat;
- aksiyalar egalarining jamoaviy mulkida boʻladi;
- xoʻjalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aksiyadorlarga tegishli
boʻladi va ular tomonidan xarid qilingan qogʻozlar qiymatiga mutonosib ravishda
taqsimlanadi;
- tugatilish holida aksiyadorlar mulkning qarzlar toʻlagandan keyin qolgan
ulushini olish huquqiga egalar;
- rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
- aksiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin;
- oraliq emas, balki yakuniy isteʼmolchi sifatida boʻladi;
- shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni toʻlash
uchun qonun oldida javobgarlikka ega boʻladi;
- korporatsiya tomonidan xalq isteʼmoli tovarlarini xarid qilinishi natura
shaklidagi ish haqi sifatida boʻladi.
Korporatsiyalar oilasi (aksiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat
korporatsiyalar tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki koʻpgina institutsional
birliklardan iborat boʻladilar.
Konglomerat-korporatsiyalar tarkibida aksiyadorlarning nazorat paketlariga
egalik qiluvchi yoki bosh siyosatga taʼsir qilishning mutloq huquqlariga ega ona
korporatsiyalar ajralib turadilar.
Kvazikorporatsiya - bu nokorporativ korxo na boʻlib, uni boshqaruvi
korporatsiya nusxasi boʻyicha quriladi. U mustakil instutsional boʻladi.
Kvazikorporatsiyalar tarkibiga quyidagilar kiradilar:
- norezedent boʻlgan institutsional birliklarga tegishli boʻlgan nokooporativ
korxonalar(filiallar,
milliy
iqtisodiyotda
faoliyat
yurituvchi
xo
rijiy
kompaniyalarning vakilliklari);
- davlat boshqaruvi idoralariga boʻysunuvchi, ammo daromadlar olish
maqsadida mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan band boʻlgan nokorporativ
korxo nalar;
- uy xoʻjaligining nokorporativ korxo nalari.
Kvazikorporatsiyalar
korporativ
korxonalarga
tenglashtiriladilar
va
iqtisodiyotning korporativ sektori tarkibida koʻrib chiqiladilar.
Davlat boshqaruvi idoralari (DBI) bir necha darajalar bilan beriladilar:
- markaziy hukumat - siyosiy jarayonlar natijasida tashkil qilingan yuridik
shaxs, u qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatiga ega boʻladi;
- hokimiyat idoralari va mintaqalar boshqaruvi;
- hokimiyatning mahalliy ijroiya idoralari.
125
Markaziy hukumat daromadlarining kuyidagi turlarini oladi: soliqlar, bojlar,
qarz mablagʻlari, xususiylashtirish, har xil jamgʻarmalar va boshqalardan olinadigan
mablagʻlar.
Markaziy hukumatning xarajatlarida quyidagilar kiradi:
- jamoaviy foydalanish xizmatlarini taqdim etish (mudofaa tashkiloti, huquqni
muhoqaza qilish, sogʻliqni saqlash, fan va taʼlim va h.k.);
- uy xoʻjaliklarini imtiyozli taʼminlash (turar-joy, kommunal xoʻjaligi
xizmatlari, non, sutning arzon navlari va h.k.);
- ayrim kategoriyalarga transfertlar(subsidiyalar, yordamlar, imtiyozlar), shu
jumladan nafaqalarga qoʻshimchalar, nafaqaxoʻrlar, talabalar, maktab oʻquvchilari
yoʻl haqi qiymatining yarimi toʻlash va h.k.
Oraliq isteʼmol uchun tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi nokorparativ
korxonalar (davlat bosmaxonalari, hisoblash markazlari, hukumat aloqasi)
boshqaruvning ularni tashkil qilgan idoralari tarkibida koʻrib chiqiladi.
Notijorat muassasalar, (NTM) - bu iqtisodiy faoliyatning foyda olish maqsadini
koʻzlamasdan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashkil qilinadigan
subʼyektlaridir. NTM faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
- korporativ korxo nalar, davl at boshqaruvi idoralari (DBI), xususiy shaxslarga
jamoaviy xizmat koʻrsatish;
- aholining maʼlum qatlamlarini ijtimoiy himoyalash.
NTM har xil institutsional birliklar (korporativ korxonalar, DBI, tomonidan
tashkil qilinishi mumkin.
NTM huquqiy statusi nizom tomonidan belgilanadi, ular mustaqil tashkilotlar
boʻladilar.
NTM ham bozor va nobozor ishlab chiqarishi bilan shugʻullanishlari mumkin:
a)
bozor NTM - oʻz xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplaydilar. Ular
bozor xizmatlarini ishlab chiqaradilar. bunday NTM ga quyidagilar kiradilar:
- pulli universitetlar, kollejlar, kasalxo nalar;
- korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari,
ilmiy-taʼqiqot muassasalari, reklama byurosi, tadbirkorlar assotsiatsiyalari va
boshqalar)
b)
nobozor NTM - moliyalashtirishning boshqa manbalariga moʻljalan-
tirilganlar (badallar, hayriyalar, byudjetdan moliyalashtirish). Bunday NTM ga
quyidagilar kiradi:
- istemolchilar
assotsiatsiyalari,
uyushmalar,
siyosiy
partiyalar,
ratsionalizatorlik va kashfiyotchilik jamiyatlari, ilmiy va diniy jamiyatlarning
shaxsiy aʼzolariga xizmat kursatuvchi NTM. Resurslari badallar hisobidan
shakllantiriladi;
- hayriya faoliyati bilan shugʻullanuvchi NTM. Ularning resurslari badallar,
hayriya mablagʻlari, hukumatning yordam pullari hisobiga shakllantiriladi;
- hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va nazorat qilinadigan NTM - bu
muassasalar atrof-muhitini muhofaza qilish, buxgalteriya hisobi va statistika,
sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasida standartlarni ishlab chiqish bilan
shugʻullanadilar. Ular davlat boshqaruvi idoralariga kiradilar.
126
Do'stlaringiz bilan baham: |