127
muhit oʻzgarishlarini hushyorlik bilan his qiluvchi, isteʼmolchilar soʻrovlariga
jadallik bilan javob qaytaruvchi tashkilotlarni tashkil boʻlishiga koʻmaklashdi.
Ishlab chiqaruvchini isteʼmolchi bilan ancha yaqinlashuvi buning muhim
oqibatlaridan biri boʻladi. Bu esa, oʻz navbatda, ishlab chiqaruvchini isteʼmolchi
talablaridagi oʻzgarishlarga jadallik bilan javob qaytarishga majbur qildi, koʻproq
darajada tashkilot tuzilmasini belgilab bera boshladi. Vujudga kelayotgan
sharoitlardagi raqobat kurashida oʻz tashkilotini axborotli jamiyat
tomonidan
shakllantirilayotgan, tashqi muhitning yangi talablariga
yaxshiroq moslashtira
olaganlargina gʻalaba qozonishi mumkin.
Koʻrsatib
oʻtilgan
jarayonlar
keyingi
vaqtlarda
shakllanayotgan
tashkilotlarning yangi turlarida aniq nomoyon boʻlishlari mumkin, ularga
edxokratik, koʻpoʻlchamli, partisipativ, tadbirkorlik tashkilotlari va bozorga
qaratilgan tashkilotni kiritish mumkin.
Edxokratik (ing. adhocracy soʻzidan), tashkilotlar nostandart va murakkab
ishlarga, qiyin belgilanadigan va tez oʻzgaruvchan tuzilmalarga nisbatan
qoʻllanilishlik bilan taʼriflanadilar. Bu tashkilotlarga maqsadlarga erishish vositalari
ijrochilar tomonidan tanlaniladi. Har biri bevosita oʻzining harakati uchun javob
beradi.
Bunda yakka shaxs tashqaridan kuchli bosimni boshidan kechiradi, u
umumiylik hisini yaratuvchi ish tomonidan bir oz kuchsizlantiriladi.
Bunday tashkilotlarda rasmiyatchilik judayam kamaytiriladi,
bu narsa
ierarxiyaga, ish sharoitlari va inshoatlarga, imtiyozlar, kiyimlar va h.k. ga tegishlidir.
Tashkilotga xodimlar harakatidagi erkinlikning yuqori darajasi xo sdir, uning
choʻqqisi sifatli bajarish va mu ammoni hal qilishni bilishdir. Quyidagilar
tashkilotning asosiy elementlaridir:
- xodimlar oʻzlarining ishlarida yuqori malakali ekspertlar boʻladilar,
murakkab operatsiyalarni bajaradilar, bir birlari bilan yuqori samarali tartibda aloqa
qilishni biladilar;
- qarorlar qabul qilish huquqiy va hukmron ierarxiyadagi oʻringa emas, balki
ekspertli bilimlar va omilkorlikka asoslangan boʻladi, moliyaviy nazorat yuqoridan
amalga oshiriladi;
- mukofotlash tizimi ekspertli bilimlar, xodimning ulushi, uning omilkorligi va
umumiy ishda ishtirok etish darajasida quriladi.
Bu tashkilotning tuzilishi uzviy asosga ega va aniq belgilanmagan, unda
norasmiy va gorizontal aloqalar ustivorlik qiladilar. Tuzilmaning qismlari kichik
oʻlchamlarda saqlanib qoladilar va doimo oʻzgarib turadilar, koʻpgina menejerlarda
qandaydir bir ishga qatʼiy bogʻlanish yoʻq. Bunday tuzilma odatda konsentrik
shakldagi chizma taassurotini qoldiradi, unda sanash nuqtasi boʻlib, undan tuzilma
radial (radusli) yoʻnalishlar boʻyicha doiralar bilan tarqalganday boʻladi. Bunday
tashkilot uchun doira uning xodimlarining barcha
harakatlari bitta narsaga -
kompaniyaning muvaffaqiyatiga olib kelishining alomati boʻladi. Undagi
qadriyatlar (birinchi navbatda-uning xodimlarining sifati) darajalar boʻyicha
ranjirovka qilinmaydi. Tashkilot edxo kratiklikning har xil darajasiga ega boʻlishi
128
mumkin, bu texnologiyaning darajasi, xodimlarning sifati va rahbarlarning
tayyorlang anligi bilan belgilanadi.
Bunday tashkilotlar ijodni, innovatsiyalarga oʻchlik va birgalikda samarali
ishlashni talab qiluvchi yuqori va murakkab texnologiyalar sohasida eng
foydalidirlar. Bular maslahat-yangilik kiritish, kompyuter- elektron,
tibbiyot,
tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va h.k. sohalaridir.
Oldinroq departamentlashtirishning ikki oʻlchamli modeli va tashkilotlarni
qurishning matritsa modeli koʻrib chiqilgan edi. U yerda resurslar va natijalar ikki
oʻlchamli boʻlganlar, ularni moʻljallash bilan ishlarni matritsa uyachalar shaklida bir
vaqtda birlashtirish sodir boʻlgan. Ammo xudud, bozor va isteʼmolchi kabi
oʻzgaruvchanlar bunday tashkilotlarning tashqarisida qolganlar, ularning
moʻljallash bilan ishlar ham tashkilotlarga birlashishlari mumkin. Bu uchinchi
oʻlchovni qoʻshishda koʻp oʻlchamli tashkilot paydo boʻladi.
Odatda foydaning markazi statusini oluvchi avtonom ishchi guruh bunday
tashkilotning asosi boʻladi. U bir vaqtda uchta vazifani bajaradi:
- asosiy (ishlab-chiqarish va boshqa) faoliyatni resurslar bilan taʼ minlash;
- aniq isteʼmolchi, bozor yoki xudud uchun mahsulot yoki xizmatlarni ishlab
chiqarish;
- aniq isteʼmolchiga xizmat koʻrsatish, rivojlanish yoki aniq bozorga kirib
borish.
Bu tashkilotlarda boʻlinmalar byudjetlari boʻlinmalarning oʻzlari tomonidan
ishlab chiqiladi, tashkilot rahbariyati faqat ularga mablagʻlarni investitsiya qiladi,
qarzlar beradi. Bu yerda avtonom guruh aʼzolarining tashkilot rahbariyati va boshqa
boʻlimlar bilan munosabatlari mijozlar bilan munosabatlardan farqlanmaydi.
Bir qator hollarda umuman tashkilot emas, balki maʼlum xoʻjalik birligi koʻp
oʻlchamli qilinadi va u yirikroq tashkilot tuzilmasi taribida qanchalik iloji boʻlsa,
shuncha avtonom boʻlishi mumkin. Shunday qilib, tashkilot ichidagi ichki bozorga
iloji boricha koʻproq darajada yaqinlashtirilgan koʻp oʻlchamli model bir vaqtda
faoliyat koʻlamidagi sinergiyaning samarasi va iqtisodidan foydalanadi.
Koʻp oʻlchamli tashkilotning koʻpgina afzalliklariga qaramasdan, hatto uning
yordami bilan ham barcha aʼzolarini qoniqtira oladigan va ular faoliyatini adekvat
ravishda motivatsiyalaydigan tashkilotni tashkil qilish qiyindir. Agar tashkilot
aʼzolariga oʻzlarning ishlariga tegishli boʻlgan qarorlarni qabul qilishda ishtirok
etish huquq berilsagina, Ushbu muammo, ushbu mu ammo muvaffaqiyatli hal
qilinadi. Bu partisipativli tashkilotla r deb ataluvchilarni boshqalardan tubdan farq
qildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: